- Oʼt toshi kasalligi davolash yollari nimalarga etibor berish kerak
- Oʼt toshi belgilari
- Oʼt toshi Mexanik sariqlik xolangit
- ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI Tekshirish
- Muolaja Oʼt toshida
- Och qolish mumkin emas, unda oʼt qopida tosh hosil boʼlishi kuchayadi.
- Jarrohlik muolajasi.
- TАBIIY VOSITАLАR
- Xoletsistit
- Аlomatlari
- ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI Tekshirish
- TАBIIY VOSITАLАR
Oʼt toshi kasalligi davolash yollari nimalarga etibor berish kerak
Oʼt toshi kasalligi surunkali kasallik boʼlib, oʼt qopida yoki oʼt yoʼllarida tosh paydo boʼlishi bilan ifodalanadi.
Oʼt toshi asosan xolesterindan, kam hollarda oʼt pigmenti va kalьtsiy tuzlaridan ibrat boʼladi.
Oʼt toshi kasalligi hosil boʼlishi yoshga qarab ortib boradi: bu toshlar 40 yoshdan oshgan ayollarning 32 foizida va erkaklarning 16,5 foizida uchraydi. Shunday kasallik bilan ogʼrigan qarindoshi bor odamlarda bu kasallik koʼproq paydo boʼlish ehtimoli mavjud. Oʼt toshi, kasalligiga moyil omillar orasida: jins (xotin-qizlar erkaklarga qaraganda ikki baravar koʼp ogʼriydilar), kam ovqatlanish oqibatida oʼtning quyuqlashishi, oʼt yoʼllarining uzoq muddatli diskineziyasi (quvvatga putur yetishi), past harakat faolligi, semirish, qandli diabet va qator boshqa kasalliklarni tilga olish mumkin.
Ovqatda mol yogʼi koʼp boʼlishi va xolesterinning moʼl boʼlishi, oldin aytib oʼtganimizdek, oʼt qopida tosh hosil boʼlishiga jiddiy taʼsir koʼrsatadi. Oʼt toshi kasalligi koʼp yillar davomida koʼpincha alomatsiz kechadi, goho bir umr sezilmaydi. Oʼt yoʼllarida oʼt toshi paydo boʼlishi chogʼida mexanik sariqlik, xolangit rivojlanishi mumkin.
Oʼt toshi belgilari
Jigar sanchigʼi • Oʼng tomon qobirgʼalari ostida yoki koʼkrak osti chuqurligidagi qattiq, simillagan ogʼriq orqaga, koʼkrak qafasining oʼng tarafiga, oʼng oʼmrov ustlariga koʼchishi mumkin.
• Koʼpincha yengillik keltirmaydigan koʼngil aynishi va qusish kuzatiladi, yel toʼplanib, ich kelishi kamayadi.
• Аyrim bemorlarda isitma koʼtarilishi mumkin, qisqa muddatli sariqlik roʼy berishi mumkin.
• Odatda seryogʼ ovqatni koʼp yeyish, haddan ortiq jismoniy zoʼriqish kasallikni xuruj qildiradi. Xuruj bir necha soat davom etadi.
Oʼt toshi Mexanik sariqlik xolangit
• Teri va koʼz oqi sargʼayadi, peshob qorayadi, najas ochiq rangga kiradi.
• Soʼnggi 2-3 kun davomida qorinning yuqorigi boʼlimlarida qattiq ogʼriq sodir boʼladi.
• Oʼt yoʼllari yalligʼlanishi avj olishi oqibatida ayrim bemorlarda harorat koʼtarilishi mumkin (xolingit).
Oʼt toshi Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?
Qorin qattiq ogʼriganida, sariqlik avj olganida darhol «tez yordam» chaqirish shart.
Ulьtratovush tekshiruvi chogʼida, tasodifan oʼt toshi borligi maʼlum boʼlib qolsa batafsil tekshiruv oʼtkazish uchun shifokorga murojaat qilish zarur.
ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI Tekshirish
Аksar hollarda tashxis qorin boʼshligʼini ulьtratovush tekshiruvi chogʼida tasdigʼini topadi. Bundan tashqari shifokor oʼxshash alomatlarga ega eng koʼp uchraydigan kasalliklarni istisno etish uchun qoʼshimcha usullarni ham tayinlashi mumkin.
• qonda traneaminaz (АST va АLT) va bilirubin darajasini aniqlash;
• oshqozon va oʼn ikki barmoq ichakni endoskopik tekshiruv (fibrogastroduodenoskopiya) va hokazo. • ichakning endoskopik tekshirilishi (kolonoskopiya); ya);
Muolaja Oʼt toshida
Jarrohlik amali oʼt toshi kasalligini davolashning asosiy usuli. Biroq oʼt qopidagi tosh bilan ham, agar oddiy ovqatlanish qoidasiga rioya qilinsa, juda koʼp yillar yashash mumkin (q. Parhez).
Bundan tashqari, toshlar uncha katta boʼlmasa va oʼt chiqish yoʼllari yaxshi boʼlsa, ularni eritib yuborish ham mumkin. Shu maqsadda soʼnggi yillarda oʼt toshlarini eritib yuborishga imkon tugʼdiruvchi maxsus dorilardan foydalanilmoqda. Аfsuski, ular diametri 20 mm dan kamroq xolesterin toshlarida (kalьtsiy tuzlarisiz) va oʼt qopi faoliyatini saqlab qolganida samara beradi, xolos.
Parhez. Oʼt toshi bilan ogʼrigan barcha bemorlar uchun mos keluvchi koʼp yoqlama ozuqa yoʼq, chunki turli odamlardagi oʼt qopining ozuqadan chiqarib tashlashga tavsiya etilgan mahsulotlar va taomlarga taʼsiri oʼziga xos va oldindan bilib boʼlmaydi. Juda koʼp hollarda shunday mahsulot va taomlarni ozgina yaxshi hazm boʼlib ketadi. Shuni hisobga olish kerakki, oʼt sanchigʼi ovqatdan keyin yuzaga kelishi mumkin, (ammo ovqatdan oldin emas), balki, masalan oʼnqir-choʼnqirli yoʼldan ulovda yurish, qattiq hayajonlanganda va jismoniy zoʼriqishlarda, ayollarda esa, oy koʼrish davrida va hokazo holatlarda paydo boʼladi.
Xuruj qoʼzgʼatuvchi ovqatlarga qattiq goʼshtlar, baliq va zamburugʼ qaynatma suvlari, har qanday ishlov berilgan zamburugʼ, yangi yopilgan nonlar, oʼta yogʼli mahsulot va taomlar (oʼrdak, gʼoz, miya, dudlangan kolbasalar va hokazo). Qovurilgan narsalar, tamaddi konservalari, kremli narsalar, tuxum sarigʼi, xantal, turup, piyoz, muzqaymoq va hokazolar kiradi. Ovqat harorati ham muhim: sut yoki muzlatgichdan hozir olingan lavlagi shoʼrva sanchiq paydo qilishi mumkin.
Ovqatda sabzavot, yorma va sutli taomlar, yogʼsiz qaynatmalar yoki toblama goʼsht, baliq va parranda goʼshtli taomlar tavsiya etiladi, soʼnggilari terisiz burda-burda knelь, (suzma) frikadel, (qayla) sufle (tuxum oqi koʼpirtirmali pishiriq) koʼrinishida boʼlsin; yogʼsizroq tvorog va tvorogli narsalar (toblama, suzma puding va hokazo); chuchuk, yogʼsiz pishloq; ilitma tuxum; turli yorma qaynatmalari, damlamalar, koʼk noʼxat pyuresi, qaynatma kolbasali narsalar; shirin hul mevalar, sharbatlar, kompotlar, kisellar, jelelar, mussalar, choy, qahva (sutli). Shakarni tez-tez ksilit (sorbit), yaʼni kimyoviy shakar bilan almashtirib turiladi.
Oqsil va uglevodlarga qaraganda yogʼlar oʼt ajralishini tezlashtirishi munosabati bilan OʼTK oʼt kasalligida sariyogʼ va boshqa yogʼli ovqatlardan butunlay parhez qilish ham durust emas, baʼzi ovqatlarda oz-mozdan isteʼmol qilib borish maqsadga muvofiq. Har ovqat yeganda oʼt oʼn ikki barmoq ichakka kelib tushadi va oʼt qopida turgʼunlikdan darak beradi. Oʼz navbatida, kam ovqat yeyilganda ham oʼt turgʼunlanadi. Tunda moʼl ovqatlanish taqiqlanadi.
Och qolish mumkin emas, unda oʼt qopida tosh hosil boʼlishi kuchayadi.
Kishi oʼzini yaxshi his qilganida tansiq va moʼl ovqatlanish oʼrniga moʼʼtadil, oʼt sanchigʼiga sabab boʼlmaydigan mahsulot va taomlar isteʼmol qilgani maʼqul. Аyniqsa bu kasallikning alomatsiz shakli holatlariga daxldor, unda odmning oʼt qopida tosh borligi tekshiruv chogʼida tasodifan maʼlum boʼlib qoladi.
OʼTK kuchayganda yoki endi paydo boʼlib, tez-tez loʼqillab ogʼrish va oʼng qobirgʼa ostida zilday yuk borday sezish roʼy bera boshlaganda, xoletsistit (q. Xoletsistit)da tavsiya qilingan ovqatlanish tartibiga oʼtish kerak.
Dori vositalari. Farmokologik dorilarni shifokor maslahati va uning nazorati ostida ichish kerak.
• Oʼt toshlarini eritib yuborishga imkon beruvchi dorilar: Ursodeoksixol kislotasi (Ursosan, Ursofalьk) Xenodeoksixol kislotasi (Xenofalьk).
Jarrohlik muolajasi.
Jarrohlik amali OʼTK kasalligini davolashning yagona samarali usuli hisoblanadi. Oʼt qopini olib tashlash jarrohligi (xoletsistektomiya) rejali ravishda, oʼtkir xoletsistit yoki mexanik sariq rivojlanishini kutib oʼtirmay oʼtkazilgani durust, chunki, aks holda jarrohlik amali «sovuq» paytdagiga qaraganda xavfli kechishi mumkin.
• Hozirgi vaqtda bu amal qorin boʼshligʼini ochmasdan, yengil endoskopik usulda (igna sanchish, laparoskopik usul) bajarilmoqda va bemorlar 3-4 kundayoq kasalxonani tark etmoqdalar.
Kasallikning tez-tez ogʼir takrorlanishi, jigar sanchigʼi yoki xoletsistit xuruji jarrohlik amali qoʼllashni taqozo qiladi.
TАBIIY VOSITАLАR
Xalq tabobati retseptlari (damlamalar) Shifobaxsh qoqioʼt ildizidan 2 oshqoshigʼi termosga solinadi va ustiga 1 l qaynatilgan suv kuyilib, 2 soat damlanadi va yarim stakandan kuniga 2-3 mahal ovqatdan 30-40 daqiqa oldin ichiladi. Muolaja muddati 30-40 kun. Ochambiti giyohi 3 oshqoshiq termosga solinadi va ustiga 1 l qaynatilgan suv quyiladi, 3-4 soat tindiriladi, yarim stakandan kuniga 2-3 mahal ovqatdan 30-40 daqiqa oldin hoʼplab-hoʼplab ichiladi. Muolaja muddati 1 oy.
Fozpanja suvi bilan teng miqdorda koʼk javdar suvi aralashtiriladi, kuniga 3 mahal 2 oshqoshiqdan ichiladi. Muolaja muddati 1 oy.
Makkajoʼxori soʼtasi 1 oshqoshiq 1 stakan qaynatilgan suvda damlanadi, 1 soat tindiriladi va 2 oshqoshiqdan har 3 soatda, bir oy davomida ichiladi.
Bugʼdoyiqning yangi poyasi, bargi va ildizining suvini och qoringa 100-200 ml dan har kuni 1 oycha davomida ichiladi. Аvgustda toʼplangan qichitqioʼt urugʼi issiq suvda tuyiladi (2 choyqoshiq urugʼni 2 oshqoshiq issiq suvda) va yarmini ertalabki nahorda, qolganini kechasi yotishdan oldin ichiladi. Muolaja muddati 10 kun. Koni quyulgan odamlarga qichitqioʼt suvi teskari taʼsir qiladi.
Xoletsistit
Xoletsistit oʼt qopining oʼtkir yoki surunkali kasalligi. Koʼpincha oʼt qopida (q. Oʼt qopi kasalligi) tosh paydo boʼlganida rivojlanadi. Аksariyat 40 yoshdan oshgan ayollarda uchraydi. Xoletsistitning oʼtkir va surunkali koʼrinishlari mavjud. Oʼtkir xoletsistit ovqat tartibi keskin buzilganda (qoʼy yogʼli, qovurilgan, dudlangan ovqat yeyish va alkogolni suiisteʼmol qilish), shuningdek, oʼt yoʼllari tosh bilan toʼlib qolganida yuzaga kelishi mumkin. Oʼtkir xoletsistit asoratlari xatarli (peritonit, jigarosti abstsessi, oʼt qopi yiringlashi, sariq va h.k.) hisoblanadi.
Surunkali xoletsistit oʼt qopining oʼtkir yalligʼlanishidan keyin vujudga kelishi mumkin, ammo aksar mustaqil ravishda va asta-sekin oʼt toshi kasalligi, sekretor yetishmovchiligi boʼlgan gastrit, surunkali pankreatit va boshqa hazm qilish aʼzolari va semirish kasalliklari tufayli rivojlanadi.
Аlomatlari
Oʼtkir xoletsistit va surunkali xoletsistitning oʼtkirlashuvi
• Yegʼli, qovurilgan taomlar, achchiq gazaklar, tuxum, alkogolь ichimliklar isteʼmol qilgandan keyin oʼng qobirgʼa ostida ogʼriqlar turadi. Jismoniy zoʼriqish, yugurish, notekis yoʼllardan yurish (deylik, silkinish oʼt yoʼlidagi toshni surib yuborishi mumkin) dardni xuruj oldiradi.
• Ogʼriqlarga yalligʼlanish alomatlari harorat, holsizlik, shuningdek, ogʼizda achchiq taʼm paydo boʼlish, koʼngil aynishi, qayt qilish qoʼshilishi mumkin.
• Oʼz vaqtida davolanmaslik xatarli asoratga olib kelishi mumkin (q. Sariq, Peritonit).
Surunkali xoletsistit
• Oʼng qobirgʼa osti atrofida loʼqillagan, simillagan ogʼriq paydo boʼladi. Ovqatni, ayniqsa, seryogʼ va qovurilgan ovqatni koʼp yeb yuborgandan 1-3 soat oʼtgach, paydo boʼladigan doimiy ogʼriq seziladi;
• Ogʼriq tepaga, oʼng yelka va boʼyin, oʼng kurak tomonga koʼchadi. • Koʼpincha ogʼizda achchiq, temir taʼmi seziladi, yelli keki rik keladi, koʼngil ayniydi, qorin damlanib, quldiraydi, goh ich qotib, goh ich ketadi va boshqa alomatlar zohir boʼladi.
• Dard uzoq vaqtgacha bir zoʼrayib, bir pasayib turadi, asosan ovqatlanish tartibi buzilganda, alkogolь isteʼmol qilganda, ogʼir jismoniy ish bajarganda, oʼtkir ichak yuqumli kasalliklari qoʼshilganda sovuqlik narsalar koʼp isteʼmol qilinganda yuzaga keladi.
Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?
Oʼtkir xoletsistit alomatlari (qorinda qattiq ogʼriq, qayt qilish va hokazo)da «tez yordam» chaqirish kerak. Qorinda vaqti-vaqti bilan ogʼriq turganda tekshirish uchun shifokorga murojaat qilinadi.
ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI Tekshirish
Oʼt toshi kasalligi Muolaja Oʼtkir xoletsistit va surunkali xoletsistit xurujiga yoʼliqqan bemor zudlik bilan kasalxonaning jarrohlik boʼlimiga yotqizdirilishi kerak. Muolajada oʼt qopi chiqaruv yoʼlidan spazmni olib tashlash, yalligʼlanish va yuqumli kasalliklar davolanadi. Buning uchun barcha ichiladigan dorilar man etilib, toʼla ochlik tayin qilinadi.
Turli ogʼriq bosuvchi va spazmolitik vositalar, antibiotiklar ichiriladi. Konservativ muolajadan foyda boʼlmasa, jarrohlik amali qoʼllanadi. Xurujdan tashqari surunkali xoletsistit koʼp hollarda yana jarrohlik muolajasi talab etadi, xususan oʼt qopida tosh borligi aniqlanganda. Tosh boʼlmasa yoki bemor jarrohlik amalini koʼtara olmaydigan boʼlsa, parhezga rioya qilish kerak va dori muolajasi tavsiya etiladi, bu (spazmolitika, fito dorilari, oʼt toshini eritishga imkon beruvchi vositalar va hokazo)ni shifokor tayinlashi kerak Parhez.
Oʼtkir xoletsistit yoki surunkali xoletsistitning keskin xurujida dastlabki 1-2 kunda faqat iliq narsalar ichish tavsiya etiladi: suyuq shirin choy, suv qoʼshilgan meva sharbati, naʼmatak qaynatmasi (oz-ozdan kuniga 2-3 stakan).
Keyingi 1-2 kunda cheklangan miqdorda ( 100-150 gr dan kunda 6 marta) qirilgan ovqatlar, shilimshiq qirilmali shoʼrvalar (guruchli, manniyli, sulili), shularning yormasidan qilingan boʼtqalar, ularga oz-ozdan sut, jele, mussalar, kompotlar, sharbatlar qoʼshiladi. Taomga sariyogʼ, qaymoq, osh tuzi qoʼshilmaydi.
Shundan keyin parhezga qirilgan tvorog, bugʼlangan goʼsht, qaynatilgan baliq, oliy navli bugʼdoy unidan qilingan suxari qoʼshiladi. Ovqatni oz-ozdan kuniga 6 marta beriladi. Suyuqlikni moʼl ichish zarur (2-2,5 l).
Surunkali xoletsistit xuruji oʼrtacha boʼlganda qaynatma va toblama ovqatlar tavsiya etiladi. Sabzavotli, yormali va sutli shoʼrvalar beriladi. Ovqatlar sirasiga mol goʼshti, yogʼsiz qoʼzi goʼshti, quyon goʼshti, kurka va tovuq goʼshtlarini kiritish mumkin. Goʼshtlar yogʼsiz yoki yogʼi olib tashlangan, chandir va tomirlarsiz, parranda goʼshti esa terisi shilingan boʼlishi kerak.
Sut va qatiq ichimliklar, yengil pishirilgan puding koʼrinishidagi yogʼsiz tvorog ham isteʼmol qilinadi. Parhez oʼt ajrashini kuchaytiruvchi va ich qotishini bartaraf etuvchi sabzavolar, mevalar bilan boyitiladi (q. Oʼt tosh kasalligi, Ich qotishi). Sabzavotlar oʼsimlik yogʼi, zaytun yogʼi bilan qoʼshilib yeyiladi (salatlar, vinegretlar). Faqat chandirli goʼshtlar va toʼqimaga boy sabzavotlar qirib pishiriladi; un va sabzavotlar yanchilmaydi. Shakarning bir qismi ksilit va sorbit bilan almashtiriladi (20-40 gr).
Qovurilgan va juda sovuq taomlar, yangi uzilgan non, varaqi (yogʼli) va oshirilgan xamir, yogʼli goʼsht, oʼrdak, gʼoz, jigar, buyrak, miya, dudlangan kolbasalar, konservalar, seryogʼ baliqlar, dudlangan va tuzlangan baliqlar, baliq konservalari, yogʼli sut mahsulotlari, qaynatilgan tuxum, dukkaklilar, ismaloq, shovul, rediska, koʼk piyoz, sarimsoqpiyoz, dimlangan sabzavotlar, zamburugʼlar, shokolad, ketchup, kremli narsalar, muzqaymoq, xantal, qalampir, oʼtkir qora qahva, kakao, sovuq ichimliklar, mol goʼshti, qoʼy dumbasi, oshxona yogʼlari istisno etiladi. Dori vositalari. Farmakologik vositalarni shifokor tavsiyasi va uning nazorati ostida ichiladi.
Ichiladigan dorilar. * Spazmolitiklar: Mebeverin (Dyuspatalin) Drotaverin (Bespa, No-shpa, Spazmol, Spazoverin, Spakovin) • Papaverin.
• Oʼt toshini erituvchi dorilar: Ureodeoksixol kislotasi (Ursosan, Ursofalьk) • Xenodeoksixol kislotasi (Xenofalьk).
• Fitodorilar: Dala arbishoki (Xofitol) • Krasavki dorilari (Buskopan, Orisavka ekstrati) • Galstena • Gigabene
• Xoldor meva rastoropshisi • Qovoq urugʼi moyi (Tikveol). Jarrohlik muolajasi. Oʼtkir xoletsistit, peritonitning ogʼir davrida, qorin boʼshligʼi abstsessida va konservativ muolajadan foyda boʼlmaganida majburiy jarrohlik amali qoʼllanadi. Odatdagidek, jarrohlik amalidan maqsad oʼt qopini olib tashlash (xoletsistektomiya), qorin boʼshligʼi va oʼt yoʼllari yiringini olib tashlashdir. Oʼt toshi tufayli sodir boʼlgan surunkali xoletsistitda jarrohlik amali yagona chora hisoblanadi (q. Oʼt toshi kasalligi).
TАBIIY VOSITАLАR
Xalq tabobati retseptlari (damlamalar) Sahro boʼznochi guli, uchbarg (vaxta) yaproqlari, yalpiz yaprogʼi, kashnich mevasi teng miqdorda olinadi va aralashmadan 8 gr 250 ml qaynatilgan suvga solinadi, suv vannasida 10 daqiqa ilitilib, 2 soat tindiriladi, suziladi. Ovqatdan 30 daqiqa oldin kunda 4 mahal chorak stakandan ichiladi. Botqoq igir ildizi, qizilpoycha giyohi, momaqaymoq (qoqi) ildizi, moychechak guli, qonchoʼp giyohi teng miqdorda. 250 ml qaynatilgan suvga 8 gr toʼplam tuyilmasi solib, termosda 8 soat tindirilib, dokada suziladi. Ovqatdan 30 daqiqa oldin kunda 4 mahal chorak stakandan ichiladi.
Qayin yaprogʼi, qulmoq mevasi, mavrak giyohi, naʼmatak mevasi, brusnika yaprogʼi, itbinafsha giyohi, buyrak choyi novdasi teng miqdorda olinadi-da, 250 ml qaynatilgan suvga 8 gr solib, suv vannasida 10 daqiqa ilitiladi, issiq joyda 2 soat tindirilib, suzgʼichdan oʼtkaziladi. Ovqatdan 30 daqiqa oldin kunda 4 mahal chorak stakandan ichiladi.