- Gastrit davolashda nimalarga etibor berish kerak
- Belgilari Gastrit davolash nimadan extiyot bulish kerak
- Shifokorga qachon murojaat qilish kerak? Gastrit
- ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI Tekshirish Oshqozonni obdon tekshirish Gastrit davolash:
- Muolaja Gastritda kanday tavsiyalar beriladi
- Quyidagi dorilarni shifokor maslahati va nazorati ostida ichiladi:
- TАBIIY VOSITАLАR Xalq tabobati retseptlari (damlamalar)
Gastrit davolashda nimalarga etibor berish kerak
Gastrit davolash meʼdaning shilliq qavati yalligʼlanishi; ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari ichida sodir boʼlishi boʼyicha birinchi oʼrinni egallaydi.
U oʼtkir gastrit va surunkali gastritga boʼlinadi.
Oʼtkir gastritning yuzaga kelish sabablari koʼproq ovqatda sifatsiz (ovqat zaharlanishi), ayrim dorilarning (salitsilatlar, bromidlar, digitalis dorilari, antibiotiklar, sulьfanilamidlar) yoki kimyoviy moddalarning meʼda shilliq pardasiga salbiy taʼsir koʼrsatishidir. Ovqat allergiyasi (ertut, zamburugʼ va hokazo), ayrim yukumli kasalliklar oʼtkir gastritni keltirib chiqaradi.
Surunkali gastrit kuchayib boruvchi kasallik boʼlib, oshqozon xlorid kislotasi, pepsin va shilliq ishlab chiqaruvchi bezlarning zararlanishi, shuningdek, shilliq parda toʼqimalari regeneratsiyasi (qayta tiklanishi) jarayonining yomonlashuvi bilan izohlanadi. Buoshqozon faoliyati buzilishiga olib kelib, ikki xil boʼlishi mumkin:
• xlorid kislotasi darajasining koʼpayishi (koʼtarilgan meʼda shirasi, koʼpaygan surunkali gastrit);
• xlorid kislotasi darajasining pasayishi (meʼda shirasi pasaygan surunkali gastrit).
Bu muhim! Surunkali gastritning asosiy sababi (90 % da) oshqozonning juda nordon muhiti sharoitida yashashga qodir alohida nordonbardosh bakteriyalar (Helicobacter pylori gelikobakter pilori)dir. Tekshiruv chogʼida ushbu mikroorganizmlarni aniqlash muvaffaqiyatli muolaja uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Yuqori sekretsiyali surunkali gastrit yara oldi holat deb hisoblanadi va uni ham yara kasalligi kabi davolanadi (q. Oshqozon va oʼn ikki barmoq ichak yara kasalligi). Bundan tashqari, yalligʼlanish jarayoni oshqozonosti bezi, oʼn ikki barmoq ichak va zardob ishlab chiqaruvchi yoʼllarga tarqalishi mumkin. Koʼp yillik davr mobaynida gastritning bu turi oshqozon bezlarining asta-sekin qurishi va ular sekretsiyasi pasayishi muo sabati bilan, koʼpincha pasaygan sekretsiya bilan gastritga aylanib ketadi.
Past sekretsiyali surunkali gastrit muolaja qilinmasa, oshqozon saratoniga aylanishi mumkin. Gastritning ushbu xili koʼpincha anemiyaga olib keladi.
Belgilari Gastrit davolash nimadan extiyot bulish kerak
Oʼtkir gastrit odatda shiddat bilan boshlanadi va: • koʼngil aynishi, koʼkrakosti atrofida ogʼriq paydo qiladi; bosh ogʼrigʼi, badan haroratining sal-pal koʼtarilishi, umumiy holsizlikni keltirib chiqaradi;
Koʼpincha gastrit 2-3 kun davom etadi va sogʼayib ketish bilan nihoyasiga yetadi, ahyon-ahyonda notoʼgʼri muolaja tufayli surunkali gastritga oʼtib ketishi mumkin.
Yuqori sekretsiyali surunkali gʼastritda (unga koʼproq Helicobacter pylori sababchi boʼladi) bemorni bezovta qiluvchi hollar:
• qorinning yuqori qismlarida och qolganda, goho tunlarida yuzaga keluvchi, ovqat yegandan keyin darrov oʼtib ketuvchi ogʼriqlar («och ogʼriqlar»);
• jigʼildon qaynashi, nordon kekirish, ich qotishga moyillik;
Past sekretsiyali gastritda quyidagilar koʼzga tashlanadi. • oshqozonning toʼlib ketgandek boʼlishi, ovqatdan keyin koʼkrak osti atroofida ogʼirlik;
• koʼngil aynish, kekirish, goho qorin damlanishi va quldirashi, ich ketishi;
• ovqat yeb boʼlgan zahoti koʼkrak osti atrofida loʼqillagan, sirqiragan, tik turganda, ayniqsa, yurganda kuchayadigan ogʼriq. Ogʼriq anchadan keyin (1-2 soat) ovqat yegach, oʼz-oʼzidan gʼoyib boʼladi;
Shifokorga qachon murojaat qilish kerak? Gastrit
Korinda vaqti-vaqti bilan ogʼriq paydo boʼlganda tekshirish uchun shifokorga murojaat qilish kerak. Qorin qattiq ogʼriganda jarrohlik kasalligini istisno etish uchun «tez yordam» chaqirish zarur (appendetsit, xoletsistit va hokazolardan).
ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI Tekshirish Oshqozonni obdon tekshirish Gastrit davolash:
• oshqozonni endoskopik tekshirish;
•oshqozon shirasining kislotaliligini tekshirish;
• Helicobacter pylori ni aniqlash;
Shunga oʼxshash alomatlar bilan paydo boʼluvchi eng koʼp uchraydigan kasalliklar istisnosi uchun shifokor koʼshimcha usullarni ham tayinlashi mumkin:
• ichakni endoskopik tekshirish;
• qorin boʼshligʼi aʼzolarining ulьtratovush tekshiruvi;
• qonning klinik tahlili; bez almashinuvini tekshirish (anemiya aniqlanganida) va hokazo;
Muolaja Gastritda kanday tavsiyalar beriladi
Oʼtkir gastritning yengil shakllari muolajasi odatda, maxsus shifobaxsh dorilar qoʼllashni talab etmaydi. 12-24 soat davomida tuz totmaslik yetarli va ayrim hollarda spazmolitiklar (Noshpa, Papaverin) va faollashtirilgan koʼmir ichib turiladi Gastrit davolash.
Oʼtkir gastrit ogʼir kechganda kasalxonaga yotish zarur. Surunkali gastrit qatnab yoki uy sharoitida davolanadi. Odatda oshqozon sekretsiyasini yaxshilash va Helicobacter pylorini bartaraf etish uchun maxsus parhez va shifobaxsh dorilar tayinlanadi.
Parhez. Oʼtkir gastritda kun davomida tuz totmaslik, keyin esa kasallik alomatlari koʼrinishiga bogʼliq holda 37 kun davomida yengil parhezga (quyida q.) rioya qilish foydali. Oshqozonning meʼyordagi yoki yuqori sekretsiyali chogʼida surunkali gastrit xuruj qilganida mexanik va kimyoviy narsalardan ehtiyot boʼlib parhez qilinadi.
Oshqozon sekretsiyasini sal-pal qoʼzgʼatuvchi va nisbatan meʼdani tez tark etuvchi mahsulot va taomlar yeyishga ruxsat etiladi (sut mahsulotlari, qirilgan sabzavotlar va goʼshtli taomlar, qaynatilgan tuxum, nim yopishqoq boʼtqalar, kechagi yoki qotgan bugʼdoy noni) Ovqat pyure yoki boʼtqasimon koʼrinishda kuniga 5-6 marta beriladi. Taomlar suvda yo bugʼda pishirilgan boʼladi.
Qovurilgan, dimlangan va toblab pishirilgan taomlar, goʼshtli, baliqli va zamburugʼli shoʼrva va somsalar, oʼtkir sabzavot qaynatmasi, achchiq va shoʼr gazaklar, toʼgʼralgan va yopilgan sabzavot va mevalar, dudlangan, ovqat tolalari va biriktiruvchi toʼqimalarga boy mahsulotlar, oʼtkir hidli va xushtaʼm sabzavotlar, nordon mevalar, gazlangan ichimliklar, qahva, muzqaymoq man etiladi.
Parhezda oʼtkir holatlar tinchigandan keyin asta-sekin mexanik va kimyoviy cheklovlar kamaytiriladi, tuzalib ketgandan keyingina odatdagiday ovqatlanishga oʼtiladi.
Meʼyordagi va yuqori sekretsiyali oshqozonning surunkali gastritida gazsiz, nim maʼdanli shifobaxsh iliq suvlar («Borjomi», «Smirnovskaya», «Slavyanskaya» va hokazo) qoʼshimcha samara beradi; muolaja boshida kuniga 3 mahal 100 ml dan astasekin miqdorni 200-250 ml gacha olib boriladi. Suvni ovqatdan 1-1,5 soat oldin katta-katta hoʼplab (1-2 daqiqa davomida) ichiladi. Jigʼildon qaynasa, kekirilsa, ovqatdan keyin 50 ml suv qoʼshimcha ichiladi.
I. Oshqozon past sekretsiyali gastritda oshqozonni mexanik avaylovchi va oshqozon bezlarini qoʼzgʼatuvchi ovqatar bilan astaasta kimyoviy kuch beruvchi parhezdan foydalaniladi.
I. Turli darajadagi tuyilgan va bugʼlab pishirilgan taomlar ruxsat etiladi; qaynatmalar, dimlamalar, toblamalar, usti qattiqlashib ketmagan qovurmalar, qirib tayyorlangan taomlar birlashtiruvchi toʼqima va hujayralarga boy ovqatlar.
Ovqat xillariga yogʼsiz, achchiq boʼlmagan goʼsht va baliq shoʼrvalari, sabzavot va zamburugʼ qaynatmalari, karam shoʼrva, mayda toʼgʼralgan sabzavotli lavlagi shoʼrva, suvda tindirilgan selьd gazagi, shundan tayyorlangan farshmak (kartoshka qoʼshib ezgʼilangan taom), yangi pomidor salati, dirillama (xolodets), chuchuk pishloq, yogʼsiz mol goʼshti, bakra va yershь baliqlarining uvuldirigʼi, xushtaʼm sabzavotlar va oz-ozdan xushboʼy hidli sabzavotlar va hokazolar kiradi.
Ovqat xillaridan yangi uzilgan non, oshirilgan va qatlangan xamirdan pishirilgan turli nonlar, sut mahsulotlari, noʼxat va loviya shoʼrvalar, chalop, seryogʼ goʼsht, oʼrdak, gʼoz goʼshtlari, yogʼli, shoʼr, dudlangan zarang baliq, sholgʼom, turup, zamburugʼ va boshqa qattiq meva va sabzavotlar, yogʼli va achchiq sous,
ziravorlar, uzum suvi, gazlangan ichimliklar, mol, koʼy va oshxona yogʼlari man etiladi.
Shira yetishmovchiligi boʼlgan gastritning alomatsiz davomida va oʼtkirlashgandan keyin sogʼayib ketganida mehanik va kimyoviy isteʼmol qilinishi isbotlangan. Faqat mol va parrandalarning seryogʼ goʼshtlari va oshxona yogʼi, qovurma taomlar, dudlamalar, zamburugʼlar, dagʼal toʼqima manbalari va boshqa hazmi ogʼir, oshqozonda uzoq turib qoladigan mahsulotlar va taomlar cheklanadi xolos. Rioya qilish vaqti boʼyicha kuniga 4-5 marta ovqatlanish tartibi qatʼiy boʼlishi shart. Ovqatni koʼp yeyish taʼqiqlanadi.
Quyidagi dorilarni shifokor maslahati va nazorati ostida ichiladi:
• Oshqozon shirasi (kislotaligi) baland boʼlgʼanida: Аlьmagelь • Vikalin • Gastal • Gastrofarm • Gelusil • Maaloks • Omeprazol • Ranitidin • RPutatsid • Talьtsid • Famotidin. • Oshqozon shirasi (kislotaliligi) past boʼlgʼanda: Levokarnitin (Karniten Elьkara eritmasi) • Romazulan • Metoklopramid (Reglan, Serukal, Serulan).
• Helicobacter pylori aniqlanganda: Vikmut trikaliy ditsitrati (De-nol) • Klaritromitsin (Fromilid, Klerimed) • Pilobakt • Sukralьfat (Venter) va hokazo.
TАBIIY VOSITАLАR Xalq tabobati retseptlari (damlamalar)
Oʼtkir gastrit Аrpabodiyon mevasi 5 gr termosga 1 stakan qaynatilgan suv quyiladi, 2 soat tindirilib va 1/4 stakandan kuniga 3-4 mahal kasallikning birinchi haftasida oshqozon gʼijimlab ogʼriganda ichiladi.
Togʼrayhon giyohi 15 gr termosga 1 stakan qaynatilgan suv quyilib, 1-2 soat tindiriladi va kuniga 3 mahal 1 oshqoshiqdan ovqat oldidan ichiladi. Ovqat hazmi yaxshilanishi uchun 1 hafta yetadi.
Tikonli stalьnik ildizi 30 gr yopiq idishli 0,5 l suvda 10 daqiqa qaynatiladi, 2 soat tindirilib, 1/4 stakandan kunda 3 mahal ichiladi. 2 hafta davomida oshqozon-ichak yoʼlidagi xiltlarni yoʼqotib, hazmni yaxshilaydi.
Surunkali gastrit Bargizub yaproqlari goʼsht maydalagichdan chiqarilib, 1:1 miqdorda tabiiy asal bilan qoriladi, 1/10 litr miqdorida 1/4 stakan iliq suvga solib, kuniga 2-3 mahal ovqatdan oldin ichiladi. Muolaja muddati 2 oy, zarurat tugʼilganda 10 kun tanaffusdan soʼng muolaja takrorlanadi. Bu dorini tayyorlab, gʼamlab qoʼysa ham boʼladi. Saqlanish muddati 1 yil.
Beshyaproqli arslonquyruq 1 oshqoshiq. Termosga 1 stakan qaynatilgan suv quyib 1 soat tindiriladi, kuniga 3-4 mahal 1 oshqoshiq ovqat oldidan ichiladi, basharti yalligʼlanish jarayonida zardob oqib tusha boshlasa muolaja muddati 45 kun davom ettiriladi.
Dastarbosh gullarini yarim litrli shisha idishga yarmigacha tiqib solinadi va aroq quyiladi, 5 kun oftobda tindiriladi, oshqozon ogʼriganda kuniga 3 mahal ovqat oldidan 2 oshqoshiqdan ichiladi Gastrit davolash.
Muolaja muddati 4-6 hafta, bir oy tanaffusdan soʼng muolajani davom ettirish mumkin. Sekretor faoliyati past boʼlgan surunkali gastrit. Kislotaliligi past surunkali gastritda brusnik mevasini qaynatilgan va ivitilgan holda 30 kun isteʼmol qilinadi. Kuniga 3-4 mahal ovqatdan oldin 1-2 oshqoshiqdan ichiladi Хикичок, Тиш тушиши, Стоматит, ТИШ ОҒРИҒИ, Тромбофлебит, Стенокардия, Юрак етишмовчилигини, БОД (РЕВМАТИЗМ), Юрак.