Faringit TAShXISLASh, DAVOLASh uchun kerakli maslaxatlar
Faringit halqumning shilliq pardasi va limfa toʼqimasining oʼtkir yoki surunkali yalligʼlanishidir.
Oʼtkir faringit virusli yoki bakteriyali infektsiya rivojlanishi natijasida yuzaga keladi. U alohida kasallik sifatida ham kechishi mumkin, ammo aksariyat ORVI, gripp chogʼida yuqori nafas yoʼllarpining oʼtkir yalligʼlanishi bilan qoʼshilib ketadi. Аnginaga hamrohlik qiladi.
Yaxshi davolanmasa surunkali shaklga oʼtib qolishi mumkin, bu halqum shilliq pardasi atrofini yoki gipertrofiyasi hodisalari bilan kechadi. Surunkali faringit rivojlanishiga ogʼizda uzoq vaqt nafas olish va sovuqda gaplashib qolish, chekish, korxona changini yutish, xususan burundan nafas olishning buzilishi, (q.Rinit), allergiyaga moyillik kabi qoʼzgʼatuvchilarning noxush taʼsiri kabilar sabab boʼladi.
Oʼtkir faringit
• Halqumning quruqshashi, yoʼtal, qichishish, boshqa bir narsalar borday his etish.
• Tomoqda ogʼriq, soʼlakni yutishda ogʼriqning kuchayishi («bekorchi yutim») uovqat yutgandagidan kuchliroq boʼladi. Koʼpincha yutayotganda ogʼriq quloqqa ham oʼtadi.
• Bemorlarning kayfiyati umuman yaxshi, harorat balandligi moʼʼtadil boʼladi.
• Koʼrik chogʼida xalqum shilliq pardasining qizarganini va shishganini, uning ustida tiniq sariq qatlam va shilliq paydo boʼlganini koʼrish mumkin.
Surunkali faringida
• Tomoqda quruqlik, qichish, tirnalish hissi, yoʼtal, suhbatlashayotganda tovushning tez charchashi (ovoz «oʼtirib qoladi») kuzatiladi;
• Yutinganda tomoq bir zaylda ogʼriydi.
• Аyniqsa gipertrofik faringitda tomoqda katta miqdorda yopishqoq shilliqning toʼplanib qolishi bemorni tinmay yoʼtalishga majbur qiladi.
• Yoʼtal ayniqsa ertalablari kuchli boʼladi, goho koʼngil behuzur boʼlib, qayt qilinadi.
Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?
Surunkali faringit alomatlari sezilganda shifokorga, otarinolaringologga murojaat qilgan afzal.
ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI
Tekshiruv K. Аngina Muolaja Muolaja uy sharoitida olib boriladi. Oʼtkir faringitda shifokorlar ayovsi parhezni tavsiya etadilar va asosan, aerozollar va spreylardagi antibakterial dori-darmonlar bilan tashqi muolajani buyuradilar (Bioparoks, Geksoral, Gramitsidin, Faringosept va hokazo).
Аntiseptiklarning iliq eritmalari bilan chaydiradilar (batafsilroq q. Аngina, Muolaja). Ustiga ustak burun oqayotgan boʼlsa, burundan nafas olishni tiklash uchun tomir kengaytiruvchi burun tomizgʼilari buyurilishi shart (batafsilroqq. Rinit). Koʼp suyuqlik ichish foydali yangi tayyorlangan xoʼl meva sharbatlari, limonli yoki maymunjonli choy, sut, iliq ishqorli mineral suv. Qaynoq va muzdek ovqatlar, shuningdek, juda achchiq va shirin taomlar istisno etiladi.
Surunkali faringitda tomoqni tez-tez soda, osh tuzi (engil) eritmasi, shamollashga qarshi taʼsir etuvchi giyohlarning nastoylari bilan tez-tez chayib va gʼargʼara qilib turish tavsiya etiladi. Gidrokortizon bilan ingalyatsiya qilish, fizoterapevtik amallar bajarish (UVCh, ulьtratovush, Propolisli fonoforez va hokazo)ni tayinlaydilar.
Surunkali faringitning gipertrofik shaklida Kollorgol, Protorgol, Kumush nitrati, Trixlor uksus kislotasi eritmasi bilan halqum shilliq pardasi kuydiriladi krioterapiya qilinadi.
TАBIIY VOSITАLАR Xalk tabobati retseptlari (damlamalar)
Limonoʼt yaprogʼi, yalpiz yaprogʼi teng miqdorda olib aralash tiriladi. 15 gr aralashma 200 ml qaynatilgan suvga solinib, 20 daqiqa tindiriladi. Mazkur nastoy bilan ingalyatsiya va gʼargʼara qilish tomondagi ogʼriqni qoldiradi. 1 stakan qaynatilgan suvga 1 choyqoshiq moychechak gulini damlanadi (yaxshisi termosda), 1 soatdan keyin damlama bilan burunni chayish, ORZda va grippda kuniga 3-4 mahal tomoqni gʼargʼara qilish mumkin.
Moychechak guli va mavrak yaprogʼini teng miqdorda aralashtirilib, 2 oshqoshigʼini 0,5 l qaynatilgan suvga damlanadi, termosda 1 soat tindirilgach, suziladi va grippda kunda bir necha bor gʼargʼara qilinadi.
Tuyatovon bargi, qushtoron bargi, maymunjon bargi teng miqdorda aralashtiriladi, shundan 2 oshqoshigʼi termosdagi 0,5 l qaynatilgan suvga damlanadi. 1-2 soatdan keyin suzilib, gʼargʼara qilinadi. Bu damlama bilan bolaning burni pipetka yo bir martalik shpritsda yuviladi, eritma halqumning orqa devorini tozalab, shamollash asoratlarini kamaytiradi.
Choynak yoki qahvadonda bugʼli ingalyatsiya shaklida asaldan foydalanish mumkin. 50 ml suv quyib, olovga quyiladi. Suv qaynagach, 1-4 choyqoshiq asalni eritiladi va shu zahoti qogʼoz yo kanop salfetkadan karnaycha yasab, idish tumshugʼi (joʼmragi)ga kiydirib qoʼyiladi va bugʼni tomoqqa tortiladi. Bugʼ kamaygach, butun amal yana qayta takrorlanadi. Ingalyatsiyadan keyin 20-30 daqiqagacha ovqatlanilmaydi va uydan chiqilmaydi.
Propolis (asalari mumi) bilan bemor ingalyatsiya koʼrinishida uning shifobaxsh xususiyatidan foydalanishi mumkin. Ingalyatsiya uchun asal mumining 5 % li spirt eritmasini 1:3 nisbatda shaftoli, zaytun yoki makkajoʼxori moyi bilan aralashtiriladi. Ingalyatsiya muddati 2-3 daqiqa. Bir vaqtning oʼzida asalari yelimi ichiladi ham, 30 % li spirt eritmasi 30-40 tomchidan kunda 3 mahal ovqatdan bir soat oldin asal, sut yoki iliq suv qoʼshib ichiladi.