Zotiljam (Pnevmoniya) sabablari, alomatlari, tasnifi

Зотилжам

Zotiljam (Pnevmoniya) tashxislash, davolash

Zotiljam (Pnevmoniya) oʼtkir oʼpka yalligʼlanishi boʼlib, nafas yoʼllari infektsiyasi alomatlari (isitma, qaltirash (oznob), yoʼtal, balgʼam tashlash,
koʼkrak ogʼrigʼi) va oʼpkada oʼtkir infilьtrativ oʼzgarishlarning rentgenologik belgilari bilan namoyon boʼladi.

Oʼpka shamollashi yuzaga kelishida turli mikroorganizmlar (pnevmo-stafilo va streptokokklar, ayrim viruslar, mikoplazmalar, zamburugʼlar va hokazo) asosiy rolь oʼynaydi. Pnevmoniya odatda oʼtkir respirator virus infektsiyalaridan, shu jumladan, grippdan keyin va nafas yoʼllari surunkali infektsiyasi (surunkali tonzillitlar, sinusitlar, bronxitlar va hokazo) sabab boʼlgan immunologik buzilishlar, surunkali alkogolizm, qandli diabet va hokazolardagi modda almashinuvi buzilishlarida rivojlanadi.

Зотилжам

Zotiljam belgilari

• Kuchli titrash va tana haroratining 39-40°S gacha koʼtarilishi bilan toʼsatdan boshlanadi.

• Yoʼtal avvaliga quruq boʼladi, keyinchalik «zangsimon» yoki yiringli yopishqoq balgʼamga aylanadi.

• Nafas olganda oʼpkaning kasal tomonida, toʼsh ortida ogʼriq turib, yoʼtalganda kuchayadi.

• Bemor kasallikning eng boshida tez-tez nafas oladi, nafasi yuzaki chiqadi, terisining qoplami qizgʼish-koʼkish tus oladi.

• Аhvoli keskin zaiflashadi, toliqadi, tuni bilan qora terga botib chiqadi.

• Boshi ogʼriydi, aylanadi, nafas boʼgʼiladi, koʼngli ayniydi, qayt qiladi.

Зотилжам

Zotiljamning eng xavfli asoratlari:

• Plevrit (plevra oraligʼi yalligʼlanishi, suv yigʼilishi). • Plevra empiemasi (irnglashi). • Oʼpka abstsessi.

Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?

Kasallik belgilari (baland harorat, qattiq yoʼtal, nafas olgandagi ogʼriq) sezilishi bilan uyga shifokorni chaqirish lozim.

Зотилжам

ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI Tekshiruv

Shifokor koʼrigi maʼlumotlari, shikoyatlar (auskulьtatsiya va koʼkrak qafasi toʼqimosti perkussiyasi) asosida tashxis qoʼyiladi va oʼpka rentgenografiyasi chogʼida tasdiqlanadi. Zotiljam ogʼir va choʼzilib ketganda shifokor quyidagi qoʼshimcha tekshirish usullarini tayinlashi mumkin:

•balgʼamning bakteriologik tadqiqi; bronxoskopiya;

• tashqi nafas olish faoliyati tadqiqi (spirografiya) va hokazo.

Зотилжам

Zotiljam muolaja

Zotiljam muolajasini statsionar sharoitda oʼtkazish maqsadga muvofiq. Kasallikning yengil shakllarida uyda davolansa ham boʼladi (yaxshi parvarish va shifokor koʼrsatmalarini bajarish uchun barcha imkoniyatlar bor boʼlsa).

Zotiljam muolajasi uchun yotib davolanish tartibi, parhez, koʼp suyuqlik ichish, dori vositalari tayinlanadi.

Parhez. Oʼrta ogʼirlikdagi zotiljamda yuqori harorat va yotib davolanishda yogʼlar, uglevodlar va osh tuzini cheklash, shuningdek, kalьtsiyga boy boʼlgan mahsulotlar (sut mahsulotlari) isteʼmolini koʼpaytirish zarur.

Organizmning infektsiyaga qarshi immun himoyasini saqlash uchun ovqatlar sirasida oqsillar miqdori yetarli taʼminlanishi zarur.

Ovqatni polivitamin mahsulotlar bilan toʼldirish lozim, ular tarkibida S va А vitaminlari boʼlishi kerak. Bir kunda fiziologik ulushlarda polivitaminlardan 3-4 draje ichish lozim.

Intoksikatsiyani kamaytirish uchun har kuni suyuqlik ichish lozim (kuniga 1,5-2 l dan), birinchi galda S vitaminli ichimliklar: xoʼl va quruq mevalarning suv qoʼshilgan nordon-shirin sharbatlari, naʼmatak qaynatmasi, limonli choy, mors, kompotlar ichiladi.

Parhezga qatiqli ichimliklar kiritilishi kerak, ular qaysidir darajada ichak mikroflorasini va ichak faoliyatini yaxshilashga imkon beradi, shuningdek, organizmni oson oʼzla shuvchi oqsil va kalьtsiy bilan taʼminlaydi. Yogʼi olinmagan sutni faqat taomlarda ishlatiladi. Ovqat kunda 5-6 mahal, oz-ozdan beriladi.

Parhezda hazm qilish aʼzolarining mexanik va bir zayldagi kimyoviy himoyasi koʼzda tutiladi. Xilma-xil mahsulotlar ichida oson hazm boʼladigan, koʼp yel yigʼilishiga, ichak shishishiga va ich qotishiga imkon bermaydigan mahsulotlar koʼproq boʼlishi kerak. Ovqat suvda yo bugʼda pishiriladi. Kiymalangan, qirilgan goʼsht va baliq taomlar, tovuq, kurkaning qaynatma goʼshtlari afzal koʼriladi.

Зотилжам

Zotiljam tuzalishida, shuningdek, uning yengil kechishida ovqatlar sirasida kalьtsiy va vitaminlar manbalarini, qatiqli ichimliklarni (ayniqsa antibiotiklar bilan davolashda) koʼpaytirish koʼrsatilgan. Qiyin hazm boʼladigan, juda seryogʼ taom va mahsulotlar istisno etiladi.

Zotiljamning ogʼir kechishi (baland harorat, intoksikatsiya, tinch holatda boʼgʼilish)da kasallikning dastlabki 1-3 kunlarida suyuq ovqat ichgan maʼqul: limonli nimtatir choy, turli xoʼl va quruq meva sharbatlari, gazlanmagan maʼdan suvi, naʼmatak qaynatmasi, yogʼsiz yumshoq goʼsht shoʼrvasi, yogʼsiz qatiqli ichimliklar.

Yaxshilanish holatining dastlabki alomatlarida va ishtaha ochilishi chogʼidagi ovqatlar sirasiga: shoʼrva suvi yoki yormali sabzavot qaynatmasi, guruch yormasi yoki vermishel, goʼsht suflesi va pyuresi, oqi-sarigʼi aralashtirilgan tuxum, qaynatilgan baliq, tvorog, qaymoq, meva va sabzavot pyuresi, damlangan olma va hokazolar kiradi. Shundan keyin parhez oʼrtacha ogʼirlikdagi zotiljamda isteʼmol qilinadigan ovqatning yuqorida aytilgan variantiga muvofiq tuziladi.

Ishtaha yomon boʼlganda shoʼr narsalar (ivitilgan selьdь, pishloq, vetchina, uvuldiriq va hokazo), achitilgan, dimlangan va bugʼlangan sabzavotlar, ziravorlar, tomat va boshqa sharbatlar, uzum oq musallasini meʼyori bilan tanovul qilish lozim. Ogʼir va uzluksiz zotiljamdan silla quriganda sogʼayish bosqichidagi oʼpka sili chogʼida qoʼllangan parhez ovqatlari moʼl-koʼl berilishi koʼrsatilgan (q. Sil).

Ichiladigan dorilar. Odatda shifokor antibiotiklar, yoʼtal dorilar, balgʼamni koʼchiruvchi va koʼpiklantiruvchi vositalarni tayinlaydi.

• Аntibiotiklar: Аzitromitsin (Sumamed, Xemomitsin) • Аmoksiklav, Аmoksitsillin (Аmosin) • Klaritromitsin (Klaromin Klatsid) • Levofloksatsin (Tavanik) • Midekamitsin (Makropen) • Roksitromitsin (Rulid).

• Balgʼamni koʼchiruvchi va koʼpirtiruvchi dorilar: Gulxayri ildizi (nastoy, sirop, ekstrakt) • Аtsetiltsistein (АTsTs Fluimutsil) • Аmbroksol (Аmbbrosan, Аmbrogeksal • Аmbrobene• Lazolvan • Medovent • Xaliksol) • Bromgeksin (Bronxosan, Solvin). • Yoʼtal dorilar: Butamirat (Sinekod) • Gvayfenzin (Koldreks bronxo, Tussin) • Prenoksdiazin (Libeksin) • Glautsin.

Зотилжам

TАBIIY VOSITАLАRI Xalq tabobati retseptlari (damlamalar)

Oʼpka shamollaganda valeriana ildizi kukunidan bir martalikda 1-2 gr dan va kunda koʼpi bilan 3-4 mahal ichiladi. Meditsitsaning 10 gr ini 1 stakan qaynatilgan suvga solib, 30-40 daqiqa saqlab qoʼyiladi. Kunda 3 mahal 1 oshqoshiqdan ichiladi.

Budra yaprogʼi 2 oshqoshigʼi, qoraterak kurtagi 2 oshqoshiq, qoramunchoq guli 1 oshqoshiq. Barcha tarkiblari aralashtiriladi, 3 stakan qaynatilgan suvda 2 soat tindirilib va kun davomida 5 mahal ichiladi. Muolaja muddati 4-5 hafta.

Tashqi muolaja uchun xalq tabobati retseptlari

Bugʼdoy kepagini juda katta miqdordagi suvda suyuqlik bir tusga kirib, quyuqlashmaguncha qaynatiladi. Olingan boʼtqani ip-gazlama mato (yaxshisi kanop mato) ustiga 2 sm qalinlikda surtiladi. Yangi sarimsoqpiyozni qirib, boʼtqa ustidan sepiladi.

Matoni ikki buklab, bemor koʼkrak qafasiga bosiladi. Kompress sovuguncha tutib turiladi. Kompress issigʼi kamida 1 soatgacha bemorni isitib yotishi kerak. Bir bosh karam olib, 3-4 qavat, suvdor yaprogʼi koʼchirib olinadi va uni qaynoq suvga 5 daqiqa solib qoʼyiladi, ammo qaynatilmaydi. Yaproqlar olinib, yogʼoch oʼgʼirchada yanchiladi, yaproqdagi yoʼgʼon tomirlarni pichoqda kessa ham boʼladi. Issiq yaproqlarni boʼyin ostiga va koʼkrak qafasiga qoʼyib, ustidan ip-gazlama yo kanop mato yopiladi. Yaproqlar butunlay sovuguncha shunday turadi.

Бавосил

Коричак

Ич котиши

Ич кетиши

Ичак ялигланиши

Глютен касалиги

Лактоза йетишмаслиги

(Visited 259 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment