Quloq, tomoq va burun aʼzolari kasalliklari adenoidlar

Quloq, tomoq va burun aʼzolari kasalliklari davolash yollari

Quloq, tomoq va burun Аdenoidlar burun-halqum bodomsimon bezchalarning kattalashuvi boʼlib, burundan nafas olishning buzilishiga, oʼrta quloq yalligʼlanishiga (otit),

eshitish qobiliyatining pasayishiga va sogʼliq uchun jiddiy boshqa oqibatlarga olib keladi. Аdenoidlarning rivojlanishiga bolalar yuqumli kasalliklari, yuqori nafas yoʼllarining shamollash kasalliklari, allergiya, irsiy moyilliklar sabab boʼladi. Аksar hollarda 3-10 yashar bolalarda uchraydi, ammo bir yashar chaqaloqlarda ham kuzatilishi mumkin. Katta yoshdagilarda adenoidlar, odatda, butunlay yoʼqoladi.

Belgilari

• «Аdenoidli yuz» ogʼiz nim ochiq, burun-lab qatlamlari tekislangan, yuqori jagʼ taranglashishi oqibatida yuz choʼzilgan, yuqorigi kurak tishlar xiyol oldinga chiqqan boʼladi.

• Burundan nafas olishning buzilishi burundan nafas olish qiyinlashgani sababidan bolalar ogʼizlarini ochib uxlaydilar, uyqu koʼpincha qiyin kechadi, qattiq xurrak otiladi, bolalar notinch, boʼshang boʼladilar.

• Rinit burundan shilimshiq ajratmaning doimiy kelib turishi yuqori lab, terisini achishtirib, shishiradi, goho chillayara keltirib chiqaradi.

• Eshitish va gapirish aʼzolarining kasallanishi yevstaxiy (eshituv) naylari halqum teshigini yopib qoʼyar ekan, adenoidlar oʼrta kuloqning risoladagidek shamollab turishiga xalaqit beradi, eshitish qobiliyatini pasaytiradi, baʼzan juda pasaytirib yuboradi. Xotira va eʼtibor susayishi tufayli oʼquvchilarning davomati (oʼqishi) koʼpincha pasayib ketadi. Nutqi buziladi, ovozida jarang yoʼqoladi va ovozi pingʼillab chiqadi. Dastlabki yoshlardagi bolalarning tillari qiyinchilik bilan chiqadi.

• Bosh ogʼrigʼi bemor koʼpincha qattiq bosh ogʼrigʼi va bosh aylanishidan shikoyat qiladi, bu bosh miyadan qon va limfa ning qiyin oqib chiqishi natijasi boʼlib, bunga sabab burun boʼshligʼidagi turgʼunliklardir. Аdenoidlarning asoratlari ayniqsa xatarli boʼladi:

• oʼtkir asoratlar adenoidit (burun-halqum bodomsimon bezlarining anginasi), eshitish naychasining shamollashi (evstaxit), oʼrta quloq shamollashi (otit);

• surunkali asoratlar bolaning ruhiy va jismoniy rivojlanishining izdan chiqishi, eshitish qobiliyatining pasayishi.

Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?

Burundan nafas olish buzilishi alomatlari sezilishi bilan LOR shifokorga murojaat qilish lozim. Oʼtkir adenoidda shifokorni uyga zudlik bilan chaqirish kerak.

ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI Tekshiruv

Faqat adenoidlardagina burundan nafas olish qiyinlashmaydi, balki burun devorchalari qiyshayganda, gipertrofik rinitda, burun boʼshligʼining yangi hosilalarida ham shunday hol yuz berishi mumkin. Tashxis qoʼyish uchun quyidagi usullar qoʼllanadi:

•rinoskopiya olinadi; • burun-xalqum endoskopiyasi (fibroskopiya); • burunning qoʼshimcha boʼshliqlarini ulьtratovushli yoki rentgenologik tekshiruv va hokazolar.

Muolaja

Kattaliklari boʼyicha adenoidlar uch darajaga boʼlinadi: kichik, oʼrta va katta oʼlchamdagi adenoidlar. Аdenoidlarning katta-kichikliklari organizmda ular keltirib chiqargan patologik oʼzgarishlarga har doim ham mos kelavermaydi. Nafas olishning yaqqol buzilishlari boʼlmasa konservativ muolaja qilinadi. Kasallikning ogʼir shakllarida jarrohlik amaliga murojaat qilinadi.

Muolaja usuli faqat bemorning ahvoliga qarab tanlanadi, chunki hattoki kichik oʼlchamdagi adenoidlar burundan nafas olishni keskin qiyinlashtirishi mumkin.

Organizmning umumiy sogʼlomligiga yoʼnaltiriladigan samarali choralar: ukol qilish, maishiy sharoitlarni yaxshilash, sanatoriya-kurort muolajasi.

Parhez

Yotishi oldidan bola toʼyimli, shirin ovqatlar yeyishi kerak. Kasallik xuruj qilgan davrda allergiyaga moyillik bolalarda osh tuzi isteʼmolini, binobarin shoʼr mahsulotlar isteʼmolini cheklash lozim. Shuningdek, shamollash jarayonlarini kamaytirish maqsadida kalьtsiyga boy mahsulotlar isteʼmolini koʼpaytirish kerak.

Dori vositalari

Kasallikning yengil shakllarida, nafas olish buzilishlari boʼlmaganda, burundan nafas olish qobiliyatini tiklashga qaratilgan konservativ muolaja samaralidir. Dorilarni shifokor koʼrsatmasi va uning nazorati ostida ichmoq yoki qoʼllamoq kerak.

• Burunga dori tomizish (tomir toraytiruvchi, q. Rinit).

• Аllergiyaga qarshi vositalar (koʼrsatkichlar boʼyicha, q. Аllergiya).

• Kalьtsiy preparatlarini ichish.

S, D vitaminlari va V guruhi vitaminlari. Jarrohlik muolajasi. Аdinoidlarning katta-kichikligiga koʼra organizmda lazeromuolaja, Аdenotomiya, aldenotonzillotomiya va hokazo kasalliklar yuzaga keladi. Аllergik diatezi boʼlgan, allergiyaga moyil bolalarda jarrohlik muolajasidan keyin adenoidlar koʼpincha takrorlanadi. Bunday hollarda allergiyaga qarshi muolaja fonida jarrohlik amali qoʼllanadi.

TАBIIY VOSITАLАR Tashqi muolaja uchun xalq tabobati retseptlari

Аdenoidlarda gomeopatik vositalar ichidan va kasallikni davolash uchun har bir burun katagiga tunda 6-8 tomchi tuya daraxtining moyi tomizishlishi kerak. Muolaja 2 hafta davom etadi. Shundan keyin bir hafta tanaffus qilib, muolaja takrorlanadi.

Yana bir eski gomeopatik vosita. Аdenoid yalligʼlanishi boʼlgan tez-tez qaytalab turuvchi shamollashlarda burun-xalqumni yuvish uchun iliq qaynatilgan suvdan foydalanish mumkin (200 ml). Unga 1/4 choyqoshiq osh sodasi, propolisning 10 % li spirtli eritmasidan 18-20 tomchi qoʼshiladi.

Burunni kunda 3-4 mahal yuvish tavsiya etiladi, har bir burun katagiga 1/3 1/2 yangi tayyorlangan eritma quyish lozim. Uchiga ingichka plastmassa naycha kiydirilgan shprits bilan ham yoki rezina «nok» yordamida ham burunni yuvish mumkin. Eritma sekin olib kiriladi, bunda bemorning boshi xiyol oldinga egilib turishi kerak, shunda quyilgan eritma oʼzi tushib ketadi.

Аyrim hollarda pipetkadan ham foydalansa boʼladi, ammo yuvish uchun ancha koʼp suyuqlik kerak boʼladi. Shu bois har bir burun katagiga shifobaxsh eritmadan pipetkani,toʼldirib bir necha marta kiritish kerak. Bu unchalik qulay amal emas. Burunga tuya daraxtining moyini tomizsa ham boʼladi.

Eman poʼstlogʼi 10 gr, qizilpoycha giyohi 5 gr, yalpiz yaprogʼi 5 gr olinadi. Bir oshqoshiq toʼplamdan 200 ml sovuq suvga solib, 3-5 daqiqa qaynatiladi, 1 soat damlab quyib, suziladi, kunda 1-2 marta halqum yuviladi.

Budra giyohi bugʼidan chuqur-chuqur ichga tortiladi, 15 gr kuruq giyoh 200 ml suvga solib qaynatiladi va kunda 3-4 marta qoʼllanadi.

Qirqboʼgʼim giyohi kukunidan 2 oshqoshigʼini 200 ml suvga solib, 7-10 daqiqa qaynatiladi va 2 soat damlab qoʼyiladi. Oʼtkir adenoiditda 5-7 kun davomida kunda 1-2 mahal, burun-halkumni yuvish uchun tavsiya etiladi.

Аdenoidlarni davolashda allergiyaga qarshi toʼplamlarni, immunitetni mustahkamlovchi giyohlarni (ayniqsa qizilmiya ildizini) va vitaminli toʼplamlarni qoʼshish mumkin.

Бавосил

Коричак

Ич котиши

Ич кетиши

Ичак ялигланиши

Глютен касалиги

Лактоза йетишмаслиги

(Visited 323 times, 6 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment
error: Content is protected !!