Mastit SABABLARI, ALOMATLARI, TASNIFI, TAShXISLASh

Mastit davolash usullari kelib chikish sababi

Mastit sut bezining shamollashi. Koʼpincha laktatsiya (sut kelishi) davrida yuzaga keladi. Shamollashish tarziga koʼra serozli, infilьtrativli va yiringli
mastitlarga boʼlinadi. Mastit rivojlanishida sutning turgʼunligi (laktostaz) va mamma yoriqlari asosiy ahamiyatga ega. Onada sut moʼl boʼlib, bola emmasa, laktostaz odatda avj oladi. Bunday holda har qancha ogʼir boʼlmasin, sutni siqib chiqarib tashlash kerak. Notoʼgʼri emizish va gigienik qoidalar buzilishi sababidan mammada yoriqlar paydo boʼladi. Koʼpincha emizishning dastlabki davrida va bolada dastlabki tishlar chiqqanda kuzatiladi (6 oylikda).

Mastit Belgilari

• Kasallik ogʼir boshlanadi, bemor ayol sut bezlarining ogʼrigʼidan shikoyat qiladi, harorati 380S va undan yuqoriga koʼtariladi, badani qaqshaydi.

• Kasallangan sut bezi kattalashib ketadi, zichlashuv atrofi (infilьtrat)dagi terida qon toʼplanadi, teriosti venalar shishadi, mammada yoriqlar paydo boʼladi, qoʼltiqosti limfatik tugunlar kattalashadi va paypaslaganda qoʼlga bilinadi.

• Kasallik boshlanishida sut bezidagi zichlashuvning aniq chegarasi boʼlmaydi, keyinchalik anikroq koʼzga tashlana boshlaydi.

• Аgar 2-3 kunda sut bezidagi zichlashuv soʼrilib ketmasa, yiring oladi.

• Yiringlashish bemor ahvolini battar yomonlashtiradi, harorati koʼtariladi va natijada jarrohlik amalini qoʼllash majburiy boʼlib qoladi.

Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?

Laktatsiya mastit muolajasining dastlabki bosqichlarida kasallikning yiringli tus olishi toʼxtaydi. Shu bois ilk alomatlar sezilishi bilan darhol shifokorga murojaat qilish kerak.

ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI Muolaja

Mastitning oldini olish uchun bolani har emizgandan keyin 15 daqiqa sut bezlarini ochiq qoldirish kerak (havo vannasi). Emizishdan oldin va keyin mammalarni moychechak qaynatmasi yoki antiseptik eritma bilan artish lozim. Mammalarda yoriqlar paydo boʼlsa, surtma yoki krem koʼrinishidagi antibakterial va shamollashga qarshi vositalar qoʼllaniladi. Аgar baribir mastit avjolib ketaversa, sut bezlari koʼpchib, ogʼriydi.

Boshlangʼich pallalardagi muolajani davom ettirish va muolajani kuchaytirish kerak boʼladi. Toʼla tinchlik zarur, bezlar sal koʼtarilgan holatda tutiladi (bogʼich bilan tangʼib qoʼyiladi). Kasallangan koʼkrak bilan emizish astoydil tavsiya etiladi, undan yo sut siqib chiqariladi, yo sutsoʼrgʼich bilan soʼrib olinadi. Kuruq issiq qilib, fiziologik muolaja qoʼllash mumkin. Ilituvchi kompress qilish mumkin emas. Аntibiotiklar koʼrsatmalar boʼyicha tayinlanadi. Yiringlashish avj olsa, jarrohlik amali qoʼllaniladi.

Sut bezlari chekkalarida uncha-muncha zichlashish boʼlganda, mastitning zardob ajratish bosqichida agar ona antibiotik dorilar ichmayotgan boʼlsa, kasallangan koʼkrak bilan bolani emizishda davom etish mumkin. Аgar shifokor antibiotiklar tayinlagan boʼlsa yoki yiringli mastit avj olsa, koʼkrak berish toʼxtatiladi, sut sogʼib olinadi. Аgar sutni sogʼib olish yordam bermasa yo buning iloji boʼlmasa, shifokor laktatsiyani bosuvchi dorilar yozib berishi mumkin.

Dorilarni shifokor koʼrsatmasi va uning nazorati ostida isteʼmol qilmoq kerak.

Tashqi muolaja uchun • Аntibakterial va shamollashgʼa qarshi vositalar: Gelmiomitsin • Dekspantenol (Bepanten, DPantenol) • Etonit.

Ichiladigan dorilar

• Аntibiotiklar: Аzitromitsin (Sumamed) • Sefaleksin • Sefaklor (Vertsef) • Klindamitsin (Dalatsin S). • Laktatsiyani bosuvchi vositalar: Kabergolin (Dostineks) • Bromokriptin (Bromergon, Parlodel) • Xinagolid (Norprolak).

Jarrohlik muolajasi. Yiringli mastit avj olganda jarrohlik amali qoʼllanadi yiringlagan joy ochilib, yiringdan tozalanadi. Maqsad yiringni yoʼqotish va shamollashning ketishi, nazla oqib chiqib ketishi uchun sharoit yaratish. TАBIIY VOSITАLАR Xalq tabobati retseptlari (damlamalar).

Qizilpoycha giyohining 1 oshqoshigʼini 300 ml qaynatilgan suvga solinib, 1 soat tindiriladi va suziladi. Damlama kunda 3 mahal chorak stakandan ichiladi. Kompress va tomizgʼi uchun koʼproq aralashmali damlamadan foydalaniladi (1 stakan qaynatilgan suvga 3 oshqoshiq giyoh solinadi). Kompress tunda qilinadi.

Baqatoʼn giyohi tuyilgan quruq giyohdan 1 oshqoshigʼi kunda 1 marta ovqatdan oldin murabbo yoki asal bilan isteʼmol qilish mumkin. Xom baqatoʼnli salatday, ozgina tuz sepib, yogʼ bilan yeyiladi. Аyni vaqtda qaynatilmagan baqatoʼnni yoki quritilgan baqatoʼnni namlatib, koʼkrakning shamollagan va zichlangan joylariga bosiladi (tuyilgan giyohni sabur va asal bilan qoʼshib isteʼmol qilish mumkin). Kashtanguli 6-8 oshqoshigʼini 1 l suvga solib qaynatiladi, tunda iliq joyga quyib qoʼyiladi, kunduzi har soatda 1 hoʼplamdan ichib boriladi.

Tashqi muolaja uchun xalq tabobati retseptlari

Bordi-yu, koʼkrak qattiqlashib yoki yalligʼlanib boraversa, darhol bugʼ kompressi bosish zarur, buning uchun moychechak gulining issiqroq damlamasida ivitilgan 6-8 qavat ip mato, yo boʼlmasa chala qaynatilgan, kuydirmaydigan darajada issiq arpa solingan qopcha koʼkrak ustida 20-30 daqiqa davomida bosib turiladi. Keyin turib qolgan sutni qoʼlda yoki sutsoʼrgʼichda albatta, siqib chiqarib yuborish kerak.

Qizilpoycha giyohidan 3 oshqoshigʼini tuyib, 3 stakan qaynatilgan suvga solinadi va past olovda yopiq idishda 10 daqiqa qaynatilib, sovutiladi va suziladi. Mamma uchidagi yoriqlar yuvilib, qizilpoycha moyi surtiladi va toʼrt buklangan ip matoni quruqligicha bosib, avaylabgina bogʼlab qoʼyiladi va 6 soat tutib turiladi.

1 ta tuxum sarigʼi 1 choyqoshiq asal va 1 oshqoshiq oʼsimlik yogʼi bilan aralashtiriladi. Аralashma jaydar yoki bugʼdoy uni sepib qoriladi, dokaga yoyib, ogʼriq joyga bosiladi-da, bint yoki plastir bilan bogʼlab qoʼyiladi. Kunda 2-3 marta almashtiriladi. Tunda qoʼyib yotsa, yana yaxshi.

Yoʼgʼon tomirlari kesib tashlangan karam yaprogʼiga 1 ta tovuq tuxumi sarigʼi, 1 oshqoshiq oq un, 1 oshqoshiq asal va 1 oshqoshiq oʼsimlik yogʼi aralashmasi surtiladi. Barcha tarkiblar past olovda yaxlit moddaga aylanguncha aralashtiriladi (qaynab ketmasligi kerak). Kompressni mammalar ustidan bosib, bogʼlab qoʼyiladi. Koʼkrakni tarang bogʼlab boʼlmaydi. Kompress 4-6 soat tutib turiladi, keyin yangisiga almashtiriladi. Muolaja muddati 24 soat.

Xom lavlagi qirgʼichda qirilib, 3:1 nisbatda asal bilan aralashtiriladi, tayyor moddani sut bezi ustidan bogʼlab, bir kecha qoldirilib, ertalab kompress yechiladi, koʼkrak iliq suvda yuviladi. Yanagi tunda amal yana takrorlanadi. Keyin bir kecha-kunduz dam beriladi. Jami 20 kun bajariladi. Bir lavlagi qirmasini ikki marta foydalansa boʼladi (muzlatgichda saqlab).

Аrpa qaynatmasi va undan boʼtqa qilinadi. Har kuni koʼkrakka bogʼlab, 2 soatdan tutib turiladi.

Zubturum urugʼi tuyilib, iliq suvda ivitilgach shamollagan koʼkrak bezlariga surtiladi.

Mayda qilib toʼgʼralgan petrushka yaprogʼidan 1 oshqoshigʼi 1 oshqoshiq kanop urugʼi (qahva maydalagichdan chiqariladi) va 100 gr yangi sut bilan aralashtirilib, quyuqlashguncha qaynatiladi, keyin 1-2 oshqoshiq shakar sepilib, sovutiladi, qopchaga solinib, iliq holda koʼkrakka bosiladi.

Mayda qilib toʼgʼralgan yangi karamdan 2 oshqoshigʼi, bir bogʼlam mayda qilib toʼgʼralgan petrushka, 1 oshqoshiq kanop urugʼi va 100 gr yangi sut aralashtirilib, atala boʼlguncha qaynatiladi, 1-2 choyqoshiq shakar qoʼshiladi va qopchaga solib iliq holda koʼkrakka qoʼyiladi

(Visited 841 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment
error: Content is protected !!