Laktaza yetishmovchiligi davolash usullari kelib chikish sababi

Лактаза етишмовчилиги 1

Laktaza yetishmovchiligi nimalarga olib keladi

Laktaza yetishmovchiligi sut va bir qancha sut mahsulotlarining hazm boʼlmasligiga laktaza ichak fermentining faoliyati sustligi yoki taqchilligi sabab boʼladi.

Laktaza ingichka ichakdagi disaxarid laktozani (sut shakari) monosaxar glyukoza va galaktozaga parchalab tashlaydi va ular qonga soʼrilib ketadi. Laktaza yangi sutda va bir qancha sut mahsulotlarida boʼladi. Laktaza yetishmovchiligida hazm boʼlmagan sut shakari yoʼgʼon ichakka kelib tushadi, u yerda bakteriyalar chiritib, sut va sirka kislotasi, vodorod va uglevod oksidi hosil boʼladi. Bu holat suvning yoʼgʼon ichakka «tortilishi» hisobiga ich ketishning rivojlanishiga uning tarkibining oshishiga va harakatining tezlashishiga imkon beradi. Laktaza yetishmovchiligining uch turi bor:

• tugʼma (birlamchi) yetishmovchilik;

• koʼpincha ingichka ichak kasallanishi orqali rivojlanuvchi ikkilamchi yetishmovchilik (tseliakiya, Kron kasalligi) va hokazo;

• goʼdakning koʼkrakdan aralash ozuqaga oʼtgandan keyin ferment faolligi pasayishining tabiiy jarayoni bilan bogʼliq konstitutsional yetishmovchilik;

Лактаза етишмовчилиги

Laktaza yetishmovchiligi alomatlari

Har qanday laktaza yetishmovchiligining asosiy klinik koʼrinishlari quyidagicha:

• Ovqatda yangi sutni isteʼmol qilgandan keyingi ich ketishlar (koʼkrak suti, sigir suti yoki uning negizidagi aralashma), baʼzan boshqa sut mahsulotlari isteʼmol qilgandan keyin sodir boʼladi.

• Ich ketishi barobarida qorin ogʼriydi, quldiraydi, shishadi (meteorizm).

• Sut isteʼmol qilish toʼxtagandan keyin alomatlar gʼoyib boʼladi.

• Laktazaning birlamchi yetishmovchiligi bola hayotining birinchi kunlaridan badboʼy hidli koʼpikli suyuq najas, qorinda shishish va quldirash, shuningdek, ovqatlantirgandan ke yin qorindagi ogʼriq tufayli bezovtalanish koʼrinishida namoyon boʼladi.

Laktazaning konstitutsional yetishmovchiligi asta-sekin boshlanadi, aksar hollarda 6 oylikdan 3 yoshgacha boʼlgan davrda yuzaga keladi.

Ikkilamchi yetishmovchilik odatda asosiy kasallik davolanganidan keyin oʼtadi.

Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?

Sutni hazm qilolmaslik (beqaror hojat, meteorizm) chogʼida shifokor koʼrigidan oʼtish zarur.

Лактаза етишмовчилиги 1

ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI Tekshirish

Umumiy shifokor koʼrigi va tashxis qoʼyish va alomatlari oʼxshash tez-tez uchraydigan kasalliklarni istisno etish uchun odatdagi tahlillarni tayinlashdan tashqari (q. Kalit, Ich ketishi), shifokor maxsus testlarni tayinlashi mumkin. Ular laktaza chidamliligini aniqlashdan iborat. Tekshirishlar laktazaning ozuqa yukidan oldin va keyin bajariladi:

• qonda glyukoza tarkibini aniqlash;

• nafas chiqarganda vodorod tarkibini aniqlash (vodorodli nafas olish mashqi).

Qonda glyukoza tarkibining odatdagi (1,5 martadan koʼproq) oshishining yoʼqligi va chiqarilgan nafasda vodorod tarkibining (0,1 ml/daqiqadan koʼproq) ancha oshishi laktaza yetishmovchiligini bildiradi.

Лактаза етишмовчилиги 2

Laktaza yetishmovchiligi Muolaja

Shifokorlar odatda parhezga rioya qilishni va turli dori vositalaridan foydalanishni tavsiya etadilar, ular laktoza tarkibli boʼlib, ichak mikroflorasini yaxshilaydi, meteorizmni kamaytiradi.

Parxez. Laktaza yetishmovchiligi muolajasining birinchi bosqichi bolalarni qatiq mahsulotlariga oʼtkazish hisoblanadi (konstitutsional va ikkilamchi yetishmovchilikda), ularda yangi sutdagidan koʼra sut shakari (laktozalar) kamroq boʼladi. Samara boʼlmasa, laktozasiz parhezga oʼtkazadilar, yaʼni faqat yangi sutni emas, balki qatiq sutli mahsulotlarni ham

butunlay bekor qiladilar. Bolalarni ovqatlantirish uchun laktozasiz (Nutrisol, Pepti-yunior, Sol-semi, Frisosoy, Xumapa SL va boshqalar) yoki past laktozali (Nutrilon past laktozali) sut aralashmalaridan foydalanadilar.

Pishloqda laktoza boʼlmaydi, tvorogda esa, ayniqsa, yogʼsiz tvorogda u oz miqdorda bor. Shu bois ulardan katta yoshdagi bolalarni ovqatlantirishda suyak oʼsishi uchun ularga zarur kalьtsiy manbai sifatida toʼla foydalanish mumkin.

Katta yoshdagi, xususan yoshi bir joyga borgan odamlarga kelganda, ular uchun ham sut-qatiqli mahsulotlarga oʼtish dastlabki qadamlardan biri hisoblanadi. Аgar buyordam bermasa, laktazasiz sut va undan tayyorlangan mahsulotlar (muzqaymoq, margarinlar) dan, shuningdek, pishloq va laktozasiz bolalarbop aralashmasidan foydalanish lozim boʼladi.

Sutda laktazani parchalab yuboruvchi dorilardan ham foydalanish mumkin. Shunday doridan bir necha tomchisi koʼkrak yoki sigir sutiga qoʼshilib, keyin 2-3 soat tindirilsa, bu laktozaning soʼnggi tarkiblari glyukoza va galaktazaga parchalanib ketishiga imkon beradi, ular ishlovdan chiqqan sutli ovqatni yegan paytda butunlay ichakda soʼrilib ketadi.

Dori vositalari. Dorilarni tanlash mutlaqo ixtiyoriydir va laktaza yetishmovchiligi turiga, ichak mikroflorasi holatiga, yoshga, mavjud surunkali kasalliklarga, organizmning umumiy holatiga bogʼliq.

• Laktaza asosidagi fermentli vositalar: Tilaktaza (Kerulak, Lakteyd, Laktraza).

• Ichak mikroflorasini yaxshilovchi vositalar: Baktisubtil

• Bififori • Xilak forte • Enterol.

• Meteorizmni kamaytiruvchi vositalar: MPS li Yunienzim • Meteospazmin • Panereoflat • Pepfiz • Simetikon (Espumizan, Simikol) • faollashtirilgan koʼmir • Shivit Fekxel.

Хикичок,  Тиш тушиши,  Стоматит,  ТИШ ОҒРИҒИ,  Тромбофлебит, Стенокардия, Юрак етишмовчилигини, БОД (РЕВМАТИЗМ),  Юрак

Лактаза етишмовчилиги 2

(Visited 627 times, 2 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment
error: Content is protected !!