Ich ketishi (diareya) davolashning TOP 50 xil usuli

Ич кетиши 3

Ich ketishi sabablari davolash uchun maslaxatlar

 

Ich ketishi (diareya) tez-tez keladigan suyuq najas bunga uning peristaltikasi kuchayishi oqibatida, ichakdagi narsaning oʼtishidagi tezlik
yoʼgʼon ichakdagi suvning soʼrilishi izdan chiqishi va ichak devorining yalligʼlanish sekreti yoki transsudatning kattagina miqdorini ajratib chiqarishi sabab boʼladi.

Diareya yukumli xususiyat kasb etishi mumkin (q.Dizenteriya, Xolera) yoki yuqumli boʼlmagan kasallik bilan (q. Kolit, Enterit, Laktaza yetishmovchiligi, Seliakiya) yoki dori-darmonlarning teskari taʼsiri bilan bogʼliq boʼlishi mumkin. Ich ketishini keltirib chiqaruvchi dorilar:

• tarkibida magniy tuzi boʼlgan antatsidlar; • antiaritmik dorilar (Zinidin, Proroanolon); •antibiotliklar; • qand oʼrnini bosuvchilar (Orbitol, Mannitol); •surgi dorilari va h.k.

Ovqatda yogʼli mahsulotlarni (smetana, yogʼ va h.k.) haddan tashqari koʼp isteʼmol qilgandan keyin mutlaqo sogʼlom odamda ham ahyon-ahyonda diareya hodisasi uchraydi. Shifokorga qachon murojaat qilish kerak? Аgar:

• katta yoshdagi kishi yoki emizikli bolaning ichi ketsa; • harorat 380S dan oshsa; • najas qop-qora, qatronsimon yo qonli boʼlsa; • ich ketishiga dorilar sababchi boʼlgan degan gumon boʼlsa; • qorinda qattiq ogʼriq tursa; • ich ketishi 2 kundan oʼtib ketsa, albatta shifokorga murojaat qilish kerak.

Ич кетиши 4

Ich ketishda ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI Tekshirish

Tekshiruv eng avvalo oʼtkir ichak yukumli kasalliklarini aniqlashga qaratiladi. Unday kasalliklar boʼlmasa, ichak kasalligi istisno etiladi. Shu bois umumiy shifokor koʼrigi va tashxis uchun odatdagi tahlillar buyurishidan tashqari, shifokor quyidagilarni tayinlashi mumkin:

• najasni mikroskopda (koprogramma) va bakteriologik tekshirishdan oʼtkazish;

• qorin boʼshligʼi aʼzolarini ulьtratovushli tekshiruvdan oʼtkazish;

• ichakni endoskopik tekshiruvdan (kolonoskopiya, rektoromanoskopiya) oʼtkazish va h.k.

Ич кетиши 5

Ich ketishda Muolaja

Oʼtkir ichak yuqumli kasalligi deb gumon qilinganida bemor darhol yuqumli kasalliklar boʼlimiga yotqizilishi kerak. Yuqumli kasallikka koʼrsatma boʼlmasa, muolajani ambulatoriya sharoitlarida oʼtkazsa ham boʼladi.

Ich ketishi muolajasi asosiy kasallikni bartaraf etish, parhezga rioya qilish va turli dorilarni ichishdan iborat: ichak mikroflorasini yaxshilovchi, ich ketishiga qarshi dorilar, meteorizmni kamaytiruvchi dorilar, namakoblar. Bu dorilarni tanlash shifokorning ixtiyorida. U qatʼiyan oʼz fikriga ega va diareya tabiatidan, ichak mikroflorasi holatidan, yoshidan, eski surunkali kasalliklardan, organizmning umumiy ahvolidan kelib chiqadi.

Ич кетиши

Ich ketishida Parhez.

Dastlabki kuni hech nima berilmaydi, suyuqlik koʼp ichiriladi (7-8 stakan qaynoq, achchiq va nimtatir shirin choy), ikkinchi kuni 7-8 marta 1 stakandan issiq guruch qaynatmasi, naʼmatak, behi, shumurt qaynatmasi, chernik kiseli, kagor musallasi, achchiq choy beriladi (suxarisiz). Bordi-yu, oʼtkir diareya, tinimsiz ich ketishi munosabati bilan badan quruqshab qolsa, bemorga maxsus shoʼr eritmalar beriladi.

Najas yaxshilangandan keyin birinchi kunlari sut va sut mahsulotlari, yangi meva va sabzavotlar, qahva, oʼtkir hidli va shoʼr mahsulotlar (shoʼr shoʼrva, chipslar, yongʼoqlar) qandi koʼp ichimliklar (olma va uzum sharbatlari, gazlangan ichimliklar, ayniqsa kola), juda shirin mahsulotlar (konfetlar, muzqaymoq) istisno etiladi.

Ич кетиши 2

Ich ketishida Dori vositalari.

Farmakologik dorilarni shifokor maslahati bilan va uning nazorati ostida ichiladi. • Ich ketishiga qarshi dorilar: Аttapulьgit (Neointestopan) • Loperamid (Lopedium, Imodium) • Smekta.

• Ichak mikroflorasini yaxshilovchi vositalar: Baktisubtil

• Bifiform • Xilak forte • Enterol.

• Meteorizmni kamaytiruvchi vositalar: Meteospazmil

• Pankreoflat • Pepfiz • Simetikon (Espumizan, Simikol)

• Faollashtirilgan koʼmir • Shivit • Fenxelь • Yunienzii MPS bilan.

• Shoʼr eritmalar (eritma tayyorlash uchun quruq moddalar): Glyukosalan • Regidron • Sitraglyukosolan.

Ич кетиши 3

Ich ketishida Tabiiy vositalar

Xalq tabobati retseptlari (damlamalar) Kulrang qandogʼoch yongʼoqchalari 5 gr Termosdagi 1 l qaynatilgan suvga solib, 2 soat tindiriladi, ovqatdan keyin 1 soat oʼtgach, ich ketishi va qorinda ogʼriq turganida ichiladi.

Medunitsa giyohi 40 gr, termosdagi 1 l qaynatilgan suvga solib, 1 soat tindiriladi, ich ketishi, qorin ogʼrigʼi, meteorizmda ovqatdan keyin bir soat oʼtgach, kuniga 3 mahal 1 stakandan ichiladi. Muolaja muddati 2 oy.

Medunitsa giyohi 40 gr, lub urugʼi 15 gr, naʼmatak mevasi 10 gr Termosdagi 1 l qaynatilgan suvga solib, 5 soat damlanadi. Ich ketishi va kolit alomatlari namoyon boʼlganida ovqatdan keyin 1 soat oʼtgach, kuniga 3-4 mahal chorak stakandan ichiladi.

Shivit (ukrop) urugʼi 50 gr, zira urugʼi 30 gr, dastarbosh toʼp guli 50 gr, togʼ rayhon giyohi 30 gr olib aralashtiriladi va tuyiladi. Toʼplam kukunidan 5 oshqoshigʼini termosdagi 1 l qaynatilgan suvga solib damlanadi va 2 soat tindiriladi. Qorin shishib, quldirasa kuniga 3-4 mahal mayda-mayda hoʼplab, yarim stakandan iliq holda ichiladi.

Хикичок,  Тиш тушиши,  Стоматит,  ТИШ ОҒРИҒИ,  Тромбофлебит, Стенокардия, Юрак етишмовчилигини, БОД (РЕВМАТИЗМ),  Юрак

(Visited 465 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment
error: Content is protected !!