Disbakterioz (disbioz) davolash kelib chikish sabablari

Дисбактериоз даволаш

Disbakterioz (disbioz) kanday kasalik davolash uchun nima kilish kerak

 

Disbakterioz organizmning boʼsh aʼzolari va toʼqimada meʼyori bilan joylashuvchi, atrof-muhit: yuqori nafas yoʼllari, ichak, teri,
shilliq parda bilan birlashib ketuvchi mikrofloraning risoladagi tarkibi va miqdoriy nisbatlarining buzilishi.

Organizmning risoladagi mikroflorasi kasallik tugʼdiruvchi mikroorganizmlarning yorib kirishi va tez urchishidan himoya qilishni (immunitet yaratgan holda) taʼminlaydi, boshqa qator vazifalarni bajaradi (ichakda vitaminlar ishlab chiqaradi va hokazo). Eng koʼp darajada ichak disbakteriozi uchraydi.

Ichak disbakteriozi ichak mikroflorasi tarkibida sifat va miqdor oʼzgarishlari bilan tavsiflanuvchi holat. Risoladagi bakterial flora laktobakteriyalar, anaerob streptokokklar, ichak tayoqchasi, ekterokokklar oʼrniga ichakda chirindi yoki achitqi flora, zamburugʼ va aslida ichak uchun xos boʼlmagan boshqa mikroorganizmlar, shu jumladan, shartli patogen (shartli kasallik keltirib chiqaruvchi) mikroorganizmlar moʼl-koʼl uchraydi.

Disbakterioz bu alohida bir kasallik emas, balki organizmning turli kasalliklarda yuzaga keluvchi (shira yetishmovchiligi boʼlgan surunkali gastrit, surunkali pankreatitlar, enteritlar, kolitlar laktaza yetishmovchiligi, seliakiya va hokazo) alohida holat(sindrom)dir. Disbakterioz antibiotiklarni uzoq vaqt nazoratsiz ichish, oshqozon va yoʼgʼon ichak yomon oʼsimliklari va boshqa kasalliklar tufayli kelib chiqadi.

Дисбактериоз даволаш 1

Disbakterioz Belgilari nimalarga etiborli bulish kerak

• Beqaror najas kelishi (ich ketishi va qotishi almashib turadi). • Qorinning qappayishi va yel koʼp kelishi (meteorizm). • Najasdan oʼtkir chirindi yoki achchiq hid kelishi. • Qorinning vaqti-vaqti bilan ogʼrishi. • Ishtaha qochishi, ogʼizda bemaza taʼm his qilish • Holsizlik, lanjlik, aqliy va jismoniy ish qobiliyatining pasayishi.

• Kasallikning ogʼir kechishida harorat koʼtarilishi, suyuq ich ketishi, mumkin.

Дисбактериоз даволаш

Disbakterioz daShifokorga qachon murojaat qilish kerak?

Ichak diskomforti alomatlari chogʼida (beqaror ich kelishi, meteorizm va hokazo) shifokor koʼrigidan oʼtish kerak.

Дисбактериоз даволаш

Shifokor koʼrsatmalari Tekshirish

Disbakterioz odatda boshqa kasalliklar oqibati hisoblanadi, shuning uchun uning sababini albatta aniqlanishi lozim boʼladi. Disbakteriozdan kelib chikuvchi eng koʼp uchraydigan kasalliklarni aniqlash uchun umumiy shifokor koʼrigi va odatdagi tahlillar tayinlanishdan tashqari shifokor meʼda, ichakni endoskopik tekshirishni; jigar, buyrak va hokazaolarni ulьtratovush tekshirishni tayinlashi mumkin. Ichak mikroflorasini tekshirish uchun koʼshimcha usullar ham mavjud:

• najasni mikroskopik tahlil qilish (koprogramma);

• patogen bakteriyalar ichak yuqumli kasalliklarini qoʼzgʼatuvchi mavjudligini aniqlash uchun najasni bakteriologik tahlil qilish;

• faqat ichak yuqumli kasalliklarini qoʼzgʼotuvchi bakteriyalar istisno qilinganda disbakteriozni aniqlash uchun tekshirish maqsadga muvofiq.

Najas tekshiruvining disbakteriozni koʼrsatuvchi laboratoriya maʼlumotlari:

• 1 gr da 10° hujayradan kamroq bifidobakteriyalar miqdori; • 10 % dan ortikroq atipik esherixiylar ulushi;

• gemolitik mikroflora paydo boʼlishi;

• 1 gr da 10+ dan ortiq shartli-patogen gram manfiy tayoqchalar va yoki tillarang stafilakokklar (S. aureus) miqdori;

• 1 gr da 103 dan ortiq Kandida turidagi zamburugʼlarning soni;

• ichak tayoqchalari miqdorining (E. coli) 2:105 dan koʼproq ortishi va 106 gacha pasayishi.

Muolaja Yengil hollarda muolajani qatnab oʼtkazish mumkin, ogʼir hollarda esa kasalxonaga yotqiziladi. Dori vositalarini tanlash asosiy kasallikka, disbakterioz holatiga va eng asosiysi, bakteriologik tadqiqotlar maʼlumotlariga bogʼliq.

Dori vositalari. Disbakteriozning yengil kechishida shifokorlar ichak mikroflorasini meʼyorlashtiruvchi dorilarni buyuradilar, bu dorilar ichakda tabiiy yashovchi mikroorganizmlar sonini oshirishga imkon beradi. Bifido va laktobakteriyalar bilan boyitilgan qatiqli ichimliklar tavsiya etiladi. Ichak disbakteriozi chogʼida ovqat hazmi jarayoni jiddiy buzilishi sababli baʼzan ichakda ovqat hazm boʼlishini yaxshilovchi vositalar (pankreatik fermentlar preparatlari va hokazo)ni buyuradilar.

• Ichak mikroflorasini yaxshilovchi vositalar: Аttapulьgit (Neointestopan) • Baktisuptil • Bifiform • Gastrofarm • Smekta • Xilak forte • Enterol.

• Ichakda ovqat hazm boʼlishini yaxshilovchi vositalar. Ipental • Kreon • Mezim-forte • Panzinorm forte • Pankreatin • Penzital • Festal • Enzistal.

Дисбактериоз даволаш

Disbakterioz TАBIIY VOSITАLАR Xalq tabobati retseptlari (damlamalar)

Nonushtadan bir soat oldin va kechki ovqatdan bir soat keyin bir boʼlak sarimsoqpiyozni non yemay, choy ichmay chaynab-chaynab yutib yuboriladi. Oshqozonda jizillash sezilishi mumkin.

Buning sababi: mikroblarni oʼldirib, sarimsoqpiyoz meʼda shilliq pardaasidagi ochilgan yaralarga kelib tushgan, ularni dezinffektsiyalab, bitishiga yordam qilayotgan boʼladi. Ikki haftadan keyin jizillash toʼxtaydi va qorin ovqatdan keyin damlanmay qoladi.

Muolajaning bu usulini zarurat tugʼilganda takrorlash mumkin yilda yo har uch oyda bir marta. Ichak mikroflorasini yaxshilash uchun xalq tabobatida choy zamburugʼi ichimligini tavsiya qilinadi. 4-5 kun saqlanganda nastoy shifobaxsh xususiyat kasb etadi. Tayyor nastoyni idishga quyib olinib, shifobaxsh ichimlik sifatida ichiladi.

Nastoykani tayyorlash: choyning 1 choyqoshigʼini 1 l suvda damlanadi, shuncha suvga 100-120 gr shakar solinib, sovutib qoʼyiladi va choy zamburugʼini tayyor shirin choyga solinadi.

Zamburugʼ chidamliligi uchun foydali harorat 25°S dir. 4-5 kundan keyin (issiq vaqtlarda 2-3 kundan keyin) nastoyka suzgʼichdan oʼtkazilib, muzlatgichda saqlanadi. Vaqti-vaqti bilan zamburugʼ «dam olgani» qaynatilgan suvga yoki nimtatir choyga joylanadi, u yerda bir necha oy davomida turishi mumkin.

Ovqatda yangi siqib olingan meva suvlaridan keng foydalaniladi: sabzi suvi, lavlagi suvi (tindirilgandan keyin), (ernok) (topinambur) suvi. Toʼgʼralgan karam va boshqa toʼgʼralgan meva va sabzavotlar ichak holatiga yaxshi taʼsir koʼrsatadi.

Хикичок,  Тиш тушиши,  Стоматит,  ТИШ ОҒРИҒИ,  Тромбофлебит, Стенокардия, Юрак етишмовчилигини, БОД (РЕВМАТИЗМ),  Юрак

(Visited 839 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment
error: Content is protected !!