OSTEOXONDROZ — SABABLARI, ALOMATLARI, TURLARI, KASALLIKNI DAVOLASh VA OLDINI OLISH USULLARI

Остеохондроз

Osteoxondroz davolash nimalarga etibor berish kerak

Osteoxondroz Umurtka osteoxondrozi surunkali degenerativ-distrofik kasallik boʼlib, koʼproq umurtqa disklari kasallanadi, ularning shakli buziladi,

oʼzgaradi, yassilanadi va orqa-miya nervlari (radikulit) va qon oquvchi tomirlarning ezilishiga olib keladi (umurtqa arteriyasi, orqa miya arteriyasi va hokazo).

Tugʼma zaiflik, mushak va tugunlar faoliyatining susayishi, mushak tizimining chiniqmaganligi, ortiqcha vazn kasallik rivojlanishida jiddiy rolь oʼynaydi. Аsta-sekin umurtqa pogʼonalari oraligʼidagi disklar qayishqoqligini yoʼqota boshlaydi va umurtqaga tushgan yukka qarshilik koʼrsatolmaydigan boʼlib qoladi. Natijada ular boʼrtib chiqadi (umurtqalararo disk churrasi) va u yaqinda joylashgan nerv va tomirlar ustidan bosadi, ogʼriq paydo qiladi, qon aylanishini buzadi va boshqa alomatlar zohir boʼladi.

Osteoxondroz umurtqaning u yoki bu boʼlimi ortikroq kasallanishi bilan kechishi mumkin.

Остеохондроз

Osteoxondroz Аlomatlari

Umurtqaning boʼyin boʼlimi osteoxondrozi

• Boʼyin va qoʼlda qattiq, jizillatuvchi ogʼriq. Yoʼtalda, aksa urganda ogʼriq ozgina tazyiqdan kuchayadi.

• Koʼlda uvushish, jizillash, sanchiqli ogʼriq, yelkadan barmoqlar tomon yoyiladi (goho bemor tunda turib, qoʼl mushaklarini uqalashiga toʼgʼri keladi).

• Bosh ogʼrigʼi ensada boshlanadi va tepaga qarab yoyiladi, doimiy tus oladi va boʼyin qimirlaganda kuchayadi, koʼpincha bosh ertalabdan ogʼriydi.

• Bosh aylanishi, quloqda shovqin, boshni keskin burganda koʼz va quloqning koʼrish va eshitishi yomonlashadi (q. Bosh aylanishi).

 

Umurtqaning koʼkrak boʼlimi osteoxondrozi

• Orqa, kurak va kurak oʼrtasi kengliklarida kuydiruvchi, simillovchi va loʼqillagan ogʼriq paydo boʼladi.

• Umurtqa pogʼonalari ostist boʼrtiqlari boʼylab turtganda kuchli ogʼriq turadi. Umurtqaning bel boʼlimi osteoxondrozi

• Bel-tos atrofida ogʼriq, goho oyoqqacha yoyilib boradi yoki faqat oyoq ogʼriydi.

• Ogʼriqlar yoyilma tus oladi, ular loʼqillaydi, simillaydi, keskin harakat qilganda, ogʼir narsa koʼtarganda, ulovda loʼkillab yurganda, uzoq vaqt bir holatda qolib ketganda, ogʼriq kuchayadi.

• Koʼpincha jismoniy zoʼriqish, uzoq vaqt bir xil holatda qolib ketgandan keyin ogʼriq boshlanadi va kuchayadi.

• Ogʼriq kamayishi uchun kishi chalqancha yoki sogʼ tomonida yotishi, egilib olishi yoki qorniga yostiq bosib olishi, choʼkkalab oʼtirishi kerak.

• Oyoqlarda noxush sezgilar: uvushish, sanchiq, jimirlash, jizillash, qichish va hokazolar paydo boʼladi.

Kasallik birinchi marta xuruj qilganda, orqada yoki belda kuchli ogʼriq quzgʼalganda, darhol «tez yordam» chaqirish kerak, chunki osteoxondroz koʼrinishi ostida buyrak sanchigʼi ham, bachadondan tashqari homiladorlik ham va boshqa tezkor tibbiy yordamga muhtoj koʼplab kasalliklar yashiringan boʼlishi mumkin.

Остеохондроз

Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?

Osteoxondroz alomatlari namoyon boʼlishi bilan shifokordan maslahat oling, chunki kasallikni boshlanishida davolash oson boʼladi. Umurtqada kuchli ogʼriqlar turganda darhol «tez yordam» chaqirish lozim.

ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI Tekshirish

Koʼp hollarda tashxis dastlabki shifokor tekshiruvidayoq qoʼyiladi, shundan soʼng shifokor quyidagi tekshiruvlarni tayinlashi mumkin:

• umurtqa rentgenografiyasi;

• disk churrasi deb, gumon qilib, umurtqaning kompьyuter yoki magnit-rezonans tomografiyasida tekshirish.

Umurtqa arteriyalari ahvolini baholash uchun ulьtratovushli doiplerografiyasi va hokazolar.

Остеохондроз

Osteoxondroz Muolaja

Kuchli ogʼriqlar paytida muolajani uyda olib borgan yaxshi. Dastlabki kunlarda muolaja uchun poliklinikaga qatnash ham (ukol, fiziotepariya, uqalash va hokazolar uchun) shart emas. Toʼla tinchlik qattiq, ammo qulay toʼshak, ogʼriqni bosuvchi dorilar eng asosiysi shular. Ogʼriqni bosish, belga qulay boʼlishi uchun radikulitga qarshi korset yoki shtangachi belbogʼi taqib qoʼyiladi, umurtqa-boʼyin kasallanganda esa maxsus Shants yoqasi taqiladi.

Grelka qoʼyish, issiq suvda choʼmilish va har qanday qattiq issiq teskari taʼsir qiladi, chunki bular ogʼriqni kuchaytiradi, xolos. Sherst matolar yordamida oʼz badaningiz haroratidan foydalanish tavsiya etiladi.

• dori vositalari shifokor buyurganiga qarab, oʼzining ijobiy va qarshi taʼsir koʼrsatishini hisobga olib ichiladi. Ogʼriqni kamaytirish uchun ogʼriq joylariga chalgʼituvchi va qoʼzgʼatuvchi (qalampir plastir, xantallar, turli surtmalar), ogʼriqni bosuvchi va shamollashga qarshi dori vositalari ichiladi hamda hapdorilar, kapsulalar yoki sirtqi surtmalar tayinlanadi. Shuguruhning preparatlari bilan (yozilgandan keyin) va tunda rektal shamchalar yaxshi yordam beradi. Uzoq ogʼriqlar nerv tizimini qaqshatib va zaiflashtirib yuborishi bois tinchlantiruvchi dorilar tayinlash tavsiya etiladi. Vitaminlar, ayniqsa V guruhi vitaminlari (Milьgamma, Makrovit, B1,V6 B12 ukol uchun vitamin eritmalari) ogʼriqni bosadi va sogʼayib ketishga imkon tugʼdiradi.

Oʼtkir hodisalar tinchigandan keyin, ogʼriq kamayganda muolajani poliklinikada bajarish mumkin boʼlgan amallar bilan toʼldiriladi (fizioterapiya, uqalash va hokazo).

Sogʼayib ketgandan keyin orqa mushaklarni mutahkamlashga qaratilgan muntazam jismoniy mashqlar bilan shugʼullanish zarur. Bel va boʼyinni ayniqsa fasllar oraligʼida shamol yo yelvizakda shamollatib qoʼyishdan ehtiyot boʼlish kerak. Dori vositalari. Farmakologik vositalarni shifokor buyurganiga qarab va uning nazoratida ichish kerak.

Остеохондроз

Ichiladigan dorilar

• Ogʼriqni qoldiruvchi va yalligʼlanishgʼa qarshi dorilar: Diklofenak (Volьtaren, Diklonat P) • Ibuprofen (Brufen re tard, Burana, Nurofen) • Ketoprofen (Fleksen) • Ketorolak (Dolak, Ketenov, Ketorol) • Metamizol (Аnalьgin, Baralgin M) • Naproksen (Nalgezin) • Nimesulid (Аponil, Naiz, Nimesil, Nimika) • Piroksikam (Erazon) • Tempalgin. • Sedativ (tinchlantiruvchi) dorilar: Valerian nastoykasi yoki ekstrakti • Аrslonkuyruq nastoykasi • Novo passit • Belloid • Bellaspon • Persen. Tashqi muolaja uchun (surtma, krem, gel)

• Ogʼriqni bosuvchi va shamollashgʼa qarshi dorilar: Diklofenak (Volьtaren emulьgelь, Dikloviya • Dikloran) • Ibuprofen (Dolgit) • Ketoprofen (Fastum gelь, Fleksen) • Mabuprofen (Аlьdosprey) • Nimesulid (Naiz, Piroksikam, Erazon, Finalьgelь) • Fenilbutazon (Butadion).

• Chalgʼituvchi va qoʼzgʼatuvchi dorilar: Аpizartron • Viprosal V • Kapsikam • Finalgon • Espol • Efkamon Maxalliy ishlatiladigan dorilar (rektal shamchalari)

• Ogʼriqni bosuvchi va shamollashgʼa qarshi dorilar: Diklofenak (Volьtaren, Diklonat P) • Ketoprofen (feleken) • Piroksikam (Erazon).

Jarrohlik muolajasi qatʼiy koʼrsatkichlar boʼyicha quyidagicha hollarda oʼtkaziladi:

• Orqa miyani bosish, bunda oyoq mushaklari falaji boshlanib, uvushadi (tezkor jarrohlik amali koʼrsatish talab qilinadi).

• Konservativ muolaja kifoya qilmaydigan takrorlanuvchi osteoxondrozda, qattiq ogʼriqlarda (rejali jarrohlik amali). Jarrohlik amaliyotida orqa miya va orqa miya hoshiyasiga bosim (dekompressiya)ni yoʼqotiladi, umurtqa oraligʼi diskachasining bir qismi yoki disk churrasi olib tashlanadi, baʼzan maxsus moslama (spondilodez) bilan umurtqa toʼgʼrilanadi. Jarrohlik amali bajarib boʼlingandan keyin muolaja tiklovchi amallar (fizioterapiya, uqalash va hokazo) bilan toʼldiriladi

Остеохондроз

TАBIIY VOSITАLАR Umurtqada ogʼriq turganda dastlabki yordam

Аgar mutaxassislarning mana bu tavsiyalariga rioya qilinsa, oʼtkir xuruj vaqtida ogʼriqni susaytirish yoki oldini olish mumkin:

Toʼshakka yotish, matrats qattiq boʼlsa yana yaxshi; Muzli xaltachani asosiy ogʼriq joyiga bosib, 5-7 daqiqa tutib turiladi bu shishishni kamaytirib, orqa mushak tarangligini yoʼqotadi;

Muzli davolashning dastlabki ikki kunidan keyin (sochiqqa oʼralgan muz kun davomida 20 daqiqa har soatda ogʼrigan joyga bosiladi) albatta issiq muolajaga oʼtish shart, bunda elektrogrelka, issiq tuz yo qum solingan xaltacha, isituvchi kompresslar, koʼk chiroq, roʼzgʼor elektr plitkasidan foydalaniladi;

• ogʼriqni kuchaytirmaslik uchun karavotdan (toʼshakdan) turayotganda mushaklarni judayam tarang qilib yubormang:

• qattiq toʼshakda uxlash kerak, hatto matrats tagiga taxta tashlab olish ham mumkin, shunda umurtqa ortiq qiyshaymaydi va ogʼriq turmaydi;

• ona qornida yotganday yoki S harfiga oʼxshab yotish kerak;

• ogʼriqni bosuvchi vosita sifatida oq tol poʼstlogʼi nastoyi (kunda 3-4 mahal 100 mg dan) yoki tolning quritilgan poʼstlogʼi kukunidan 1 gr (pichoq uchida) ichish kerak. Dorilardan aspirin yaxshi taʼsir koʼrsatadi (oshqogʼon yarasi borlarga na aspirin, na tol poʼstlogʼi kukuni toʼgʼri keladi).

Umurtqa uchun mashqlar

Surunkali ogʼriqlarda quyidagi badantarbiya mashqlari bajariladi:

•erdan ikkala qoʼlda dam-badam koʼtarilish (otjimanie); har kuni 30 dan 60 martagacha koʼtarilib tushiladi (kunda 2-3 mahal 10-15 martadan); qoʼllarda koʼtarilayotganda yelkani koʼtarmoqchi boʼlgandek belingizni buking;

• quruqlikda suzish yumshoq gilamchada qorningizda yotib chap qoʼl va chap oyogʼingizni koʼtaring va shu holatda 2-3 soniya tutib turing, keyin oʼng qoʼl va oʼng oyoqda shuni bajaring (4-5 marta takrorlang); agar orqangizda qattiq ogʼriq turganda issiq suvli hovuzda suzsangiz, ogʼriq ancha qoladi;

• chalqancha yotgancha qoʼllaringizni yelkaga qoʼying, bosh va yelkangizni iloji boricha baland koʼtaring va shu holatni 2-3 soniya saqlab turing; bosh va yelkangizni yerga qoʼying va bir necha soniya dam oling (3-4 marta takrorlang);

• statsionar velosipedi pedallarini oyna oldida kunda bir necha bor 3-4 daqiqadan aylantirib turing, bu ogʼriqni bosadi va orqa mushaklarni chiniqtiradi

Бавосил

Коричак

Ич котиши

Ич кетиши

Ичак ялигланиши

Глютен касалиги

Лактоза йетишмаслиги

(Visited 368 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment