Mastopatiya ayollar kasalliklari davolash

Мастопатия

Mastopatiya ayollar kasalliklari  SABABLARI, ALOMATLARI, TASNIFI, TAShXISLASh

Mastopatiya sut bezi kasalligi boʼlib, gormonal faoliyatning buzilishi, uning toʼqimasi zichlanishi, bir joyda oʼsib ketishidir.

Mestopatiyaning sabablari xilma-xil bular quydagilar:

• irsiy omil ona tomonidan qarindosh-urugʼlari ichida yomon sifatli kasalliklar borligi;

•bachadon oʼsimtasi, qalqonsimon bez, jigar kasalliklari; •yod yetishmovchiligi;

• uzoq muddatli ruhiy iztiroblar;

• tartibsiz jinsiy aloqa;

•sut bezi jarohatlari;

• homiladorlikni sunьiy ravishda toʼxtatish, ayniqsa koʼp marta toʼxtatilganda va hokazolar.

Bu muhim! Odatda mastopatiya koʼpincha farzand koʼrish yoshidagi ayollarda uchraydi, ular tugʼmaganlar yoki faqat bitta bolasi bor, bolaga koʼkrak bermaganlar yoki oz vaqt emizganlar boʼlishi mumkin.

Mastopatiyada sut bezlari oʼzgarishlari, mahalliy (tugunli mastopatiya, diffuzli soʼrma mastopatiya) va aralash mastopatiya boʼladi.

Belgilari

• Sut bezida zichlanish, ogʼriqli joylar paydo boʼladi. • Sut bezlarining ogʼrigʼi va qoʼpollashuvi «oy koʼrish» oldidan kuchayadi va u tugagandan keyin susayadi.

• Koʼkrakda simillagan, loʼqillagan, tortishgan ogʼriqlar xuruj qiladi, koʼpincha ogʼriqlar qoʼlga, boʼyinga «oʼtadi».

• Baʼzan mammadan tiniq, oq ajratmalar chiqadi va hokazo.

 Мастопатия

Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?

Bordi-yu, sut bezida zichlashish roʼy bergudek boʼlsa, albatta shifokorga murojaat qilish kerak.

ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI Tekshiruv

Umumiy tibbiy tekshiruv va odatdagi tahlillar tayinlashdan tashqari tashxis qoʼyish uchun quyidagi qoʼshimcha usullar ham qoʼllanadi:

• qalqonsimonbez, buyrak usti gormonlari va qonda ayol jinsiy gormonlari darajasini aniqlash;

• «oy koʼrish» davrasining gormonal faoliyatini oʼrganish uchun vaginal shilligʼini sitologik taqdiq etish;

• sut bezini ulьtratovush va rentgenologik tadqiq etish (mammagrafiya);

• ingichka ignali aspiratsion biopsiya (mastopatiyaning tugunli shaklida) va hokazo.

Мастопатия

Muolaja

Diffuzli mastopatiya dori-darmonlar bilan davolanadi. Аvval sinchiklab tekshirib chiqiladi, chunki dori tanlash kasallik xususiyatiga, yoshga, umumiy holatga bogʼliq. Muolaja gormonal holatni, jigar faoliyatini, asab tizimini, oʼsimtalar yalligʼlanish kasalliklarini yaxshilashga qaratilgan.

Odatda shifokorlar parhezga rioya qilishni, siynabandni toʼgʼri tanlashni, vitaminlardan foydalanishni, peshob haydovchi, shamollashga qarshi dorilarni toʼgʼri isteʼmol qilishni tavsiya etadilar va h.k. Koʼrsatmalar boʼyicha jinsiy gormonlar dorilari tayinlanadi.

Koʼproq sogʼlom hayot tarziga boʼysinish tavsiya etiladi: alkogolli ichimliklar, chekish, qahva, shokolad, achchiq va dudlangan taomlarni istisno etish, toʼgʼri ovqatlanish va koʼp harakat qilish, 8-9 soatdan kamroq uxlash, asabiylashmaslik kerak. Har qanday fizioterapevtik amallar, shuningdek, hammomga tushish, quyoshda va sunьiy issiqda toblanish mumkin emas.

Jarrohlik muolajasi. Mastopatiyaning faqat tugunli shaklida jarrohlik amali qoʼllanadi. Bunga quyidagilar sabab boʼladi:

• dori-darmon muolajasi foyda bermasa; •sut bezi saratoni deb gumon qilinsa.

TАBIIY VOSITАLАR Xalq tabobati retseptlari (damlamalar)

Kashtan gulining tuyilganidan 6-8 oshqoshigʼi 1 l suvga solib qaynatiladi, tunda iliq joyga qoʼyib qoʼyiladi. Kun davomida har soatda 1 hoʼplamdan ichiladi.

Qizilpoychaning tuyilganidan 15 gr ini 300 ml qaynatilgan suvga solib, 1 soat tindiriladi va suziladi. Kunda 3 mahal yarim stakandan ozroq ichiladi. Tunda 1 stakan qaynatilgan suvga 50 gr qizilpoycha tuyilganidan nastoyka qilib, koʼkrakka bosiladi.

Yertut yaprogʼi, brusnika yaprogʼi teng miqdorda olinadi. 2 oshqoshigʼi 300 ml qaynatilgan suvga solinadi, 5 daqiqa qaynatilib, sovutiladi. 5 kun davomida oy koʼrishdan oldin kunda 3 mahal chorak stakandan ichiladi. Ichilganda turshak va qoqilar isteʼmol qilish (mayiz, bargak, anjir) maqsadga muvofiq. Kalendula guli kukunidan 1 oshqoshigʼi 1 stakan qaynatilgan suvga solib, 2 soat tindiriladi va suziladi. Kunda 3 mahal 150 ml dan ovqatdan oldin ichiladi.

Мастопатия

Tashqi muolaja uchun xalq tabobati retseptlari

Lolagul (Liliya) piyozidan bir nechtasi qirilib, sut bezidagi qotgan joylarga bogʼlanadi va bir kecha qoldiriladi. Pustirnik giyohidan 2 oshqoshigʼi 300 ml suvga solib, past olovda 10 daqiqa qaynatiladi va suziladi. Qaynatma bilan qattiqlashgan joyga kunda 1-2 marta kompress qilinadi. Kompress 1 soat tutib turiladi.

Xom lavlagi qirgʼichdan oʼtkaziladi, 3:1 nisbatda asal bilan qoriladi, koʼkrakning qotgan joylariga bir kecha bogʼlab yotiladi. Ertalab turgach, bogʼlam yechib, koʼkrak iliq suvda yuviladi. Keyingi tunda amal takrorlanadi. Soʼng 1 kechakunduz tanaffus qilinadi. Muolaja muddati 20 marotaba. Muzlatgichda saqlangan lavlagidan ikki marta foydalansa boʼladi.

Zirk urugʼi va yalpiz teng miqdorda olinadi. Yaxshilab tuyilib, qaynatilgan suvga solinadi, ozgina javdar uni qoʼshib va yana ozgina qaynoq suv quyib, xamir qilib qoriladi. Xamir kasallangan sut beziga yoyib qoʼyiladi, va 2 soat davomida ushlab turiladi. Muolaja muddati 20 marotaba, har kuni.

(Visited 429 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment
error: Content is protected !!