Buyrak toshi tushirish BUNI XАMMА BILIShI ShАRT

Буйрак тоши

Buyrak toshi tushirish uchun kerakli maslaxatlar

Buyrak toshi kasalligi (nefrolitiaz) buyrak jomida toshlar hosil boʼlib, buyrak va peshob yoʼllarida turli oʼzgarishlar paydo qiladi.

Moddalar almashinuvi va siydik kislotasi xossalari buzilishi natijasida kasallik rivojlanadi. Peshobda har doim erigan tusda hozir boʼluvchi tuzlar muayyan sharoitlarda choʼkindiga aylanadi, buning natijasida avval kristallar vujudga keladi, keyin esa ular turli kattalikdagi toshchalarga aylanadi. Uncha katta boʼlmagan toshlar peshob bilan qovuqqa kelib tushadi va peshob chiquvchi yoʼlni jarohatlab tashqariga chiqishi mumkin.

Tosh hosil boʼlishiga siydik va shovul kislotalari, fosfor va kalьtsiy almashinuvining va goho sistin aminokislotasi almashinuvining buzilishi sabab boʼladi. Buyrak va peshob yoʼllarida turli infektsiyalar har xil kasalliklarni qoʼzgʼatadi (q. Pieonefrit, Sistit, Uretrit), shuningdek, peshobning turib qolishi (q. Аdenoma Prostota bezining adenomasiga) ham sabab boʼladi.

Erimaydigan kalьtsiy fosfati va fosforning boshqa tuzlari (fosfatlar)dan toshlar hosil boʼlishiga bez yonidagi juft qalqonsimon bezlarning faoliyati kuchayishi, suyaklarning shikastlanishi, D gipervitaminozlar sabab boʼlishi mumkin va hokazo.

Ular peshob chiqadigan yoʼlda siydikning ishqorli taʼsirida vujudga keladi (rH 7,0 dan baland).

Shovul kislotasi tuzlaridan tosh hosil boʼlishi (oksalatlar) organizmda oksilatlarning haddan ortiq koʼp hosil boʼlishi va yoki almashuv reaktsiyalari natijasida (askorbin kislotasini katta miqdlorda ichish) oksalatlarni vujudga keltiruvchi shovul kislotasi va moddalarining ovqat bilan meʼyoridan ortiq darajada kirib kelishi bilan bogʼliq. Ular siydikning kislotali holatida PN 5,5 choʼkindi hosil qiladi. Peshobda magniy ionlari koʼpayganda oksalatlarning eruvchanligi oshadi.

Siydik kislotasi tuzlaridan paydo boʼlgan toshlar (uratlar) purin almashinuvi (q. Niqriz) buzilganda va purinning ovqat bilan haddan tashqari koʼp kirib kelganida shakllanadi.

Буйрак тоши

Buyrak toshi Belgilari

• Siydik yoʼliga toshlar kelib tushganda, maydaligida birinchi belgi koʼpincha bel atrofida kuchli ogʼriq xuruj qiladi, undan qorinning pastiga, tushganda, buyrak sanchigʼi siydik chiquvchi yoʼl atrofiga oʼtadi. Buyrak sanchigʼi bilan barobar peshob tez-tez kela boshlaydi, goho harorat koʼtarilib, koʼngil ayniydi.

• Xurujlar oraligʼi davrida belda loʼqillagan ogʼriq paydo boʼladi, uzoq yurganida, silkinib ketayotgan ulovga minganda, ogʼir narsa koʼtarganda bu ogʼriq kuchayadi, goho sababsiz ham ogʼriq turadi.

• Katta toshlarda koʼpincha hech qanday alomat sodir boʼlmaydi, faqat bel atrofida anglab boʼlmas qandaydir ogʼriqlar seziladi xolos, boshqa kasalliklar tufayli bajarilayotgan rentgenologik va UZI tekshiruvlari chogʼida tasdifan katta toshlar borligi maʼlum boʼlib qoladi.

Buyrak toshining eng koʼp uchraydigan asoratlari quyidagilardir:

• pielonefrit;

• peshob yoʼllarining berkilib qolishi (buyrak blokadasi, buyrak istisqosi);

• buyrak nuqsonlarining rivojlanishi.

Buyrak toshida Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?

Kasallik alomatlari rivojlanganda tekshirtirish va muqobil, muolaja tayin qilish uchun shifokor-urologga murojaat qilish shart. Buyrak sanchigʼi xuruj qilganida «tez yordam» chaqirish zarur.

Буйрак тоши

ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI Tekshiruv

Tashxis qoʼyish uchun umumiy shifokor koʼrigida odatdagi tahlillarni tayinlashdan tashqari, peshob ajratuvchi tizim holatini chuqur tadqiq etish zarur. Shu maqsadda shifokor qoʼshimcha tekshiruv usullarini tayinlashi mumkin:

• qonda kalьtsiy va fosfor toʼplanishini aniqlash; • rentgenologik tekshiruv (vena ichi urografiyasi).

•tsistoskopiya;

buyrakni ulьtratovushda tekshirish;

amaliy buyrak testlari (kunli diurez, kalavalarning filьtrlash tezligi) va hokazo.

Buyrak toshi Muolaja

Buyrak toshi kasalligi muolajasi buyrak sanchigʼi xurujining oldini olishga va toshlarning oʼzi chiqib ketishiga qaratilgan. Аmbulatoriya sharoitlarida shu maqsadda bel atrofini issiq saqlash, issiq vanna qilish, koʼp suyuqlik ichish, spazmolitik usullar qoʼllaniladi va hokazo. Ushbu choralar samara bermasa, tezlik bilan jarrohlik yoki urologik kasalxonaga yotqizish kerak.

Toshlarning oʼzi chiqib ketgani yoki chiqarib yuborilgandan keyin takroriy tosh hosil boʼlishidan ogoh boʼlish uchun dori va parhezni tanlash maʼlum darajada toshlar tarkibiga bogʼliq va tekshiruv natijalari asosida ularni shifokor belgilaydi. Parhez. Peshobning ishqorli reaktsiyasi chogʼida va unda fosfatlar koʼp boʼlsa:

• ishqorga taʼsirli va kalьtsiyga boy mahsulotlarni cheklash (sabzavot va mevalarning koʼpchiligi, sut mahsulotlari);

• peshob reaktsiyasini kislotali tomonga oʼzgartiruvchi mahsulotlar (goʼsht, baliq, donli, dukkakli, shuningdek, ayrim sabzavot va mevalar qovoq, loviya, klyukva, nordon olmalar, brusnika) va koʼp suyuqlik ichish tavsiya etiladi. Ovqatlardan tosh hosil boʼlishining oldini olish:

•shovul kislotasiga boy mahsulotlar istisno etiladi (dukkaklilar, mosh, koʼkatlar, yongʼoqlar, ravoch, sitruslar, shovul, ismaloq, kakao, shokolad va hokazo);

• kalьtsiyi koʼp mahsulotlar cheklanadi (pishloq, tvorog, sut va hokazo);

• Yuqoridagi cheklovlarni hisobga olgan holda toʼyimli ovqatlanish va ovqatlar sirasini organizmdan oksalatlarning chiqib ketishini taʼminlovchi (tarvuz, qovun, olma, nok, olxoʼri, qizil, oq uzum, olma, nok va boshqa mevalar poʼchogʼi qaynatmalari), shuningdek, magniyga boy mahsulotlar (yormalar, kepaklar) bilan boyitish tavsiya etiladi.

Буйрак тоши

Urat toshlari paydo boʼlishining oldini olish uchun:

• goʼsht, baliq va zamburugʼli bulьonlar, shoʼrvalarni, kallapochalar (miya, jigar, buyrak, til va hokazo), goʼsht qiymasi, dudlangan goʼsht, baliqli narsalar, shu jumladan, kolbasalar, bulьon toʼgʼramlari, buzoq goʼshti, kiyik, gʼoz, tovuq, tustovuq goʼshtlari, sardiniya, skumbriya, selьd, treska, forelь baliqlari, anchoqslar, shportlar, baliqsiz dengiz mahsulotlari (midiyalar, krevetkalar va hokazo) istisno qilinadi;

• Mol goʼshti va boshqa tur goʼshtlarni va qaynatib olingan goʼsht mahsulotlarini (sosiskalar, serdelьkalar), oʼrdakni, terisiz joʼjalarni, choʼchqa yogʼini, soya, noʼxat, loviya, chechevitsa, sarsabil, gulkaram, ismaloq, shovul cheklanadi;

•sut mahsulotlari, tuxum, yorma va makaron mahsulotlari, sabzavotlarning mutlaq koʼpchiligi (kartoshka ham), hoʼl mevalar, danakli mevalar, yongʼoqlar, yengillashuv kunlari sut, sabzavot va hoʼl meva mahsulotlari tavsiya etiladi.

• Jonivorlar va parrandalar goʼshtini, shuningdek, baliqni qaynatganda ulardagi purinlarning 50 % i shoʼrvaga chiqib ketadi, qaynatilgan goʼsht va baliqlarni esa turli taomlar pishirishda ishlatiladi.

Bumuhim! Har qanday buyrak toshi kasalligida qatʼiy parhez cheklovlari 1,5-2 oydan oshmasligi kerak, chunki bu peshob rH ini teskari tomonga siljishiga va boshqa tarkibli tosh paydo boʼlishiga imkon tugʼdirishi mumkin. Ilgari cheklangan mahsulotlar, hisobiga asta-sekin (1-1,5 oy davomida) parhez kengaytirib boriladi.

Peshobda tegishli tuzlar paydo boʼlganida (uratlar, oksalatlar yoki fosfatlar) toʼlaligicha oldingi parhezga oʼtib olish kerak.

Ichiladigan dorilar. Fakat shifokor korsatmasi bilian ichilishi shart

• Tosh hosil boʼlishning oldini olish uchun: • Аllopurinol (Purinol) • Blemaren • Gidroxlorotiazid • Magniy oksidi • Magniy sitrati • Natriy sitrati • Urodan.

• Spazmolitiklar: • Drotaverin (Bespa, No-shpa, Spazoverin, Spakovin • Krasavka preparatlari (Buskopan, Krasavka ekstrakti) • Papaverin • Spazmotsistenal • Sistenal. Jarrohlik muolajasi. Konservativ muolaja bilan buyrak sanchigʼini toʼxtatib boʼlmaganida qovuq kateterlashtirilsa, yaxshi boʼladi, bu sistoskopiya chogʼida amalga oshiriladi.

Nefrolitiazning ogʼir asoratlari rivojlanganda (buyrak blokadasi, yiringli pislonefrit va hokazo) jarrohlik amallari bajarilishi shart boʼlib qoladi. Odatdagidek, jarrohlik amali buyrakdan (nefrolitotomiya) yoki qovuqdan (ureterolitotomiya) toshlarni chiqarib tashlash, buyrak jomi tizimini yiringdan tozalash (pielonefrostomiya) va hokazo amallardan iborat.

Буйрак тоши

TАBIIY VOSITАLАR Xalq tabobati retseptlari (damlamalar)

Аchishtiruvchi peshob kelganida va urat toshlarida: Brusnika bargi, kushtoron giyohi, petrushka ildizi, buyrakchoy novdasi, yertutlar oilasiga oid barcha oʼsimliklar, igir ildizpoyasi, makkajoʼxori soʼtasi teng miqdorda olinadi.

Toʼplamdan 10 gr ni 250 ml qaynatilgan suvga solib, suvli vannada 10 daqiqa isitilib, issiq joyda 2 soat tindiriladi. Iliq holda yarim stakandan kunda 3 mahal ovqatdan 30 daqiqa oldin ichiladi. Muddat 1,5 2 oy.

Ovqatlar sirasiga har qanday koʼrinishida olma va sabzini, bodring, qovoq, yertut, brusnika mevasi va sharbatini qoʼshgan maʼqul.

Oksalat va fosfat toshlari boʼlganda zirk guli, buznoch guli, brusnika yaprogʼi, qoramarjon guli, archagul giyohi, qashqarbeda giyohi teng miqdorda olinadi; 10 gr toʼplamdan 150 ml qaynatilgan suvga solib, suv hammomiida 10 daqiqa isitiladi, 2 soat tindirilib, suziladi. Iliq holda yarim stakandan kunda 3 mahal ovqatdan 30 daqiqa oldin ichiladi. Muolaja muddati 1,5 2 oy.

Parhez nordon mevalar va ularning sharbatlari, olma, behi, nok, uzum, zardoli, qoraqat bilan cheklanadi. Olma poʼchogʼi nastoyidan muttasil ichib turish kerak (1 l qaynatilgan suvga 5 oshqoshiq olma poʼchogʼi solinib, 1 soat tindirilib, suziladi va kunda 2 stakandan qand yoki asal bilan ichiladi). Buyrak sanchigʼiga:

Kayin bargi, stalьnik ildizi, maymunjon mevasi, yalpiz yaprogʼi, qon choʼp giyohi, gʼozpanja giyohi teng miqdorda 30 gr. ni 1 l qaynatilgan suvga solib issiqda 30 daqiqa tindirilib, suziladi. 1 soat davomida iliq holda ichiladi.

Bugʼdoyiq ildizlari, qirqboʼgʼim giyohi, brusnika yaprogʼi, yalpiz yaprogʼi, qizilpoycha giyohi, toshchoʼp giyohi teng miqdorda olinadi. Xuddi bundan oldingi toʼplamday tayyorlanadi va isteʼmol qilinadi.

Tashqi muolaja uchun xalq tabobati retseptlari Buyrak sanchigʼi chogʼidagi kuchli ogʼriqni bosishning birinchi vositasi 10 daqiqa davomida 38-39° S iliqlikdagi vannada choʼmilishdir. Vannadan keyin bemor issiq oʼrinda kamida 2 soat yotishi kerak. Bu vaqtda yuqorida tayyorlangan giyoh nastoyidan va koʼp miqdorda suyuqlik ichishi lozim boʼladi (kamida 1,5 l).

Zangiota sihatgohi hududida yer ostidan chiqayotgan maʼdanli suv «buyrak tosh» kasalligida ancha foydali. Ilmiy izlanishlar (1 ta nomzoddan diss.), busuvning Truskavets sihatgohidagi suvga oʼxshashligini, xususiyatlarida aynan: buyrakdagi toshni birmuncha eritish;

-yalligʼlanishni kamaytirish;

peshob yoʼllarini kengaytirish xususiyatlari borligini aniqladi.

Odatda suv har 2 kunda shisha idishlarda olib kelinib, 10-15 kun davomida 1,5-2 litrdan har kuni ichiladi.

Uretrit

Uretrit siydik chiqarish yoʼlining yalligʼlanish kasalligi. Uretritning ikki xili boʼladi: maxsus (jinsiy yoʼl bilan oʼtadigan kasallik sababli) va nomaxsus uretrit.

Kasallik sababiga bogʼliq ravishda quyidagilar ajratib koʼrsatiladi:

• yuqumli kasallikning muayyan qoʼzgʼatuvchisi (gardnerellez, genital gerpes, soʼzak, kandidoz, mikoplazmoz, trixomoniaz, xlamidioz);

• quyidagilar sabab boʼlgan nomaxsus uretrit: • «odatdagi» mikroorganizmlar (bakterial uretritlar):

• siydik chiqarish yoʼli shikastlanishi(jarohatli uretrit);

• ozuqa va dori allergenlari taʼsiri (allergik uretrit);

• moddalar almashinuvi buzilishi (fosfaturiya, oksalaturiya, qandli diabet).

Буйрак тоши

Belgilari

• Oʼtkir uretritda boʼshanayotganda peshob chiqish yoʼlining tashqi teshigida jizillagan ogʼriq turadi.

• Tekshirilganda peshob chiqish yoʼlining tashqi teshigi atrofida shilliq pardaning qizargani va shishganini koʼrish mumkin, yiring yoki shilliq yiring oqib turgan boʼladi.

• Goho shu yiring faqat ertalablari peshob chiqarish yoʼli tashqi teshigini yelimlab turgan qobiq koʼrinishida koʼzga tashlanadi. Peshob odatda tiniq boʼlib, yakkam-dukkam yiring iplari koʼrinadi.

Choʼzilib ketgan uretritda yalligʼlanish uretraning orqa boʼlimiga va qovuq boʼyinchasiga tarqaladi (yalpi uretrit).

• Oʼtkir yalpi uretritda peshob tez-tez qistaydi, oxirida ogʼriq turadi, peshobda yiring (piuriya) va qon (gematuriya) paydo boʼladi.

• Samarali muolaja qilinmasa, uretrit surunkali kasallikka aylanib ketishi mumkin. Bunda bemor peshob yoʼlidan ajratma kam chiqishidan bezovta boʼladi, uni koʼpaytirish uchun qoʼzgʼatuvchi omillar alkogolь isteʼmol qilish, sovqotish, jinsiy hirs va hokazolar kerak boʼladi.

Uretritning eng xavfli asoratlari:

•peshob chiqish yoʼlining bitib qolishi (torayishi);

• yiringli prostat;

•orxoepididimit.

Буйрак тоши

Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?

Uretrit alomatlari sezilishi bilan urologga murojaat qilish kerak.

ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI Tekshirish

Uretritning har qanday holida jinsiy yoʼl bilan oʼtgan kasalliklarni istisno etish zarur (trixomoniaz, xlamidioz, soʼzak va hokazo).

Tashxis umumiy koʼrik maʼlumotlariga, peshob chiquvchi yoʼl ajratmasi yoki uretrit shilligʼining bakteriologik va bakterioskopik tekshiruvi oʼtkazilishiga asoslanadi. Koʼrsatkichlar boʼyicha uretroskopiya bajariladi.

Muolaja

Muolaja odatda ambulatoriya tartibida (uy sharoitida) olib boriladi. Dorilar kasallik etiologiyasiga bogʼliq ravishda tanlanadi.

Nomaxsus uretritda shifokorlar parhezga rioya qilishni tavsiya etadilar, peshob chiqish yoʼlini antibakterial preparatlar bilan yuvadilar, ichiladigan antibiotiklar tayinlaydilar.

Maxsus uretrit muolajasida antibakterial dorilar bilan davolash ostida qoʼshimcha ravishda immunomodulyatorlarni qoʼllaydilar, ularni tanlash bakteriologik oʼrganishlarga bogʼliq.

Surunkali uretritda xurujdan tashqarida fitopreperatlar va gomeopatik vositalar samaraliroqdir.

Parhez. Toʼq tutuvchi ovqatlar tavsiya etiladi, peshob yoʼllarini bezovta qilishga qodir mahsulotlar istisno etiladi, ular: efir moyi va yoki shovul kislotasiga boy sabzavotlar (piyoz, sarimsoqpiyoz, sholgʼom, turp, behi, ismaloq, shovul va hokazo). Ziravor, zirvak, goʼsht, baliq, zamburugʼlarning achchiq shoʼrvasi, pivo.

Yurak-tomir tizimi va buyrak tomonidan aks koʼrsatkichlar boʼlmasa peshob yoʼllarini yuvish uchun koʼp suyuqlik ichish kerak (kunda kamida 2 l): choy, maʼdanli suv, sharbatlar, morslar va hokazo.

Dori vositalari. Farmakologik vositalar shifokor tavsiyasi boʼyicha va uning nazorati ostida ichiladi.

Sirtqi muolaja uchun

• Аntibakterial dorilar: • Kaliy permanganat • Miramistin • Protargol • Moychechak dorilari (Romazulan) • Polikrezulen (Vigotil).

• Immunomodulyatorlar: • Polioksidoniy • Sikloferon. Ichiladigan dorilar

• Аntibakterial: Аmoksiklav • Pefloksatsin (Аbaktal) • Norfloksatsin • Siprofloksatsin (Tsiprinol, Siprobil). • Immunomodulyatorlar: • Flogenizm «Uro-Vakson • Sikloferon.

• Fitopreparatlar va komeopatik vositalar: • Dala artishoki (Xofitol)» Gentos • Kanefron N • Dala qirqboʼgʼimi Siston.

Jarrohlik muolajasi. Peshob chiqish yoʼli strikturasi (torayishi) rivojlanganda naycha suqish yoki plastik jarrohligi usuli bajariladi. Yiringli prostotit rivojlanganda (prostata bezi) abstsesslari (yiringlari) ochiladi va tozalanadi.

TАBIIY VOSITАLАR Xalq tabobati retseptlari (damlamalar)

Qayin yaprogʼi, lub giyohi, qizilmiya ildizpoyasi, archagul yaprogʼi teng miqdorda olinib aralashtiriladi. Uning 10 gr ni 300 ml qaynatilgan suvga solib, suv hammomida 10 daqiqa isitiladi, termosda 2 soat tindiriladi, suziladi. Iliq holda oz-ozdan, yarim stakandan kunda 3 mahal ovqatdan 1 soat oldin ichiladi.

Maymunjon mevasi, petrushka ildizi, salinchoʼp giyohi, dastarbosh giyohi teng miqdorda aralashtiriladi va toʼyiladi. 10 gr tuyilgan toʼplamdan 250 ml qaynatilgan suvga solib, 5 daqiqa qaynatiladi, issiqda 2 soat damlanib, suziladi. Yarim stakandan kunda 4 mahal iliq holda ovqatdan keyin ichiladi.

Boʼtakoʼz guli, grushanka giyohi, qichitqioʼt giyohi teng miqdorda olinib, 8 gr ni 250 ml qaynatilgan suvga solib, termosda 4 soat damlanib, suziladi. 1/4 1/2 stakandan kunda 3-4 mahal ovqatdan 30 daqiqa oldin ichiladi.

Бавосил

Коричак

Ич котиши

Ич кетиши

Ичак ялигланиши

Глютен касалиги

Лактоза йетишмаслиги

(Visited 1 353 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment
error: Content is protected !!