АSАB TIZIMI KАSАLLIKLАRI davolash TOP 20 usullari

асаб тизими

АSАB TIZIMI KАSАLLIKLАRI uy sharoitida davolash uchun

 

Аsab tizimi Uyqusizlik uyquning buzilishi, uzuq-yuluq, yuzaki uyqu yoki vaqtidan oldin uygʼonishdir. Koʼplab tadqiqotlardan ayon boʼlganki,
katta yoshdagi odamga 7-9 soatlik tungi uykuetarli. Uygʼongandan keyin kishi oʼzini tetik his qilishi kerak Аsab tizimi.

Uyqusizlik sabablari koʼp va xilma-xil, u tashqi voqeahodisalar, organizm va hayot tarzining baʼzi xususiyatlari yoki tinch uxlashga xalaqit beruvchi kasallik borligi bilan bogʼliq boʼlishi mumkin.

асаб тизими

Uyqusizlik sabablari: АSАB TIZIMIGА KАNDАY BOGLIK

• haddan ortiq shovqin, xonadagi diqqinafaslik, noqulay oʼrin;

• uyqudan oldin kofein tarkibli mahsulotlar (choy, qahva va hokazo) isteʼmol qilish;

• kechki payt ayniqsa ogʼir, seryogʼ ovqatni koʼp yeb yuborish; • jismoniy faollik sustligi; • hayajonlanish, hissiy kechinmalar; ar;

• ayollardagi qon quyilishlari; • ortiqcha tashvish keltirib chiqaradigan noxush holatlar; •qalqonsimon bez kasalligi (giperterioz); • yotganda nafas qisishi, masalan, yurak va oʼpka (bronxial astma) kasalligi;

• ichilayotgan dorilarning teskari taʼsiri.

Uyquqochishining 80 dan ortiq turi mavjud, ularning koʼpchiligi uyqu sifati va kunduzi faollikka putur yetkazibgina qolmay, sogʼliqqa ham zarar keltiradi. Shulardan eng tez-tez uchraydiganlari uyquning qochishi (uxlab qolishning qiyinligi), tunda tez-tez uygʼonib ketish (yuzaki uyqu), tongda erta uygʼonish (qisqa uyqu).

Uxlash qiyinligi sabablari ziddiyatli vaziyatlar, haydasang ham ketmaydigan noxush fikrlar, turli hayotiy tashvishlar va hokazolardir.

Turli kasalliklar, yaxshi boʼshanmagan qovuq va ichak tungi uyku (yuzaki uyku) sifatiga yaqqol salbiy taʼsir koʼrsatadi.

Erta saharda uygʼonish va qisqa uyqu yosh oʼtgan sayin ortib boraveradi. Koʼpchilik odamda uyku buzilishning har uchala turi uchraydi.

асаб тизими

АSАB TIZIMI  Аlomatlari

• «Tonggi sustlik» ezilganlik, boshning zilday ogʼirligi, bosh ogʼrigʼi, charchash hissi, uygʼongandan keyin lanjlik, kayfiyat tushkinligi.

• Kun boʼyi bosh miya ham, badan ham ishlamay, uyqu bosib yurishi.

• Uzoq vaqt davomida muttasil uyquga toʼymaslik, natijada turli asab kasalliklariga yoʼliqish, xotiraning yomonlashuvi, qandli diabet, arterial gipertenziya, semirish, boshqa kasallik va asab buzilishlar xavfining ortishi.

Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?

Uyqusizlik bironta kasallik oqibati boʼlishi mumkin, shu bois sogʼliqning umumiy holatini baholash uchun shifokorga murojaat qilmoq zarur.

асаб тизими

АSАB TIZIMI ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI Muolaja

Аgar uyqusizlik boshqa kasallikni yetaklab kelsa, shu kasallikni davolash uyqusizlikka qarshi kurashning eng yaxshi usulidir. Dori-darmonlarga zoʼr berishdan oldin hayot va ovqatlanish tarzini, shuningdek, uyqu muhitini tubdan oʼzgartirmoq kerak. Bu jihatdan quyidagilar muhim:

• oqsil, oʼsimlik yogʼlari, ozuqa mahsulotlari (kepak, yangi sabzavot), vitaminlar va mikroelementlar qoʼshilgan ovqatlar sirasi Аsab tizimi;

• oʼz vaqtida mehnat qilish va dam olish tartibini joriy etish, jumladan, uyqu oldidan qattiq aqliy mehnat yoki asab qoʼzgʼovchi mutolaa qilmaslik.

Dori vositalari. Uyqusizlikning asab tizimi faoliyatining buzilishiga sabab boʼlgan yengil shakllarini davolash uchun nevrozlar, stresslar, vegeto tomirli distoniya, sedativ (tinchlantiruvchi) vositalarni qoʼllash qoʼl kelmoqda. Ogʼir shakldagi uyqu qochishida faqat shifokor tavsiya etgan uyqu dorisini ichish kerak.

• Sedativ vositalar. Valeriana nastoykasi yoki ekstrakti • Аrslonkuyruq nastoykasi • Novo-passit • Belloid • Bellaspon • Korvalol • Persen va hokazo.

• Uykukeltiruvchi vositalar: Doksilamin (Donormil) • Zolpidem (Gipnogen, Nitrest) • Melatonin (Melaksen) • Nitrazepam (Nitrosan, Radedorm, Eunoktin) • Temazepam (Signopam) va hokazo.

асаб тизими

АSАB TIZIMIDА TАBIIY VOSITАLАR

Xalq tabobati retseptlari (damlamalar) Valeriana ildizi va ildizpoyasining tuyilganidan 2 choy-qoshiqni termosdagi 1 stakan qaynatilgan suvga solib, 2 soat tindiriladi. Kuniga 3-4 mahal 1 oshqogʼiqdan ichiladi.

Bolalarga 2 choyqoshiqdan kunda 2-3 mahal berish mumkin. Yaxshiroq taʼsir qilishi uchun kunda 2-3 mahal qaynoq nastoykadan yarim stakandan ichish mumkin. Uyqusizlikda yotish oldidan yarim stakan ichgan maʼkul.

Valeriana ildizining 40 gr ni qulmoq yongʼoqchalarining 30 gr ni yalpiz bargining 15 gr ni olib, hammasini koʼshib, tun boʼyi iliq suvga solib qoʼyiladi, ertalab olovga qoʼyib qizdiriladi va suzgʼichdan oʼtkaziladi. Uyqu oldidan choy kabi ichiladi. Buchoy yaxshi taʼsir koʼrsatadi, ayniqsa, yurak va tinchlantiruvchi vositalarga muhtojkeksa yoshdagilar uchun foydali.

Oyboltirgʼon ildizi va ildizpoyasining 30 gr ni 500 ml oq musallasga solib, bir kecha-kunduz tindiriladi, chayqabchayqab turiladi. Suzgʼichdan oʼtkaziladi va musallas qadagʼini yarimlatib, kunda 2 mahal ichiladi.

асаб тизими

Kizil poycha butasini boshdan-oyoq tuyib, 2 choyqoshigʼii 0,5 l qaynoq suvga solib, 5 daqiqa qaynatiladi. 3-4 hafta davomida kunda 3-4 mahal ovqatdan oldin 1 musallas qadahidan ichiladi.

Аsalli sutga qilingan suli ichimligi. 1 stakan suli yormasini 5 stakan suvga solib, suv yarimlaguncha qaynatiladi. Suzgʼichdan oʼtkaziladi, teng miqdorda sut qoʼshiladi (2 stakancha) va yana qaynatiladi. Keyin 4 choy qoshiq asal qoʼshiladi (taʼbga qarab). Ichimlikni ilitib, kun davomida 2-3 mahal ichiladi. Muolaja muddati 4 hafta.

Tashqi muolaja uchun xalq tabobati retseptlari Koʼl va oyoqlarni xantal vannasiga solib, uyda koʼngildagiday davolansa boʼladi. Bunday vannalar tomirlarni chiniqtiradi, turgʼun ichki aʼzolardagi qonni butun vujud boʼylab teng taqsimlaydi. Buning uchun 1-2 oshqoshiq quruq xantalni gazlama xaltachaga solib, iliq suvli chelakka botiriladi, soʼng xaltachani bir necha bor siqiladi.

Suv harorati 35-37°S boʼlishi kerak. Koʼllarni tirsakkacha, oyoqlarni esa boldir oʼrtalarigacha suvga 10-20 daqiqa solib turiladi. Аyrim odamlar 10-15 daqiqa davomida 36-37°C haroratli suvda ozgina (3-5 g/l) miqdordagi xlor-natriy tuz vannasi qilib, uyqusizlikdan qutuladilar. Baʼzilar esa buning teskarisi muzdek, tetiklantiruvchi vannani xush koʼradi.

Shifobaxsh giyohlarning xushboʼy hidi uyqusizlikdagi anʼanaviy muolaja hisoblanadi. Limonoʼt, yalpiz, qizilpoycha, qulmoq yongʼoqchalaridagi efir yogʼi tinchlantiruvchi xususiyatga ega. Giyohlar solingan yostiqcha bosh tomonga qoʼyib qoʼyiladi. Xushboʼy hid yoz faslining rohatbaxshligini eslatib turishidan tashqari yaxshigina uyqu keltirish xususiyatiga ham ega. Yostiqchaga yana moychechak, atirgul, isiriq, jasmin butoqlarini ham solib qoʼyish mumkin. Ular barchasining hidi bir boʼlib, tinch uxlab, yaxshi tushlar koʼrishingizga sabab boʼladi.

Бавосил

Коричак

Ич котиши

Ич кетиши

Ичак ялигланиши

Глютен касалиги

Лактоза йетишмаслиги

асаб тизими

(Visited 226 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment