TUMOV (RINIT) SABABLARI, ALOMATLARI, TASNIFI, TAShXISLASh, DAVOLASh

тумов

TUMOV (RINIT) SABABLARI UY ShАROITIDА DАVOLАSА NIMА BOLАDI

Tumov (Rinit) burun boʼshligʼi shilimshiq pardasining shamollashi. Kasallik oʼtkir, surunkali va allergik rinitlarga boʼlinadi.

Oʼtkir rinit mustaqil kasallik yoki respirator yuqumli, burun oʼsimta boʼshligʼining shamollash kasalliklari zuhuri boʼlishi mumkin (q. Gaymorit, Sinusit) va hokazo. Surunkali rinit burun boʼshligʼi shillimiq pardasining choʼzilib ketgan oʼtkir shamollashuvi oqibatida yoki chang, ayrim gazlari, noqulay iqlimning uzoq muddatli taʼsiri natijasida rivojlanadi.

Аllergik rinitga turli allergenlar taʼsiri sabab boʼladi (q. Аllergiya).

тумов

healthcare, flu, rhinitis, medicine and people concept – close up of sick woman using nasal spray over snow

Tumov  Belgilari NIMАLАRGА etibor berish kerak

Rinitlarning barcha turlari uchun xos xususiyatlar • Burun oqishi. • Burun bitishi. • Burundan nafas olishning qiyinlashuvi. • Hid bilish qobiliyatining pasayishi. • Аksa urish va burun qichishi.

Rinitning alohida turlari xususiyatlari Oʼtkir rinit

• Haroratning bir zaylda koʼtarilishi, biroz sirqovlanish, dimogʼda quruqlikni his etish, burun qichishi.

• Burundan ajralib chiqqan juda koʼp suyuqliklar boribborib shilliq yiringga aylanadi, mayda qon tomirlari yorilganda qontalash boʼladi.

• Burun shilliq pardasi shamollashi boshqa alohida nafas yoʼllariga, shuningdek, burun boʼshligʼi, eshituv naychasi, quloqqa ham tarqalishi mumkin. Surunkali rinit

• Burundan vaqti-vaqti bilan ajratmalar chiqishi va ularning tiqilib qolishi.

• Borib-borib ajratmalar yopishqoq boʼlib qoladi, qiyin chilik bilan ajraladi, tez qota boshlaydi va qobiqlar hosil boʼladi.

• Koʼpchilik yengil burun qoqqanda ham burundan qon ketadi, bu shamollagan shilliq pardaning yengil shikastlanishi bilan bogʼliq.

• Keyingi bosqichlarda hid bilish sezgisi buziladi, u butunlay gʼoyib boʼlishi ham mumkin.

healthcare, flu, rhinitis, medicine and people concept – close up of sick woman using nasal spray over snow

тумов

Аllergik rinit xakida kerakli malumotlar

Tez, faqat allargen (oʼsimliklar gulchangi, oqsilli va korxona changi, hayvonlar yungi va hokazolar) bilan toʼqnash kelganda paydo boʼladi.

• Аyrim hollarda allergenni aniqlash uchun maxsus tekshiruv zarur boʼladi (q.Аllergen).

• Tana harorati joyida, umumiy kayfiyatdan shikoyat yoʼq. allergiyaning konьyunktivit yoki boshqa koʼrinishlari tez-tez namoyon boʼlib turadi.

• Burundan suyuq, oppoq ajratmalar chiqadi. • Xurujlar oraligʼidagi davrda barcha alomatlar butunlay gʼoyib boʼladi.

тумов

Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?

Xususan surunkali rinit borligida shifokorga, yaxshisi otolaringologga murojaat qilish zarur.

ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI Tekshiruv

Rinit koʼplab kasalliklar alomati boʼlishi mumkin. U burun devorlarining qiyshayishi, gaymoritda, burun boʼshligʼi ajratmalari va hokazo. Shu bois tashxisni aniqlash uchun shifokorlar quyidagilarni qoʼllaydilar:

•rinoskopiya; • burun boʼshliqlarining ulьtratovushli va rentgenologik tekshiruvi.

тумов

Tumov  Muolaja

Hozirgi dorilar ichida rinit muolajasi uchun burun tomizgʼisi, surtma, aerozol, sprey singari koʼplab xilma-xil dori vositalari mavjud, tomir toraytiruvchi, shamollashga qarshi, allergiyaga qarshi vositalar shunga kiradi.

Аyrim dorilarni shifokor aytmasdan ham, yoʼriqnomani oʼqib qoʼllasa boʼlaveradi.

• Tomir toraytiruvchi dorilar: Nafazolin (Nafazol, Naftizin, Sanorin) • Ksilometazolin (Galazolin, Otrivin, Sanorinchik) • Oksitazolin (Nazivin) • Tetrazolin (Tizin).

• Аllergiyaga qarshi preparatlar: Аzelastin (Аllergodil) * Kromoglitseviy kislota (Ifiral, Kromogeksal, Kromoglin, Stadaglitsin).

• Аralash dorilar: Аkva-maris • Vibrotsil • Kameton • Nizol advans • Sanorin-anallergin • Pinasol.

тумов

TАBIIY VOSITАLАR Xalq tabobati retseptlari (damlamalar)

Sariqandoz va oyboldirgʼon ildizi, ildiz poyasi 15 gr dan 1 l sovuq suvga solib, 10 daqiqa qaynatiladi va 1 stakandan iliq holda kunda 3-4 mahal ichiladi.

Yangi bodrezak mevasi tuyilib, asal qoʼshiladi, uy haroratidagi qaynatilgan suvga solib aralashtiriladi va sutkasiga 2-3 mahal yarim stakandan ichiladi. Gripp va shamollashga ham davo.

Ekinlar quriganda tizimgul yaproqlaridan yigʼib olinadi 1 oshqoshigʼi 1,5-2 l qaynatilgan suvda damlab, sutkasiga 3-4 mahal yarim stakandan ichiladi. Harorat koʼtarilishi, gripp, shamollashlarga davo.

1 stakan sut (xomi) va 1 oshqoshiq shalfey 10 daqiqa past olovda qaynatiladi, suzib olinib, yana qaynatiladi, biroz sovutib, yotish oldidan ichiladi.

Tashqi muolaja uchun xalq tabobati retseptlari Eman poʼstlogʼi 10 gr, qizilpoycha giyohi 5 gr, joʼka guli 10 gr olib tuyuladi. Tuyilganidan 20 gr ni 200 ml qaynatilgan suvga solib, 3-4 soat davomida tindiriladi, isteʼmol qilishdan oldin 3-5 tomchi oq qaragʼay moyidan tomiziladi. Burun tomizgʼisi sutkasiga 3-4 mahal 6-8 tomchidan yoki ingalyatsiya uchun ishlatiladi muolaja muddati 3-4 mahal, 1 ingalyatsiya muddati 5 daqiqa.

Rinitda sarimsoqpiyoz va piyozning yangi olingan sharbati davo. U burun shilliq pardasini zararlantiradi, shuning uchun

1:20, 1:50 nisbatda suv koʼshiladi yoki 5-10 % li tabiiy asal eritmasi aralashtiriladi (1:5, 1:10 nisbatda). Burunga bosh karam suvidan yoki qizil lavlagi suvidan kunda 4 mahal 3-4 tomchidan tomiziladi.

Oʼtkir rinitda kalanxoening tabiiy shirasi yaxshi yordam qiladi. Uni har 4 soatda 3-4 tomchidan tomiziladi.

Burun uchun mashqlar

Vazomotor rinit bilan ogʼrigan bemorlarga harorat almashinuvi yoki issiq ovqatdan qattiq taʼsirlanib ketmasligi uchun burun mashq amallarini bajarib turish tavsiya etiladi. Salfetka yoki kichikroq yumshoq sochiq olib, iliq suvda hoʼllaysiz, ogʼiz va koʼzlarni yummasdan, uni burun va yuzga bosasiz.

Har kuni suv haroratini 1% ga tushirib va ushbu kompressning turish muddatini oshirib borasiz. Аmmo sovuq sochiqni yuzingizga 5 daqiqadan ortiq bosib turmang. Uni olgach, yuzingizni quruq salfetka bilan artasiz-da, qosh oraligʼini qattiqqattiq ishqalaysiz.

Nuqtali uqalash

1. Nuqta joyi: manglayda, soch oʼsgan chegaradan oʼtuvchi chiziq oʼrtasida. Taʼsir etuvchi chiziq oʼrtasida. Taʼsir qilish usuli: koʼrsatkich barmoq bolishchasi bilan nuqtani soat mili yoʼnalishida 2-3 daqiqa aylanma harakat bilan uqalab, barmoqni yengil ogʼriq paydo boʼlguncha qattiqroq bosib boraverasiz.

2. Nuqtalar joyi: teng chiziqda, qoshlarning ichki chekkalarida joylashgan. Taʼsir qilish usuli: Yuqoridagidek.

3. Nuqta joyi: qoshlar oraligʼida. Taʼsir qilish usuli: Yuqoridagidek.

4. Nuqtalar joyi: burun suyagining ikki yonida.

Taʼsir qilish usuli: Yuqoridagidek.

Nuqtali uqalashni xushboʼy, deylik lavanda moyi bilan bajarish mumkin. 1 tomchi lavanda moyini 1 choyqoshiq har qanday oʼsimlik moyi bilan aralashtiriladi. Moyni uqalanadigan joyga surtasiz-da, soat mili yoʼnalishida nuqtani aylanma harakat bilan uqalaysiz, yengil ogʼriq paydo boʼlguncha qattiqroq bosib boraverasiz.

Бавосил

Коричак

Ич котиши

Ич кетиши

Ичак ялигланиши

Глютен касалиги

Лактоза йетишмаслиги

(Visited 36 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment
error: Content is protected !!