SURUNKАLI TONZILLIT Tashqi muolaja uchun xalq tabobati retseptlari

ТОНЗИЛЛИТ

SURUNKАLI TONZILLIT UY ShАROITIDА DАVOLАSh USULLАRI

Surunkali tonzillitni davolashning asosiy usullaridan biri tanglayning bodomsimon bezlarini chayish hisoblanadi,
bu esa shifobaxsh taʼsir koʼrsatadi. Xalqumni chayish va ingalyatsiyada ham qoʼllanadi. Ingalyatsiyada sarimsoqpiyozning tozalangan suvi bilan 1:10 nisbatda aralashtirilgan yangi shirasi qoʼllanadi (bolalar uchun 1:50 nisbatda). Bolalardagi surunkali tonzillitni davolash uchun tanglay bodomsimon bezlarini sabur shirasiga 1:3 nisbatda asal qoʼshib surtish taklif etiladi. 2 hafta har kuni va keyingi 2 haftada kunora bajarib boriladi. Muolaja och qoringa (ertalab) amalga oshiriladi.

Turp suviga 1:3 nisbatda asal qoʼshib bodomsimon bezlarga 12-14 kun uzluksiz surtiladi, keyingi ikki haftada kunora surtiladi. Klyukva mevasi va asal qoʼshilgan mors ichirilsa ham boʼlaveradi, bu shamollash kasalliklarining oldini oladi.

Tomoq mushaklari uchun yoga mashqlari «arslon holati» «Аrslon holati» bodomsimon bezlar atrofidagi qon aylanishlarini yaxshilaydi, ularni yiringli qatlam va tiqinlardan tozalaydi, tomoqda ogʼriqni kamaytiradi. Mashq yana angina va surunkali tonzillit xurujining oldini oladi, shu bois uni shamollashning dastlabki zuhurlaridanoq bajarish kerak.

ТОНЗИЛЛИТ

Mashqni bajarish: tizzada turasiz, soʼng tovonga oʼtirasiz. Qoʼllaringizni kaft orqasi bilan tizzalaringizga qoʼyasiz, barmoqlaringiz boʼsh va sal yoyilib tursin, gavdani toʼgʼri tuting. Nafas chiqara boshlaganingizda tilingizni iloji

boricha oldinga va pastga chiqaring, uchini iyakka yetkazishga harakat qiling. Mashqni oʼzingizni «bosilganday» his qilguncha davom ettiring.

Siz boʼyin va halqumning tilosti atroflarida taranglikni his etishingiz kerak. Taranglashish vaqtida barmoqlaringizni keskin tarang qiling va koʼzlaringizni chaqchaytiring. Keyin asta asil holatga qayting, boʼyin, koʼz, qoʼl mushaklarini boʼsh qoʼying. Mashqni 5-10 soniya davomida bajaring, keyin dam oling. Mashqni 7 marta takrorlang.

Бавосил

Коричак

Ич котиши

Ич кетиши

Ичак ялигланиши

Глютен касалиги

Лактоза йетишмаслиги

1. Nuqta joyi Birinchi nuqta boshmaldoq va koʼrsatda kich barmoqlari oʼrtasidagi chuqurchada joylashgan. Ikkinchi nuqta boshmaldoqning tashqi tomonida tirnoq burchagidan biroz narida joylashgan.

Taʼsir etish usuli: ikkinchi qoʼlingiz boshmaldogʼi bilan nuqtalarni qizarib ketguncha uqalang (2-3 daqiqa). _ Baland haroratli anginada 2. Nuqta joyi: tirsak boʼgʼimi atrofida qoʼlni tirsakdan bukkanda buklamlar hosil boʼlgan joyda, boshmaldoq tomonda. Taʼsir etish usuli: boshmaldogʼingiz bolishchasi bilan nuqtani ogʼrib ketguncha bosasiz, 23 daqiqa.

ТОНЗИЛЛИТ

(Visited 197 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment
error: Content is protected !!