Semirish bu kasallikmi? Buni xamma bilishi shart ozish uchun

семириш

Semirish kelib chikish sabablari ozish uchun

Semirish badanda yogʼning haddan koʼp toʼplanishi hisobiga vaznning ortishi boʼlib, tana vaznining 30 kg/m2 dan koʼproq ortgan indeksi yoki
tana vaznining meʼyordan 20 % ortishidir.

Semirish, birlamchi, irsiy, ortiq darajada koʼp ovqatlanish, kamharakatlilik bilan, ikkilamchi endokrin kasalliklar alomati bilan izohlanadi. Bundan tashqari, tana vaznining ortishi, xususan bir zaylda ortib borishi har doim ham yogʼning ortiq darajada toʼplanishi oqibati boʼlavermaydi. U bir qancha buyrak kasalliklarida badanda suyuqlik tutilib qolishi yoki boshqa sabablar bilan kelib chiqqan boʼlishi mumkin. Shu bois taxmin qilingan tashxisni tasdiqlash uchun tananing umumiy vaznini oʼlchashdan tashqari organizmdagi yof toʼqimalarini aniqlash zarur.

Yogʼlar toʼplanib qolgan joyga qarab, semirishni quyidagilarga boʼlish mumkin:

• abdominal semirish, yogʼ asosan qorinda va gavdaning yuqori qismida, shuningdek, qorin boʼshligʼida joylashgan boʼlib, bu ayniqsa erkaklarga xos hisoblanadi;

• dumba-son semirishi, yogʼ asosan sonlarda, quymichda va gavdaning quyi qismlarida joylashgan boʼlib, bu koʼproq ayollarga xosdir.

Аbdominal semirish vazn ozgina ortganida ham kasallik va oʼlim koʼrsatkichlarini yomonlashtiradi, asosan yurak-tomir kasalliklari hisobiga kechadi. Semirishning bu turi ateroskleroz va ishemik kasalligi ehtimolini, shuningdek, uning uch asosiy omili: arterial gipertenziyasi, qand kasalligi va yogʼ almashinuvi buzilishi giperlipidemiya xavfini orttiradi.

Аbdominal semirish tashxisi uchun bel/son indeksi belning (koʼkrak qafasi tagidan kindik ustidan oʼlchaydilar) eng kichik aylanasini sonlarning (quymich atrofidan oʼlchaydilar) eng katta aylanasiga nisbatini aniqlaydilar. Аgar bel/ son indeksi erkaklarda 0,85 dan va ayollarda 0,95 dan yuqori boʼlsa bu abdominal semirish borligini koʼrsatadi. Faqat bel aylanasini oʼlchash joiz sanaladi va nafas bemalol chiqarilganda oʼlchanadi. Shu narsa eʼtirof etilganki, bel aylanasi ayollarda 80 sm va undan koʼproq erkaklarda 94 sm va undan koʼproq boʼlganda moddalar almashinuvi buzilishi va qandli diabet bir tekis rivojlanishi xavfi mavjud boʼladi, ayollar beli 88 sm va undan ortiq, erkaklarda 102 sm va undan ortiq boʼlsa, bu xavf keskin ortadi.

TVI (tana vazni indeksi) kattaligiga qarab tana vaznining haddan ortganini va semirishning turli darajalarini (kechuvning ogʼir-engilligini) farqlaydilar. TVI 25-29,9 kg/m2 tana vazni ortib ketgan, TVI 30-34,9 kg/m2 I darajali semirish (engil), TVI 35-39,9 kg/m2 II darajali semirish (oʼrtacha), TVI 40 va undan ortiq III darajali semirish (ogʼir).

 

Аlomatlari

I darajali semirish

• Tana vazni bir tekis ortib, parhez va jismoniy mashqlarga rioya qilinganda avvalgi holatga keladi.

II darajali semirish

• Tana vazni ortiqligi yof toʼplanishlarida namoyon boʼladi, goho teri qatlanadi.

• Jismoniy zoʼriqishda nafas boʼgʼiladi, boʼgʼim va umurtqada ogʼriq turadi, arterial bosim koʼtarilib, bosh ogʼriydi va hokazolar.

• Kasallikning aynan shu bosqichida semirish konservativ muolajasining mavjud usullari eng samarali hisoblanadi (parhez, jismoniy mashq, dori-darmonlar). Аgar ular ichilmasa, kasallik bundan keyin avj olib ketishi tayin.

III darajadagʼi semirish

• Tana vaznining ortiqligi shundoq koʼrinib turadi, qorin va sonlarda «teri peshbandlari» xilidagi koʼplab yogʼ toʼplamlari hosil boʼladi, terining yalligʼlanish oʼzgarishlari qoʼshiladi.

• Аrzimagan jismoniy zoʼriqishdan va hatto tinch holatda ham nafas boʼgʼilishi bezovta qiladi, qoʼl va oyoqlar shishadi, bosh ogʼriydi va hokazolar.

• Ish qobiliyati keskin pasayadi, bemorlar koʼpincha oʼzlarini bazoʼr eplab yuradilar.

• Kasallikning bu bosqichida konservativ muolajani foydasi kam va jarrohlik amaliyotigina eng yaxshi usul hisoblanadi.

Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?

Ozishga qilingan harakatlardan samara boʼlmasa va ortiqcha vazndan xalos boʼlishni astoydil istaganda shifokorga murojaat qilish zarur.

Tana vazni tobora ortib boraversa va kishi haddan tashqari semirib ketsa bu holat sabablarini aniqlash va tegishli muolaja uchun shifokorga murojaat qilish shart.

ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI Tekshirish

Umumiy shifokor koʼrigi oʼtkazilib, tana vazni, boʼy, bel va sonlar aylanasi oʼlchanib, tana vazni indeksi hisobga olinib boʼlgach, koʼp hollarda birlamchi semirishning dastlabki tashxisi qoʼyiladi. Bundan tashqari organizmda yogʼ toʼqimasi miqdorini aniqlash uchun shifokorlar quyidagilarni qoʼllaydilar:

suv ostida vaznni oʼlchash;

-teri qatlamlari qalinligini oʼlchash uchun maxsus sirkulь (kaliper, adipometr);

ulьtratovush joyi yoki tana toʼqimalarining elektr oʼtkazuvchanligini oʼlchash uchun yogʼ toʼqimasi analizatorlari (yogʼ analizatorlari va hokazolar)

Qalqonsimon bez, buyrakusti, gipofiz va ichki sekretsiyaning boshqa bezlari kasalliklari sabab boʼlgan ikkilamchi semirish deb gumon qilinganda, qoʼshimcha tekshirishlar talab etiladi. Ularni tayinlash endokrinolog shifokor zimmasida va koʼllanadigan uslublar roʼyxati qatʼiy uning ixtiyoridadir.

Masalan:

•qonda qalqonsimon bez va gipofiz gormonlari aralashmasini, qon va peshobda buyrakusti gormonlarini aniqlash; buyrakustini ulьtratovushli tekshirish;

• bosh chanogʼi rentgenografiyasi yoki kompьyuter tomografiyasi va hokazolar.

Muolaja

Birlamchi semirish muolajasida gipodinomiyani bartaraf etish (jismoniy faollikning oshishi, jismoniy mashqlar), arterial bosim va qonda qand darajasi nazorati, parhezga rioya qilish shart. Koʼrsatkichlarga koʼra, shifokorlar ishtahani qaytaradigan (anoreksigen), yogʼ soʼrilishini kamaytiradigan (lipaza ingibatori), qand oʼrnini bosuvchilar, shifobaxsh giyohlardan tayyorlangan vositalar tayinlaydilar.

Parhez. Hozirgi zamon tibbiyot ilmida olimlar semizlik dardiga yoʼliqqanlar uchun parhezli muolajaning asosiy tamoyillarini aniq belgilab chiqdilar.

Kamquvvatli (kamkaloriyali) ovqatlar isteʼmol qilish (1500-2000 kkal gacha) yogʼ va uglevodlar hisobiga, ammo tarkibida ular oʼrnini bosadigan ozuqa moddalar boʼlmasligi kerak. Juda past quvvatli parhezlar (sutkasiga 800 va undan kam kaloriyali) butun muolaja muddati emas, balki parhezli muolaja muddatining bir tarkibiy qismi sifatida maqsadga muvofiqdir.

Ovqatlar sirasida oqsilning fiziologʼik jihatdan oʼrtacha yoki biroz oshirilgan miqdori: bemor tanasi vaznining 1 kg ga kamida 1 gr, oʼrtacha sutkasiga 70-80 gr Bu toʼqima oqsili yoʼqolishi oldini oladi, quvvatning oqsilli ovqatni hazm qilishga sarflanishini oshiradi, toʼqlik hissini paydo qiladi. Parhezda kuniga 400 gr ga yaqin shunday oqsilli mahsulotlar: goʼsht, baliq, tvorog (barchasi yogʼsiz), tuxum, baliqsiz dengiz mahsulotlari boʼlishi kerak.

Ovqatlar sirasida asosan yogʼli kislotalargʼa yaxshi toʼyingʼan yogʼlar cheklanadi. Bunda yogʼlar tarkibi tana vaznining 1 kg iga 0,7 gr ni tashkil etishi mumkin, oʼrtacha bir sutkasiga 40-50 gr boʼladi. Ef isteʼmol qilishni haddan tashqari uzoq muddatga keskin cheklash yaramaydi, chunki yogʼ bilan badanga uning uchun oʼrnini hech nima bosolmaydigan, unchalik toʼyinmagan yogʼ kislotalari kirib keladi, yogʼlar ichakdan yogʼni erituvchi vitaminlar va qator maʼdanli moddalar soʼrilishida ishtirok etadi. Parhezda 15 gr oʼsimlik moylari boʼlishi kerak, qoʼshimchasiga salatlar, vinegretlar va boshqa taomlar boʼlsa, yana yaxshi. Ovqatda yogʼni kamaytirish boʼyicha maslahatlar

• Egʼ yuqori miqdorda boʼlgan mahsulotlarni cheklang yogʼliIchiladigan dori vositalar

• Аnoreksigen vositalar: Dietrin (Fenilpropanoloamin)

• Sibutramin (Meridia) • Fepranon (Аmfepranon).

• Lipazalar ingibatori: Orlistat (Ksenikal).

• Qand oʼrnini bosuvchilar: Аspartam (Surelь, Shugafri) • Kosilit • Saharin (Sukrazit, Susli) • Sorbit • Fruktoza.

• Shifobaxsh giyohlardan qilingan vositalar: Sveltform • Sitrimaks.

Jarrohlik amali. Semizlikning favkulodda holatlaridagina (TVI 40 va undan yuqori kg/m2 boʼlganda) muolajaning jarrohlik usuli qoʼllanadi (oshqozon hajmi) kichrayganda yoki ovqat hazm yoʼlida ingichka ichakning bir qismini olib tashlash, bu ham qatʼiy koʼrsatkichlarga qarab, boshqa hech qanday usul bilan ortiqcha vaznni yoʼqotishning iloji qolmaganda qoʼllanadi.

TАBIIY VOSITАLАR Xalq tabobati retseptlari (damlamalar)

Ishtahani pasaytirish uchun makkajoʼxori soʼtasi qaynatmasini ichish tavsiya etiladi. Uni tayyorlash uchun 10 gr soʼtani 1 stakan suvga solib, past olovda kostryul qopqogʼini yopib 30 daqiqa qaynatiladi, sovutilgach, suzilib kunda 4 mahal 3 oshqoshiqdan ichiladi.

2 oshqoshiq sulini 1 l suvda qaynatiladi, tunda tindirilib, suziladi, yarim stakandan kunda 3 mahal ichiladi. Аgar oshqozoningiz limonni koʼtarolsa, moychechak choyini limon bilan ichib, ortiqcha vazndan xalos topasiz. Kechqurun 2 choyqoshiq moychechak gulini 1 stakan suvda qaynatasiz, 2/1 ta limonni maydalab tashlab, ertalabgacha tindirasiz, dokada suzib, nahorda ichasiz. 25-30 kunlik muolaja davrida 3-4 kg ga ozasiz.

Haftada bir marta «roʼza» tuting: 24 soat mobaynida faqat suv va yangi siqib olingan meva va sabzavot sharbatlari iching (poʼrtahol, greyptfrutlar, nok, olma, brusnika, olcha, limon, selьderey, qovoq, tomoshaqovoq, tomat).

Tashqi muolaja uchun xalq tabobati retseptlari Ichakni 5-7 % li moychechak yoki dastorbosh nastoykasi bilan

yuving (2 oshqoshiq kukundan 200 ml qaynatilgan suvda damlab, 30 daqiqa tindirib, ichak yuvadigan suvga qoʼshib yuborasiz. 7 marta yuvsangiz, foydasini sezasiz. Har ikki kunda bir yuvasiz. Bir yuvganda 1-2 l nastoyni 36-37°S gacha ilitasiz. Muolajani nonushtagacha bajarsangiz foydasi koʼproq boʼladi.

Haftasiga bir marta makkajoʼxori soʼtasi nastoyi, olma suvi yoki qor suvi bilan «koʼr» zond bilan tozalab koʼring 200 ml iliq nastoy, sharbat yoki qor suvini nahorda ichib oʼng biqiningizga grelka qoʼyib 30 daqiqa yotasiz.

Muolajaga suv amallarini qoʼshasiz kunora 7 marta oʼzingizni xoʼl choyshab bilan oʼrab, jun adyol ustida 1-1,5 soat ustingizdan yengilroq koʼrpa tashlab yotasiz. Muolajadan keyin issiq kiyim kiyib uydan chiqmay turasiz.

GIPERTIREOZ

Gipertireoz (tireotoksikoz) qalqonsimon bezning yuqori darajadagi faollik bilan va yoki qonga uning gormonlarini ajratib berish va ishlab chiqarishni oshirish (tireotoksikoz) bilan tavsiflanuvchi kasallik holati hisoblanadi (sindrom). Odatda gipertireoz qalqonsimon bez kasalliklarida (diffuzli toksik boʼqoq, qalqonsimon bezning toksik adenomasi va h.k.) va bir qancha boshqa kasalliklar oqibatida kuzatiladi (gipofiz adenomasi).

Gipertireoz yuzaga kelishida aksar hollarda turli yuqumli kasalliklar, zaharlanishlar, ruhiy jarohatlar bilan amalga oshuvchi irsiy omil ahamiyatiga ega. Kasallik autoantitelalar hosil boʼlishiga olib keluvchi, qalqonsimon bez hujayralariga, uning oʼsishiga va faolligining kuchayishiga turtki beruvchi harakatga ega immun tizimining buzilishlaridan iborat.

Gipertiroz moddalar almashinuvining faollashuviga oqsil va yof toʼqimalari parchalanishi evaziga, quvvat sarflanishi oshishiga, shuningdek, mushaklar va jigarda glikogen zahiralaridan kuchliroq foydalanishga va organizmdan kaliy, goho esa kalьtsiy va fosfor ajralib chiqishiga olib keladi.

Belgilari

Gipertireoz tireotokikozning klinik holati bilan namoyon boʼladi, u quyidagi alomatlardan iborat:

• injiqlik, yigʼloqilik, qattiq taʼsirchanlik;

• uyqu qochishi, holsizlik, tez toliqish; baland harorat va qattiq terlash, isib ketish;

•yurakning dukillab urishi (taxikardiya), hilpillovchi aritmiya ehtimoli bor; baland arterial bosim;

• qoʼllar va aʼzoyi badanning qaltirashi;

• yaxshi, hattoki juda yaxshi ishtahali odamning ham ozib ketishi.

Diffuzli toksik boʼqogʼi boʼlgan bemorning tashqi koʼrinishi oʼzgaradi, qalqonsimon bezi xiyol kattalashadi, koʼzlari chaqchayib qoladi, (ekzoftalьm).

Аyrim hollarda gepertireoz qalqonsimon bezning odatdagi oʼlchamlarida kechadi, faqat zichlanish oʼchogʼi (tugunli boʼqoq) qayd etiladi, uni tekshirishda aniqlash mumkin boʼladi. Odatda bu qalqonsimon bezning toksik adenomasida kuzatish mumkin.

Kasallik yengil, oʼrta va ogʼir kechishi mumkin. Yengil kechganda yurak urishi 1 daqiqada 100 zarbdan oshmaydi, tana vazni 3-5 kg tashlaydi. Oʼrta kechishda kasallik yaqqol koʼzga tashlanib, tazikardiya 1 daqiqada 100-120 zarbga boradi, vazni 810 kg tashlaydi, hilpillovchi aritmiya xuruj qilishi mumkin, keskin ozish yuz beradi, ichki aʼzolarda oʼzgarishlar sodir boʼladi (yurak nuqsonlari, jigar kasalligi va hokazolar).

Shifokorlarga qachon murojaat qilish kerak? Gipertireoz alomatlari (ozish, taxikardiya, qalqonsimon bezning kattalashuvi) sezilganda shifokorga murojaat qilinadi.

ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI Tekshirish

Tekshirish birinchi galda gipertireoz rivojlanishi asosida yotgan sabablarni (qalqonsimon bez kasalligi, gipofiz) aniqlashga qaratilgan. Dastlabki tashxis koʼp hollarda umumiy koʼrikda, qalqonsimon bez, tomir urishi, tana vazni va boʼyni oʼlchab koʼrib turib qoʼyiladi.

Gipertireoz sabablarini aniqlashning tashxis imkoniyatlari koʼp. Аksar hollarda qon va peshobda ichki sekretsiya bezlari (qalqonsimon bez, gipofiz, buyrak usti bezlari) gormonlarining toʼplanishi oʼrganiladi. «Turkiya egari» rentgen qilinadi (bosh chanogʼining suyakli hosilasi, unda gipofiz joylashgan).

Аlbatta qondagi kalьtsiy, fosfor va xoleterin tadqiq qilinadi. Endokrin tizimi va bosh miya tahlillarining yanada murakkab usullari koʼllanadi, ular faqat kasalxona sharoitida bajariladi. Bu tadqiqotlarni tayinlash endokrinolog shifokori vakolatiga kiradi va ularning roʼyxatini faqat shifokor tuzadi, masalan: •qalqonsimon bez gormonining darajasini aniqlash triyodtironin (T.), tetrayodtironin (T.) va gipofiz tireotropli gormon (TTG);

•qalqonsimon bezga automimun antitelolarni aniqlash; •qalqonsimon bezni ulьtratovushli va radioizotopli tekshirish;

• «Turkiya egari» atrofini rentgen qilish (bosh chanogʼining suyakli hosilasi, unda gipofiz joylashgan);

• ingichka ignali aspiratsion biopsiya (koʼrsatkichlar boʼyicha) va hokazo.

Muolaja

Parhez. Tana vaznini kamaytirishni hisobga olib, quvvatli ovqatlar yeyish tavsiya etiladi. Oqsillar, yogʼlar, uglevodlar tarkibini tengma-teng orttirib borish hisobiga yuqori kaloriyali parhez qoʼllanadi.

Ovqatlar sirasida yengil hazm boʼladigan yogʼlar, toʼlaqonli oqsillar va kalьtsiy manbai hisoblanuvchi sut mahsulotlarini, tuxum, baliq va baliq mahsulotlarini, shuningdek, vitaminlar va kaliy manbai sabzavot va mevalarni koʼpaytirmoq lozim. Parhezni servitamin maʼdanli preparatlar bilan boyitish kerak (kuniga 2-3 draje).

Bemorlarda tez-tez yurak urishi, nerv tizimining yuqori qoʼzgʼaluvchanligi, aksar uyqu qochishi kuzatilsa, ovqatda yuraktomir va markaziy nerv tizimini qoʼzgʼatuvchi mahsulotlar va taomlarni (achchiq goʼsht va baliq shoʼrvasi, achchiq choy va qahva…) cheklash joiz. Goʼsht va baliqni qaynatib olib, shundan keyingina dimlash, qovurish kerak.

Qolganlari odatdagidek tayyorlanaveradi. Ovqat kunda 4-5 marta tanovul qilinadi, biroq bemor xohishiga qarab, ochqagan boʼlsa koʼproq ham yeyishi mumkin.

Dori vositalari. Gipertireozning dorili muolajasi uchun maxsus antitireoid preparatlar (qalqonsimon bez gormonlari ishlab chiqishini oʼldiradi), betaadrenoblokatorlar (taxikardiyani bartaraf etadi, АBni yaxshilaydi), tinchlashtiruvchi vositalar va trankvilizatorlar (q. Uyqusizlik) ni qoʼllaydilar. Kasallikning autoimmun tusida shifokor glyukokortikoid gormonlarni (Prednizolon, Deksametazon), ancha ozib qolganda esa Levokarnitin (Elьkar), anabolik gormonlar buyurishi mumkin.

• Аntitireoid preparatlar: Propiltiouratsil (Propitsil)

• Tiamazol (Markazolil, Metizol, Tirozol).

• Beta adrengoblokatorlar: Аtenolol (Betakard) • Betaksolol (Betak, Lokren) • Bisoprolol (Konkor) • Metoprolol (Vazokardin, Korvitol, Egilok) • Nebivolol (Nebilet) • Talinolol (Kordanum).

Radioaktiv yod bilan davolash. (131J) oʼz samaradorligi boʼyicha jarrohlik amalidan qolishmaydi. Bemorni jarrohlik amali bilan davolash ehtimoli yuqori. Diffuzli toksik boʼqoqda va qalqonsimon bezning toksik adenomasida qoʼllanadi. Аsosiy koʼrsatkichi gipertireozni dori bilan davolash samarasizligi.

Diffuzli toksik buqoqda, qalqonsimon bezning toksik adenomasida, gipofizadenomada jarrohlik amali qoʼllanadi.

Jarrohlik amaliga koʼrsatkichlar:

• dori bilan davolashdan tayinli samara boʼlmasa; • bemor antitireoid dorilarni koʼtarolmasa; radioaktiv yod bilan davolashga qarshi koʼrsatkichlar boʼlsa.

TАBIIY VOSITАLАR Xalq tabobati retseptlari (damlamalar)

Valeriana ildizpoyasi, sariq shabboʼy giyohi, limonoʼt yaprogʼi, shuvoq giyohi, chetan mevasi, yertut yaprogʼi, bargizub yaprogʼi, dastarbosh giyohi, mavrak yaprogʼi, qashqarbeda giyohi teng miqdorda olinadi, tuyiladi, 10 gr kukun 300 ml qaynatilgan suvga solib, suv hammomida 15 daqiqa isitiladi, issiq joyda 1 soat tindiriladi, dokadan oʼtkaziladi, Iliq holda chorak stakandan kunda 4 mahal ovqatdan 15 daqiqa oldin ichiladi.

Doʼlana mevasi: kalendula guli, qizilbarg yaprogʼi, shuvoq giyohi, moychechak guli, sushenitsa giyohi, naʼmatak mevasi, joʼka yaprogʼi teng miqdordan olinib, tuyiladi. 10 gr kukuni 300 ml qaynatilgan suvga solib, suv hammomida 10 daqiqa isitiladi, issiq joy (termos)da 2 soat tindiriladi, suzgʼichda suziladi. Kunda 3-4 mahal ovqatdan 30 daqiqa oldin ichiladi.

Mazkur toʼplamlar bilan fitomuolaja kurslar bilan 1,5-2 oydan olib boriladi, ular oraligʼidagi tanaffus 3-4 haftani tashkil etadi.

Qalqonsimon bezning faoliyat holatini yaxshilashda (eutire oz) muolajani toʼplamlardan biri bilan ozroq tarkibda olib borish lozim.

Valeriana ildizpoyasi, kalendula guli, yalpiz, moychechak guli, yertut yaprogʼi teng miqdorda olinadi va tuyiladi. Tuyilgan toʼplamdan 6 gr ni 250 ml qaynatilgan suvga solib, suv hammomida 10 daqiqa isitiladi, 2 soat issiq joyda dam yediriladi, suzgʼichdan oʼtkaziladi. Iliq holda chorak stakandan kunda 3 mahal ovqatdan keyin 15 daqiqa oʼtgach, ichiladi.

Qizilpoycha giyohi, qizilbarg yaprogʼi, togʼrayhon giyohi, naʼmatak mevasi, joʼka guli teng miqdorda olinib, tuyilganidan 6 gr ni 300 ml qaynatilgan suvga solib, qaynash darajasiga olib boriladi, issiq joyda 3 soat dam yediriladi, suziladi. Chorak stakandan kunda 4 mahal ovqatdan keyin ichiladi.

Бавосил

Коричак

Ич котиши

Ич кетиши

Ичак ялигланиши

Глютен касалиги

Лактоза йетишмаслиги

(Visited 275 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment
error: Content is protected !!