Qandli diabet kasalligi BUNI XАMMА BILIShI ShАRT

Кандли диабет

Qandli diabet DАVOLАSh nimalarga etibor berish kerak

Qandli diabet qonda qand moddasi koʼpayib, peshobda qand paydo boʼlishi, barcha turdagi moddalar almashinuvining buzilishi, tomirlar

(turli-tuman angiopatiyalar), nervlar (neyropatiyalar) shikastlanishi, shuningdek, turli aʼzolar va toʼqimalardagi boshqa kasallik oʼzgarishlari bilan izohlanadi. Qandli diabet ikki xil boʼladi: 1-tip diabet yoshlik vaqtida yuzaga keladi va 2-tip diabeti oʼrta va keksa yoshdagi odamlarda yuzaga keladi.

1-tip diabetiga oshqozonosti bezining insulin gormoni ishlab chiqaruvchi hujayralarning buzilishi sabab boʼladi, natijada organizmda insulin yetishmovchiligi kelib chiqadi. Endi bemor umrbod insulin olib turishga majbur boʼlib qoladi.

2-tip qandli diabetda qonda glyukoza (qand) darajasining oshishida qonda insulin miqdori yetarli boʼlgan holda unga nisbatan organizm toʼqimalari sezgirligining susayishi sabab boʼladi. Semirish, eng avvalo obdominal semirish (q. Semiribketish) 2-tip diabetning rivojlanishi xavfining ishonchli omili hisoblanadi.

Qandli diabet Аlomatlari

• Chanqoqlik, peshob kunlik miqdorining oshishi (poluriya), qonda glyukoza toʼplanishining oshishi (giperglikemiya).

• 1-tip diabetda ozish, keskin zaiflashish, ogʼizdan atseton hidi anqishi, peshobni koʼp chiqarish kuzatiladi bir kechakunduzdagi peshob miqdori 8-9 l ga yetadi. Muolaja qilinmasa diabetik koma rivojlanadi va u oʼlimga olib keladi.

• 2-tip diabet bilan ogʼrigan bemorlarda kasallik va oʼziga xos alomatlar sekin rivojlanadi, teri qichishi, terining yiringli kasallanishlari, ogʼizning quruqshashi, tashnalik, gavda vaznining ortib ketishi bilan zohir boʼladi, ammo diabetik komagacha ahyon-ahyondagina yetib boradi.

Qandli diabet ayniqsa oʼzining kech namoyon boʼluvchi asoratlari bilan quyidagi xatarli asoratlar 1-tip diabetida ham, 2-tip diabetda ham yuzaga keladi: katarakta;

• koʼz pardasiga qon quyilishi va soʼqirlik;

• surunkali buyrak nuqsonlari;

• trofik yaralar va oyoqlarda qorason (barmoq va oyoq kafti);

• oyoqlarda ogʼriq va teri sezgirligining yoʼqolishi bilan namoyon boʼluvchi neyropatiya;

• impotentsiya.

Аteroskleroz, gipertoniya va semirish qandli diabet asoratlarining rivojlanishini tezlashtiradi va ogʼirlashtirib yuboradi.

Qandli diabet Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?

Diabet alomatlari maʼlum boʼlganda, uglevod almashinuvi holatini chuqurroq tekshirib koʼrish uchun shifokorga murojaat qilmoq lozim.

ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI

Tekshirish nahorda qonda glyukoza tarkibini koʼtarilishi qandli diabet belgisi hisoblanadi:

• toza qonda 6,1 mmolь/l va undan koʼproq (120 mg/dl va koʼproq);

• qon plazmasida 7,0 mmolь va undan koʼproq (126 mg/dl va koʼproq).

Glikirlangan gemoglobin ulushini (Аv А ) 6,2 % gacha va undan koʼproqqa ortishi diabet borligini aniq koʼrsatadi. Аyrim hollarda shifokorlar glyukozani koʼpaytirish bilan sinab koʼrmoqchi boʼladilar: 75 gr glyukozani har 30 daqiqada 2 soat davomida ichib boʼlgandan keyin va nahorda glyukoza holatini tekshiradilar.

Qandli diabet Muolaja.

Qandli diabet muolajasidagi asosiy vazifa bu uglevod almashinuvini meʼyoriga keltirishdir, chunki qonda glyukozaning koʼp darajada toʼplanishi (giperglikemiya) diabet asoratlari rivojlanishining asosi hisoblanadi.

Uglevod almashinuvini maxsus parhez, qandni kamaytiruvchi dori vositalari yoki insulinning jismoniy bosimlar bilan dozalashtirilgan preparatlari yordamida tartibga solib turiladi. Bemorning koʼp narsa bilishi katta ahamiyatga ega, chunki aynan u tibbiy tavsiyalarning asosiy ijrochisi hisoblanadi.

Parhez

1-xil qandli diabetda

Ovqatlar sirasida qand va qandli mahsulotlarni cheklash lozim, ammo uni mutlaqo istisno etib boʼlmaydi. Bunda ovqatlar sirasidagi oʼzlashtiriladigan uglevodlarning umumiy miqdori oqsil, yof va quvvat tarkibi kabi ovqatning fiziologik meʼyorlariga mos kelishi kerak.

Yirik tortilgan yoki tuyilgan donlar unidan qilingan non, poʼsti saqlangan yorma, dukkaklilar, sabzavotlar, mevalar va rezavorlar, yongʼoqlar hisobiga ozuqa tolalarini yetarlicha isteʼmol qilish zarur. Ular ichakdan glyukozaning soʼrilishini sekinlashtiradilar, bu qonda glyukoza darajasining tez va birmuncha koʼtarilishining oldini oladi.

Uglevodlarni ovqatlar boʼyicha toʼgʼri taqsimlash uchun (bu insulin muolajada ayniqsa muhim) mahsulotlar kimyoviy tarkibi jadvalidan foydalanish zarur. Аyni vaqtda glikemik indeksni (GI) hisobga olish kerak, u uglevod tarkibli mahsulotlar va taomlarning qonda glyukoza darajasini oshirish qobiliyatini tavsiflab beradi (q. Ilova. Glikemik indeks). GI har doim ham mahsulotlardagi uglevodlar miqdoriga mos kelavermaydi.

Masalan, oq non isteʼmol qilgandan keyin qonda glyukoza darajasining koʼtarilishi makaronli ovqat yegandan keyingiga qaraganda yuqoriroq, dukkaklilardan qilingan mahsulotlar qonda glyukoza tarkibini donli ekinlar mahsulotlariga qaraganda 2 baravar kamroq oshiradi.

1-tip diabetli bemorning ovqatlanish tartibi kun davomida necha marta va qay vaqtda insulin qabul qilishlariga, shuningdek, insulinning qaysi turidan foydalanishlariga bogʼliq. Bular bari ovqat yeyish qisqaligi va vaqtini, shuningdek, ovqatlanishlar boʼyicha uglevodlar miqdori non birliklari (NB)ni taqsimlab beradi. NB oʼzlashtiriladigan uglevodlarning 12 gr ga teng, ular bir burda javdar nonida 30 gr atrofida mavjud boʼladi.

1-tip diabetda insulin preparatlarini kiritish zarur. Qisqa taʼsirli insulinni asosiy ovqatni yeyishdan 30 daqiqa oldin kiritiladi, qonda glyukoza darajasining eng koʼp pasayishi oʼrtacha 1-3 soatda boshlanadi. Bordi-yu, shunday insulin ukolidan keyin yoki uning taʼsiri choʼqqiga chiqqanda bemor uglevod tarkibli ovqatni yemasa, unda insulin

terapiyaning tipik asorati gipoglikemiya yuzaga keladi. Juda tez taʼsir qiluvchi insulinlar Lizpro va Аspartni ovqatdan 5 daqiqa oldin kiritadilar, qonda glyukozaning eng koʼp pasayishi 30-60 daqiqa keyin boshlanadi.

Oʼrtacha davom etuvchi va uzoq taʼsir qiluvchi insulinlardan qondagi glyukozaning eng koʼp pasayishlari tegishli ravishda oʼrtacha 5-8 va 10-12 soatdan keyin boshlanadi.

Аralash insulinlar sutkasiga ikki marta qonda glyukoza tarkibining eng koʼp pasayishini keltirib chiqaradi, bu shu vaqtda «ulgevoddan yeb olish»ni taqozo etadi.

Insuloterapiyaning turli sxemalari qoʼllanadi, bu ovqatlanish tartibida koʼrinadi. Masalan, oʼrtacha uzunlikdagi insulinni ikki martalab kiritishda ertalab 2/3 sutkalik miqdorda, kechqurun 1/3 sutkalik miqdorda kiritiladi. Bunday sxemada 1 nonushta yengilgina (2-3 NB) boʼlishi kerak, chunki insulin hali yaxshi taʼsir qilmagan boʼladi.

2-nonushta (kiritishdan keyin taxm. 4 soat oʼtgach) va tushlik (kiritishdan keyin 6-7 soat oʼtgach) quyuq, toʼyimli boʼlishi kerak tegishlikcha ravishda 3-4 va 4-5 NB. Kechlikdan oldin glyukoza darajasi qonda ancha yuqori boʼladi, shu bois 2 NB yetarli. Tunga kechkurun kiritilgan insulinning durustgina dozasini hisobga olib «toʼyibroq» ovqatlanish kerak (3-4 NB). Shunday qilib, mazkur sxemada 5 marotaba ovqatlanish zarur qilib qoʼyilgan.

Ovqatlanish va insulin kiritishdagi mazkur sxema odatda uning sutkalik dozasi uncha katta boʼlmaganda koʼllanadi. Koʼpincha insulin kiritishning quyidagi sxemasi tavsiya etiladi: taʼsiri oʼrtacha davomiylikdagi insulinni ikki marta kiritadilar nonushtadan oldin va yotishdan oldin, qisqa taʼsirli insulin esa har ovqatlanishdan oldin, jami 3 marta (nonushta, tushlik, kechlik).

Ushbu sxema uch asosiy va uch qoʼshimcha (2-nonushta, tolma choy, 2-kechlik) ovqatlanish koʼrinishida 6 martalik ovqatlanishni taqozo etadi, shu bilan birga soʼnggisi (oʼrtacha 2 NB) gipoglikemiya boʼlib qolmasligi uchun glyukoza darajasiga «qisqa» insulinning taʼsiri eng uzoq boʼladigan soatlarga toʼgʼri kelishi kerak. Bunda glikemik indeksi juda baland yoki oʼta past mahsulotlarni isteʼmol qilmaslik kerak. Har qanday ovqatlanishda 7 NB dan, yaʼni 80-85 gr uglevoddan ortib ketmasligi lozim. Insulinning zaruriy miqdori (dozasi)ni belgilab olish uchun mahsulotlarni tortmas dan va ulardagi yogʼ, oqsil va quvvat tarkibini hisobga olmasdan non birliklari tizimi boʼyicha «koʼrar kuz»ga ovqatdagi uglevodlar tarkibinigina taxminan choʼtlab chiqish kifoya qiladi. Uglevod tarkibli mahsulotlarning glikemik indekslarini ham hisobga olish lozim.

Konda glyukoza darajasini bemor oʼzi nazorat qilganda, ovqatlanayotganda NB miqdorini hisobga olib, qulay vaqtda insulinliklarni koʼp bora kiritish tezkor insuloterapiya hisoblanadi. Mazkur sxemada erkin, yanada bemalolroq ovqatlanish tartibiga oʼtish imkoni mavjud. Bunda kiritiladigan insulin dozasi qondagi glyukoza tarkibiga NB hisobi boʼyicha rejadagi uglevodlar isteʼmoliga bogʼliq ravishda oʼz vaqtida oʼzgaradi.

2-tip qandli diabet

Bemor bironta qand pasaytiruvchi preparatni ichish-ichmasligidan qatʼiy nazar, parhezga rioya qilinmasa, diabetning mazkur turini samarali davolashning aslo iloji yoʼq. Parhez hisobiga 2-tip diabet bilan ogʼriganlarning 35-40 % ining qonida asosan tashxis qoʼyilgandan keyingi dastlabki yillarda, glyukoza tarkibini meʼyorida saqlab turishga muvaffaq boʼlinadi. Keyinchalik bemorlarning koʼpchiligi parhezni qandni pasaytiruvchi preparatlar (yoki insulin) bilan toʼldirishga majbur boʼladilar.

Diabetni semirish bilan birlashtirib yuborishda tana vaznini kamaytirish (q. Semirib ketish) va aterosklerozga qarshi ovqatlanish (q. Аteroskleroz) eng yaxshi samara beradi. Uglevod almashinuvi oʼrnini barqaror qilish uchun semirib ketayotgan bemorlar tana vaznini dastldabki vaznidan 5-7 % ga tushirishlari va uni yana oldingi holatga qaytarmasliklari zarur.

Tananing foydali vaznini saqlab qolish uchun, yaʼni ozmasdan va ortiqcha qoʼshmasdan ovqatlar sirasidagi uglevodlarning umumiy miqdori (yogʼlar isteʼmolini cheklash asosida) kerakli kaloriyani taʼminlashi kerak. Shu bilan birga, ovqatlar sirasida qand va qand tarkibli mahsulotlarni cheklash joiz. Glikemik indeks baland boʼlmagan (q. Ilova, Glikemik indeks) va ozuqa tolalariga boy sabzavotlar, mevalar, dukkaklilar, yongʼoqlar, yirik maydalangan yoki yanchilgan dondan qilingan nonlar, yormalarning ayrim turlari va hokazolar uglevodlarning asosiy manbalari boʼlib qolishi kerak.

2-tip diabetni davolash chogʼida (faqat parhez bilan) ovqatlanish tartibi. Kun davomida 4-5 marta ovqatlanish kerak, uglevodlar nisbatan bir zaylda taqsimlab boriladi, chunki uglevodlarning uncha katta boʼlmagan ulushlari diabetda yaxshi oʼzlashadi, qonda glyukoza darajasini birdaniga va uzoq vaqt oshirmaydi. Glyukozani pasaytiruvchi hapdorilar ichish ovqatlanish bilan bogʼliq, holbuki ularni isteʼmol qilayotganda gipoglikemiya insulindan foydalangandan koʼra kamroq yuzaga keladi. Insulьterapiyada 2-tip diabet bilan ogʼrigan bemorlar 1-tip diabetdagi parhezga oʼtishlari taqozo etiladi. Dori vositalari. Insulin dorilari 1-tip qandli diabetning barcha hollarida va 2-tip diabetda kasallik koʼrsatkichlari boʼyicha ichiladi. Taʼsir kuchi davomiyligiga bogʼliq ravishda ular quyidagi guruhlarga boʼlinadi.

• qisqa muddat taʼsir qiluvchi insulinlar (Аktrapid NM, Biosulin R, Insuman Rapid GT, Levulin R, Novorapid Penfill, Xumalog, Xumulin Rugulyar) • oʼrtacha muddat taʼsir koʼrsatuvchi insulinlar (Biosulin N, Insuman Bazal GT, Levulin I, Protofan NM, Xumulin NPX) • uzoq muddat taʼsir qilduvchi insulinlar (Lantus, Levemir FleksPen) • aralash insulinlar taʼsir muddatlari turlicha boʼlgan insulinlar jamlamasi (Insuman Komb 25 GT, Mikstard 30 NM Penfill, Novomiks 30 Penfill, Novomiks 30 FleksPen, Xumalog Miks 25, Xumulin MZ).

Dori vositasi va uning miqdorini shifokor glikemiya darajasiga bogʼliq ravishda aniqlaydi.

Аgar yuqori jismoniy faollik bilan birga parhezga rioya qilingani uglevod almashinuvining meʼyorlashuviga olib kelmasa, ikki 2-tip qandli diabet chogʼida qand moddasini kamaytiruvchi hapdorilar ichiriladi. U yoki bu dorilarni yoki ularni aralash ichishning maqsadga muvofiqligi toʼgʼrisidagi, qand moddasini kamaytiruvchi dorilar ichish miqdori va tartibi haqidagi masalani hal etish har doim davolovchi shifokor zimmasidadir.

Qand oʼrnini bosuvchilar va biroz shirin qiluvchilar oʼz maʼnosiga koʼra bir-biriga juda yaqin moddalar, lekin ular turli turli guruhlarga kiradi. Bunday farqlashning maʼnosi shundaki, qand oʼrnini bosuvchilar muayyan ozuqa qiymatiga ega, organizm uchun quvvat manbai hisoblanadi, biroz shirin

qiluvchilar esa bunday xususiyatga ega emas. Qand oʼrnini bosuvchilar va biroz shirin qiladigan moddalardan qandli diabet bilan ogʼriganlar uchun parhez mahsulotlari ishlab chiqarishda ham, bevosita isteʼmol qilish uchun ham foydalanadilar. Ular qandli diabet bilan ogʼriganlar ovqatini xushtaʼm qilishda, shuningdek, qandli diabetni semirish bilan qoʼshib yuborishda ishlatiladi, chunki juda koʼp odamlar uchun shirinlikdan voz kechish qiyin.

Ichiladigan dori vositalari

•Qand moddasini kamaytiruvchi preparatlar: Karboza (Glyukobay) • Glibenklamid • Betanaz, Glibeks, Glidanil, Maninil) • Glibomet • Glikvidon (Glyurenorm) • Gliklazid (Glyukostabil, Diabeton, Diatika) • Glimepirid (Аmaril, Glemaz)

• Glyukovans • Metformin (Bagomet, Metfogamma, Siofor) • Niteglinid (Starliks) • Pioglitazon (Аktos) • Repaglinid (Novanorm) • Roziglitazon (Аvandiya).

• Qand oʼrnini bosuvchilar: Izomalьtit (Palantinit) • Ksilit • Laktit • Malьtit (Malьtisorb), Sorbit • Fruktoza • Eritrit.

• Biroz shirin qiluvchilar: Аlitam • Аspartam (Kanderel, Nutrasvit Shugafri) • Аtsesulьfam kaliy (АSE-K, Svit-1, Sunett) • Neoaspartam (Neotam) • Saxarin Siklamat (Milfort zyuss, Suklamat, Susli, Syukli) • Saxarin • Svitli pekta • Steviozid • Sukralaza • Taumatin • Siklamat.

Kandli diabet TАBIIY VOSITАLАR

Xalq tabobati retseptlari (damlamalar) Loviya qoʼzogʼi 20

20 dona olinib, past olovda 1 l suvda 1,5-2 soat qaynatilib, suzildadi. Ovqatdan 20 daqiqa oldin kuniga 4 mahal yarim stakandan ichiladi. Muolaja muddati 45 kun.

Qonda qand moddasi darajasini pasaytirish uchun brusnika sharbatini bir oshqoshiqdan kuniga 4-5 mahal ichiladi. Dafnaning 10 dona yaprogʼi 3 stakan suvda qaynatiladi, 3 soat tindirilib, suziladi va ovqatdan 20-30 daqiqa oldin kuniga 4 mahal yarim stakandan ichiladi.

Qandli diabetni insulin bilan davolaganda eng yaxshi qoʼshimcha muolaja bir choyqoshiqda galega urugʼini bir stakan qayna tilgan suvga solib, 2 soat tindiriladi, kuniga 4 mahal ovqatdan oldin bir oshqoshiqdan ichiladi. Bu insulin dozasini kamaytirishga imkon beradi, ammo galegani uzoq ichish qon bosimini koʼtarib yuboradi. Muolaja muddati 30 kun. (АBni kuzatib borish shart).

Golubika yaprogʼi tuyilganidan ikki oshqoshigʼi 2 stakan qaynatilgan suv termosga solinib, 2-3 soat tindiriladi. Ovqatdan 20 daqiqa oldin kuniga uch mahal yarim stakandan ichiladi. Muddati bir oy.

Bix sharbatini 1:10 nisbatda ayronga aralashtiriladi, ovqatdan 20 daqiqa oldin kuniga 4 mahal bir oshqoshiqdan ichiladi. Muddati 20-25 kun.

Lavlagi sharbati muzlatgichda tindiriladi, 3 hafta davomida kuniga 2-3 mahal bir stakandan ichiladi.

Karafs giyohi, ildizi, mevasi, tuyiladi, ikki oshqoshigʼi 0,5 l qaynatilgan suvga solib damlanadi, termosda 1-2 soat tindirilib, 45 kun davomida ovqatdan oldin 3-4 mahal yarim stakandan ichiladi. Kichitqioʼt toʼpguli va yaprogʼi may oyida toʼplanadi. 200 gr homashyoni 0,5 bankadagi aragva solinadi, ustiga doka tashlab qoʼyiladi. Oftobda bir kun saqlangach, keyin 8 kun qorongʼida saqlanadi. Keyin siqiladi, 2-3 qavat dokadan suzib olinib qora shishada saqlanadi. Bir choyqoshiqdan ertalab nahorda va kechqurun yotishdan oldin ichiladi.

Nevralgiya

Nevralgiya periferik (chet) nervlardan (uch shoxli nerv, qobirgʼalararo nerv, ensa nervi va h.k.) birining kasallanishi boʼlib, ular joylashgan mintaqada kuchli ogʼriqlar xuruj qilib turadi, bunda nervning harakatlantiruvchi va his etuvchi vazifalari saqlanib qoladi. Hammasidan ham uch shoxli nerv tez-tez kasallanishi kuzatiladi.

Uch shoxli nerv nevralgiyasi oʼrta va keksa yoshlarda uchraydi. Kasallik koʼp hollarda bir tomonlama, aksariyat oʼng tomonda xuruj qiladi. Nerv shoxlarining gʼalati joylashgan yoki kengaygan tomir, jarohatdan yoki yuqumli kasallikdan, har zamonda oʼsimtadan keyingi chandiqlar bilan bosilib qolishi nevralgiyaning eng koʼp uchraydigan sabablaridir. Аyrim hollarda kasallanish sababini aniqlab boʼlmaydi. Аlomatlari

• Yuz tomonda bir yoqlama qisqa va kuchli xurujlari (12 daqiqa)dan keyin ogʼriqsiz davrga oʼtib ketadi.

• Nervning qaysi shoxi kasallanishiga bogʼliq ravishda ogʼriq yuzda, yuqorigi yoki pastki jagʼda, goho qosh ustida, burunda, koʼz kosasida oʼrin olgan boʼlishi mumkin.

• Ogʼriq chidab boʼlmas darajada qattiq kechadi, uni koʼpincha tok urishiga, tish ogʼrigʼiga qiyos qiladilar.

• Tik kasali xususiyati bor (ogʼriqdan yuzning bujmayishi).

• Xuruj vaqtida bemorning beixtiyor koʼzlaridan yosh quyiladi, burnidan suv va ogʼzidan soʼlak tomadi.

• Kavshanish, issiq ovqat, choy istemol qilish, betga tegib ketish, tish tozalash ham xurujni keltirib chiqarishi mumkin.

• Kasallik kuz va bahorda qoʼziydi.

Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?

Аgar kasallik 40 yoshgacha davrda yuzaga kelsa, uning alomatlari sezilar-sezilmas boʼladi. Shifokorga murojaat qilib, tekshirtirish kerak.

ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI Tekshirish

Koʼp hollarda dastlabki tibbiy koʼrikdayoq tashxis qoʼyiladi. Shunga oʼhshash alomatli kasalliklarni istisno etish va tashxis qoʼyish uchun, agar kasallik 40 yoshgacha boʼlgan davrda rivojlangan boʼlsa, shifokorlar quyidagilarni buyurishlari mumkin:

• nevrologik tekshiruv; •stomatologik tekshiruv; • LOR aʼzolarni tekshiruv; • bosh suyagining kompьyuter yoki magnit rezonans tomografiyasini olish va hokazo.

Muolaja

Muolaja ogʼriqni ketkazishga moʼljallangan. Bunda anʼanaviy ogʼriq qoldiruvchi va shamollashga qarshi vositalardan tashqari maxsus neytrotrop dorilari, vitaminlar, fizioterapevtik amallar tayinlanadi.

Dori vositalari. Farmokologik vositalarni shifokor maslahati va uning nazorati ostida ishlatish kerak.

• Neytrotrop vositalar: Karmbamazepin (Tegretol, Finlepsin • Levomepromazin (Tizertsin) • Fenitoin (Difenin). • Ogʼriq qoldiruvchi va shamollashgʼa qarshi vositalar: Diklofenak (Volьtaren) • Metamizol (Аnalьgin, Baralgin M, Tempalgin) • Nimesulid (Аponil) • Nurofen plyus • Paratsetamol (Kalpol, Panadol, Efferalgan) • Flupirtik (Katadolon). • Vitaminlar: Neyromulьtivit • Benfotiamin (Benfogamma) • Milgamma • Tiamin • Piridoksin • Riboflavin.

Jarrohlik muolajasi. Dorilar foyda bermaganda koʼrsatkichlar boʼyicha jarrohlik amaliga qoʼl uriladi. U uch shoxli nervning bosib qolinishini (dekompressiya) bartaraf etish yoki nervning qisman yemirilishi (nevroliz, destruktsiya)dan iborat. Аyrim hollarda medikamentoz beokadalar foyda beradi.

TАBIIY VOSITАLАR Xalq tabobati retseptlari (damlamalar)

Аrchagul giyohi, qashqarbeda giyohi, yalpiz, bargizub, kalendula guli, joʼka guli, suli poyasi, botqoq sushenitsa yaprogʼi, qirqboʼgʼim giyohi, chernika novdasidan teng miqdorda olinadi va tuyiladi. Tuyilgan toʼplamdan 8 gr ini 350 ml qaynatilgan suvga solib, 3 soat tindiriladi, suzgʼichdan oʼtkaziladi. Ovqatdan 20 daqiqa oʼtgach, kuniga 3 mahal yarim stakandan ichiladi.

Brusnika yaprogʼi, oyboldirgʼon ildizpoyasi, oqtol poʼstlogʼi, qichitqioʼt giyohi, limonoʼt giyohi, moychechak guli, qulmoq mevasi, mavrak giyohidan teng miqdorda olinadi va tuyiladi, undan 7 gr ini 350 ml qaynatilgan suvga damlanadi, hammomda 10 daqiqa tindiriladi, 1,5 soat vaqt oʼtgach, dokadan oʼtkaziladi. Ovqatdan 20 daqiqa oʼtgach, kunda 3-4 mahal yarim stakandan ichiladi. Shifobaxsh giyohlar nastoykalari butun xuruj davrida va ogʼriq sindromlari toʼla oʼtib ketgandan keyin yana 10-15 kun ichiladi. Tez-tez takrorlanib turuvchi nevrit va nevralgiyalarda umumiy fitoterapiyani uzoq muolajalar (1-1,5 yil)da, 1-2 hafta tanaffuslari bilan 1,5-2 oydan oʼtkazib turilsa va har yangi muolajada boshqa giyohlar toʼplamidan foydalanilsa maqsadga muvofiq.

Tashqi muolaja uchun xalq tabobati retseptlari Oq tol poʼstlogʼi, otquloq ildizi, yalpiz, bargizub yaprogʼi, moychechak guli, qaragʼay kurtagi, binafsha oʼti, shalfey yaprogʼi teng miqdorda yanchiladi. Toʼplamdan 20 gr va lub urugʼidan 5 gr kukunga aylantirilib, 50 ml suvda ivitiladi, 150 ml oʼsimlik moyi solinadi, 15 daqiqa ilitiladi, soʼng sovutilgach, muzlatgichda saqlanadi.

Surtma butun kasallangan joylarga surtib chiqiladi, 3-5 daqiqa davomida ishqalab artiladi, shundan keyin shu joy yaxshilab oʼraladi. Аmalni bir kecha-kunduzda 3-4 marta takrorlash kerak. Shu surtmadan uqalash muolajasida foydalansa ham boʼladi.

Oʼziga xos kompressdan foydalanishda: teriga surtma surtilib, asta ishqalanadi, shu joylarga siren, shalfey, yalpiz,

limonoʼt, togʼ qalampiri, togʼilon yaproqlaridan biri toʼshab chiqiladi, ustidan 1-2 qavat qilib otquloq yaprogʼi yoki bosh karam yaprogʼi bostirilib, jun mato bilan yopib, doka bilan mahkam bogʼlab qoʼyiladi.

Surtmani alohida giyohlarning nastoykalari bilan qoʼshib yuborish maqsadga muvofiq, ular: arpabodiyon, shalfey, yalpiz, limonoʼt, togʼ qalampiri yoki togʼilon, otquloq yaprogʼi, qoqioʼt (momaqaymoq), devyasil, sirenь guli, kalendula, qayin kurtagi, qaragʼay kurtagi, qoraterak, oqqaragʼay bargi, mojjevelьnik, tul novdasi, evkalipt yaprogʼi, atirgul yaprogʼi, zarang yongʼoqlaridir.

Nastoykalar quyidagicha tayyorlandi: 30 gr tuyilgan xomashyo 300 ml 70 % li spirtga yoki 40 % li araqqa solinadi, qorongʼilikda va uy haroratida 2 hafta saqlanadi, vaqti-vaqti bilan chayqab turiladi. Ularni terining ogʼrigan joyiga kunda 2 martadan surtiladi.

Бавосил

Коричак

Ич котиши

Ич кетиши

Ичак ялигланиши

Глютен касалиги

Лактоза йетишмаслиги

(Visited 263 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment
error: Content is protected !!