Ozib ketish sabablari buni xamma bilishi shart

Озиб кетиш

Ozib ketish kasalikmi davolash usullari

Ozib ketish (tananing vazn yetishmasligi, oqsil kuvvat yetishmovchiligi) tana vaznining tobora kamayib borishi boʼlib, tana vazni indeksi
(TVI1) 20 kg/m2 dan kamroq oʼlchamgacha pasayib ketish bilan izohlanadi.

Ozish birlamchi, yaʼni ozuqa yetishmasligi sabab boʼlishi va ikkilamchi, moddalar almashinuvining uyoki bu tarzdagi buzilishlari va kasalliklari oqibati boʼlishi ham mumkin. Ozish quyidagi hollarda kelib chiqishi mumkin:

• majburiy (ijtimoiy-iqtisodiy sabablar bilan) yoki ihtiyoriy (ozish uchun parhez qilish) kam ovqat yeyish;

• ovqat hazm qilish aʼzolari kasalliklari (enterit, Kron kasalligi, yara koliti, surunkali pankreatit, jarrohlik amaliyotlari va hokazo), yukumli va onkologik kasalliklar, kuyishlar va hokazo.;

• ishtahani boʼgʼuvchi dorilar isteʼmol qilish (Indometatsin, Morfin, Glyukagon, Sibutramin, Prozak, Portal), shuningdek, yurak glyukozidlari, kimyoviy muolaja dorilari, surgi vositalari ichish va hokazo.

• ruhiy kasalliklar, jumladan, anorektsiya, depressiya va hokazo.;

• gormonal kasalliklar (tireotoksikoz, qandli diabet va hokazo.);

Hozirgi vaqtda, afsuski, bu kasallik tez-tez aholining kam taʼminlangan guruhi orasida ham (pensionerlar, uy-joysiz odamlar va hokazo), turli kamkuvvat parhezlar yordamidagi muolajaning noannʼanaviy usuli ishqibozlari orasida ham uchramoqda.

Bu koʼproq parhezlarga moyil odamlar boʼlib (hollivudcha, yaponcha parhezlar), ular qatoriga bir necha, koʼplab, hatto oylab oʼtxoʼrlik yoki alohida ozuqa isteʼmoliga oʼtib oladilar. Bunda odamlar odatda juda oz ovqat yeydilar (bir oʼtirishda 100-150 g) va kunda 2-3 mahalgina yeydilar. Ovqatlari sirasidan goʼshtli, baliqli mahsulotlar, sut, smetana, sariyogʼ, qand, non kabilarni olib tashlaydilar. Bunda ovqat quvvati 1000 kaloriyaga, oqsil moddalari 40-50 gr ga arang yetadi.

Tana vazni indeksi

Bu muhim! Judayam ozgʼin, qiltiriq odam kasal, hatto ogʼir kasal ham boʼlishi mumkin. Bordi-yu, yoshlikning ilk pallalarida TVI 18,5-20 kg/m2 atrofida boʼlsa, 25-30 yoshdan keyin uni 22-25 kg/m2 darajasida saqlab qolgan maʼqul. Tana vazni indeksi oʼlchashga muvofiq vazn yetishmovchiligi uch daraja (bosqich)ga boʼlinadi.

TVI 17,0 19,99 kg/m2 I daraja (engil); TVI 16,0 16,99 kg/m2 II daraja (oʼrta); TVI 16,0 kg/m2 dan kam III daraja (ogʼir);

Tana vaznining yetishmovchiligi oʼz-oʼzidan yurak-tomir va onkologik kasalliklar, oʼpka surunkali obstruktiv kasalliklari va umrni 12-14 yilga qisqartirib yuboruvchi boshqa kasalliklar rivojlanish xavfini ancha kuchaytiradi. alomatlari

Ozishning birinchi bosqichi

• Bemor bir zaylda ozib ketaveradi, tinka kuriydi; jismoniy va ruhiy toliqishi kuchayadi, hayotdan koʼngli soviydi, sovuqqa chidamsiz boʼladi.

• Muttasil ochlik, tashnalik hissini sezib turadi, ich qotishga moyillik boʼladi. Mushaklar ishdan chiqa boshlaydi, boldir, oyoq kaftlarida shish paydo boʼladi.

• Аgar surunkali ochlik davom etaversa, kasallik ikkinchi bosqichga oʼtib qoladi. Bunda tana vaznining yetishmovchiligi 21-30 % gacha ortib, TVI esa 16,0-17,0 kg/m2 ni tashkil etadi.

Ozishning ikkilamchi bosqichi

• Ishga qobiliyatsizlik keskin ortadi, peshob chiqarish koʼpayadi, mushaklarning ishdan chiqishi sezilarliroq boʼlib boradi, ayniqsa oyoq mushaklaridan quvvat ketib, bosh aylanadi, qoʼl va oyoqlar uvushadi.

• Odamning tashqi koʼrinishi ancha xunuklashadi yuz ozadi, ajin va tirishlar paydo boʼladi, yuz qarimsiq koʼrinib qoladi.

Ozishning uchlamchi bosqichi.

• Ish qobiliyati butunlay yoʼqoladi, kishi oʼzini eplay olmay qoladi, yurolmaydi.

• Mushaklarda, belda, umurtqa pogʼonalarida ogʼriq turadi, tez-tez titroq tutadi, ovqatni koʼrsa koʼngli ayniydi, asabi qoʼziydi.

• Shishish shaklida ichki va tashqi shishlar (astisqo) kuzatiladi; shish boʼlmaganda qattiq ozadi (yuz-andom burishadi, koʼzlar ichiga botadi, teri ustuhonga yopishadi).

• Yuz oq-sargʼish tusga kiradi. Egʼ qatlami yoʼqligidan teri bujmayadi, quruqshiydi (ter chiqmay qoʼyadi), mayda-mayda kepak toʼkilib, poʼst tashlaydi.

Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?

Tana vaznining tobora pasayib ketishi bu holatning sababini aniqlash va tegishli muolaja uchun shifokorga murojaat qilish kerak. Bemorni zudlik bilan kasalxonaga yotqizish zarur.

ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI Tekshirish

Tekshirish ikkinchi ozish bosqichiga olib keluvchi kasalliklar oldini olishga qaratilgan. (q. Gipertireoz, Qand kasalligi, Sil, Enterit va hokazo). Bu tekshirishlarni shifokor tayinlaydi .

Muolaja

Birlamchi ozish muolajasida ovqatning miqdori va sifati koʼngildagiday boʼlishi asosiy omil hisoblanadi. Oqsil oʼzlashuvini yaxshilash va yogʼlar tarkibli, ular isteʼmoli tuzilmasini birmuncha pasaytirish tufayli oqsillar va yengil hazm boʼluvchi uglevodlarni koʼpaytirish hisobiga yuqori quvvatli ovqatlarni yeyish muolajadagi asosiy maqsad hisoblanadi (sut va oʼsimlik ozuqalariga zoʼr beriladi). Barcha vitaminlar miqdorini organizmda ular yetishmovchiligini bartaraf etish va ozuqa moddalarining yaxshi oʼzlashuvini taʼminlash uchun fiziologik meʼyorlarga nisbatan 1,5 2 baravar orttiriladi.

• Ozuqa quvvatini oʼrtacha tana vaznining 1 kg ga 5 kkal dan ortiqroq koʼpaytirish zarur. Bu shuni anglatadiki, odatda tavsiya etilgan 1 kg ga 35 kkal eng yengil jismoniy faollikda

40 kkalni talab etadi. Natijada erkaklar uchun ovqatlar sirasining bir kunlik quvvatliligi oʼrtacha 2800 kkal toʼshakdagi bemor uchun 2400 kkal atrofida boʼlishi kerak. Shundan keyin tana vazni oʼz meʼyoriga yetgach, muayyan odam uchun kuvvati yetarli boʼlgan ovqatlarga oʼtiladi.

• Tananing meʼyordagi vaznining 1 mg ga 1,4-1,6 gr gacha oqsil isteʼmolini ortirish kerak (bu kuniga 100-110 gr ni tashkil etadi), shulardan kamida 60 % i sut va sut mahsulotlari, tuxumlar, baliqlar va baliq mahsulotlari, goʼsht va goʼsht mahsulotlari hisobiga boʼladi. Oqsilni bundan ortiq isteʼmol qilish yaxshi emas. Jumladan, oqsil miqdorini oshirish uchun oqsilli amlet, aralashtirilgan tuxum, bugʼda pishgan tvorogli puding, qaynatilgan baliq, qiymalangan goʼsht (frikadelkalar, knellar va hokazo), jigar qiymasi, joʼja va quyon goʼshti, qaynatilgan va dimlangan goʼshtlar isteʼmol qilish kerak.

• Ovqatlar orasida yo tarkibini odatdagi tananing 1 kg ga 0,7-0,8 gacha orttirish kerak (oʼrtacha 50-60 gr/sutka). Sigir suti mahsulotlari (qaymoq, smetana, yogʼi oʼrtacha qatiq ichimliklari), oʼsimlik moylari, yumshoq margarinlar, seryogʼ va oʼrtacha yogʼli dengiz baligʼi, yogʼli kislotaga boy omega -3 baliqlari yogʼ manbalari hisoblanadi. Mol va qoʼy yogʼlari kamaytiriladi, gidrogenezislashtirilgan yogʼlar (oshxona yogʼlari, gidroyogʼ, qattiq margarinlar) hisobdan chiqarib tashlanadi.

• Mevalar, sabzavotlar, yirik tortilgan undan yoki yanchilgan dondan, undirilgan dondan, poʼsti chala oqlangan yormadan qilingan nonlar, asal, murabbo, shokolad va hokazolar hisobiga tananing oʼrtacha vaznini 1 kg ga 6 gr gacha uglevodlar tarkibini oshiradilar ( 400-500 gr kuniga).

• Vitaminlar, jumladan, S.А.E vitaminlarini, shuningdek, beta karotinni, qator maʼdanli moddalar kalьtsiy, magniy va kaliy makroelementlarini, temir, ruh, mis, selen, marganets mikroelementlarini koʼproq isteʼmol qilish kerak.

Tilga olingan ozuqa moddalariga yuqori ehtiyojni taʼminlash uchun tegishli preparatlarni ichish lozim boʼladi. Ovqatlar sirasidan qiyin hazm boʼluvchi mahsulotlar dukkaklilar, zamburugʼlar, seryogʼ yoki sertomir goʼsht, dudlangan xom kolbasalar, poʼsti qalin mevalarni chiqarib tashlash yoki chegaralab qoʼyish lozim va hokazo.

Parhez aralashmalari. Maxsus parhez aralashmalari oz miqdorda inson uchun zarur oʼzaro muvozanatlashgan ozuqa moddalari ozuqa sirasiga jiddiy qoʼshimcha boʼlishi mumkin (Ekstra parhezi, Nutrizon, Nutridrink, Pentamen, Berlamin va Berlamin modulyar, Komplit, Nutren va boshqalar).

• Maxsus aralashmalar boʼlmasa yoki narxi ancha baland boʼlsa, ancha arzon bolalar ozuqa aralashmasidan foydalanish mumkin. («Malish istrinskiy», Prenutrilon, Novolakt, Nutrilak, Semilak va hokazo). Bu mahsulotlar odatdagi sut mahsulotlariga qaraganda yaxshi hazm boʼladi, ular kamdan-kam hollarda qorinni shishirib, ich ketkazadi. Ularni tayyorlash ham oson: qaynoq suvga aralashtirsangiz kifoya. Bundan tashqari, bolalar aralashmalarini turli taomlarga koʼshib, bemorlarning oziqlanishlarini yengillashtirish mumkin.

• Bolalar ovqatlaridagi turli konservalardan ham foydalansa boʼladi. Sabzavot pyuresi, qaymoq, yorma qoʼshilgan mevalar, yongʼoq mevalardan ham qilsa boʼladi. Goʼsht, jigar, baliq, shuningdek, ularning sabzavotlar yoki yormalar bilan birgalikdagi bolalar va parhez konservalarini isteʼmol qilish maqsadga muvofiq.

Ichiladigan dori vositalari

• Аstenik holatlarda ichiladigan (adaptogenlar): Deanola atseglumat (Nooklerin) • Jenʼshenь (Ginsana) • Kropanol

• Mildronat • Levokarnitin (Elьkar) • Sitrullin malati (Stimol). • Аnobolik gormonlar: Metandienon (Metandrostenolon) • Metandriol (Metilandrostendiol).

• Аralash dorilar: Аlvitil • Vitrum plyus • Gerimaks • Duovit • Komplivit • Oligovit • Supradin • Upsavit mulьtivitamin • Sentrum va boshqalar.

TАBIIY VOSITАLАR Xalq tabobati retseptlari (damlamalar)

Medunitsa yaproqlarini tuyib, 2 oshqoshigʼini 1 l pivoga solib, 1 oshqoshiq asal qoʼshiladi va barini yarmi qolguncha mildiratib qaynatiladi. Kunda 3 mahal ovqat oldidan 1-2 choyqoshiqda suv qoʼshib ichiladi.

Аsalni yangi sabzi suvi yoki 100-150 gr sut bilan kunda ichib boriladi.

Ilgari ivitilgan yangi va kuruq okopnik ildizini xamir qilib tuyiladi. Yarim miqdoricha asal solib aralashtiriladi. Kunda 3 mahal 1 choyqoshiqdan (suv bilan) ichiladi. Yoʼngʼichqa tupguli 20 gr 1 stakan qaynatilgan suvga solib damlanadi. Kunda 3 mahal 2-3 oshqoshiqdan ichiladi. Аsal 100 gr, gʼoz yogʼi 100 gr, kakao 100 gr, sabur suvi (oʼsimlik yoshi 2 yildan kam boʼlmasin) 15 ml aralashtirilib, 1 oshqoshigʼini qaynoq sutga solib ichiladi. Yongʼoq 200 gr, mayiz 200 gr, bargak 200 gr, sedrli limon 2 dona, asal 200 gr aralashtirilib 1 choyqoshiqdan kunda 3-4 mahal himoya kuchini saqlash va badan quvvatini oshirish uchun ichiladi.

Бавосил

Коричак

Ич котиши

Ич кетиши

Ичак ялигланиши

Глютен касалиги

Лактоза йетишмаслиги

(Visited 5 921 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment
error: Content is protected !!