Bachadon fibromiomasi ayollar kasalliklari

фибромиома

Bachadon fibromiomasi SABABLARI, ALOMATLARI, TASNIFI, TAShXISLASh

Bachadon fibromiomasi (bachadon miomasi) bachadonning gormonal jihatdan bogʼliq xavfsiz shishi boʼlib, uning mushak qatlamidan kelib chiqadi.
Shish yakka oʼzi boʼlishi mumkin, ammo koʼpincha qator tugunlari borligi aniqlanadi. 30 yoshdan oshgan ayollarning 20 %ida, 50 yoshdan oshganlarning 40 % ida uchraydi.

Kasallikning rivojlanishida ayol jinsiy gormonlari sintezi va aylanishining buzilishi, ularga nisbatan bachadon toʼqimasi taʼsirchanligining oʼzgarishi alohida ahamiyatga ega. Irsiylik ham maʼlum rolь oʼynaydi. Yaqin qarindosh-urugʼlari bachadon fibromiomasi yoki tuxumdonlar polikistozi bilan ogʼrigan ayollarda ham shish tez-tez uchrab turadi.

BELGILАRI

• Turli darajada ogʼirlikdagi bachadon qon ketishlari «oy koʼrish» vaqti (menorragiya)da yoki «oy koʼrish» vaqtidan tashqari (metrorragiya) rivojlanishi mumkin.
• Korinning pastki boʼlimidagi ogʼrishlar dumgʼaza va chovga oʼtadi.
• Аgar shish qovuq tomonga yoki toʼgʼri ichakka qarab oʼssa, shu aʼzolarda bosilish hissi paydo boʼladi, peshob kelishi buzilib, ich kelmay qoʼyadi.
• Fibromioma alomatsiz ham kechishi mumkin va boshqa kasalliklarni tekshirayotganda toʼsatdan chiqib qoladi (borligi bilinadi). Bachadon fibromiomasining eng xavfli asoratlari:
•bachadondan qon ketishi; anemiya;
• miomatoz tugunining «oʼlishi» (nekroz);
• pushtsizlik yoki homila tutmaslik.

Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?

Kasallik alomatlari sezilishi bilanoq (qorinda ogʼriq. oy koʼrishda buzilishlar va hokazo) ginekologga murojaat qilish zarur. Qorinda qattiq ogʼriq tursa, bachadondan qon ketsa, «tez yordam» chaqirish lozim.

ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI Tekshiruv

Umumiy tibbiy va ginekologik koʼrik, fibromioma oʼlchami va joyini aniqlash uchun odatdagi tahlillardan tashqari qoʼshimcha tekshirish usullari qoʼllaniladi:

•ultratovushli tekshiruv;

• gisteroskopiya (maxsus uskunada bachadon boʼshligʼi tekshiriladi);

• koʼrsatkichlar boʼyicha laparoskopiya (qorin boʼshligʼining endoskopik koʼrigi); kompьyuter tomografiyasi va hokazolardan foydalaniladi.

 

Muolaja

Fibromioma bilan ogʼriganlar ginekologning doimiy nazoratida turishlari kerak. Kuzatish jarayonida shifokor kasallik shaklini aniqlaydi va muolaja (konservativmi yoki jarrohlik) usulini tanlaydi.

Konservativ muolaja shish kichkinalik vaqtida (homiladorlikning 12 haftasigacha), asoratlar boʼlmaganda yoki jarrohlik aralashuviga nisbatan qarshi koʼrsatkichlar mavjud boʼlganda qoʼllanadi.

Nogormonal muolaja, odatda, faqat kasallik alomatlarini susaytirish uchun qoʼllanadi. Yalpi muolajada V, S, Ye vitaminlari koʼllanadi. А (Retinol) vitaminiga ayniqsa, katta eʼtibor beriladi, uni 12 oy mobaynida «oy koʼrish» davrining 5 dan 25 kunigacha tayinlaydilar. Dorivor oʼsimliklar preparatlarini (qirqboʼgʼim, ochambiti, erman, igir va hokazo) fizioterapevtik (Kaliy yodi Mis, Rux bilan elektroforez qilish, bachadon boʼyinchasi elektrostimulyatsiyasi va hokazo) va balьneologik (yod bromli, rodonli, «marvarid»li vannalar) muolajada qoʼllanadi. Koʼp qon yoʼqotilganda va gemoglobin pasayib ketganida temir preparatlaridan foydalaniladi (q. Аnemiya).

Gormonal muolaja shish oʼsishini ishonchli tarzda toʼxtatadi va hatto oʼlchamlarini kichraytiradi. Shu maqsadda hozirgi vaqtda jinsiy gormonlar preparatlaridan foydalanilmoqda (Buserelin, Zoladeks, Norkolut, Noretisteron, Triptorelin, Gozelerin). Аfsuski, gormonal preparatlar bekor qilingan dan keyin fibromioma, odatdagidek, boshqatdan oʼsmoqda. Shu bois mazkur preparatlarni qoʼllash jarrohlikdan oldingi tayyorgarlik uchun yoki jarrohlik amalini qoldirish zarurati tugʼilganda koʼproq samara bermoqda.

Jarrohlik muolajasi. Jarrohlik amaliga koʼrsatkichlar quyidagilardir:

• bachadondan qon ketishi, ayniqsa, anemiya chogʼida;

• homiladorlikning 12 haftasidan oshgandagi shishning kattalashib ketishi;

• shishning tez oʼsishi.

Jarrohlik amali turi (faqat shishni olib tashlash, butun bachadonni olib tashlash) yoshga, kasallik alomatiga va ayolning kelajakda bola koʼrish xohishiga bogʼliq.

Bachadoni nisbatan kattalashib ketmagan yosh ayollarda konservativ miomoektomiyaning aʼzoni saqlovchi jarrohlik amali bajarilishi mumkin, bu hozirgi vaqtda qorin boʼshligʼini ochmasdan (teshib kirgazish yoʼli bilan), laparoskopik usulda oʼtkazilmoqda.

Profilaktik fibromioma vujudga kelishining oldini olish uchun ayollar zamonaviy kontratseptsiya vositalarini qoʼllab, sunʼiy ravishda bola oldirmasliklari kerak. Gormonal holat buzilishlarining dastlabki belgilarida («oy koʼrish»ning muntazam boʼlmasligi va hokazo) tekshirish uchun ginekologendrinologga murojaat qilmoq kerak.

TАBIIY VOSITАLАR Xalq tabobati retseptlari (damlamalar)

Itbinafsha giyohining 2 oshqoshigʼini 0,5 l qaynatilgan suvga solib, 2 soat tindiriladi va suziladi. Kunda 2-3 mahal 150 ml dan ichiladi.

Yertut yaprogʼining 1 oshqoshigʼi 0,5 suvga solinib, past olovda 30 daqiqa qaynatiladi, 1 soat tindirilib soʼng suziladi va kunda 3 mahal yarim stakandan ichiladi. Аyollar jinsiy aʼzolarining xavfsiz shishida oʼtirib vanna qilsa ham boʼladi. Kress-salat urugʼi kukunidan kunda 3 mahal 1 gr dan ichish kerak. Kress-salat ildizi tuyiladi, 1 miqdor ildizi 10 miqdor qaynatilgan suvga solinadi va qaynatiladi. Kunda 3-4 mahal chorak stakandan ichiladi.

Otquloq ildizidan 1 oshqoshigʼi 1 stakan qaynatilgan suvga solinib, past olovda 30 daqiqa qaynatiladi va 1 soat tindirilib, suziladi. Kunda 3 mahal iliq holda 100 ml dan ichiladi.

Ochambiti giyohidan 50 gr 1 l qaynatilgan suvga solib, tunda iliq joyda tindiriladi va suziladi. Kunda 3 mahal ovqatdan oldin 100 ml dan ichiladi. Tashqaridan sepib foydalansa ham boʼladi.

(Visited 500 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment
error: Content is protected !!