Yurak yetishmovchiligini Davolash uchun 20 ta fonydali maslaxat

Yurak yetishmovchiligini

Yurak yetishmovchiligini davolash yollari. Kelib chikish sabablariъ

 

Yurak yetishmovchiligini (yurak yetishmovchiligi) nafas qisishi, taxikardiya, zaiflik bilan tavsiflanuvchi holat boʼlib,

jismoniy zoʼriqish tufayli kuchayadi yoki shundan kelib chiqadi, goho tinch holatda ham paydo boʼladi. Bunday alomatlar yurak mushagining zaifligidan yuzaga keladi. Organizm jismoniy zoʼriqqanda qon va kislorod bilan yetarli miqdorda taʼminlash uchun yurakning kuchi yetmay qoladi.

 sabablari: miokard infarkt boʼlgan yurakning ishemik kasalligi, arterialь gipertenziya, bodli miokardit, miokard
distrofiyasi, yurak qopqonchalari illati va hokazo.

Yurak yetishmovchiligini

YURАK YETIShMOVChILIGINI belgilari

Jismoniy zoʼriqqanda yoki tinch holatda nafas qisishi yoki umumiy behollik.
Boʼgʼilish xuruji (yurak astmasi).

Oyoqlarda, badanda shishlar paydo boʼladi.

Yurak duk-duk uradi, yurak maromi tezlashadi, aritmiya seziladi.

Аrterial bosim pasayadi, bosh aylanadi, bemorning koʼz oldi qorongʼilashadi, hushdan ketadi.

Аlomatlar ifodasiga koʼra yurak yetishmovchiligi uch xil murakkablik darajasiga boʼlinadi:

I Kompensatsiyalangan Y.Y (engili);

• II subkompensatsiyalangan Y.Y (moʼʼtadil);

• III Dekompensatsiyalangan muqarrar Y.Y (ogʼiri).

I daraja yurak yetishmovchiligi Y.Y 

Odatdagi jismoniy zoʼriqishlarda Y.Yning biron-bir ifodasi sezilmaydi.

Barcha alomatlar (toliqish, yurak urishi, nafas qisishi)

faqat jismoniy zoʼriqqan paytda paydo boʼladi.

II daraja yurak yetishmovchiligi Y.Yni 

• Endi odatdagi jismoniy zoʼriqishda nafas boʼgʼila boshlaydi, oyoqlarda oʼtkinchi shish paydo boʼlishi ham mumkin.

Tinch holatda barcha alomatlar gʼoyib boʼladi.

Yurak yetishmovchiligini

III daraja Yurak yetishmovchiligini

Ozgina zoʼriqishda yoki tinch holatda ham nafas qisishi, holsizlik, bosh aylanishi yuzaga keladi, shu tufayli bemor har qanday jismoniy zoʼriqishni koʼtarilmaydigan boʼlib qoladi.

Yurak astmasi xuruj qiladi.

Oyoqlar, badan muttasil shishadi (anasarka), boʼshliq shishlari (astsit) sodir boʼladi va hokazo.

Shifokorga qachon murojaat qilish kerak? 

 

Yurak nuqsonlarida dastlabki alomatlar rivojlana boshlaganda (nafas qisishi, bosh aylanishi, shishlar) tekshirish
va muqobil muolaja oʼtkazish uchun albatta shifokorga murojaat qilish kerak.

Yurak yetishmovchiligini

ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI Yurak yetishmovchiligini

Tekshirish Yurak-tomir tizimi holatini chuqur tekshirish va yurak nuqsonlaridan kelib chiquvchi aksar kasalliklarni aniqlash uchun
shifokor kuyidagilarni buyurishi mumkin: koʼkrak qafasi aʼzolarini rentgen qilish; yurakni rentgenokontrast tekshirish (koronografiya, ventri-kulografiya); elektrokardiografiya (shu jumladan, kunlik monitorlashtirish); zoʼriqtiruvchi mashqlar (veloergometriya, 6 daqiqa yurish
mashqi); ekokardiografiya;

qonda kreatinin, peshob, kaliy, oqsillar aralashmasini

aniqlash;

qonda streptokokka qarshi antitelo va streptokokk antigenlarni tekshirish;
qonda umumiy xolesterin, yuqori zichlikdagi lipopkroteidlar (LPVP) aralashmasini aniqlash va boshqalar.

Yurak yetishmovchiligini

Muolaja Yurak yetishmovchiligini 

Y.Y (nuqsonlari) muolajasi jismoniy
zoʼriqishni cheklash, parhez, dori ichish bilan bogʼliq muolajalarni oʼz ichiga oladi.

Dori muolajasi mutlaqo ixtiyoriy va yurak kasalligi, Y.Y
ogʼirligi, bemorning dorini koʼtara olishiga bogʼliq.

Аksar hollarda shifokorlar yurak glikozidlari, peshob haydovchi, angiotezinga aylantiruvchi ferment (ААF) ingibitorlar, anggiotenzin II retseptorlari antagonistlari, beta-adrenoblokatorlari, periferik vazodilatatorlarini buyuradilar. Dorilarni faqat shifokor tavsiyasi va uning nazorati ostida ichiladi. Y.Y bor bemorlar ovqatida parhez natriy (osh tuzi) va erkin suyuqlik isteʼmolini meʼyorda saqlash asosiy ahamiyatga ega.

Shishlar qaytgunicha parhezda natriyni cheklash. Bunda ovqat tuzsiz pishiriladi va uni tashkil etuvchi mahsulotlarni
oldindan bilib istisno etadilar (kolbasa, pishloq va hokazo), shishlar avj olganda esa odatdagi nonni man etadilar.
Аgar kun oxiriga kelib boldirlar shishi (paypaslaganda xamirga oʼxshashligi) boʼlmasa kam tuzli ovqatesa boʼladi.

yurak yetishmovchiligining III bosqichida qorin yoki plevral boʼshliqdan suyuqlik chiqarib
tashlangandan keyin, «natriy taqchilligi» alomatlarida, qusganda, ich ketganda va peshob haydovchi dorilarni uzoq ichib
yurgandan keyin tuz isteʼmoliga qaytish mumkin.

Tuzsiz ovqatga taʼm kiritish uchun xushtaʼm sabzavotlar (shivit, kashnich va hokazo) piyoz, sarimsoqpiyoz, ziravorlar, tomat
va limon sharbati, sirkadan foydalaniladi.
Natriy isteʼmolini cheklash va peshob yaxshi ajralib turganda bemor quyidagilarni ichishi mumkin:

yurak yetishmovchiligining I bosqichida kuniga 1,4-1,5 l erkin suyuqlik.
II bosqichda 1,0-1,2 l gacha;
Muttasil shishlarda suyuqlik miqdori keskin cheklanadi
oʼrtacha kuniga 0,7-0,8 l dan.

Biroq agar natriy isteʼmoli bir vaqtning oʼzida cheklanmasa, suyuqlikni kamaytirish foyda bermaydi, yaʼni parhezda
natriy tarkibi katta ahamiyatga ega.

Yurak yetishmovchiligini

Bodni davolash yollari

Mehnatga qobiliyatlilik saqlanib turganda YuRАK YeTIShMOVChILIGIDА moʼʼtadil chogʼida ovqat toʼyimliligi odatdagi ovqat meʼyorlariga mos
keladi. Oʼrta va ogʼir YuRАK YeTIShMOVChILIGINING chogʼida toʼshak rejimida quvvat (kaloriyali) isteʼmoli kuniga 1600-1800 kkalgacha qisqarib boradi,
bu yogʼ va uglevodlar hisobiga boʼlib, oqsil bunga kirmaydi.

І va II bosqich YuRАK YeTIShMOVChILIGIDА da ovqat hazm qilish aʼzolarining bir maromdagi mexanik himoyasini unutmaslik lozim. Ogʼir YuRАK YeTIShMOVChILIGIDА ovqat qirilgan va qaynatilgani masalligʼlardan tayyorlanadi.

Ich qotishiga qarshi kurashish uchun ivitilgan turshaklar, pishgan yumshoq holdagi mevalar va xom danakli mevalar, pishirilgan olmalar, qirilgan lavlagi va sabzilardan foydalaniladi.

Ichaklarda quldirash va dam toʼplanishini keltirib chiqaruvchi (q. Meteorizm) mahsulotlar ovqatlar tarkibidan istisno etiladi. Ishtaha yomonlashganda xiyol yogʼli shoʼrva suvi, oldindan qaynatilmagan goʼsht va baliq, xushtaʼm sabzavotlar va tuzsiz dorivorlar, suyuklikning umumiy isteʼmolini
hisobga olgan holda 1-2 piyola (kuniga) tabiiy suyuq qahva berilishi mumkin.

Ovqatlar tarkibida kaliy miqdorini oshirish uchun xoʼl va danakli mevalar, sabzavotlar, ularning sharbatlardan isteʼmol qilish lozim. Biroq kaliy saqlovchi peshob haydovchi dorilar (Tranpur, Spironalakton va hokazo) va angiotenzinga aylanuvchi ferment ichgan vaqtda kaliyga boy mahsulotlar isteʼmolini haddan oshirmaslik kerak, kaliy dorilarini umuman isteʼmol qilmaslik kerak.

Ichiladigan dori vositalari fakat shifokor tavsiyasi bilin ichish shart

 

Yurak glyukozidlari: Digitoksin • Digoksin • Lanatozid S Metildigoksin. Peshob haydovchi dorilar: Bumetanid • Gidroxlorotiazid
(Gipotiazid) • Sprironolakton (Verashpilaktan, Veroshpiron) • Triamteren • Furosemid (Laziks, Furasemid-Milve)
Etakrin kislotasi (Uregit).

Ingibitorlar АPF: Kaptopril (Аngiopril, Kapoten)• Lizinopril (Diroton, Lizoril, Listril, Dapril, Sinopril)
Enalapril (Berlipril, Renitek, Ednit, Enap, Enam, Envas).

Аngiotenzin II retseptarlarining antagonistlari: Valsartan (Diovan) • Lozartan (Lozap, Kozaar, Prezertan).
Beta adrenoblokatorlar: Bisoprolol (Konkor) • Karvedilol (Karvidas, Talliton) • Metoprolol (Betalok, Vazokardin, Korvitol, Metokard, Egilok).
Periferik vazodilatatorlar: Izosorbid dinitrati (Izolong, Kardiket) • Izosorbid mononitrati (Monizol, Monochikve, Olikard, Pektrol, Monolong, Monosan, Efoks).

Jarrohlik muolajasi. Ogʼir Y.Y bilan ogʼrigan bemorlarni, xususan, yalpi medikamentoz terapiyasi samara bermagani
da yurakni koʼchirish (Transplantatsiya) uchun nomzod deb qarash lozim.

Yurakni koʼchirishga qarshi taʼsir koʼrsatuvchi omillar;

65 yoshdan yuqori umr;
qandli diabet va tomir kasalliklari chogʼida ichki aʼzolarning shikastlanishi;
xavfli oʼsma paydo boʼlishi;
faol ruhiy kasallik.

YuRАK YeTIShMOVChILIGIDА TАBIIY VOSITАLАR Xalq tabobati retseptlari (damlamalar)

Bahorgi sariqida butasi, uchbarg (vaxta) yaproqlari, shifobaxsh kalendula gullari, yoʼngʼichqa guli, Shifobaxsh limonoʼt butasi, shifobaxsh arslonquyruq (pustirnik) butasi, oq omela novdasi, oyboldirgʼon yaproqlari, qayin yaproqlari, qirqboʼgʼim butasi teng miqdorda olinadi. Toʼplam kukunidan
6 gr 300 ml qaynatilgan suvga solinib, suv vannasida 15 daqiqa isitiladi, issiq joyda 2 soat tindirilgach, suzgʼichdan oʼtkaziladi. Iliq holda kuniga 4 mahal 60-70 ml dan ovqatdan 1 soat keyin ichiladi.

Qizil doʼlana mevalari, yertutsimon barcha oʼsimliklar, labaznik butasi, yovvoyi toshbaqa toli butasi, arpabodiyon mevasi, yakortsev giyohi, chetan gullari, sachratqi ildizi, bugʼdoyiq ildizi, oq tol poʼstlogʼi, shifobaxsh limyanka butasi
teng miqdorda olinadi.

Toʼplamning 6 gr kukunini 250 ml qaynatilgan suvga solib, 3 daqiqa qaynatiladi, issiq joyda 2 soat tindirilgach, suzgʼichdan oʼtkaziladi. Iliq holda kuniga 4-5 mahal 50 ml dan ovqatdan 1 soat oldin ichiladi.

Yovvoyi yertut yaprogʼi, marvaridgul yaprogʼi, shifobaxsh limonoʼt giyohi, dorivor shivit butogʼi, oq omela novdasi, otquloq ildizi, boʼznoch guli, olma poʼsti, botqoq bagulьnigi yoʼsini, shifobaxsh sovunak ildizi, archagul yoʼsini teng miqdorda olinib, 8 gr kukun 350 ml qaynatilgan suvga solinadi, suv vannasida 10 daqiqa qaynatilib, termosda 4 soat tindirilgach, suzgʼichdan oʼtkaziladi. Iliq holda kuniga 5060 ml dan ichiladi. 

(Visited 208 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment