Tish ogʼrigʼi 20 ta kilinish kerak bulgan narsalar…

ТИШ ОҒРИҒИ

Tish ogʼrigʼi davolash uollari kelib chikish sababi

Tish ogʼrigʼi stomatologik amaliyotda eng koʼp uchraydigan alomat. Tish ogʼrigʼi tish-jagʼ tizimi asab apparatiga kimyoviy,

mexanik, termik taʼsir natijasida yuzaga keladi. U tishning qattiq qa yumshoq toʼqimalari, tish atrofi toʼqimalari shikastlanishi natijasida, jagʼni qurshab olgan yumshoq toʼqimalar yoki jagʼlarning suyak usti pardasi yalligʼlanishi kasalliklarida, shuningdek, uch shoxli nerv ogʼrigʼi, gaymoritda rivojlanadi.

Goho tish-jagʼ atrofida ogʼriq gipertonik xurujida reflektor taʼsiri, yurak kasalligi (miokard infarkti) va boshqa ichki aʼzolar kasalligi oqibatida yuzaga keladi. Tish ogʼrigʼi eng koʼp hollarda karies va uning asoratlarida kuzatiladi.

ТИШ ОҒРИҒИ
Karies tish toʼqimalarining mikrobli karash tomonidan buzilib boʼshliq hosil boʼlishidir. Tishlar oraligʼida tiqilib qolgan ovqatning zarralar bilan uzoq vaqt aloqasi, olib qoʼyiladigan yasama tishlardan foydalanish (yasama tishning tishlarga mahkamlangan joylari), qandning koʼp yeyilishi va ovqatda ftorning kamligi, shuningdek, toʼyib ovqat yemaslik (chala-yarim ovqatlanish) tish ogʼriqlariga sabab boʼladi.

• Tishning qattiq toʼqimalari butunligiga putur yetganida (emal, dentin) ogʼriq faqat tishga shoʼr, shirin, sovuq yoki issiq ovqat tekkanda yuzaga keladi. Mana shu qoʼzgʼatuvchilar bartaraf etilganda (ogʼiz boʼshligʼi chayilganda) ogʼriq toʼxtaydi.

• Tish yumshoq toʼqimalari yalligʼlanganda (pulьpit) ogʼriq uzluksiz, qattiq boʼladi, goho tunlari kuchayadi va tishni qurshab olgan tomonlarga yoyiladi.

• Ogʼriqni mustaqil ravishda kamaytirish yoki toʼxtatish ham mumkin. Bunda pulьpa yalligʼlanishining oʼtkir davri surunkali bosqichga oʼtadi, bu vaqtincha yaxshilanib ketish bilan yakun topadi.

Аgar bemorga oʼz vaqtida stomatologik yordam koʼrsatilmasa, yalligʼlanish kuchayib, asoratlar avj olishi hech gap emas (ostiomielit, abstsess va hokazo).

TISh OGʼRIGʼI Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?

Kattiq tish ogʼrigʼi boshlangani zamon stomatologga murojaat qilish kerak.

ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI Tekshirish Tish ogʼrigʼi

Muolaja eng samarali boʼlganida kariesning boshlangʼich alomatlarini sinchkovlik bilan tekshirganda bilib olish
mumkin, shu bois hatto tish ogʼrimaganda ham yilda kamida ikki marta stomatologga murojaat qilish zarur.

ТИШ ОҒРИҒИ

Tish ogʼrigʼi Muolaja

Parhez. Kariesning oldini olish uchun ovqatda qand moddasini va uni tashkil etgan mahsulotlarni (konfetlar, shokolad, shirin alkogolsiz ichimliklar, xamiri oshirilgan pishiriqlar va hokazo) cheklash tavsiya etiladi, ayniqsa qand tarkibli yumshoq va yopishqoq ovqat karies uchun gʼoyat xavfli.

Kalьtsiy, ftor va vitaminlarga boy toʼlaqonli, gʼoyat rangbarang ovqat tavsiya etiladi, unga pishloq, tvorog, sabzavotlar, mevalar, koʼkatlar va yongʼoqlarni qoʼshish kerak. Tishlarni tozalashda oshqozon uchun qattiq hisoblangan ovqatlardan (xom sabzavot va mevalar sabzi, sholgʼom, olma va hokazo) va ftor
manbai sifatida achchiq choydan foydalanish ham tavsiya etiladi.

Bu muhim! Har gal ovqatlanib boʼlgach va asosiy ovqatlarni yeyish oraligʼida shirinliklardan tatinganda ogʼizni darhol chayish, agar buning iloji boʼlmasa, saqich chaynash kerak.

Dori vositalari. Ogʼriq bosuvchi vositalar bilan tish ogʼrigʼini ancha kamaytirish va butunlay qoldirish mumkin. Аmmo stomatolog ishtirokisiz tuzalib ketishiga umid qilib boʼlmaydi, bu zaruriydir, chunki bu ogʼir asoratlar abstsess, flegman, aosteomielit yuzaga kelishi mumkin.

• Ogʼriq bosuvchi dorilar: Diklofenak (Volьtaren) • Maksigan • Metamizol (Аnalьgin, Baralgin M, Tempalgin) • Nimesulid (Аponil) • Nurofen plyus.

ТИШ ОҒРИҒИ

TАBIIY VOSITАLАR Tish ogʼrigʼi

Tashqi muolaja uchun xalq tabobati retseptlari Ituzum giyohini bugʼda toblab, ogʼrigan tishlarga bosiladi, ogʼriq
toʼxtaydi venalar shamollashi.

Shuvoq shoxlari kukuni 2-3 daqiqa qaynatilib, (1,5 stakan suvga 2 choy qoshiq solinadi) tish ogʼriganda chayiladi.
Tuyatovon yaprogʼi 2 osh qoshigʼini termosdagi 1 stakan qaynatilgan suvga solinadi, 1 soat tindirilib, har kuni ogʼiz
chayiladi, karies va tish emaliga foydasi bor (giyoh ftor
tarkiblidir).

Tish toʼqimalari mahkamligini tiklash uchun kunda sarimsoqpiyozning kesilgan boʼlagi yoki asal bilan milklarga qoʼshib surtiladi. Har kuni bir boʼlak sarimsoqpiyoz yegan ham yomon emas. Tish emaliga xom tuxum oqi sursa ham boʼladi.

Sarimsoqpiyoz tuyiladi, qaynatilgan suvga aralashtiriladi. Sarimsoqpiyozli suvda ivitilgan momiq ogʼrigan tish oldidagi milkka bosiladi.

Quloqning tish ogʼriyotgan tomoniga dokaga oʼralgan bargizub poʼstlogʼi bosiladi. 0,5-1 soatdan keyin ogʼriqdan asar qolmaydi.

Boʼyinning ensadan pastiga issiq sochiq yoki ip matoga oʼralgan xren qirindisi, xantal bogʼlanadi xantal yaxshi qizdiradi.

ТИШ ОҒРИҒИ

Tish ogʼriganda nuqtali uqalash

1.Nuqta joyi: boshmaldoq va koʼrsatkich barmogʼi suyaklari oraligʼidagi chuqurlikda.
Taʼsir qilish usuli: ikkinchi qoʼl boshmaldogʼi bilan nuqta uqalanadi, 2-3 daqiqa,
qizarguncha.

2.Nuqta joyi: koʼrsatkich barmogʼining uch tomonida, tirnoq milkidan 2-3 mm yuqoriroqda.

Taʼsir qilish usuli: nuqtani tirnoq bilan ogʼriguncha bosiladi (2-3 daqiqada tish
ogʼrigʼi qoladi).

(Visited 214 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment
error: Content is protected !!