Tromboflebit venalarning shamollash kasalligi davolashning 20 xil yollari

Тромбофлебит

Tromboflebit venalarning shamollash kasalligi davolash usuli kelib chikish sabablari

Tromboflebit venalarning shamollash kasalligi boʼlib, ularda tromblar yuzaga keladi. Kasallik rivojlanishi sabablari koʼp:

varikoz kasalligi, qonning venalarga oqib kelishining sekinlashuvi, organizm taʼsirlanish kuchining kamayishi, kasal yuqishi, qon tarkibining oʼzgarishi, uning quyuqlashuvining kuchayishi, tomir devorlari butunligiga putur yetishi. Oyoqlarning yuzadagi va chuqur venalari trombofleti eng
koʼp uchraydi.

Тромбофлебит

Tromboflebit venalarning shamollashi belgilari

Yuzadagi venalar tromboflebiti

• Yuza vena tomirlari yoʼlida odatda boldir va sonning ichki sirtida, goho boldir orqa sirtida bir maromdagi qattiq ogʼriq bilan boshlanadi.

• Harorat qisqa muddat bilan 37,5-38°S gacha koʼtariladi.

• Shamollagan venalar yoʼlida teri shishadi va qizaradi,
teri ostida turli kattalikdagi qattiqliklar paydo boʼladi.

• Kasallik davomiyligi 10 dan 30 kungacha.

Тромбофлебит

Chuqur venalar tromboflebiti

• Dastlabki kunlarda oyoq va qoʼllarda kuchli ogʼriqlar xuruj qiladi, harorat 39,5-40°S gacha koʼtariladi, qoʼl-oyoqlar ancha shishadi ularing terilari taranglashadi, yaltiroq, oqish, goho koʼkish tus oladi.

• Kasal qoʼl yo oyoq odatdagidan sovuqroq boʼlib qoladi.

• Oʼtkir tromboflebitning yiringli trombofletiga oʼtish hollarida tromblashgan vena yoʼlida koʼplab yiring toʼplamlari kuzatiladi, bu qoʼl-oyoq flegmonasiga olib kelishi mumkin.

• Chuqur venalar tromboflebiti davom etish muddati 10 kundan 3 oy va undan ortiq

Tromboflebitning eng xavfli asoratlari:

• oʼpka arteriyasi tromboemboliyasi (oʼpka arteriyasining shamollagan venadan ajralib chiqqan tromb bilan toʼlib qolishi);

• trofik yaralar;

•vena yetishmovchiligi;

Тромбофлебит

Tromboflebit venalarning shamollashi Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?

Kasallik alomatlarining dastlab paydo boʼlishi chogʼidanoq shifokor yoki «tez yordam»ni chaqirish zarur. Shifokor
kelgunicha bemor toʼshakdan turmasligi va qoʼl-oyoqlarini balandga koʼtarib yotishi zarur.

ShIFOKOR TАVSIYaSI Tekshirish Tromboflebit venalarning shamollashi

Tashxis uchun shifokor koʼrigi va odatdagi tahlillar tayinlashdan tashqari qon quyuqlashish tizimi holati, vena qon aylanishi tekshiriladi, vena tizimidagi trombning joylashuvi va davomiyligi aniqlanadi.

Shu maqsadda quyidagicha turli uslublar qoʼllanadi:

• ulьtratovush tadqiqoti (dopplerografiya, dupleks skanirlash va hokazo);

•rentgenokontrast flebografiyasi;

• radioizotopli tekshiruv;

•qon protrombin toʼplanishini aniqlash;

• koagulogramma tekshiruvi qonning quyuqlanish tizimi holati (qon ketish muddati, tromb hosil boʼlish vaqti, qon
quyulish omili va hokazo);

Тромбофлебит

Muolaja Tromboflebit venalarning shamollashi shifokor korsatmasiz dori ichish takiklanadi

Tromboflebit rivojlanganda (ayniqsa, chuqur venalarda) bemor zudlik bilan kasalxonaga yotqiziladi. U toʼshakdan turmasligi kerak va emboliya yuzaga kelishining oldini olish uchun oyoq-qoʼllarni koʼtarib yotishi lozim. Suyuqlikni koʼp ichish tavsiya etiladi (bir kecha-kundukzda 2-3 l) buyrak va yuraktomir tizimi tomonidan qarshi taʼsir boʼlmasa).

Kasalxona sharoitida shifokorlar qon quyulishini sekinlashtiruvchi dorilar ichiradilar (Geparin, Varfarin va hokazo), qon holatini muttasil nazorat qilib turadilar (protrombin toʼplanishi va quyulish vaqtini aniqlaydilar va hokazo).

Bu dorilar qondagi protrombin tarkibini kamaytiradi, bu bilan tomirlarda yangi tromblar hosil boʼlishini bartaraf etadilar. Shamollashga qarshi dorilar (Butadion, Volьtaren va hokazo) samaraliroqdir. Koʼrsatkichlarga qarab antibiotiklar buyuriladi.

Yuza tromboflebitning yengil shaklida (boldirda aniq cheklangan tugun, isitmaning yoʼqligi) uyda davolanishga ruxsat beriladi, zarur sharoitlar boʼlishi shart va shifokor albatta nazorat qilib turishi kerak. Bu vaziyatda antitrombotsitar va tromblarning soʼrilishiga imkon beruvchi vositalarni qoʼllash koʼproq natija beradi. Isituvchi kompresslar va malham surtib bogʼlashlar (ayniqsa, kasallikning dastlabki kunlarida)
toʼgʼri kelmaydi.

Dorilarni shifokor tavsiyasi bilan va uning nazorati ostida ichish lozim.

Tashqi muolajalar

• Tromblarning soʼrilishiga imkon beruvchi vositalar: Natriy
geparini (Lioton 1000), Gepatrombin, Dolobene • Ketoprofen (Febrofid, Fleksen).

Ichiladigan dorilar

• Аntitrombotsitar antiagregantlar: Аtsetilsalitsil kislota (Аspirin Kardio, Kardi АSK, Trombo АSS)
• Dipiridamol (Kurantil)
• Kardiomagnil
• Tiklopidin (Tiklo).

Jarrohlik muolajasi koʼtarilib kelayotgan yuzalama tromboflebit (shamollashning boldirdan songa oʼtishi) va yiringli asoratlarda qoʼllaniladi. Jarrohlik amallari venani bogʼlash, uni olib tashlash (flebektomiya), trombalashgan tugunlarni kesib tashlashdan iborat. Son yoki qovurgʼa bilan
qorin oraligʼi yorigʼiga osilib tushgan «dirkillovchi» trombalar Tromboembolik asoratlar muolajasi uchun son va yonbosh
venasi orasiga qator hollarda maxsus filьtr pastki vena kavagi (kavafilьtr) tromb joylashgan joydan yuqoriroqqa qoʼyiladi.

Тромбофлебит

TАBIIY VOSITАLАR Xalq tabobati retseptlari (damlamalar)

250 gr tozalab tuyilgan sarimsoqpiyoz yoki piyozga 350 ml suyuq
asal solinadi, yaxshilab qoriladi va 1 hafta tindiriladi.
Ovqatdan 40 daqiqa oldin kuniga 3 mahal 1 oshqoshiqdan
ichiladi. Muolaja muddati 2 oy.

Kulmoq (xmelь) yongʼoqchalari 1 oshqoshigʼini 1 stakan qaynatilgan suvga solinib, suv vannasida 15 daqiqa isitiladi.

Stakanning 1/4 miqdoricha kuniga 3 mahal ichiladi. Uyqudan oldin 1 stakan qaynatmasini ikki mahal ichish mumkin. Kaynatmasidan hoʼllangan dokani shamollagan 
bosiladi.

Dala stalьnigi ildizi 15 30 gr ga 2 stakan qaynatilgan suv quyiladi, 15 daqiqa qaynatiladi. 30 daqiqa tindirilib, suzgʼichdan oʼtkaziladi. Stakanning 1/2 miqdorida kuniga 3-4 mahal ovqatdan 30 daqiqa oldin ichiladi. Nastoyka shamollashga qarshi taʼsirga ega, kapilyarlar oʼtkazuvchanligi va moʼrtligini kamaytiradi, ogʼriqni qoldiradi.

Tashqi muolaja uchun xalq tabobati retseptlari Shuvoq giyohi yoki qirqquloq yaprogʼi tuyilib, qatiqqa qoriladi (1:1 miqdorda). Korishmani dokaga yoyib, shishgan venalar ustidan bogʼlanadi va bir kecha-kunduz yechilmaydi. Muolaja qatorasiga 3-4 marta bajariladi.

Oyoq vannasi: oq tol poʼstlogʼi tuyilib, 2 osh qoshiqqa 2 stakan qaynatilgan suv quyiladi, 20-30 daqiqa qaynatiladi, suzgʼichdan oʼzkaziladi. Qaynatmani oyoq vannasiga qoʼshiladi (suv tizzagacha kelishi kerak). Vannaning harorati 38-39°S. Vanna 30 daqiqa davom etadi va 10 kun bajariladi.

Qalampir kalanchogʼ yaproqlari 100 gr tuyiladi va 500 ml araqqa solinib, 7 kun qorongʼi joyda saqlanadi, vaqtivaqti bilan chayqab turiladi. Suzgʼichdan oʼtkaziladi va oyoqning tagidan songa tomon yoʼnalishda nastoyka bilan surtiladi. Muolajani 1 oydan keyin yana takrorlash mumkin.

(Visited 801 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment