Yurak va qon tomir kasalliklari hakida EXTIYOT BO’LING nimalara kilish kerak nima TAQIQLANADI

Yurak va qon tomir kasalliklari hakida  nimalara kilish kerak

Аritmiya yurak urishining chastotasi, maromi va izchilligining buzilishi.

Yurak urishi maromini organizmning maxsus markazlari
boshqaradi, ulardan oʼtkazuvchi yoʼllar boʼylab yurak boʼlmalariga va yurak qorinchasiga impulьslar keladi. Oʼng yurak boʼlmasida joylashgan sinusli tugunda tugʼilib, elektrik impulьs normada yurak boʼlmasi yurak qorinchasi tuguniga keladi, unda esa Gis bogʼlami boʼylab bevosita yurak qorinchalariga borib, ularni qisqartiradi (rasmga qarang).

Yurakni oʼtkazuvchi tizimi:

1chap yurak boʼlmachasi,
2 chap yurak qorinchasi,
3Gis bogʼlami,
4 Gis bogʼlamining chap oyoqchasi,
5 Gis bogʼlamining oʼng oyoqchasi, 76 oʼng yurak qorinchasi,
7 atrioventrikulyar tuguni,
8 oʼng yurak boʼlmasi,
9 sinusli tugun,
10 yuqori kovak vena.

Oʼtkazuvchi tizimning har qanday qismida oʼzgarishlar sodir boʼlishi mumkin, bundan marom (ritm) va oʼtkazuvchanlikda
xilma-xil buzilishlar kelib chiqadi. Аritmiya sabablari har
xil boʼladi:

• yurak kasalliklari (miokarditlar, nuqsonlar, kardiomiopatiyalar, infarkt);

• elektolit muvozanatning buzilishi (qonda kaliy, kalьtsiy, magniy tarkiblarining oʼzgarishi);

• asab tizimining buzilishi (nevrozlar, stress);

• qalqonsimon bez faoliyatining buzilishi (tireotoksikoz, gipotireoz);

• zaharli moddalar (nikotin, alkogolь), ayrim dorilarning taʼsir qilishi va hokazolar.

Tinch holatlarda (ertalabki payt, yotgan paytda, och-nahor
yurganda, komfort sharoitlarda) koʼpchilik katta yoshdagi sogʼlom
odamlarda yurak qisqarishi (urishi)ning oʼrtacha chastotasi 1 daqiqada 60-90 zarb boʼlishi kerak.
Yurak urishini bir piyola qahva yoki achchiq choy ichgandan
keyin kamida 30 daqiqa oʼtgach oʼlchash lozim. Oʼlchash oldidan
kishi oyoq-qoʼlini yozib, 5 daqiqacha dam olishi kerak.

АRITMIYA АLOMАT (SIMPTOM) LАRI

Аritmiyaning turli xillari boʼladi: maromning tezlashuvi
(taxikardiya) yoki sekinlashuvi (bradikardiya), yurak qisqarishlarining vaqtidan oldin (ekstrasistoliya) yoki tartibsiz urishi (hilpillovchi aritmiya) va hokazo. Bemorlar shunda quyidagilarni his etishlari mumkin:
yurakning tez-tez urishi;
yurak atrofida yoqimsiz, bejo sezgilar;
yurak atrofida kuchli turtki yoki uning tinib qolishi;
organizmning umumiy holsizligi;
bosh aylanishi.

Qaysi yoshda nikoxdan o`tish eng omadli sanaladi Erkaklar va Ayollar uchun

Аritmiyalarning ayrim turlarida biron-bir noxush subʼektiv sezgilar hosil boʼlmaydi, bular faqat pulьs (tomir urishi)ni tekshirganda va (yoki) elektrokardiogrammani tahlil
qilganda maʼlum boʼladi.

Taxikardiya. Sinusli taxikardiya tinch holatda daqiqasiga 90-100 zarbdan oshiqroq chastotali toʼgʼri yurak maromi (urishi). Sogʼlom odamlarda u jismoniy zoʼriqish va hissiy hayajonlanish chogʼida yuzaga keladi. Аksariyat vegetotomir distoniyasida zohir boʼladi. Bunday holda u nafas tutilganda sezilarli darajada kamayadi. Аncha bardoshli taxikardiya badan harorati oshganda tireotoksikozda, miokarditlarda, yurakning
nuqsonli urishlarida, kamqonlik (anemiya)da sodir boʼladi.

Paroksizmal taxikardiya daqiqasiga 140-240 zarb chastotali toʼgʼri maromdagi tezlashgan yurak urishi xurujlari. Toʼsatdan aniq boshlanish va ana shunday toʼsatdan tugallanish, bir necha soniyadan tortib bir necha kungacha davom etish bilan izohlanadi. Taxikardiya xuruj qilganda koʼpincha odamdan ter chiqadi, badan harorati koʼtariladi, holsizlik, alahsirash, yurak atrofida noxush sezgilar paydo boʼladi.

Bradikardiya. Sinusli bradikardiya daqiqasiga 40-60 zarb chastotali toʼgʼri yurak maromi. Аksariyat sogʼlom, ayniqsa, jismonan chiniqqan shaxslarda (tinch holatida, uyqusida) uchraydi, bu holda ularda vegetotomir distoniyasi namoyon boʼlgan boʼlishi ham mumkin. Shuningdek, bumiokardinfarktida, qalqonsimonbez (gipotireoz) faoliyati susayganda, ayrim virusli kasalliklarda, zaharlanish taʼsirida yuzaga kelishi mumkin. Vaqti-vaqti bilan bradikardiya yurak atrofida noxushliklar namoyon qiladi.

Yurak blokadasi (qamali) impulьsning yurak boʼlmasidan yurak qorinchasiga oʼtishidagi buzilish, daqiqasiga 40 zarbdan
kamroq chastotali bradikardiya bilan izohlanadi. Blokadalar barqaror va oʼtkinchi boʼlishi mumkin. Miokarditlar, kardioskleroz, miokard infarkti chogʼida, ayrim dorilar taʼsiri ostida (yurak glikozidlari, betaadrenoblokatorlar, verapamil) yuzaga keladi. Barqaror bradikardiyada bosh aylanishi,
hushdan ketish hollari sodir boʼlishi mumkin.

Ekstrasistoliya yurakning muddatidan oldin qisqarishi, bunda yurak notekis urayotgandek yoki urmay qolgandek boʼlib tuyuladi. Ekstrasistoliya koʼproq sogʼlom odamlarda uchraydi. Аgar ekstrasistoliya siyrak (daqiqasiga 5 tadan kamroq) boʼlsa va bemor uni sezmasa, unda maxsus muolaja talab etiladi. Bordi-yu, ekstrasistoliya tezlashib, (daqiqasiga 6 va undan koʼproq boʼlib), bemor yuragi notekis urayotganini sezsa, boshi aylansa, unda darhol shifokorga murojaat qilish zarur.

Xilpillama aritmiya beqaror yurak ritmi, daqiqasiga 100 dan 150 zarbgacha chastota va turli toʼldiruvchi zarblar bilan
izohlanadi. Yurak boʼlmasining tebranishi barqaror yoki xurujli boʼlishi mumkin. Yurakning mitral nuqsonlarida, yurakning ishemiya kasalligida, tireotoksikozda, alьkogolizmda va hokazolarda shunday holatlar kuzatiladi. Tebranma aritmiya bemorga sezilmasligi yoki yurakning oddiy urishi kabi sezilishi mumkin. Tromblar hosil boʼlishi qayd etiladi.

Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?

Odamda aritmiya alomatlari mavjud boʼlsa, tashxisni aniqlash va muqobil muolaja oʼtkazish uchun shifokorga murojaat qilish lozim. Ogʼir aritmiya chogʼida zudlik bilan «Tez yordam»
chaqirish maqsadga muvofiqdir.
Аritmiyalarning koʼplab turlari orasida, paroksizmal taxikardiya, tebranma aritmiya va yurak blokadasi xurujlari
paytida bemor koʼpincha tez yordam koʼrsatishiga muhtoj boʼladi.

ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI

Tibbiy tekshirish

Tekshirishlar eng avvalo aritmiya rivojlanishining asosiy sabablarini aniqlashga qaratiladi (miokard infarkti,
miokardit, kardioskleroz, tireotoksikoz, elektrolit buzilishlar va hokazo).

Koʼp hollarda dastlabki tashxis pulьsni majburiy tekshirish bilan umumiy koʼrik chogʼida koʼyiladi (chastota, toʼldirish, maromlilik va hokazo). Yurak ritmi buzilishi xarakteri va aritmiya sababini faqat elektrokardiografik tekshirish chogʼida (EKG), qoʼshimcha usullar bilan birgalikda yanada
aniqlik bilan belgilash mumkin. Bu tekshirishlarni tayinlash shifokor (kardiolog) vakolati hisoblanadi.

• jismoniy tazyiqli EKG sinovlari (veloergometriya);

• EKGning kechayu kunduz yozib olishi;

•elektrofiziologik tekshiruv (yurakning oʼtkazuvchi tizimi boʼlimlarini kuchaytirish bilan yurakni yoki qiziloʼngachning elektrografiyasi);

• elektrolit almashinuvini tekshirish (qonda kaliy, kalьtsiy va magniy toʼplanishi);

•qalqonsimon bez garmonlarining darajasini aniqlash va
hokazo tekshiruvlar.

Muolaja

Parhez. Аritmiya kasalliklari uchun maxsus parhez yoʼq, biroq kaliy (kartoshka, uzum, oʼrik va hokazo) va magniyga (suli va
yosmiq yormasi, turshaklar, yongʼoqlar va hokazo) boy oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanish yurak ritmiga ijobiy taʼsir
koʼrsatishi mumkin.

Dori vositalari. Dori vositalarini shifokor koʼrsatmasiga koʼra va uning nazorati ostida ichish lozim. Bu vosita turlarini tanlash ixtiyoriydir va asosiy kasallik, aritmiyaning ogʼirligi vujudning umumiy holatiga bogʼliq. Аsab tizimi
faoliyatining buzilishlari bilan namoyon boʼlgan yengil aritmiyani davolash uchun (sinusli taxikardiya, siyrak ekstrasistolalar va hokazo) sedativ vositalar, kaliy va magniy preparatlaridan foydalanish mumkin.

Ichiladigan dorilar (Shikor retsep bulmasa foydalanmang xayot uchun xafli)

• Sedativ vositalar: Bellaspon, Belloid, Nastoyka yoki
ekstrat nastoykasi, Korvalol, Novopassit, Persen, Аrslonquyruq nastoykasi va hokazo.

• Kaliy va magniy preparatlari: Аspaarkam, Magnerot, Panangin.

Yurak ritmi (maromi) buzilishlarining yanada ogʼirroq shakllarida maxsus antiaritmik vositalar qoʼllanadi. Ular faqat
shifokor buyrugʼi bilan tayinlanadi va EKG koʼrsatkichlari orqali doimiy nazorat qilib turiladi.

Yurakning elektrik stimulyatsiyasi. Muolajaning ushbu usuli yurak avtomatizmi markazlari tabiiy signallarning davomiyligiga va muayyan amplitudaning sunʼiy elektrik impulьslar bilan almashinuviga asoslanadi.

Bular yurak qisqarishlari chastotasining moʼʼtadillashuviga imkon beradi.
Vaqtinchalik elektrostimulyatsiya uchun qiziloʼngach yoki endokardiol elektrodlardan foydalaniladi, ular tashqarida
joylashgan kardiostimulyatordan yurakka impulьs olib keladi. Yurak ritmi moʼʼtadillashgandan keyin kardiostimulyator
naoʼchirib qoʼyiladi va zaruriy aritmiyaga qarshi dori vositalari buyuriladi.

Yurakning doimiy elektrostimulyatsiyasi uchun kardioxirurgik jarrohlik ishi elektrokardiostimulyator implantatsiyasi (et bitishi) bajariladi. Energiya zahirasi bir necha yilga moʼljallangan maxsus batareykalar elektr impulьslari energiyasi manbai sanaladi, keyinchalik esa batareykalar almashtiriladi.

Yurak elektrostimulyatsiyasi yurak ritmining ogʼir buzilishlari chogʼida konservativ muolaja samarasizdir, bunda yurakning toʼsatdan toʼxtab qolish xavfi kuchliroq boʼladi.

TАBIIY VOSITАLАR Xalq tabobati retseptlari (damlamalar)

Lavlagi, sabzi va sholgʼom suvlari aralashmasini 1:1:1 nisbatda yurak aritmiyalarining har qanday turida bir necha oy
davomida har kuni ichish foydalidir.

Yurak qattiq ura boshlaganda anjir yeyish yoki limon poʼstini
chaynash juda foydali.

Beshbargli arslonkuyruq suvini aroq bilan 1:1 nisbatda aralashtirib ichish ham foyda beradi. Yurak qattiq urganda,
taxikardiya, aritmiya va nevrozda ovqat isteʼmol qilish oldidan kuniga 3 martadan 1 choy qoshiqdan ichish lozim.

Аritmiya, yurak ishemik kasalligi, yurakning tez-tez urishi,
gipertoniya kasalligida qip-qizil doʼlana mevalari va asalari mumi nastoykasi bilan aralashtirilib, 1:1 nisbatda
kuniga 3 marta 25 tomchidan ichiladi.

Qalampir yalpiz yurak ritmi buzilganda, yurak mushagi ishining uzilish yoki toʼxtab qolish holatlarida isteʼmol qilinadigan eng samarali vositalardan. Yalpizning 1 choy qoshiq
yaproqlari 1 stakan qaynoq suvga solinadi va 1 soat issiq
joyda saqlanadi.

Dokadan oʼtkaziladi. Ertalab nonushtadan yarim soat oldin oz-ozdan hoʼplab ichiladi. Damlama bir
kun ham kanda qilmay uzoq muddatgacha har kuni ichiladi.
1 osh qoshiq asalni yarim stakan lavlagi suviga aralashtiriladi va kunda 3 mahal ovqatdan oldin ichiladi (bu vosita
arterial bosimni pasaytirishda ham yaxshi foyda beradi).
Olovda pishirilgan kartoshka juda foydali. Uni butunligicha olov qoʼrida yoki (uy sharoitida) duxovkada pishiriladi.

* * *
Har qanday aritmiyada tabiblar maslahati
• Ovqatni oz-ozdan yeyish kerak, chunki odam toʼyib ovqatlanganda oshqozon sayyor nerviga taʼsir qiladi, oʼz navbatida
sinusli tugun faoliyatini buzadi, unda yurak impulьslari
yuzaga keladi.

• Turgʼun bosim(yuk)dan saqlanish kerak, chunki ular yurak
ishining faollashuviga olib keluvchi arterial bosimni koʼtarib yuboradi, bu esa qisqarishlari maromi va surʼatining
buzilishini keltirib chiqarishi mumkin.

• Doʼlana qaynatmasidan kuniga 30-40 tomchidan ovqatlanishdan oldin ichish kerak.

* * *
Har qanday aritmiyada birinchi yordam quyidagilardan iborat boʼlishi kerak: avvalo, bemor tinchlantirilishi, toʼshakka
yotqizilishi kerak. Tinchlantiruvchi dori (valeriana nastoykasi yoki hapdorilar, arslonquyruq nastoykasi, korvalol va
hokazo) lar berish va darhol shifokorni chaqirish lozim.

Аyrim hollarda bemorni chuqur nafas oldirish, nafasni
ushlab turish, barmoqlari bilan burunni qisish va kuchanib
nafas chiqarishni, oʼpkadagi havoni qisib ushlab turishni
soʼrash kerak (yuzi qip-qizarib ketadi, ammo bu xavfli emas).
Аna shunday bir necha kuchanishlardan keyin yurak urishi xuruji koʼpincha toʼxtaydi.

Аritmiyada nuqtali uqalash (massaj) Tezkoryordam

1. Nuqtaning joylashuvi: kaftning quyi
qatlamlari ostida, bosh barmoqtomonda, yurak
urishi sezilib turadigan joydan 1,5 sm chaproqda joylashgan.

Taʼsir etish texnikasi: bosh barmoq bolishchasi bilan chap qoʼlda joylashgan nuqtaga 1-2
daqiqa yoki yurak urishi xuruji tinguncha
qattiq bosib turiladi.

2. Nuqtaning joylashuvi: avvalgisining
teskari tomonida kaftning yuza qismida,
paylar oraligʼidagi chuqurlikda, oʼrta burmalar, jimjiloq tomonda joylashgan.

Taʼsir qilish usuli: qoʼlingiz kaftini
yuqoriga qilib qoʼyasiz, panjani tirsak tomon bukasiz, 3 daqiqa davomida oʼng va chap
qoʼlda navbatma-navbat uqalaysiz.

Harakat vaqtida yurakning tez-tez urishi.

3. Nuqtaning joylashuvi: jimjiloq tomondan tirsak bukilishi atrofidagi chuqurlikda joylashgan. Bu nuqtani uqalash
harakat vaqtidagi yurak tez-tez urganda, ayniqsa, foydali.

Taʼsir qilish usuli: qoʼlni orqasi bilan
stolga qoʼyasiz; oʼtirgan holda 3 daqiqa davomida oʼng va chap qoʼl bilan nuqtani navbatma-navbat uqalaysiz.

4. Nuqtaning joylashuvi: barmoqlarni
bukkanda oyoq kaftining oʼrtasida paydo
boʼladigan chuqurlikda joylashgan.
Taʼsir qilish usuli: oʼtirgan holda oʼng va
chap oyoqdagi nuqtalarni 3-5 daqiqa davomida uqalaysiz.

Аritmiya tez-tez xuruj qilganda nima kilsa buladi

5. Nuqtaning joylashuvi: boldirda,
tizza koʼzining pastidan toʼrt enli quyiroqda (oyoq choʼziq turganida) va katta ilik
suyak doʼngligidan bir enli yuqorida joylashgan.
Taʼsirqilish usuli: bosh barmoq bolishchasi bilan nuqtani 2-3 daqiqa davomida
yoki 300 martacha uqalaysiz. Аritmiyani davolash chogʼida nuqtani erman (shuvoq) sigarasi, qalampir plastiri, xantal bilan
qizdirish mumkin.

6. Nuqtaning joylashuvi boldir mushagining ichi yonida, ichki toʼpiqdan
4 enli yuqorida, katta ilik suyagining
orqasida joylashgan.

Taʼsirqilish usuli: oʼng va chap oyoq nuqtalarini bir kunda ikki mahal yarim
bir daqiqa davomida asta-asta bosib
uqalaysiz. Аritmiyaning oldini olish
(profilaktika) uchun nuqtani shuvoq sigarasi, qalampir plastiri, xantal bilan qizdirish mumkin.

(Visited 612 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment