Insultga olib kelading 10 ta narsa extiyot boling

инсульт даволаш

Insultni davolash uchun yeng muxum omillar xakida

 

Insult -bosh miya qon aylanishining oʼtkir buzilishi natijasida bosh miya toʼqimasining shikastlanishi. Insulьtning ikki asosiy xili mavjud:
gemorragik (bosh miya toʼqimasiga qon qoʼyiladi) va ishemik bosh miyani qon bilan taʼminlovchi asosiy qon tomirlari toʼlib qoladi yoki mayda tarmoqlarida spazm rivojlanadi.

Insulьt rivojlanishining xavfli jihatlari: arterial gipertenziya yoki stenokardiya;

Insult skachat

• suyak suruvchi noxush irsiyat (qarindosh-urugʼlardan birontasi insulьt yo miokard infarktga yoʼliqqan boʼlsa);

• chekish yoki alkogolni suiisteʼmol qilish (chekish insulьt ehtimolligini kuchaytiradi). Chekishni tashlagandan keyin insulьt xavfi pasayadi va 5 yildan soʼng bemor chekmaydigan
odamday boʼlib qoladi;

• Bemor 50-60 yoshdan oshgan boʼlsa;
qandli diabet;

• miokard infarktiga yoʼliqqanlar, bosh miya qon aylanishining surunkali buzilishi belgilari (xotira pasayishi, uyqu buzilishi, bosh ogʼrishi, bosh aylanishi, boshdagi shovqin,
koʼzning xiralashishi, tananing yarmidagi uvishishlar) yoki insulьt oʼtkazgan bemorlar;

• tez-tez asabiylashish;

• aritmiya yoki tromblar hosil boʼlishiga moyillik (qonning ortiq darajada quyulishi).
belgilari

• Sezgining toʼsatdan buzilishi: yuz, qoʼl va oyoqlarda xususan
tananing yarmida uvishish va kamquvvatlik paydo boʼlishi.

• toʼsatdan tildan qolish yoki soʼzlarni aytish yo tushunishda,
matnni oʼqishda qiynalish.

• Bir yoki ikki koʼzning keskin yomon koʼra boshlashi.

• Toʼsatdan harakat moʼljalining buzilishi (chayqalib yurish),
keskin bosh aylanishi.

• Toʼsatdan anglab boʼlmaydigan bosh ogʼrigʼi, qusish.
Gemorragik insulьtda barcha belgilar ishemik insulьtdagiga

qaraganda ancha yaqqol koʼrinib turadi. Bundan tashqari, gemorragik insulьtda bemor qusadi, yuzi qizaradi, uyquchan boʼladi, ensa mushaklarida spazm roʼy beradi, koʼz toʼr pardasiga qon quyiladi, kasallik birdan boshlanib, avj oladi. Ishemik insulьt, odatda, asta-sekin rivojlanadi.

Ishemik insulьtda oʼtkinchi, miya qon aylanishining buzilishi nuqsonlari bir necha oy, yil oldin paydo boʼladi. Ular insulьt belgilariga oʼxshaydi, biroq bir necha daqiqada, kamdan-kam hollarda bir necha soat mobaynida (24 soatgacha) davom etishi bilan farq qiladi va faoliyatning toʼla tiklanishi bilantugallanadi.

 

Ishemik insultning darakchilari:

 

• qoʼl va oyoqlarda oʼtkinchi zaiflik yoki epga kelmaslik,
«ertalabki garangsirash» koʼrinishida, xuddi oyoq-qoʼllar uvishib qolgandek namoyon boʼladi;

• qisqa vaqt tildan qolish yoki xotirani yoʼqotish holatlari yuz beradi;

• bosh aylanadi, ong zaiflashib, koʼz koʼrmay qolishi yoki
narsalar koʼzga qoʼshaloq boʼlib koʼrina boshlaydi;

• yurganda gavda chayqalib ketishi, oyoqni sudrab bosishi
mumkin.

Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?

Imkon qadar 50-60 yoshli kishilar vaqti-vaqti bilan vrach
koʼrigidan oʼtishi lozim.

Insulьt darakchilari namoyon boʼlganda tekshirish uchun zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak.
Bordi-yu, rostdan ham insulьt huruj qilgan boʼlsa, «tez
yordam» chaqirish kerak, chunki miya ishemiyasi va qon quyilishi oqibatlarini faqat dastlabki soatlardagina toʼxtatib, bemorni saqlab qolish mumkin.

инсульт даволаш

Insult ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI Muolaja

 

Birinchi yordam. Eng avvalo bemorni karavotga qulay yotqizish kerak va nafas olishni qiyinlashtiruvchi kiyim tugmalarini yechib, havo oqimi bilan taʼminlashni yaxshilash zarur.
Ogʼzidan, yasama tish (protez) lari boʼlsa, ularni yechib olib

qoʼyish, agar qusgan boʼlsa, ogʼiz boʼshligʼini tozalab, qusuqni
chiqarib tashlash kerak. Boʼynini qayirib, umurtqa arteriyalariga qon kelishi qiyinlashmasligi uchun boshi va yelkalariga
yostiq qoʼyish lozim. Miya halokati kuchlanayotganda bu xurujning dastlabki daqiqa va soatlari eng qimmatli sanaladi,
aynan shu vaqtda koʼrsatilgan tibbiy yordam eng samarali boʼlishi mumkin.

Muolajada dori vositalaridan foydalanish kerak, bu tomir terapiyasi kursini oʼtashni oʼz ichiga oladi. Dorilar bosh
miyada qon aylanishini va miyadagi almashinuvlarni yaxshilaydi; parhez ovqatlar, miya faoliyatini yaxshilovchi mashqlar
ham, yoki reabilitatsiya ham shu muolajaga kiradi.

Bemorlar bevosita insulьtdan kam halok boʼladilar, aksincha, uning asoratlaridan koʼproq vafot etadilar (turgʼun oʼpka
shamollashi va uzoq yotish oqibatida). Buning oldini olish
uchun yotgan bemorga muttasil gʼamxoʼrlik koʼrsatib, uni parvarishlab turmoq kerak.

Uni goh u, goh bu tomoniga agʼdarib, koʼrpa-choyshablarning qatlanib qolishidan xabardor boʼlib
turish kerak (ular toza va quruq boʼlmogʼi lozim). Bemorni toʼgʼri
ovqatlantirish, katta va kichik hojatlaridan ogoh boʼlib turish kerak (zarur boʼlganda huqna (klizma) qilinadi), koʼkrak
qafasi uqalanadi.

Parxez. Ogʼir ahvolda boʼlganiga qaramay, insulьtdan keyin birinchi kundanoq (goho ikkinchi kundan) bemorga ovqat beriladi. Birinchi ovqat berilganda bemor uni yuta oladimi,
yoʼqmi, choy qoshiqda sovuq suv tutib, uni yutishni iltimos qilish kerak. Bemor suvni oson yutib, oʼxchimasa, iliq va suyuq ovqat beraverish mumkin.

Аql-hushi joyida va yutish (ovqatlanish) faoliyati buzilmagan bemorlar dastlabki 2-3 kunda suyuq (shoʼrva suvi, meva sharbatlari) ovqatlar, keyin esa yumshoq yoki qirilgan
quyuq ovqat isteʼmol qilsa boʼladi. Yutishi ogʼir boʼlsa, ovqatni boʼtqasimon koʼrinishga keltirish kerak. Maxsus parhez masalliqlaridan va suv ichirgich orqali bolalarga
moʼljallangan ovqatlardan, suyuq ozuqalardan berish maqsadga muvofiqdir.

Ovqat iliq, totli va toʼyimli boʼlishi kerak. Bemorni ehtiyotkorlik bilan kichik qoshiqda oz-ozdan, unda dam oldirib dam oldirib ovqatlantiriladi. Ovqatning nafas yoʼllariga
ketib qolishidan ehtiyot boʼlish kerak. Goho bemor yeb-ichishdan bosh tortadi. Bunday holga bosh miyaning ishtaha va chanqoqlikka javob beruvchi ayrim qismlarining shikastlanishi
sabab boʼladi. Ruhiy hayajon, siqilish ham ishtahaga salbiy taʼsir qilishi mumkin. Bunday holda bemorni tinchlantirish, tasalli berish va bemorga yaxshi ovqatlanish muhimligini tushuntirgan maʼqul.

инсульт даволаш

Insultda Ichiladigan dori vositalari

 

• Miya qon aylanishini yaxshilaydigʼan vositalar: Bekntsiklan
(Galidor) • Vazobral • Vinpotropil • Vinpotsetin (Kavinton) • Instenon • Nimodipin (Breinel, Nimotop) • Nitseroglin (Sermion) • Sinnarizin (Stugeron) • Gliatilin (Xolin alьfolstserat).

• Miyada metabolizmini yaxshilaydigan vositalar: Аktovegin
• Gamma-aminobutir kislotasi (Аminolon) • Glitsin • Gopanten kislotasi (Pantogam, Pantokolьtsin) • Piratsetam (Аutsetam, Nootropil) • Piritinol (Entsefobal).

Insult TАBIIY VOSITАLАR Xalq tabobati retseptlari (damlamalar)

 

Sallagul (pion) ildizi tuyilgan ildizdan bir choy qoshiqni bir stakan qaynoq suvga solinadi, issiqda bir soat
tindirilib, suzgʼichdan oʼtkaziladi. Kuniga 4-5 marta bir
qoshiqdan ichiladi. Yeki bir choy qoshiq tuyilgan ildiz 300 g
araqqa solinib, issiq joyda 7 kun tindiriladi. Suzgʼichdan oʼtkaziladi. Kuniga 3 mahal 25 tomchidan ichiladi.

Oq perestupenь (sholi oʼt) bir oshqoshiq tuyilgan ildizi 300 g
araqqa solinadi, issiq joyda 7 kun saqlanib, suzgʼichdan
oʼtkaziladi. Ertalab va kechkurun ovqatdan keyin 25 tomchidan ichiladi.

Аrterialnaya gipotenziya davolashning TOP 20 usullari

Katta qonchoʼpning tuyilgan giyohdan 1 oshqoshigʼini 1 stakan
qaynoq suvda damlanib, 15 daqiqa tindirilgandan soʼng,
suzgʼichdan oʼtkaziladi. Ovqatdan oldin kuniga 3 mahal 2 oshqoshiqdan ichiladi. Muolaja muddati 2-3 hafta.
Oʼrtacha kattalikdagi 2 ta limon va 2 ta poʼrtahol mayda qilib
toʼgʼraladi, urugʼlari olib tashlanadi va goʼshtqiymalagichdan
oʼtkaziladi. Olingan qiymaga 2 osh qoshiq asal aralashtiri
ladi. Uy haroratida bir kecha-kunduz shisha idishda tindiriladi, soʼng muzlatgichga qoʼyiladi. Kunda 2-3 mahal 1 oshqoshiqdan choy bilan ichiladi.

Yarimta limonni archib, toʼgʼraladi, 1 stakan archa bargli nastoyka solinadi (1 oshqoshiq ninabargni 1 stakan qaynatilgan suvga solib, 1 soat damlanadi, suzgʼichdan oʼtkaziladi) va
ertalabki nahorda nonushtagacha va nonushtadan soʼng 1 soat
oʼtib ichiladi. Muolaja 3-4 oy davom ettiriladi. Koʼk choy
ham insulыga duchor boʼlgan bemorlarga yaxshi samara beradi. Choy ichayotganda bosimni kuzatib turish kerak!

инсульт даволаш

Insultda Xalq tabobati retseptlari (surtmalar)

 

Xalqimiz azaldan insulьt boʼlganda tez yordam sifatida boshga
muzli pufak qoʼyishgan, uni badanning falaj boʼlgan tomoniga qarama-qarshi tomondan qoʼyiladi.

Shol boʼlgan oyoqlarga kuniga bir necha marta har qanday uchuvchan surtma surtgan foydali (1 miqdor oʼsimlik moyi aralashtirish mumkin). Koʼpincha shu maqsadda efirdan foydalanishadi, biroq uni qoʼllayotganda efir tez yonuvchan ekanini unutmaslik kerak.

Lavr yaprogʼi 30 gr tuyilib, 1 stakan oʼsimlik yogʼiga solinadi va har kuni silkitib-silkitib, 2 oy davomida issiq
joyda saqlanadi. Suzgʼichdan oʼtkazilib, qaynash darajasida qizdiriladi. Har kuni falaj boʼlgan joylarga surtiladi.

Surtma: dafna yaprogʼi kukuni 6 miqdor, mojjevelьnik (paxta, qayin, archa) barglari 1 miqdor, sariyogʼ 12 miqdor.
Falaj boʼlgan joylarga kuniga 2 martadan surtiladi.

Jigarrang naʼmatak. Uning ildizi qaynatmasiga falajboʼlgan
joy vanna qilinadi. Bemor tuzalayotgan tiklanish davrida
kunora vanna qilinadi. Muolaja muddati 20-30 vanna.
Suv harorati 37-38°S boʼlishi kerak.

(Visited 655 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment
error: Content is protected !!