moda almashinuvi buzilishi kasalliklarining patafiziologiyasi

Maqsad:  Talabalarga qandli diabet  va podagra kasklliklarga olib keluvchi sabab va sharoitlar xamda rivojlanish mexanizmlari haqida yo’naltiruvchi bilimlar berish.

 

Muhokama qilinadigan savollar:

  1. Qandli diabet ta’rifi,muammosi.
  2. Qandli diabetning etiologiyasi
  3. Oshqozon osti bezining endokrin funktsiyasining buzilishi
  4. Oshqozon osti bezi funktsiyasining buzilishining tipik shakillari                                                         va  patogenezi
  5. Qandli diabetning tiplari
  6. Podagra. Tarifi, muammosi, tarixi va statistikasi
  7. Podagraning turlari, etiologiyasi va patogenezi
  8. Podagra klinik belgilarining patoginezi

 

Qandli diabet.

Qandli diabet  –insulinning etishmovchiligi yoki uning aktivligini pasaytiruvchi omillarning ko’proq bo’lishi bilan bog’liq kasallikdir.

Diabet moddalar,avvalo karbonsuvlar ,lipidlar almashinuvining buzilishi, ketatsidoz,buyrak kapilyaarlarini,to’r parda, periferik nervlar shikastlanishi va rivojlanib boruvchi aterotsikleroz bilan xarakterlanadi. (VOZ,1980)

 

Tarqalishi bo’yincha qandli diabet aholining 2-4% da uchrab, keksa yoshdagilarda 20-30% ni tashkil etishi mumkin.

Diabetning asosiy ko’rinishlari: polidipsiya, polifagiya,  gipergilekimiya,  gulukozuriya.

Qandli diabetning etiologiyasi vapatogenezi haqidagi ma’lumot hayvonlarda tajribalarda olingan. Mering va Minkovskiy (1889) oshqozon osti bezining butunlay yoki 9G’10 qismini olib tashlab, diabetning birinchi ekispremental modelini olganlar. Ekispremental diabetning bunday shakliga kasallikning asosiy begilarining mavjudligi etishmovchiligidan emas, balki ovqatni hazm qiluvchi fermentlarning tanqisligidan azob chekkan.

Qandli diabetning keng tarqalgan nusxasi bo’lib, faqat butta hujayralarni tanlab shikastlovchi  alloksan yuborib chaqiriladigani hisoblanadi. Bunda insulin etishmovchiligi yuzaga keladi.

Ditizon yuborilsa, insulinni depoga to’plashva sekrettsiyasida qatnashuvchi ruxni biriktirib olishbilan bog’liq model yuzaga keladi.

Qandli diabetning modelini insulinga qarshi antitelalar yordamida ham olish mumkin. Bunday diabed ham aktiv, ham passiv

immunizatsiya qilinganda kelib chiqadi.

Ekispremental diabetning barcha modellari shuni ko’rsatadiki,

bu kasallikning asosida absolyut nisbatan insulinning etishmovchiligi yotadi.

Etiologiya. Qandli diabetning sababi insulin etishmovchili gidir.U pankriatik, ya’ni insulinning biosintezi va ajralishi bilan bog’liq yoki pankreatik bo’llmagan, ya’ni pankreatik orolchalardan insulinning  normal ajralishi sharoitida bo’lishi mumkin.

 

Insulin etishmovchiligi genetik yoki orttirilgan omillar bilan bog’liq bo’lishi mumkin.

Insulin etishmovchiligiga oshqozon osti bezidagi destruktiv jarayonlar, o’smalar, kistalar, travmalar, yallig’lanish jarayoni natijasida orolchalarning butinligi buzilishiga olibkeladi.

Bunday holat qizilcha (skrlatina) ,ko’kyo’tal,epidemik karotit, grip,angina, saramas, zaxm, sil kasalliklarida orolchalarning infektsion shikastlanishidan yuzaga keladi.

Orolchalar shikastlanishi insulinga yoki betta hujayralarga immun reaktsiyalarda yuzaga keladi.  Betta hujayralarga nisbatan nitrozaminlar , streptozototsin, diuretiklar, betta adrenergetiklar, kortikotropinlar tsittoksik xususiyatga egadirlar.

Pankreatit bo’lmagan (nisbatan) etishmovchiligi insulin ning ta’sirini sustlashtiruvchi yoki uning katabolizmini tezlashtiruvchi ommillarpaydo bo’lganda kelib chiqadi. Bularga

misol  qilib, kontirinsulyar gormonlarni ko’p ishlab chiqarilishini olish mumkin. Qandli diabetda glyukagonning sekretsiyasi hatto yuqori glikemiyada ham davom etadi, bu esa glyukozoretseptorlardagi nuqsonlar bilan bog’liq.

Insulinning inaktivatsiyasi jigar kasalliklarida kuzatilib, insulinazaning faollashishi bilan bog’liq. Qonga proteoletik fermentlarning o’tishi bilan kuzatiluvchi surinka li yallig’lanish jarayonlari (EHYoK) insulinning aktivligini

pasayishiga olib keladi.

Endogen insulinga antitelalar insulinning oqsillar sintezini genetik buzilishlari, betta g’ujayralarning genetik mutatsiyasi bilanbog’liq struktur o’zgarishlarida hosil bo’ladilar.      Insulin etishmovchiligiga insulinni qon zardobidagi uni tashuvchi oqsillardan ajratuvchi fermentlarning bo’lmasligi, insulinnng antagonisti (sinalbumin)sabab bo’lishi mumkin. U insulinning nishon hujayralari membranasidagi rettseptorlari bilan bog’lanib gormonning nisbatan etishmovchiligiga olib keladi.

Kasallikning kelib chiqishi retseptorlarning holatiga bog’liq bo’lishi mumkin. Qandli diabetda retseptorlar soni kamayadi ularning insulinga yaqinligi kamyadi, insulinni retseptorlar bilan bog’lanishiga to’sqinlik qiluvchi antitelolar hosil bo’lishi mumkin.

Kam harakatlik ,ko’p ovqatlanish, semirish insulinga turg’unlikni orttirishi mumkin bo’lib, bu nishon hujayralardagi insulinni retseptorlarining kamayishi bilan bog’liq bo’lishi mumkin.

Diabetning  etiologiyasida genetik omillarning tutgan o’rnini oilalarda,bazan 3-4 avlodda uchraydigan diabet bilin tasdiqlash mumkin.

 

Oshqozon osti bezining endokrin funktsiyasining buzilishi.

Oshqozon osti bezining ichki sekretor qismi uning orolchalarida to’plangan bo’lib, ular bezning 1.5% hajmini tashkil qilib, 4 xil hujayralardan tashkil topgan: asosiy qismi betta hujayralar (60-80) ,ular insulin gormonini ishlab chiqaradlar. Orlcha hujayralarining 20% alfa hujayralar bo’lib ular gulikagon ishlab chiqaradilar. Ozgina qismini pankratik gastirin ishlab chiqaruvchi gamma hujayralar va delta hujayralar tashkil qiladi. Oxirgi vaqtlarda atsinar hujayralar orasida APUD- sistemasiga tegishli ,pankreatik polipeptid ishlab chiqaruvchi endokrin hujayralarning yana bir turi aniqlangan.

 

Insulin fizologo-bioximik jarayonlarda birinchi darajali ahamiyatli polipeptid bo’lib ,molikulyar og’irligi 800 ga yaqin, 2 ta chiziqli zanjirdan tashkil topgan: a-21 ta amino kislotali va betta zanjiri 30 ta aminokislotali. Bu zanjirlar 2 ta bisulfid (S-S) ko’prikchalar bilan bog’langanlar. Hozirgi fikirlashga ko’ra, boshlanishida aminokislotalarning bitta zanjiri sintez qilinib ,keyinchalik molekulaning buralishi va bisulfid aloqalar hosil bo’lishi bilan 33 ta aminokislotadan tashkil topgan. Bu jarayonda bog’lovchi S-peptid va bog’lovchi zanjirlar AvaV- bu proinsulin, molekulyar og’irligi 9000. Proinsulin insulinning 10% biolgik aktivligiga ega. S-peptid betta hujayralarning donachalarida insulinning sekretsiyasidan oldin undan ajraladi. A vaV zanjirlarning ajralib ketishlari insulinning to’liq inktivatsiyasiga olib keladi.

Aniqlashlarga ko’ra , plazmada insulinning molekuyar massasi 150.000polimerlari hosil ,bu uning spetsifik xususiyatlarini yo’qolishiga olb kelmaydi.

Insulinning ta’siri o’ta kopleksli va qator a’zolar va to’qimalarni o’z ichiga olib, turli metabolik jarayonlar va struktur boskichlarga oiddir. Insulinning eng muxim vazifasi glyukozaning sarflashni boshkarish bulib bu ayniksa, jigar, muskul va yog tukimalarida kuzga tashlanadi.

Bu xususida bosh miya, jinsiy bezlar va ayrim boshkalar glyukozani insulin yordamisiz istemol kilishlari mumkin.

Insulin bilan boglik tukimalarda insulin glyukozaning xujayraga transport kilinishi, uni fosforlanishini undan glikogenni sintez kilinishini (glyukoneogenez), yoglarni xosil bulishi(lipogenez) va uni tuplanishini (glyukozaning metabolizmini oralik moddalari atsetil KoAni yog kislotalaiga aylanishi, ularni alfa- glitserofosfat bilan eterifikatsiyasi va saklanishiga yordam beradilar) ragbatlantiradi.

Insulin glikogenolizni tormizlaydi, atsetil KoA va b. Biriktirish yuli bilan Krebs tsiklini normal kechishiga yordam beradi.Insulin lipazaning aktivligini sekinlashtirib boshka gormonlar-adrenalin, glyukogonlarning lipolitik tasiriga karshilik kursatadi.oqsil almashnuviga insulin anabolik ta’sir ko’rsatadi, amino kislotalarni hujoyraga o’tishini osonlashtiradi va RNK sintezini kuchaytirsa kerak. Bunda insulinning glikoneogenezni tormozlash xususiyati ham ahamiyatli .

Umuman olganda insulin unversal umumanbolik garmondir.

Insulinning hujayra ichidagi ta’sirini mexanizmi kamida 4 xil yo’l bilan amlga oshiriladi:

  1. A) hujayra fermentlarini aktavlash yoki tormozlash
  2. B) glyukoza va aminokislotalar trans portini aktivlashtirish
  3. V) RNK sintezi va proteo sintezga ta’sir ko’rsatish
  4. G) hujyra adenintsiklazasini susaytirish va hujayra ichida Ts-AMFni kamytirish

Bu mexanizmlarda har biri insulin ta’sirining faqat ayrim tomonlarini aks ettiradi.

Masalan , gepatotsitlardagi spetsifik retseptorlari  bilan munosabatdan so’ng glyukoza va aminokislotalarning hujayraga transporti aktivlanadi va insulin jigarning muhim ahamiyatli fermentlari, jumladan : glyukokinaza , fosfo furikto kinaza va piruvatkinazalarning sintezini rag’batlantiradi. Insulin aminokislotalarning-gepatotsitdan o’tishidan tashqari proteosinteziga yordam qiladi, bu vaqtda hujyrada tsiklik AMF miqdori kamayishi mumkin-fosfadiesteraza aktivligi kuchayadi, bu esa ATF hosil bo’lishi yoki tsiklik shakilga o’tishini tormozlaydi.

Insulinning sekretsiyasini idora qilish oddiy qaytarma munosabatlar asosida olib borilib, u glikemiyaning darajasiga bog’liqdir. Qonda gyukoza miqdori ko’payganda- giper glikemiyada insulinning sekretsiyasi kuchayib, aksincha,  gipoglekemiyada u pasayadi. Shuni aytish kerakki , betta hujayralarga xemoretseptsiya va effektorlar xususiyati xosdir. Bunga STG, steroidlar ,katexolaminlar, shuningdek , glyukagon , shuningdek kalmodulin bilan birikkan kaltsiy ionlarining modulyatsiya qilish ta’tsiri qo’shiladi. Insulinning sekretsiyasiga vositali ravishda adashgan nerv ham ta’sir qiladi. Glyukagon langergans orolcholarining alfa hujayralarida hosil qilinib, insulinga o’xshash polipeptid bo’lib, 29 ta amino kislotalardan tashkil topgan, qonda erkin ,ya’ni oqsillar bilan bog’lanmagan holda tsirkulyatsiyada bo’ladi. Uning metabolik parchalanishi jigarda boradi.

Glyukagonning ta’sir ko’rsatishi insulin bilan taqqoslansa sodda va ko’proq adrenalinnikiga o’xshash . glyukagon qonda glyukoza miqdorini ko’taradi, jigarda amnokislotalardan glyukoneogenezni rag’batlantiradi.

Kuchli lipolitikta’sirga ega bo’lib insulin sintezini kuchaytiradi.

Nishon hujayralarining( asosan jigarda) plazmatik membranalarini spetsifik retseptorlariga o’rnashib olib , shu orqali hujayralarda Ts-AMF miqdorini orttiradi. Ts-AMF bo’lsa , jigardagi distonlarning fosforlanishini kataliz qiluvchi prteinkinazani aktivlashtiradi. Shunday qilib glyukagon jigarda fermentlar sintezida qatnashadi.

 

Glyukagonning lipolitik ta’siri o’sha mexanizm bilan bog’liq.yog’ to’qimasining g’ujayrasida katoxolaminlar, AKTG va glyukagon uchun maxsus retseptorlar bor deb hisoblanadi.

Glyukagonning sekretsiyasini etakchi idora qiluvchi omil qondagi glyukoza miqdori bo’lib , insulinga qaraganda qarama-qarshi ta’sir bilan farqlanadi.

Insulinning yuqori sekretsiyasi mahalliy regulyator mexanizmlariga asosan (langergans orollari miqyosida) glyukagonning sekretsiyasini pasaytiradi

Oshqozon osti bezi ning funktsiyalarini buzilishini tipik shakillariga quyidagilar kiradi:

  1. gipoinsulinizm-uning tanqisligi yoki uning ta’sirini amalga oshirilishini buzilishi endokrin tizmning patologiyasining keng tarkalgan shakillaridan biri bo’lmish – qandli diabedning kelib chiqishi varivojlanishining asoratlaridan biri hisoblanadm.

Bu kasallikning borgansari ko’p uchramoqda. 70 yoshdagi odamlarning taxminan yarmida uning yashrin farmasi aniqlanadi.

Qandli diabetning(diabetis-teshib o’tish, mellitus-asab) etiologiya si va patogenezi masalalari murakkab, ko’p komponentli va oxiri gacha o’rganilmagan.  Kasallik va uning mohiyati shirin modda tutgan ko’p siydik ajratish qadim zamonlarda aniqlangan.Faqat XV I I I  asirning oxirida X IX asirningboshlarida ung rivojlanishida oshqozon osti bezining  o’rintutgan ligi haqida birinchi ma’lumotlar  (Mering Minkovskiy) olingan bo’lib , va faqat XX asr boshlarida  oshqozon osti bezidan insulin olingan.

XX  asrning o’rtalarida insulin  malekulasi aniqlangan va sun’iy insulin sintezlangan.

 

Qandli diabetning asosida pirovardida insulin etishmovchiligini – gipoinsulinizm yotishligi, uning turli etialogiyasi bulishi va turli potogenetik mexanizlar orkali rivojlanish mumkinligi aniklanganyu Masalan, kandli diabet birlamchi absolyut insulin etishmovchiligida kelib chikishi mumkin, yani betta xujayralarda gormonning sinteziva sekretsiya kilinishining buzilishidan. Bunga betta xujayralarni shikastlovchi turliomillar (20-40% bemorlada), usmalar(8-10% bemorlarda) sabab bilishi mumkin. Kasallik ichakda temir moddasining surilishini kuchayishi va uni turli tukimalarda tuplanishibilan tavsiflanuvchi irsiy kasalliklar- gemoxromatozda uchraydi.

Oshkozon osti bezining shikastlanishiga kaltsifikatsiya. Tomirlar sklerozi, infektsion jarayon, kistalar va boshkalar sabab bulishi mumkin.Oxirgi vaktda betta xujayralarni shikastlanishiningspetsifik autoimmunmexanizmlarga aloxida axmiyat karatiladi, bunda birlamchi sabab virusli va ayrim toksik tasirotlar bulishi mumkin. Bularning asosida betta xujayralarning antigen o retseptorlariga va insulinning uziga karshixususiyatining uzgarishi yotadi.va ushbu xujayra strukturalariga autoantitanalar ishlab chikarish mexanizmlari yotadi.

 

Kator xollarda kasallikning rivojlanishida irsiy olillarning

tutgan urni va axamiyati kuzga tashlanadiki, genetik omillar bilan boglik uzgarishlarning pirovardida insulin etishmovchiligiga va kandli diabnt rivojlanishiga olib keluvchi turli variantlari bulishi mumkin. Genetik uzgarishlar insulinning biosintezi ni, molekulyar strukturasini buzilishi spetsifik aktivligini yukolishi, atsetiltsiklaza sistemasida buzilishlar va boshkalar bilan boglik bulishi mumkin.

Bemorlarning ma’lum gurixini insulinning sintezi, sekretsiyasi etarli, normal mikdorda sifatli insulini kandli diabet bilankasallanganlar tashkil kiladi, ularda insulining ta’siri nishon-xujayraldarga etib bormaydi yoki bu insulinni jigarda ushlanib kolinishi va inaktivatsiyasini kuchayishi uning ingibitori  xosil bulishi, “kontrainsulyar gorlonlar” kontsentratsiyasining ortishi,  transport qilinishining buzilishi, insulinga qarshi autoantitelalarning hosil bo’lishi kapilyarlarning bazal membranasi kalinlashib insulinni chiqarishga qarshilik ko’rsatishi bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Bu keltirilgan sabablarni betta hujayralar bilan bog’liq emas, deyish mumkin.

 

Yuqoridagilarga asoslanib qandli diabetni absolyut (insulinga bog’liq) va nisbatan (insulinga bog’liq bo’lmagan)shakkillarda bo’lishi qabul qilingan.uchinchisi , qachonki periferiyaninginsulinga sezgirligi pasayganda . oxirgi vaqtlarda bu shaklni alohida guruhga kiritiladi-recheptorlarni sezgirligini buzilishi bilan bog’liq   qandli diabetning insulin rezistentli guruhi.

Qandli diabetning bu guruhlari quyidagicha kelib chiqishi mumkin: insulinning retsertorlarida miqdoriy etishmaslikdan .

 

Demak , qandli diabetning sabablari varivojlanish mexanizmlari turli bo’lib, turli zvenolardagi defektlar bilan,biosintezdan boshlanib, to ta’sirni amalga oshirilishi va insulinni metabolizmigacha bog’liq.

Shuni ta’kidlab o’tish kerakki , hozirgi vaqtgacha qandli diabetniturli kretoriya larga asoslanib, har xil tasniflangan. Hozirgi vaqtda Jahon Sog’liqni Saqlash Jamiyati (VOZ) tavsiyasiga asosan qandli diabet 2ta: 1 va 11 ga bo’linadi .

Tip 1-insulinga bog’liq yoki insulinopatik tip , insulinning betta hujayralarida biosintezi va sekretsiyasining buzilishidan kelib chiqadi. Bunda bemorlarning qonida hatto glyukoza yuborilganda ham insulin miqdori ko’tarilmaydi. Bu qandli diabetning og’ir formasi bo’lib yoshlarda ko’praq usraydi (eski ko’hna tasnif bo’yisa –yuvenil diabet)va ma’lum miqiqdorda semiz bo’lmagan kattalarni shikastlaydi.Bu kkasallik xozirgi vaktda rivojlanishida irsiy omil muxim urinni tutgan autoimmun tabiatli kasallik deb kuriladiyo

Tip 2 insulinga boglik bulmagan yoki insulinopletorik kandli diabet deyiladi. Bu gurux bemorlar konida insulin mikdori normadava xatto biroz undan baland bulib, giperglikemiyaga reaktsiya saklanadi. Diabetning ushbu tipi xujayralarning insulinga nisbatansezgirligining yukolishi bilan boglik bulib, aslida gipoinsulinizmningperiferik shakllariga tugri keladi.

Ushbu tasniflashningma’lum darajada amaliy axamiyati bulishiga karamay, tula, xar tomonlama koniktiruvchi deb xisoblash mumkin emas, chuunki kasallikni unga batomom mos kelmaydiganturli(gormonal regulyatsiyaning oralik zvenolarida buzilishlar, beta xujayralarning birlamchi shikastlanishi va b.) mavju.

Bu tasnif diabet oldi, diabetning subtsiklik shakllari va boshkalarni uz ichiga olmay, ularning kurinishlarining mexanizmlarini ochib berishga imkoniyat bermaydi.

“Insulinga boglik bulmagan diabet” va boshkalar tushunchasining uzi xam ma’lum shubxa tugdiradi.

Kelib chikish tiplarga karamay, diabet avvalo kup va xar turli metabolik, fizioligik va struktur uzgarishlar bilan tavsiflanadi.Ulardan bir kismi insulinni bevosita metabolik tasirining buzilishi, boshkalar esa bu uzgarishlarning natijasi bulib, ikkilamchi xolatda yuzaga keladi.

 

Shuni takidlab utish kerakki bulardan ayrimlari (giperglikemiya, glyukozauriya va ular bilan boglik uzgarishlar) insulinning tasirining nuksonlariga spetsifikdir.

Kandli diabetning xoxlagan shakliga xos kardial kursatgichgiperglikemiya xisoblanadiBuning asosiy sababi glyukozaning tukimalarda sarflanishining kamayishi, uning xujayralarga trasport kilinishini, fosforlanishini buzilishi, glyukogenga aylanishini va jigar xam muskullardadepolarga tuplanmasligi. Yoglarga aylanishi, uchkarbon kislotalar tsikliga va pentozomonofosfat shuntiga kushilishining buzilishlari xisoblanadi.

Giperglikemichning boshka muxim zvenosi glikoneogenez jarayonida oksillardan glyukoza xosil bulishi va uchinchidan glikoneolizning kuchayishidir.

Kandli diabetning ikkinchi kardial belgisi glyukozuriya. Normada soglom odamlarning siydigida glyukoza bulmaydi, vaktincha bulishi mumkin, karbonsuvlar kup istemol kilinganda va psixoemotsional xamda jismoniy xolatlarda.

Soglom odamlarda sutkada buyrak koptokchalari orkali150 gr ga yakin glyukoza filtrlanadi va deyarli xammasi kanalchalarda konga kayta suriladi.Kandli diabet bilan kasallanganda esa, 300-600 gr. Va undan ortik filtirlanadi, Tabiy, kayta surilishga ulgurmaydivafiltirlangan glyukozaning bir kismi -50-300 gr. Tushunarliki, uzok vaktda xaddan tashkari kup mikdorda glyukozani reabsobtsiya kilish ferment faoliyatini toliktiribpirovardida gyukozauriyaning kuchayishiga olib keladi.Bu birlamchi siydikda glyukozaning kup bulishi xisobiga va umumiy osmotik bosimi oshishiga boglik.

Kandli diabetning uchinchi kardial belgisi – poliuriya. Agar normada sutkali diurez 1500-2000 il bulsa, diabetda uning mikdori 3000-10000 ml va undan xam kup bulishi mumkin. Mexanizmida giperglikemiya va glyukozuriya bilan boglik osmotik uzgarishlarning urni bor. Bunda siydik bilan ortik buzilgan oksil almashinuvining maxsulotlari, keton tanachalari, natriy va boshkalar chikaziladi.

Giperketonemiya- kandli diabntga xos belgidir. Normada konda keton tanachalar (atsetosirka kislotasi, betta oksiyog kislotasi, atseton va b.) oz mtkdorda bulib, kandli diabetda ularning mikdori ancha kupayadi va bu jigadan, oksidlanish joyidan chikish joyining kuchayishi bilan boglik. Ularning oksidlanish jarayonidan kup mikdorda atsetil KoA xosil bulib, u insulin etishmasligi tufayli etarli oksidlanmay, kup mikdordaketon tanachalarga aylanadi.

Ketonuriya- agar normada keton tanachalarisiydik bilan juda oz mikdorda “iz”  xolida chikarilsa, kandli diabetda chikarilishi bir necha barobar kup bkladi. Ketonuriya kasalligining ogirligining kuchayganidan dalolat beradi.

Giperazotemiya- oksillar katabolizmini kuchayishi, dezaminlanish va glyukoneogenez jarayonlari, ammiak, Karbamid (mochavina) va boshka azot tutuvchi moddalarning kup xosil bulishi va ularning konga utishi natijasidir.

Giperlipidemiya- normada soglom odamlarda lipidlarning kondagi umumiy mikdori 0,8-1 mg% bulib, diabetda5-10%va undan xam yukori bulishi mumkin. Giperlipidemiyaning sabablari jigarda lipolizni va keton tanachalardanxolesterinning sintnzini kuchayishi, periferiyada yoglarning sarflanishini- buning uchun karbonsuvlar almashiinuvi normal yulda ketishi kerak, lipoprlteidlipazaning sintezining pasayishi, eterifikatsiyalanmagan yog kislotalarini muskul va boshka tukimalarga insulin ishtiroki bulmaganligi sababli utishini kiyinlashtiradi.

Giperlaktatsidemiya- kandli diabetda konda sut kislotasining mikdori normadagiga karaganda 1,5-2,5 marta kupayadi.Bunga sabab, undan glkogenni resintez kilinishini buzilishi, Krebs tsiklinida metabolizmining buzilishiva b. Natijasida turli tukimalardan konga utishini kuchayishi.

Polidipsiya – diabetda kup chankash poliuriya natijasida organizm suvsizlanish, konda giperosmiya va b. Bilan boglik.

Kandli diabetda uning asoratlariga aloxida etibor karatiladi.

Bular ichida eng axamiyatlari: diabetik makro va mikroangiopatiya, neyropatiya vanefropatiyalardir. Ayrim omillar ularni kuprok asoratemas, balki kasallini boshidan birgalikda kechadigan kurinishlar deb xisoblaydilar.

Bunday uzgarishlarning asosida karbonsuvlar, lipidlar, oqsillar va modda almashinuvining boshqa turlaridagi ko’p turli buzilishlar yotadi.

 

Gulikozaning ortiqchasi glyukoproteidlarda karbonsuv kamponentini oshirib ularning qon tomirdagi sutrukturasini o’zgartirib, bazal membranasini qalinlashtirib mikroangiopatiya rivojlanishiga olib keladi. Glyukozaning metabolizmini normal yo’llariining buzilishi glyukozaning sorbitga aylanishiga olib keladi. Bu esa ko’z gavhari vanerv hujayralari to’qimalarida to’planib , kkatrakta va diabetik neyropatiya rivojlanishiga olib keladi.

Glyukozaning ortiqchasi oqsillarni glyukozolanishiga va ularning  xususiyatlarini o’zgarishiga (masalan, gemoglabinni glikozillanishi)  olib kiladi, oqsil –lipid modda almashinu vining buzilishi provardida mikroangiopatiya va tomirlar aterosikleroziga olib keladi .

Giper insulinizm oshqozon osti bezining endokrin funktsiyasini shali bo’lib, kam uchrab , sababi o’sma jarayonidir. O’sma betta hujayralar –insulinomadan , kartsinomadan rivojlanib ko’p miqdorda insulin sintez qiladi. Giper insulinizmning asosiy ko’rinishi o’tkir gipoglekemiya sindromi bo’lib, o’ta og’ir holt gipoglekemik komaga olib kelishi mumkin.

 

                         PODAGRA

Bu kasallik purinlar almashinuvining buzilishidan kelib chiqadi, qonda siydik kislotasining miqdorini oshishi va urietlarni to’qimalarda yig’ilishiga olib keladi.

Ma’lumki , nuklein kislotalarining polimerlaridan iboratdir. Nukleotidlarning 3 tarkibiy qismi bor: asosi (purin yoki pirimidin ), pentoza va fasfat kislotasi. Purin asoslariga adenin va guanin kiradi. Pirimidin asoslari uratsil, timinva tsitozindir.

Mono-, di-, trifosfonukleotidlarga AMF, ADF, GMF, GDF, GTF lar kiradi.

Nukleotidlarning ahamiyati. ATF organizmda energiya uzgarishlarida muxim rol uynaydi. Adenilat kislota koldiklari NAD, RADF, FAD, KoAlar kofermentlar tarkibiga airadi.Tsiklik AMF va GMFlar xujayra ichidagi effektor sistemalarga gormonal xamda boshka signallarni utkazishda vositassh nisoblanadi. Organizmning xamma xujayralari nukleotidlarni sintezlay oladi. Nukletidlarni uzgarishi natijasida tukimalarda tinmay adenin va guanin xosil bulib turadi. Ular yana nukleotidlar sinteziga ishlatilishi mumkin.Purin va nukleotidlarning katabolizmi natijasida  AMFdan gipoksantin, GAFdan ksantin xosil buladi. Ularning purin yadrosidan esa siydik kislotasi (urat kislotasi) xosil buladi.

Tarixi. 1683 yilda Sindegam birinchi bultb, bu kasallikni klinik belgilarini yozgan. 1848 yilda Garrand podagrani konda siydik kislotasini oshishi bilan boglikligini kursatib utdi.1889 yil Freyd Valter bu kasalliklarning bugin suyukliklarida uratlarning tuzlarini topdi.

Statistika malumotlariga karaganda, katta yoshdagi axolini 0,04-0,37%  shu kasallikka duchor bular ekan. Bu kasallik bilan asosan erkaklar(93-98) ogrib kupincha 35-50 yoshdan boshlanadi.

Revmatoid ogriklarning 0,1-5,8% podagra bilan boglikdir.

Podagraning birlamchi va ikkilamchi turlarining etiologiyasi va patogenezi. Birlamchi podagra aloxida kasallik bulib, uning sabablari:

-siydik kislotasini xosil bulishida katnashuvchi fermentlarning aktivligining buzilishi;

-uratlarni siydikbilan chikarish mexanizmlarini buzilishi;

-irsiy faktorlar, chunki 1G’3 kasallarning karindosh-uruglarida podagra uchraydi, xamda asosan erkaklar ogriydi.

Ikkilamchi podagra boshka kasalliklarning kurinishlaridan biri ayrim dori-darmonlarning kullanilishining okibati bulishi mumkin. Sabablari:

-nuklen kislotalariniintensiv almashinuvi (masalan, mieloleykozlarda, gemoglabinopatiyalarda, sporiazda);

-tsitotasik dorilar tasirida nukleoproteidlarni parchala-nishi;

-surunkali buyrak etishmovchiligida uratlarni siydik bilan chikishini sekinlashishi.

Patogenezi. Podagraning rivojlanishi asosida giperurik-emiya yotadi. Normada konda uratlarni mikdori ayollarda 6mg%, erkaklarda esa 7mg% ni tashkil kiladi. Shuni takidlash kerakki, bu mikdordagi siydik kislotasining mikdori –kontsentratsiyasi suvdagi tuyingan eritmadagiga karaganda, kuprokdir. Bu shunga boglikki, siydik kislotasining bir kismi oksillar va konning boshka bazi tarkibiy kismlari bilan birikkandir.

 

Kon va tukimalarda siydik kislotasining mikdori ozrok kutarilsa xam, (90mg%) uning kristallari xosil buladi. 90% odamlarda podagraning klinik belgilari yuzaga keladi.

Podagraning rivojlanishi asosiy mexanizlaridan biri purin asoslarini sintezini va parchalanishini oshishi natijasida uning metabolik formasini yuzaga keladi. Siydik kislotasini oshib ketishini buzilishi natijasida podagraning buyrak formasi rivojlanadi.

Podagrani rivojlanishiga olib keluvchi kushimcha omillar:

  1. Siydik kislotasini kristallanishiga olib keluvchi omillarga tukimalarda kiyin eriydigan siydik kislotani tuzlarini kupayishi, tukimalar rNini nordonligi xamda glutamin bilan boglangan siydik kislota birikmalarini kupayishlari kiradi.
  2. Ekzogen omillarga purinlarga boy ozik moddalarni (gusht, dukakli don maxsulotlari) kup istemol kilish.

Klinik belgilarining patogenezi.

  1. Mayda buginlarni, ayniksa, oyok bosh barmogini kayta-kayta yalliglanishi bugin bushligiga uratlarni yigilishidan boshlanadi. Uratlarni mikrokristallarinishikastlovchi tasiridan Xageman faktori komponentlarining komponentining komponentlari aktivligi ortishi natijasida tomirlar utkazuvchanligini ortadi. Natijada bu erga neytrofillarni kelishi kupayadi. Bu kristallarni fagatsitozlanishi lizasomal fermentlarni ajralishi bilan boradi. Natijada, ikkilamchi alteratsiya kuchayib, yalliglanish rivojlanadi.
  2. Podagra tugunlari mayda buginlar, paylar, togaylar va terida buladi. Tofus ustidagi teri emirilib undagi uratlar kukini tukilib turadi.
  3. Yurak etishmovchiligini rivojlanishi. Uzok vakt davom etadigan giperurikemiya natijasida buyrak etishmovchiligi kelib chikadi.
  4. Siydik tosh kasalliklarida – urolitiazda asosiy potogenetik rolni

siydik bilan siydik kislotasini kup chikishi uynaydi.

(Visited 1 361 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment
error: Content is protected !!