Insult

Insult
Har yili yuz minglab odamlar insultning hurboni bo’lishadi. Bu xastalikni keksalik “imtiyozi” hisoblashadi. Ammo keyingi yillarda undan yoshlar ham aziyat chekishmohda. Misol uchun: bir necha yil oldin tanihli aktrisa insultga duchor bo’ldi, u bor-yo’g’i 30 yoshda edi.

Miyasiga qon borishi kamaygan yoki butunlay to’xtab qolgan kisqilar insult hurboniga aylanishmohda. Qachonki miyaning ma’lum qismi va asab hujayralari kislorod va oziqlanishdan mahrum bo’lsa, ular ishlay olmaydi, ushbu asab hujayralari nazorat qiladigan tana qismi esa falajlanib qoladi.

Bunday falaj natijasi miyaning jiddiy shikastlanganishining hajmiga bog’liq. Insult o’limga olib kelishi, inson tanasining bir tomoni yoki ma’lum bir qismi falajlanishi; “engil” insult esa nuthning buzilishi, ho’l-o- yohlar harakatining hiyinlashishi va xotiraning yo’qolishini keltirib chiharishi mumkin.

Insultdan keyin shikastlangan joylardagi hujayralar tiklanishi mumkin. Ba’zan ularning vazifasini miyaning boshqa hujayralari o’z zimmasiga oladi. Ayrim bemorlarda hech bo’lmaganda hisman tiklanishi uchun ancha vaqt talab qilinadigan shikastlanishlar bo’ladi.

Falaj bo’lgan kishiga tezroh yordam berish, uning hayotiy faoliyatini imkon qadar tezroh yo’lga qo’yish uchun ovqatlanishi va jismoniy mannq bilan shug’ullanishiga e’tibor berish kerak. Harakatsizlik qon aylanishini yomonlashtiradi va bemorning tiklanishini qiyinlashtiradi.

Odatda insult yurak xurujidan boshlanadi. Arteriyalar xolesterin va turli me’danlarning qoldiqlari bilan to’ladi, bu qonning erkin aylanishiga to’sqinlik qiladi. Qon ushbu shamollagan va toraygan arteriyalardan o’tar ekan, quyqalar hosil bo’ladi. Qachonki bunday quyqalar arteriyaning devorlaridan uzilar ekan, u qon oqimiga tushadi va natijada tomirlardagi qon oqimini butunlay to’sib qo’yishi mumkin.

Agar yurak mushaklari oziqlanadigan hayotiy eng muhim arteriyalar to’sib qo’yilsa, ‘buning oqibati yurak xurujiga olib keladi. Agar bu jarayon bosh miya arteriyalarida sodir bo’lsa, unda insult yuzaga keladi.

(Visited 3 093 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
error: Content is protected !!