Homila jinsini aniqlash kerakli maslahatlar
Inson homiladorligi – (lot. graviditas) – ayolni umumiy holati. Homiladorlik erkak va ayolni hujayralarini birlashib matka devoriga yopishishi tushuniladi. Keyin esa 46 ta xromosomadan iborat zigota shakllanadi. Bolani jinsi, jinsiy xromosamalarga (XX yoki XY) bog’liq bo’ladi. Tuhum xujayralari X xromosomani tashiydi, spermatozoitlar esa X yoki U ni. X xromosomadan – qiz farzand, U xromosomadan esa o’g’il farzand dunyog keladi. Birinchi uch oyilikda esa bolani hamma organlari rivojlanadi.
Homilador bo’lishni rejalashtirish
Homiladorlikni rejalashtirishda eng asosiysi ovuliyattsiya kunini aniqlash kerak bo’ladi. Chunki ovuliyatsiya kuni o’tib ketsa tuhum xujayralari urug’lanmagani halok bo’ladi. Mentruatsiya tsiklida oyida 2-3 kun ovulitsiya kuni bo’ladi halos. Homilador bo’lishni eng aniq bo’ladigani – bu ovuliatsiya oldi va ovuliatsiya kuni hisoblanadi.
Homiladorlik belgilari
Homiladorlikni aniqlash va necha havftaligini faqatgina akusher ginekologlar aniqlay oladi halos. Hozirgi zamonaviy hayotda buni ultratovush orqali bemalol aniqlash mumkin bo’ladi.
— Ko’ngil aynishi va suvsizlik
— Xidlarga tez ilg’ab olish, sezuvchan bo’lib qolishi
— Nerv tizimini funktsiyasi buzilishi(ko’p uxlash, ilg’amaslik, ishtaha yoki hazm qilish yo’lini buzilishi)
— Tez-tez hojatga chiqish
— Ko’krak kattalashishi va sezuvchang bo’lib qolishi
— Terini rangi o’zgarishi (yuzda, ko’krak atrofida va qorin sohasida)
— Qorinni xajmi kattalashishi
Homiladorlikni aniq belgilari
Bolani yurak urishini mutahasislar yordamida aniqlash. Qo’l bilan ya’ni palpatsiya bilan bolani boshi, qo’l va oyoqlarni aniqlash. Rentgenogramma va exogramma orqali bolani skeletini aniqlashda aniq tashhis qo’ysa bo’ladi. Shu bilan birga albatta ultratovush orqali aniqlash eng to’g’ri hisoblanadi.
Embrion vaqti 8 hafta davom etadi. Bu vaqtda bola onani matka devoriga yopishadi. Embrion vaqtida urug’ 1mmdan — 3mmga kattalashadi. Bola qancha kichik bo’lsa shuncha sezuvchang va nozik bo’ladi. Embrion vaqtida bola tushish havfi boshqa vaqtdagiga qaraganda 10 marta ko’p bo’ladi. Ayolni homiladorligi 3ta trimestrga bo’linadi: bular birinchi bosqich, 2 chi bosqich va 3 chi bosqichga. Har bir bosqichda o’zini qiyinchiliklarni va amal qilish kerak bo’lgan narsalari mavjud bo’ladi.
Homiladorlik haqida
Homiladorlik 1 havftadan boshlab 42 havftasiga to’liq rivojlangan bo’ladi. Birinchi uch oyligida bolani hamma organlari rivojlanadi. Bolani jinsini 3-4 oyligida ultratovush orqali aniqlash imkoni bo’ladi. 37 havftali bola to’liq rivojlangan bo’ladi. Agar tug’ilsa bu havftada yashab ketadi.
Homiladorlik vaqti. Har doim ham homiladorlik vaqti yaxshi o’tmaydi. O’zini asoratini ko’rsatadi.
- chanqash va haddan ziyod qayd qilishlar
- homilani rivojlanmay qolishi
- homila tushish havfi
- tanani pastki qismida varikoz
- jinsiy azodagi tomirlarini kengayishi
- belda og’riq
- anemiya onani kam qonliligi
- ona va bola rezur- kelishmovchiligi
- gestozlar
Alohida havf deb aytish mumkin bo’lgan homila bu bola matkada emas, balki trubada bo’lishi aytiladi. Buni nematochnaya beremenost deyiladi. ya’ni bola matkada devoridan tashqarida degani. Bunday holatlarda bola rivojlana olmaydi va bu ohir oqibat bola tushishi bilan tugaydi. Agar shifokorlar buni vaqtida aniqlashsa onaga bo’lgan havfni kamaytirish imkoni bo’ladi.
Homiladorlik vaqtida chekish
Ayrim ma’lumotlarga qaraganda bunday hollarda bola tug’ilishi 20-35% bolani nobud bo’lishi bilan tugaydi. Boshqa ma’lumotlarda esa bola to’rt havftaligida uni nobud bo’lishi 40% gacha yetarkan. Chekadigan homilador ayolni chekmaydiganiga qaraganda tug’ish jarayoni qiyin kechadi.
Qanchalik kam yoki ko’p chekiganidan qattiy nazar bu bolaga va onaga o’z ta’siri ko’rsatadi. O’zi chekmasa ham eri chekgan homilador ayolni ham erta va kechki toksikozlar kuzatiladi.
Homilador ayolni ovqatlanish ratsioni
Avvalo homilador ayol to’g’ri va foydali ovqatlanish ratsionini tuzishi o’zi va tug’ulajak bolaga juda ham muhim. Sut va sutli mahsulotlar, oqsillarga boy bo’lgan va shu bilan birga uglevodlarga boy bo’lgan narsalarni is’temol qilishi kerak. Homilador ayol tez-tez kamdan ovqatlanib turishi maslahat beriladi. Ugdevodlarni mevalardan olsa bo’ladi. Albatta hamma ma’lum kuniga temirga boy bo’lgan olmani is’temol qilib yurishi kerakligini.
Chunki homilador ayol bolaga o’z organizmidan hama narsani yetkazib beradi va unda kamqonlik kuzatiladi. Shuning uchun olma tavsiya etiladi. Kaltsiy ham bolaga juda muhim hisoblanadi. Sut va sutli mahsulotlar bolaga kaltsiy bo’lishida katta hizmat ko’rsatadi. Aytib o’tganimizdek uglevodlar mevalarda mavjud.
Hamma narsalarni me’yori is’temol qilish tavsiya etiladi. Hamma narsani me’yoridan oshib ketishi Misol: tsitrus mevalar bola alergiyaga moyil bo’lib tug’ilishiga zamin yaratishi mumkin. Homiladorlikda hamma narsa mumkin faqat me’yorini bilish kerak. Homilador ayolni organizmi o’zi biladi unga nima kerakligini va organizm o’zi so’rab oladi.
Shokolat yegisi kelsa va u homiladorga xush kayfiyat bersa albattay esin, faqat me’yorida. Baliq haqida gapiradigan bo’lsak — juda ham foydali mahsulotdir. Shifokoringiz bilan maslahatlashing va kerakli vitaminlarni dorihonadan sotib oling.
Homilani 3 oyli bo’lgancha sizga folievaya kislota tavsiya etiladi. Keyingi oylarida ham kerakli bo’lgan vitaminlarni shifokoringiz bilan maslahatlashib qa’bul qilin. Bu bola va sizni sog’lig’ingiz uchun juda muhimdir.
Momolarimiz maslahatlari
Sizga momolarimiz bergan maslahatlarni bilganlarimizni yozishga qaror qildik. Bola agar oppoqgina suyaklari eguluvchang bo’lishini hohlasangiz sutni ko’proq iching. Agar farzandingiz aqlli bo’lsin desangiz baliq, dengiz mahsulotlarini ko’proq tanavul qiling. Chiroyli bo’lishini hohlasangiz eng chiroyli narsalarga qarang va behi mevasini ko’proq istemol qiling. Alergik kasali bo’lmasin desangiz, tsitrus mevalarni kamroq is’temol qiling.
Tug’riq jarayoni oson o’tsin desangiz mutahasis bilan maslahatlashib mahsus jismoniy mashqlar bajaring va yog’li taomlardan voz keching. Homiladorlikda ovqatlanish me’yorini oshirib yuborish noto’g’ri hisoblanadi. Homilador ayol 12-16 kilogramgacha vazn yig’ishi me’yor hisoblanadi. Undan oshib ketgan vazn ortiqcha sanaladi.
Shuning uchun vazningizni o’lchab yuring. Agar vazningiz me’yoridan oshib ketsa ovqatlanish ratsionizga e’tibor berib uni to’g’irlang. Ha aytgancha bola ko’p qimirlasa sho’x ekan degan gaplar noto’g’ri yoki bolaga kislorod yetishmayapti yo bo’lmasa bola bosim ostida qolgan. Qorin qattiq bo’lib qolishi ham yaxshimas, darrov shifokoringizga qo’ng’iroq qiling va uni habardor qiling.
Sizni homiladorlik vaqtingiz yaxshi o’tishini va sog’lom farzand dunyoga keltirishingizni tilaymiz!!! O’zini asraganni Alloh ham asraydi degan gapni unutmang