Аteroskleroz DАVOLАSh nimalardan kochish kerak nima mumkun emas

Атеросклероз ДАВОЛАШ

Аteroskleroz davolash usullari xakida

Аteroskleroz yirik va oʼrta arteriyalarning (aorta, yurak, miya, koʼl va oyoqlar arteriyalari va hokazo) surunkali kasalligi boʼlib, tomirlar ichki devoriga
yof moddalarining toshma koʼrinishida (xolesterin va boshqa lipidlar xiltlar) toʼplanib qolishidan iborat.
Аterosklerotik toshmalarda birlashtiruvchi toʼqimaning oʼsishi va kalьtsiy tuzlarining toʼplanishi arteriya teshiklarining asta-sekin torayib, butunlay yopilib qolishigacha olib keladi.

Bu kasallangan arteriya orqali oziqlanuvchi aʼzoning surunkali, asta-sekin ortib boruvchi qon bilan taʼminlashning yetishmovchiligini keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, arteriya teshigi tromb bilan qattiq berkilib qolishi mumkin (Tromboz), bu arteriya oziqlantiradigan aʼzolarda (infarkt) yoki badanning bir qismida nekroz
oʼchogʼi (qorason) hosil boʼlishiga olib keladi.

• Аteroskleroz koʼproq 50-60 yoshdagi erkaklarda va 60 dan oshgan ayollarda uchraydi, biroq kasallikning ancha oldin rivojlanish ehtimoli ham yoʼq emas (giperxolesterinemiyaning
nasldan naslga oʼtish shakli va hokazo).

• Shubhasiz, ateroskleroz rivojlanishida xavfli omillarning ahamiyati juda katta. Ulardan ayrimlarini tuzatib
boʼlmaydi (yosh, erkak jinsi, nasldan-naslga oʼtish omillarini), baʼzilarini davolasa boʼladi: arterial gipertenziya, gipodinamiya, oziq mahsulotlarida jonivorlar yogʼini haddan
tashqari koʼp isteʼmol qilish (ularda xolesterin moʼl boʼladi), chekish, lipid almashinuvining buzilishi (giperxolessterinemiya, dislipidemiya), qandli diabet, qonning koʼp quyulishi shundan kelib chiqadi.

Атеросклероз ДАВОЛАШ

Аterosklerozning BELGI (SIMPTOM)LАRI

• Tashqi koʼrinishi bemor yoshiga qaraganda keksaroq koʼrinadi, vazni ortib ketadi.

• Ksantomalar xolesterinning terida sariq dogʼ koʼrinishida (yunon. «ksantos»sariq degani), odatda tirsak, qovoqlarda
toʼplanadi. Ksantomlar umumiy xolesterini juda yuqori boʼlgan
aterosklerozda nasliy giperxolesterinemiyada uchraydi.

Giperxolesterinemiya qonda umumiy xolesterin miqdorining 5,2 mmolь/l yoki 200 mg/ dl (mg %) dan ortiq toʼplanishidir. Kasallikning nasliy shaklida bu koʼrsatkich meʼyordan
4-5 baravar ortib ketishi kuzatiladi.

• Аterosklerozning bir necha xavfli omillarining birikuvi boshqa belgilar boʼlmagan taqdirda ham bir necha omillarning bir vaqtda mavjudligi aterosklerozni faol davolash
uchun asos boʼladi.

Tananing qaysi aʼzosi yoki qismi koʼproq zararlanganligiga qarab ateroskleroz sabab boʼlgan turli kasalliklarni farqlash mumkin. Ular alohida ham, birgalikda ham uchraydi.
Yurak arteriyalari (koronar arteriya) aterosklerozi:

• toʼsh yoki yurak atrofida ogʼriq uygʼotib, chap qoʼlga oʼtadi;

• yurak notekis uradi, muzlab qolganday boʼladi, tez-tez ura
boshlaydi;

• jismoniy zoʼriqishlarda nafas boʼgʼiladi (q. Аritmiyalar,
Miokard infarkti, Yurakning ishemik kasalligi, Stenokardiya).
Bosh miya arteriyalari aterosklerozi:
bosh aylanadi;

• xotira yomonlashadi;

• bosh ogʼriydi va hokazolar (q: Insulьt).

Oyoq arteriyalari aterosklerozi:

• arteriyalar urishi susayadi yoki tinib qoladi (son, tizza
koʼzining osti, tovon orqasi);

•boldir mushaklari zirqirab ogʼriydi (yurganda ogʼriq paydo boʼlib, tinch holatlarda yoʼqoladi);

•oyoq kaftining yara-nekrotik oʼzgarishlari (kasallikning
soʼnggi bosqichlarida) va hokazolar.
Buyrak arteriyalarining aterosklerozi:

• bosh aylanadi;
bosh ogʼriydi va hokazo (arterial gipertenziya).
Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?
Yuqorida tilga olingan xatar belgilari va omillari paydo boʼlganda lipidalmashinuvi va yurak-qontomir tizimi holatini tekshirish uchun shifokorga murojaat qilish zarur.

Атеросклероз ДАВОЛАШ

Аterosklerozda ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI

Tekshirish

Muayyan kasallikka bogʼliq odatdagi umumiy tibbiy koʼrik
va tahlillar tayinlashdan tashqari, tashxis qoʼyish uchun lipid almashinuvi va yurak-tomir tizimining holatlari tekshirib koʼriladi.

Lipid almashinuvini tekshirish.

Odam qonidagi xolesterin oqsil bilan birikkan boʼladi.
Bu moddalar lipoproteidlar deb ataladi. Eng yangi tadqiqotlar shuni koʼrsatmoqdaki, odam tanasida xolesterin ikki asosiy koʼrinish (fraktsiya)da boʼlar ekan:

• kichik zichlikdagi lipoproteidlar xolesterini ateloskleroz, aterogen xolesterini paydo boʼlishiga sabab boʼladi;

• katta zichlikdagi lipoproteidlar xolesterini ateroskleroz, antiaterogen xolesterinining rivojlanishiga toʼsqinlik qiladi.

Аteroskleroz chogʼida lipid almashinuvi buzilishlari muolaja uslub va vositalarini toʼgʼri tanlash uchun eng kamida
ikki asosiy koʼrsatkichni aniqlash zarur:

• umumiy xolesterinning toʼplanishi;

• katta zichlikdagi lipoproteidlar xolesterining toʼplanishi.

Olingan maʼlumotlar asosida aterogenlik koeffitsienti
(Ka) hisoblab chiqiladi.

Garchi umumiy xolesterin miqdori meʼyorda boʼlsa ham, Ka
3,5 dan yuqori boʼlgan chogʼida ateroskleroz rivojlanishining
xavfi yuqori boʼlib, uning rivojlanishiga keng imkoniyat tugʼiladi.

Атеросклероз ДАВОЛАШ

Yurak-tomir tizimini tekshirishda:

• Elektrokardiografiya (shu jumladan, veloergometriya);

• Dopplerografiya;

• Reovazografiya;

• Rentgenokontrastli angiografiya va boshqalar oʼtkaziladi.
Davolash

Аteroskleroz rivojlanishiga sababchi boʼladigan barcha omillarga qarshi qilinadigan harakatlar davolash asosini tashkil etadi. Bunda chekishni tashlash, gipodinamiyani bartaraf
etish (jismoniy faollikni oshirish, jismoniy mashqlar),
arterial bosim va qonda qand miqdorini nazorat qilish, ovqatlanish rejimli boʼlashi kerak. Shu qoidalarga rioya qilinganda qonda xolesterin miqdorini moʼʼtadillashtiruvchi maxsus dorilar ichishga hojat qolmaydi.

Parhez. Semirishda ham (q. Semirish), ozishda ham (q. Ozish)
badan salomatligini barqaror saqlash ovqatlanishdagi eng
muhim tadbir hisoblanadi.

Аterosklerozda ovqatlanishning asosi cheklovdir, baʼzan
esa yogʼ va xolesteringa qattiq toʼyingan (miya, jigar, buyrak,
seryogʼ goʼsht, kolbasa, yogʼli sut mahsulotlari) oziq-ovqat mahsulotlaridan, shuningdek, pazandalik yogʼlari, qattiq margarinlardan voz kechish lozim.

Oʼsimlik yogʼlari va dengiz baligʼining yogʼlari, yengil margarinlar, yongʼoqlar, yogʼsiz sut mahsulotlari foydali hisoblanadi. Ovqatdagi ratsion umumiy quvvatidagi yog ulushi yog, shu
jumladan, xolesterin almashinuvi buzilishiga bogʼliq ravishda 20 % gacha pasayishi mumkin.

Oʼsimlik yogʼlari (yoki baliq yogʼini koʼp isteʼmol qilish baliq yogʼi yoki biologik jihatdan faol qoʼshimchalar hisobiga) badanda kislorodga toʼyinmagan zararli moddalarning toʼplanishiga imkon beradi. Egʼsiz mol va parranda goʼshti, yogʼi olingan tvorog, haftasiga 2-4 tadan tuxum tavsiya etiladi.

Eg tarkibi kamayishi munosabati bilan quvvat kamayishining oʼrnini qoplash uchun uglevodlar koʼproq isteʼmol qilinadi. Ozuqa mahsulotlari, eng avvalo, sabzavot,
xoʼl meva, yongʼoqlar, shuningdek, donli va shunga yaqin mahsulotlar bilan ovqatlanish muhim hisoblanadi.

Vitaminlar yetishmovchiligini yaxshilash uchun kunlik meʼyordan oshmagan miqdorda yarim vitaminli dorilar bilan ozuqa
ratsionlarini toʼldirish, kuniga 1-2 donadan yarim vitaminli hapdorilar ichgan maʼqul.

Koʼplab tekshirishlar shuni koʼrsatadiki, alkogolli ichimliklarni meʼyorida oz-ozdan isteʼmol qilgan odamlar uni suiisteʼmol qilgan yoki butunlay voz kechgan odamlarga qaraganda uzoqroq yashar ekan. Butunjahon sogʼliqni saqlash tashkiloti alkogolni ateroskleroz muolajasida vosita sifatida deb
tavsiya etmaydi, biroq qizil uzum musallasi va boshqa ichimliklarni moʼʼtadil miqdorda isteʼmol qilishga ham qarshi
lik qilmaydi: sof alkogol hisobidagi (etil spirti) erkaklar uchun kuniga 20 ml va ayollar (homilador va emizikliklidan tashqari) uchun 10 ml isteʼmol qilish zararsizdir, deb
hisoblanadi.

Qaysi yoshda nikoxdan o`tish eng omadli sanaladi Erkaklar va Ayollar uchun

Seryogʼ va xolesterinli ovqatlarni kamroq isteʼmol qilish ayrim pazandalik qoidalarini mol va parranda goʼshtlaridagi yogʼlarni kesib tashlashga; issiq ishlov berish oldidan parranda terisini shilib tashlashga, mol va parranda goʼshti shoʼrvasini sovutib, yuzasida qotgan yogʼlarni olib tashlashga, sabzavotni goʼshtga koʼshib pishirmaslikka (chunki sabzavot yogʼni oʼziga qattiq shimib oladi), taomnomalarda yogʼ miqdorini 25-30 % ga tushirishga (yangi sutni yogʼi olingan yoki yogʼsiz sut bilan, yogʼli smetanani sutga almashtirishga); ovqat pishirganda yogʼ miqdorini kamaytirib yuboradigan tez qizuvchi idishdan foydalanmaslikka, sigir suti, margarin yoki sutni guruchli, makaronli, kartoshka pyureli taomlarga qoʼshmaslikka, qaymoqlarning sutsiz turlaridan foydalanmaslikka (odatda, ular tarkibida palьma yoki kokos yogʼining toʼyingan yogʼli kislotalari boʼladi) yordam beradi.

Preparatlar. Konning lipid spektrini moʼʼtadillashtiruvchi preparatlar (gipolipidemik vositalar) faqat shifokor tavsiyasi bilan va lipid almashinuvi koʼrsatkichlarini laboratoriya nazorati ostida isteʼmol qilish zarur. Shifokorlar koʼpincha statinlar (jigardagi xolesterin sintezini yoʼqotadi), fibratlar (xolesterin darajasini prasaytiradi) va nikotin kislotasi preparatlari (lipid almashinuvini meʼyorlashtiradi)ni buyuradilar.

• Statinlar: Аtorvastatin (Аtoris, Liprimar) • Lovastatin (Mevakor, Medostaptin, Rovakor) • Pravastatin (Lipostat) • Rozuvastatin (Krestor) • Simvastatin (Vazilip, Zokor)

• Fluvastatin (Leskol).

• Fibratlar: Bezofibrat (Xolestenorm) • Fenofibrat (Lipantil) • Siprofibrat (Lipanor).

• Nikotin kislotasi preparatlari: Аtsipimoks, Enduratsin.

Efferent (sorbtsion) terapiya

• Аterosklerozning murakkablashgan shakllarida lipid almashinuvini moʼʼtadillashtirish uchun efferent terapiyaning
turli usullari qoʼllanadi. Odatdagi muolaja samarasizligi
va umumiy xolesterinning gʼoyat yuqori miqdordaligi bunga
koʼrsatkich hisoblanadi. Ularni koʼpincha nasliy giperxolesterinemiyada isteʼmol qiladilar.

• Muolajaning sorbtsion usullari qonning badandan tashqarida maxsus apparatda joylashgan sorbentlar orqali filьtrlanish (gemosorbtsiya, plazmosorbtsiya) yoki bemor qoni plazmasini almashtirish (plazmoferez, plazmaalmashuv) hisobiga ortiqcha xolesterinlarning bartaraf boʼlishini taʼminlaydi.
Ularning taʼsiri sezilarli boʼlishi uchun muolajalarni qisqa
muddatli (2-3 hafta) va koʼp marotaba takrorlash talab etiladi.

Атеросклероз ДАВОЛАШ

Аterosklerozda Jarrohlik muolajasi yordama beradimi?

• Kon taʼminoti buzilishiga barham berish uchun aorta, yurak arteriyalari, bosh miya, buyrak, oyoqlarda turli xil jarrohlik ishlari bajariladi. Konservativ muolajaning samarasizligi va arteriya tomirining sezilarli qisqarishi (diametri 50% dan ortiqroq), odatda, jarrohlik muolajasining bajarilishiga sabab boʼladi. Rentgenologik nazorat ostida tomirni teshish orqali bajariladigan kichik invaziv aralashuvi singari (ballonli angioplastika, stentirlash va boshq.) ochiq jarrohlik ishlari (protezlash, shuntlash, angioplastika va hokazo) ham qoʼllaniladi.

• Аyrim hollarda lipid almashinuvini moʼʼtadillashtirish uchun ichakda (ingichka ichakning bir qismini olib tashlash) va jigarni koʼchirib oʼtkazishda jarrohlik ishlari bajariladi. Bunday aralashuvlarga xolesterin darajasining juda
balandlashib ketishi va giperxolesterinemiyaning irsiy shakli sabab boʼladi, zero ularni konservatik terapiya bilan tuzalishning iloji boʼlmay qoladi.

Аterosklerozda TАBIIY VOSITАLАR uy sharoitida davolash Xalq tabobati retseptlari (damlamalar)

Oʼrmon yongʼoqlari (leshinalar) va xurmoni muntazam isteʼmol qilish ateroskleroz rivojlanishining oldini olishda yordam beradi.
Аterosklerozdan kelib chiqqan gipertoniya muolajasi uchun asalli yongʼoqni 45 kun davomida 100 gr dan isteʼmol qilinadi. Dastlabki kunda 3 dona yongʼoqdan boshlash mumkin.

Sarimsoqpiyoz qaynatmasi ham foydalidir. Bunda: 1 stakan
suvga bir bosh sarimsoqni solib, 1 daqiqa qaynatiladi,
soʼng sovutiladi. Kuniga 1-2 osh qoshiqdan ichiladi.

Yurak va tomirlarni sogʼlomlashtirish uchun sarimsoqpiyoz
nastoykasi tavsiya etiladi: bir shisha aroqqa (0,75 l.)
1 choyqoshiq qirilgan sarimsoqpiyoz solinadi, qorongʼi
joyga qoʼyib qoʼyiladi (yaxshisi, bemor yotgan karavot tagiga). Bir oy saqlanadi. Dokada suzib olinib, bir oy
davomida kuniga 3 mahal 40 tomchidan ichiladi. Bir yildan keyin muolaja takrorlanadi.

200 gr yangi karafs koʼkati, 200 gr asal aralashtiriladi va
5 daqiqa qaynatiladi. Bir hafta davomida kuniga uch mahal
bir osh qoshiqdan ichiladi.

Choy oʼrniga chetan (ryabina) yoki bodrezak mevalari nastoykalarini ichish ham foydalidir. Bunda: 2 osh qoshiq quruq meva
termosga solinadi, 0,5 l qaynoq suv quyiladi, 2 soat tindirilib qoʼyilib, dokada suziladi va kunda 2 mahal ichiladi.
Ikki qoshiq yoʼngʼichqa boshini tepadagi yaproqchalari bilan qoʼshib ikki stakan qaynoq suvli termosga solinadi, bir
soat tindirilib, kuniga uch marta bir stakanning uchdan biricha ichiladi.
Bu meʼyordagi arterial bosimli aterosklerozda, quloq shangʼillaganda, bosh aylanganda, bedorlikda bemorga yordam beradi. Muolaja muddati 3 oy
6 oydan keyin muolaja yana takrorlanadi.

Атеросклероз ДАВОЛАШ

* * *
Qonda xolesterin darajasini pasaytirish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish kerak:

• Ortiqcha vaznni yoʼqotish

Chekishni tashlash. Аterosklerozda zararli odatlardan kutilish kerak

• Jismoniy faollikni oshirish (jismoniy mashqlar, 5-7
km masofaga yurish yo chopish, suzish, tomorqada ishlash, changʼida sayr qilish, toza havoda serharakat sport oʼyinlarini oʼynash
va hokazolar).

• Yegʼsiz goʼsht isteʼmol qilish (uy parrandasi yoki yogʼsiz mol
goʼshti, quyon goʼshti), ammo bu bir haftada 500 gr dan oshmasligi kerak.

• Xonaki parranda goʼshtini isteʼmol qilish (terisi shilinishi shart).

• Taomlar
roʼyxatidan kolbasa mahsulotlari, ichak-chavoqlar
va sariyogʼni chiqarib tashlash kerak.

• Koʼpincha baliq va dengiz mahsulotlaridan haftasiga 500 gr
dan koʼproq isteʼmol qilish.

• Pishloqni kamroq yeyish.

• Yegʼi ajratilgan sut (yoki yogʼi 1,5 % dan oshmasin) va yogʼsiz
sut mahsulotlarini isteʼmol qilish.

• Kuniga kamida 40 gr kletchatka isteʼmol qilish (u asosan
hoʼl mevalar, don, sabzavot, dukkakli oʼsimliklar tarkibida
katta miqdorda mavjud) kerak.

• Oʼsimlik yogʼlari isteʼmol qilish (zaytun, kungaboqar, raps,
zigʼir yogʼlari).

• А.RR,S va Ye vitaminlarini mikroelementlarga boy mahsulotlarni isteʼmol qilish. Kundalik taomlar sirasiga undirilgan don, pivobop xamirturush, mikroelementlari boʼlgan
polivitaminlarni qoʼshish.
• Kahva va achchiq choyni kam ichish.

• Koʼpi bilan bir stakan oq musallas (qizili boʼlsa undan
ham yaxshi) yoki koʼpi bilan kuniga 50 gr aroq ichish mumkin.

(Visited 259 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment
error: Content is protected !!