Etiologiya yunoncha so’z bo’lib aitis sabab bo’lib, logos ta’limot demakdir. Ka-sallikning paydo bo’lish sabablari va sharoitlari haqidagi ta’limotdir. Bu tushun-chani yana tor ma’nosi ham mavjud bo’lib, etiologiya kasallikni sababi haqidagi ta’-limot deb qaraladi. Ammo, bu iborani shu ma’noda shu ma’noda ishlatib bo’lmaydi, chunki bu vakt sharoit tushunchasi nazar doirasidan chetda qoladi. Shuning uchun vrach-lar kasallikni sabablarini aniqlayotganda organizmda kasallikni sababi ta’sir qilayotgan vaqtidagi muayyan sharoitlarni xam e’tiborga olishlari kerak.
Ma’ruza maqsadi : Etiologiya fani, uning mohiyati, turlari, kasallikdagi roli,
tushuncha taraqqiyoti, shart-sharoitlarining ahamiyati, to’g’risidagi malumotlarni talabalarga etkazish.
Muhokama qilinadigan savollar:
1.Etiologiya tushunchasi.
2Etiologiya rivojlanishining asosiy bosqichlari va nazariyalari.
3.Zamonaviy tushuncha va yo’nalishlar.
- Shart-sharoitlarning axamiyati.
5.Etiologiyaning amaliy meditsina uchun axamiyati.
Etiologiya yunoncha so’z bo’lib aitis sabab bo’lib, logos ta’limot demakdir. Ka-sallikning paydo bo’lish sabablari va sharoitlari haqidagi ta’limotdir. Bu tushun-chani yana tor ma’nosi ham mavjud bo’lib, etiologiya kasallikni sababi haqidagi ta’-limot deb qaraladi. Ammo, bu iborani shu ma’noda shu ma’noda ishlatib bo’lmaydi, chunki bu vakt sharoit tushunchasi nazar doirasidan chetda qoladi. Shuning uchun vrach-lar kasallikni sabablarini aniqlayotganda organizmda kasallikni sababi ta’sir qilayotgan vaqtidagi muayyan sharoitlarni xam e’tiborga olishlari kerak.
Umumiy va xususiy etiologiyani farq qilinadi. Umumiy etiologiyaning vazifa-si bo’lib, kasallik paydo bo’lishining umumiy qonuniyatlarini aniqlash hisoblana-di. Umumiy etiologiya umumiy patologiyaning bir bo’lagi hisoblanadi. Xususiy etio-logiyaning vazifasi alohida kasalliklarni paydo bo’lish sabablarini va sharoitlari- ni aniqlashdan iboratdir.Umumiy va xususiy etiologiya bir-biri bilan chambarchas bog’liq.
Etiologiyaning taraqqiy etishi xaqidagi qisqacha axborot.
Kasallikning sababi haqidagi masala, tibbiyotning bosh asosiy masalalaridan biri hisoblanadi. Kasallik sababini bilinsa kasalga ilmiy asoslangan davolash- profilaktik yordamini ko’rsatish osonlashadi. Mana shuning uchun vrachlar (hakim-lar) o’tgan zamonlarda bu masala bilan qiziqqanlar va hozir ham uni diqqat bilan o’rganmokdalar. Olimlarning kasallikning sabablari haqidagi fikrlari har xil tarixiy davrlarda o’zgarib borgan. Bu fikrlar fan taraqqiyotiga, falsafiy va diniy dunyo qarashlarga o’sha zamondagi hukmron ijtimoiy muhitga bevosita bog’liq bo’lgan.
Ilmiy ma’lumotlarga asoslangan davr qadimgi dunyodan to 19 asrgacha bo’lgan uzoq tarixiy davrlarni o’z ichiga oladi. Bu davrda vrachlarda kasallik sababi haqida mistik tasavvurlarga asoslangan dunyo qarashlar hukmronlik qilar edi. Kasallik inson tanasiga moddiy bo’lmagan, tabiatda uchramaydigan kuchlarni ta’siridan (shay-ton yoki jinni tanaga kirishidan) paydo bo’ladi degan hato fikrlar mavjud edi. Bu qarashlarni shubhasiz bema’niligi ko’rinib turibdi. Ob’ektiv borliqda mavjud bo’lmagan sabablar kasallik keltirib chiqarishi mumkin emas.
19 asrga kelib kasallikning sabablarini ilmiy tushuntirishga urinishlar bosh-landi. Shu davrga kelib kishilik jamiyatining taraqqiyotida tabiatshunoslik va ja- miyatshunoslik fanlari paydo bo’ladi. Bu fanlarda tabiat, jamiyat, ong to’g’risidagi falsafiy ta’limot hukmronlik qila boshlaydi. Bu ta’limot jarayonlar, hodisalar orasida har tomonlama ob’ektiv o’zaro aloqa mavjudligi, sababga bog’liqligini tar-g’ibot qilar edi. Bu determinizm ta’limotidir (lotincha determinare- belgilamoq de-makdir).
Shu ta’limot asosida va 19 asrning ikkinchi yarmida bakteriologiya fanining gurkirab rivojlanishi natijasida tibbiyot tarixida kasallik sababini ilk bor material muhit-mikrob bilan bog’liq deb qarash boshlandi.
Olimlar va Amaliy vrachlarni har bir kasal organizmida mikroblarni izlash va topish niyati nisbatan qisqa davr ichida sil, vabo, toun(chuma), ichburug’, ko’k yo’tal, va boshka keng tarqalgan yuqumli kasalliklarning ko’zg’atuvchilarini kashf qilishga olib keladi. Hozirgi zamon tibbiyoti bakteriologiya fanining asoschilari: S.L. Pas-ter, R. Kox va boshqalarni chuqur minnatdorchilik bilan hotirlaydi.
Bu olimlar insoniyat baxt-saodati, manfaati yo’lida xaqiqatdan qahramonona ish qilishgan. Ilmiy va amaliy tibbiyotda kasallikni sababchisi mikroblar ekanini is-botlash juda katta rol o’ynaydi. Ilk bor xaqiqatdan mavjud sabab bilan bog’liq bo’lgan kasallikni aniq bir maqsadga qaratilgan davolash va oldini olish imkoni-yatlari paydo bo’ldi.
Bakteriologiya fani bo’yicha o’tkazilgan ilmiy amaliy tadqiqotlarning umum-lashtirib monokauzalizm (grek. monos- yagona so’zini, lotncha causalis-sabab bilan qo’shilishi) ta’limoti paydo bo’ldi. Monokauzalizmni asosiy qoidalarini qisqacha quyidagicha ifoda etish mumkin:
– hamma kasalliklarni sababchisi mikroblardir. Qancha mikroblar mavjud bo’lsa shuncha kasalliklar ham bor. Kasallikni sababi haqidagi bunday qarash yakka sababga mos kasallik paydo bo’lishi haqidagi nazariyani paydo bo’lishiga olib keldi.
– kasallik paydo bo’lishi uchun organizmga mikrobni kirishi etarlidir, demak sabab muqarrar ravishda o’zini okibatiga-kasallikka olib keladi.
– mikroblar organizmning organ va sistemalarining xujayralarini shikastlov-chi sabab hisoblanadi.
Monokauzalizm tarafdorlarining fikrlarini K.Genli-Kox triadasi shaklida aniq ifodalab berildi:
1.Qandaydir kasallikni chaqiruvchi mikroorganizm faqat shu kasallikda uchrati-ladi va sog’ insonlarda ham, boshqa kasalliklar bilan hastalanganda ham uchramaydi;
2.Mikroorganizm toza kultura holida ajratib olinishi shart;
3.Toza kultura holidagi migroorganizm kontrol eksperimentlarda qaysi ka-sallikni qo’zgatuvchisi deb taxmin kilinayotgan bo’lsa shu kasallikni paydo qilishi kerak.
Kasallikni sababchisi mikrob ekanligini aniqlash, shubhasiz tibbiyot ilmining va amaliyotining juda katta yutug’idir.
Monokauzalizm qoidalariga ijobiy o’rinli baho berib uning noto’g’ri, hato da’-volarini ham esdan chiqarish mumkin emas. Bu nazariyani tanqidiy nuqtai nazardan tahlil qilish kerak. Eng avval shuni eslash lozimki. monokauzalizmni uslubiy asosi mexanik determinizm hisoblanadi, bu oqim o’sha davrlarda tabiatshunoslik fanlari, tibbiyot va biologiyada keng tarqalgan edi. Mexanik determinizm sabab-oqibat muno-sabatlarini miqdor nuqtai nazardan baholar edi va sabab shubhasiz o’zini oqibatiga aylanadi degan hato da’voni ilgari surar edi. Shu sababdan mikroorganizmlarni organizmga tushishidan shubhasiz kasallik paydo bo’lishi haqidagi monokauzalistlar fikrlari xatodir. Monokauzalistlar kasallik paydo bo’lishining quyidagi sodda formulasini taklif kilishgan: mikroorganizm q kasallik. Aslida bo’lsa, mikrobni organizmga kirishi hamma vaqt kasallikka olib kelavermaydi. Amaliy sog’lom odam organizmida yuzlab har xil mikroblar va viruslar borlig’i aniqlangan.
Monokauzalistlarning kasallikni sababi faqat mikroblardir deb qilgan davo-lari hatodir. Ularning fikricha qancha mikroblar bo’lsa, shuncha kasallik ham mavjud amalda bo’lsa kasallikning sababi tashqi muhitning boshqa omillari: fizik, kimyoviy, mexanik, psixik va boshqalar ham bo’lishi mumkin. Tashqi omilga ortiqcha baho berish va organizmning o’zini ahamiyatini uni qarshilik qobiliyatini, kasallik paydo bo’lishidagi organizmning himoya moslashuv imkoniyatlarini butunlay inkor etish (ichki muxit) tanqid qilishga arzimaydi.
Monokauzalistlarning ko’pol hatolaridan biri tashqi muhit bilan butun orga-nizmni birligini inkor qilishdir.
Monokauzalistlar organizm bilan kasallik sababi o’rtasida o’zaro ta’sir sodir bo’layotgandagi murakkab, aniq sharoitlarni e’tiborga olmaydi. Hozirgi vaqtda chin-dan ham aniqlanishicha, sababiyat deb sabab va oqibatni o’zaro juda kuchli ta’siri tu-shuniladi. Bunda o’zaro ta’sirning natijasi har xil bo’lishi mumkin, ba’zi hollarda kasallik paydo bo’ladi, boshqa hollarda aksincha, kasallik kuzatilmaydi. Bundan tashqari har xil odamlar organizmiga bir turdagi patogen mikroblarni tushishidan ba’zilar kasalni og’ir shakli bilan og’rishi va o’lishi, ikkinchilarni o’rtacha og’ishi, uchinchilarini engil shaklda kasallanishi va to’rtinchilarini umuman kasallanmasli-gi kuzatiladi. Har xil organizmlar bir turdagi patogen mikroblarga turlicha reaktsiyasi kasallik paydo bo’lishida organizmni reaktivligining ahamiyati borligi-ni isbotlaydi.
Monokauzalizmning davrlarini fosh qiluvchi faktlar (dalillar) bu nazariya za-farining eng avjidayoq ta’riflab berildi. Ammo bunga uncha jiddiy e’tibor kilin-madi, chunki bakteriologiyani amaliy muvoffaqiyatlari juda asosli edi. Shu orada yangi dalil-faktlarni to’planishi davom etdi va nihoyat bakteriya tashuvchilik va im-munitet hodisalarini kashf etilishi monokauzalistlarni qarashlariga hal kiluvchi zarba berdi.
Shunday qilib, 19 asrning ohiri va 20 asr boshlarida monokauzalizm yo’nalishi inqirozga yuz tutgan vaqtda, konditsionalizm deb nomlangan yangi (lotincha-condiciona-lis-ma’lum sharoitga bo’ysungan, sharoit) ta’limoti paydo bo’ldi. Bu falsafiy oqim-ning namoyondalari quyidagi asosiy qoidalarni targ’ibot qildilar:
1.ilmiy tadqiqotlar metodologiyasida «sababiyat» tushunchasidan to’la voz kechish-ni;
- Sabab-oqibat munosabatlarining ob’ektivligi inkor qilishni;
- Kasallik paydo bo’lishida «sharoitlar majmuasiga asosiy e’tiborni qara-tish» shular jumlasidan iborat edi;
Konditsionalizm ta’limotini asoschilari bo’lib, nemis olimlari fiziolog M.Fervorn va patologoanatom Ganzemanlar hisoblanadi. Ularning fikricha kondi-tsionalizm ta’limoti fakat tibbiyotning emas balki, xozirgi zamon tabiatshunosli-gining metodologiyasini asosi xisoblanadi.
Konditsionalizm asoslaridan kelib chikib, kasallik paydo bulishini kuyidagi-cha tushuntirar edilar:
1.Kasallik inson va xayvon organizmiga xar xil teng kimmatli sharoitlar maj-musi ta’sir kilishi natijasida paydo buladi. Ular ichki va tashki bulishi mumkin.
- Organizmga ta’sir kiluvchi xar xil sharoitlar ichida, kasallik paydo bulishi-ga javobgar, birorta, eng muxim omilni ajratib kursatish mumkin emas.
3.Tibbiyot fani va amaliyotidan kasallik paydo bulishida axamiyatsiz va mavjud bulmagan kasallikni sababi tushunchasini olib tashlash lozim.
Tibbiyotda konditsionalizmni bir shakli bulib «omillar nazariyasi» xisoblana-di. Bu nazariyaga kura «insonlarni kasallanishi ularni yuksilligi-kambagalligidan kambagalligi ularning kasalmandligidandir». Bu nazariyaga muofik, insonlarda ka-sallikni paydo bulishi organizmga uz-uzidan ta’sir kiluvchi bir xil kimmatli kup sonli omillar: yashash sharoitlarning yomonligidan, ovkatlanishni talabga mos emas-ligidan, salbiy emotsiya (xayajonlanish) lar, infektsion omillar ta’sirida paydo bu-ladi.
Konditsionalizm ta’limotini targib kiluvchilarni tankidiy taxlil kilish xa-kikatda xam kasallik paydo bulishida sababdan tashkari tegishli sharoitlarni katta axamiyati bor deb aytishga imkon beradi. Masalan, organizmga Kox batsillalarini yukishi avtomatik ravishda avtomatik ravishda sil kasalligi paydo bulishiga olib kelmaydi. Sil kasalligi paydo bulishi uchun tegishli tashki organizmini karshilik kilish kobiliyatini pasaytiruvchi sharoitlar (sifatsiz ovkatlanish, uy-joy sharoi-tining yomonligi, organizmni kattik charchashi, xaddan kuchli stress vaziyatlar) va ich-ki (oranizm ichki muxiti doimiyligining buzilishi, organizmni ichki organlari va sistemalari rivojlanishining anamaliyalari va x.k.) sharoitlar bulishi mumkin.
Organizmni karshilik kilish kobiliyati pasaygan xolatda mikobakteriyalar ku-paya boshlaydi va kasallik chakiradi. Yana bir misol, oddiy sharoitda tovuklarni tana xarorati 38-40oS atrofida bulganda kuydirgi kasalligini mikroblarini kasallik kuzgatuvchi ta’siriga bardoshlidir. Mikroblarni yuktirishdan avval tovuklarni tana xaroratini sun’iy pasaytirish esa salbiy natijaga olib keladi. Bunday sharo-itda tovuklar kuydirgi kasalligi bilan ogriydi. Shunday kilib sharoitni axamiya-tini e’tiborga olmaslik mumkin emas. Ammo, shuning asosida sabab omilini butun-lay inkor kilish xech kachon mumkin emas, chunki sharoitlarning uzi xech kachont kasal-likni sababi bulishi mumkin emas. Agar sun’iy ravishda sil kasalligi paydo buli-shiga imkon yaratuvchi xamma sharoitlar vujudga keltrilsayu ammo, organizmga Kox batsillalari kirmasa, u xolda xech kachon kasallik paydo bulmaydi. Agar tovuklarni organizmini sun’iy sovutilsayu, ammo kuydirgi mikroblari yuktirilmasa kuydirgi kasalligi xam paydo bulmaydi. Tovuklarda tana xaroratini pasaytiruvchi ta’sirga ma’lum reaktsiya buladiyu, ammo kuydirgi kasalligi paydo bulmaydi.
Kupincha bolalar va katta yoshlilar orasida kasallik va xatto ulim sharoitlar ishtirokisiz, fakat birgina sabab ta’sirida paydo buladi. Masalan, xaddan tashkari kuchli jaroxatlanishda (mexanik), kuchli issiklik ta’sirida (kuyish), kuchli sovuk ta’sirida (muzlash), zaxarli moddalar ta’sirida (zaxarlanish), kuchli radiaktiv nur-lanishda (nur kasalligi), kuchli virulent mikroblar ta’sirida paydo bulishi mum-kin.
Konditsionalizm tarafdorlari tomonidan kasallik sababini kat’iy rad etili-shi amaliy tibbiyotga kuchli salbiy ta’sir kursatdi. Agar kasallikni sababi bulmasa, buning ustiga kasallik chakiruvchi sharoitlar teng kimmatli va kup sonli ekani na-zarga olinsa, ularni chindan xam e’tiborga olish mumkin emas va shuning uchun kasal odamga diagnoz kuyish va davolashni xechkanday kerakligi yuk.
Xozirgi zamon ilmiy tibbiyoti kasallik paydo bulishida sharoitlarni axamiya-tini va zarurligini tan oladi. Organizmni karshilik kilish kobiliyatini pasayti-ruvchi sharoitlar kasallik paydo bulishiga imkoniyat yaratadilar, aksincha organizm-ni karshiligini oshiruvchi sharoitlar esa uni sogligini mustaxkamlaydi. Ammo sha-roitlar kasallikni sababi bulishi mumkin emas.
Monokauzalistlar tomonidan fakat sababi yoki konditsionalistlar tomonidan fakat sharoitni axamiyatini bir tomonlama burttirib yuborish xakikatga tugri kel-maydi. Bular ilmiy nktai nazardan xato, Amaliy nuktai nazardan esa zararlidir; chunki bular vrachlarni (xakimlarni) kundalik ishlarida notugri yulga yunaltirar edilar. Manna shu xolatlarni xammasi yangi ta’limotni paydo bulishiga kerakli zamin yaratdi. Xakikatdan xam 20 asrda konstitutsiya (lotincha-costitutio-tuzilish, xolat ma’nosida) xakidagi ta’limot paydo buldi. Tibbiyotdagi bu yunalishning tarfdorlari konstitutsiya deb odam, organizmini, irsiyat (genotip) bilan boglik bulgan nisbatan turgun morfologik va funktsional xususiyatlar majmuini tushuni-ladi. Konstitutsiyaga tashqi muhitdan xar xil omillarni uzoq muddatli va jadal ta’sirini xam aloqasi bor. Sog’lik holati va kasallanish organizmning faqat kons-titutsiyasiga bog’liq deb da’vo qilinardi va shu asosda u yoki bu konstitutsiyali shaxs-larni qandaydir kasalliklariga moyilligi bor hisoblanar edi.
Masalan, diatezlarga ( grekcha-diathesis-moyillik ) chalinganlarga uzgacha reaktsiyalarga va kator kasalliklar paydo bulishiga moyildir deb xisoblanardi . Bunday bolalar xakikatda xam ba’zi tabiiy ( adekvat ) kuzgatuvchilar ta’siriga xam kasalga uxshab reaktsiya kiladilar .
Hozirgacha insonlarni konstitutsion tiplarini yagona, xamma qabul qilgan sinflari yo’q.Sinflashga asos qilib anotomik-morfologik, antropologik, funktsional , klinik , psixologik ko’rsatkichlar yoki ularni har xil kombinatsiyalari olinadi . Astenik tuzilishli insonlar ( grekcha-astheneia-kuchsiz, quvvatsiz) nerv sistemasini qo’zg’aluvchanligini , ichki organlarini kasalliklari , karonar arteriyalari aterosklerozi kabilar uchraydi. Giperstenik tipli insonlarda arterial bosimning ortishi bilan bog’liq kasallikka moyilligi bordir . Konstitutsional xususiyatlar organizmning reaktivligi va barqarorligini belgilaydi deb qaraladi .
Tibbiyotda kasallikni sababini tushuntirish konstitutsiya ta’limoti asosida yangi, konstitutsionalizm deb nomlangan oqim paydo bo’ldi . Bu yo’nalishning asoschisi Yu.Tandler (1913) hisoblanadi , uning fikricha organizmni konstitutsional xususiyatlarini shakllanishida irsiyat hal qiluvchi ahamiyatga egadir . Kasallikni paydo bo’lishini konstitutsionalizm tarafdorlari quyidagicha tushuntiradilar :
1.Hamma kasalliklar irsiyat bilan bog’liq , ya’ni har bir fardda , uning irsiy fazilatlari bilan u yoki bu kasalni paydo bo’lishi programmalashtirilgan .
2.Tashqi omillar boshlab beruvchi mexanizm vazifasini bajaradi va shuning uchun kasallikni sababi bo’lishi mumkin emas.
Konstitutsionalizm ta’limotining tanqidiy tahlil qilish , sog’liqni shakllanishida va kasallikni paydo bo’lishida haqiqatdan ham irsiyatni va konstitutsiyani katta ahamiyati borligini tasdiqlashga asos bo’ladi ammo kasallikni paydo bo’lishida konstitutsional xususiyatlarning ahamiyatini juda oshirib yuborish mumkin emas . Tashqi va ichki omilarni dialektik o’zaro bog’liqligini inkor qilish nazariy va amaliy xato xulosalarga olib keladi . Hozirgi zamon tibbiyot kasbining egalari organizmning kasallikka moyilligida irsiyatning va konstitutsional holatlarni ahamiyatini inkor etmaydilar .Ammo ular irsiyat va konstitutsional xususiyatlarni muqarrar ravishda kasallik paydo bo’lishini oldindan belgilab qo’yadi degan fikrni qat’iy rad qiladilar .
Kasallik bilan inson konstitutsiyasi o’rtasida azaldan belgilangan aloqalarni rad etuvchi ishonarli dalillar mavjuddir. Birinchidan , ma’lum konstitutsional tipli insonlar, qandaydir kasallikka moyilligi bo’lsa , shu kasallik og’rishi shart emas. Ular , boshqa kasalliklar bilan hatto shu kasalliklarga moyilligi bo’lmasa ham og’rishi mumkin. Ikkinchidan, bir xil konstitutsional tipli insonlarda kasallikni kechishi ham har xil bo’lishi mumkin . Bu har xil insonlarni reaktivligini fardiy xususiyatlari , hayot tarzi , tashqi muhit omillarining ta’siri kabilar bilan bog’liq .
Konstitutsional davolarini to’laligicha e’tirof etish amaliy jihatdan noto’g’ri xulosalarga olib keladi . Agar kasallik ilgaridan rejalashtirilgan bo’lsa , u holda kasallik paydo bo’lishi uchun boshqa omillar ta’siriga mutlaqo bog’liq bo’lmaydi va bunday kasallarni davolash ham mumkin emas . Shunga asoslanib , yaqin o’tmishda ba’zi mamlakatlarda halqni tozalash maqsadida past tabaqali irq sifatida zo’rlab sterilizatsiya qilish va hatto ularni qirib tashlashga kirishdilar.
Etiologiyaning hozirgi vaqtdagi tushunchalari va yo’nalishlari
Hozirgi vaqtda kasallik etiologiyasini biologik determinizm kontseptsiyasi yara-tilgan. Bu kontseptsiya hozirgi sababiyat nazariyadan kelib chiqadi. Bu konseptsiya etiologiya masalasini har xil jihatlarini ob’ektiv hal qilishga imkon yaraktadi. Etiologiya haqidagi hozirgi zamon tushunchalari determinizmning quyidagi asosiy alomatlaridan kelib chiqadi. Determinizm (lotincha-determinal-aniqroq) bu tabiat, jamiyat va ongda kechadigan jarayonlar hodisalarning unumli ob’ektiv har tomonlama o’zaro aloqasi va sabab bilan bog’liqligi haqidagi falsafiy ta’limotdir. Bu ta’li-motga ko’ra:
1.Tabiatdagi hamma hodisalar, shu jumladan kasallik ham o’z sababiga ega, demak, hamma kasalliklarni sababi mavjud, sababsiz kasallik bo’lmaydi.
2.Kasallikni sababi o’z mohiyati bo’yicha moddiydir. U bizga tobe bo’lmaydi va bizning ongimizdan mustaqil mavjuddir.
3.Sabab organizm bilan faol o’zaro munosabatda bo’ladi, uni o’zgartiradi va o’zi ham o’zgaradi.
- kasallikni sababi organizmga boshqa ko’p sonli omillar (sharoitlar) bilan birgalikda o’zaro munosabatda bo’ladi, ammo faqat sabab kasallikni hususiyatlarini belgilaydi, ya’ni u patologik jarayonga takrorlanmaydigan o’ziga hos asosiy sifatni baxsh etadi.
- Sharoit organizmni qarshiligini kamaytirib sababni samarali ta’sir ko’rsa-tishga ko’maklashadi, yoki kasallik paydo bo’lishiga to’sqinlik qiladi, demak sharoit patologik jarayonga hos hususiyatni paydo qilmaydi va shuning uchun kasallikni sababi hisoblanmaydi.
6.Kasallik paydo bo’lishiga sabab, sharoit va organizm bir-biri bilan uzviy bog’liq va bir-biriga ta’sir ko’rsatadi. Kasallik paydo bo’dishida ularni har birini ahamiyatini muayyan holatda har xildir. Ba’zi hollarda sabab hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lsa, boshqa hollarda sharoit va organizmning hususiyatlari shunday ahamiyatga ega bo’ladi.
7.Kasallikni paydo bo’lishida va rivojlanishida sabab, sharoit va organizm o’rtasidagi aloqalar ma’lum qonuniyatlarga bo’ysunadi, bundan chqadi, ularni ilmiy jihatdan oldindan bashorat qilish mumkin. Bu kasallikni diagnostikasida katta ahamiyatga ega. Shu sababli kasalliklar etiologiyasini o’rganganda sababni, sharoitni va organizmni shu omil ta’sir qilgan vaqtidagi holati katta ahamiyatga ega ekanligi esda tutish kerak, shuning uchun bu muammoga yondoshish har tomonlama (kompleks) bo’lishi lozim. Demak, kasallikni chaqiriladi va unga mahsuslik bag’ishlanadi, bu sababsiz hech qanday sharoitda shu kasallik sodi bo’lmaydi.
Kasallikni tashqi sabalarini mexanik, fizik, kimyoviy, biologik, ruhiy va ijtimoiy, hamda ichki sabalarini-irsiy, konstitutsiya, yosh, jins kabilarni ajra-tadi. Ammo sabablarni bunday farqlash shartlidir. Ichki sabalar rivojlanishi jarayonida tashqi muhit bilan mustahkam o’zaro munosabat natijasida yuzag keladi.
Sharoit kasallik chiqarmaydigan omillar bo’lib, uni paydo bo’lishi va rivojla-nishiga ta’sir ko’rsatadi. Tashqi muhitni yoki organizmni ichki muhtining sharoit-lari kasallik paydo bo’lishiga yo ko’maklashadi yoki to’sqinlik qiladi. Kasallik paydo bo’lishiga ko’maklashuvchi tashqi sharoitlarga organizmni qarshilik qilish qobiliyatini pasaytiruvchi barcha omillar: ovqatlanishni buzilish, ochlik, charchashlik (jismoniy va ruhiy), maishatda va korhonadagi tez-tez sodir bo’luvchi salbiy emotsiya (hayajonlanish), kasal bolalarni yomon parvarish qilish kabilar kiradi.
Kasallik paydo bo’lishiga ko’maklashuvchi ichki sharoitlarga kasallikka irsiy moyillik, patologik konstitutsiya, go’dalik yoki qarilik yoshlari kiradi, bu hollarda organizmning reaktivligi kuchsizlanadi. Kasallik paydo bo’lishiga to’sqinlik qiluvchi tashqi sharoitlarga organizmning qarshilik qilish qobiliyatini mustahkam-lovchi hamma sharoitlar to’la qimmatli, sifatli va to’g’ri ovqatlanish, jismoniy tarbiya, uyda va korhonadagi musbat emotsiyalar, kasal bolalarni yaxshi parvarish qilish kabilar kiradi.
Kasallik paydo bo’lishiga to’sqinlik qiladigan ichki sharoitlarga kasalliklarga irsiy moyillikni yo’qligi, ba’zi kasalliklarga nisbatan turiga oid immunitetni ta’minlovchi irsiy, irqiy va konstitutsional omillarni mavjudligi va shu kabilar kiradilar.
Shunday qilib, kasallikni paydo bo’lishini quyidagi formulani taklif qilish mumkin. SababQsharoit (organizmni qarshiligini kamaytiruvchi va sababni patogen ta’sirini kuchaytiruvchi tashqi va ichki sharoitlar ) Q organizm q kasallik.
Etiologiyaning amaliy meditsina uchun ahamiyati.
Amaliyot bilan shug’ullanuvchi vrachlar uchun kasallikni paydo bo’lish sabablari-ni va sharoitlarni aniqlash g’oyatda muhim ahamiyatga ega. Bu bolalar va kattalarda ilmiy asoslangan etiologik diagnostik, davolash va kasallikni oldini olish usul-larini ishlab chiqish uchun zarur.
I.P. Pavlov kasallikni sababini aniqlashga juda katta e’tibor berar edi. Ka-sallikning sababi to’g’risida u aytgan so’zlar hozir ham o’z ahamiyatini yo’qotgan emas. “Sababni bilish, shubhasiz tabiatning eng muhim ishidir. Birinchidan faqat sababni bilibgina, unga behato intilish mumkin; ikkinchidan va eng muhimi, uni organizmga kirishiga yo’l bermasligi, ta’sir qilishiga imkon bermasligi kerak. Kasallikni hamma sabablarini bilibgina, hozirgi tibbiyot kelajagining tibbiyotga keng ma’noda gigienaga aylana oladi”.
Hozirgi zamon tibbiyoti ko’p kasalliklarni paydo bo’lish sabablarini va sharoitlarini aynan aniqlagan va etarli darjada o’rgangan. Shuni ta’kidlash kerakki, Kasallikni sababini aniqlash murakkab va qiyin masaladir. Buni sababini organizmga tashqi muhitning har xil omillari bilan kompleksda ta’sir qilishi bilan tushuntiriladi. Shu tufayli vrachga ko’p sonli omillar ichidagi aynan shu patologik jarayonni chaqiruvchi va unga mahsuslik bag’ishlovchi va demak kasallikka sabab bo’luvchi bittasini ajratib olish ba’zida mushkul vazifadir. Bundan tashqari vrach kasallikni paydo bo’lish Sharoitlarini aniqlashi lozim. Vrach sharoitni kasallik rivojlanishiga ko’maklashuvini yoki to’sqinlik qilishi mumkinligini esida tutishi kerak. Agar sharoitlar organizmning moslashuv hususiyatlarini izdan chiqarsa yoki qarshilik qilish qobiliyatini kamaytirsa, bunday holda sharoitlar sabablarini kasal chiqarish ta’sirini kuchaytiradi va kasallik paydo bo’ladi.
Bunday sharoitlar salbiy, yomon sharoitlar deyiladi. Bularga organizmni sovuq qotishi, qattiq charchashi, noto’g’ri ovqatlanishi, salbiy ruhiy xolatlari va h.k. lar kiradi. Bu sharoitlarning hammasi organizmni himoya moslashuv hususiyatlarini kuchsizlantirib, sababning ta’sirini tezlashtirish va kasallik paydo bo’lishiga ko’maklashuvi mumkin. Sharoitlar yaxshi ijobiy bo’lishi mumkin; bular gigiena sanitariya asoslariga rioya qilish, to’la qimmatli yaxshi ovqatlanish, ijobiy kayfi-yat, jismoniy tarbiya kabilardan iborat. Bu sharoitlarda organizmning qarshilik qilish qobiliyati kuchayadi va sababni kasal chaqirish ta’siri kuchsizlanadi. Yana shuni esda tutish kerakki, bir omilni o’zi ba’zida sharoit vazifasini o’tasa, ba’zida aniq sabab bo’lishi mumkin. Masalan, sifatsiz ovqailanish ba’zi hollarda salbiy, yomon sharoit bo’lib, organizmni qarshiligini kamaytiradi va sil kasalligini paydo bo’lishiga yordam beradi.
Boshqa hollarda sifatsiz ovqatlanish alimentar distrofiya, gipo-, avitaminoz-larni sababi bo’lishi mumkin. Shunday qilib amaliy vrachlar, masalan, kasallik etiologiyasini aniqlash uchun e’tiborni sabab, sharoit va organizmning reaktivli-gini o’rganishga qaratishlari kerak. Faqat shunday har tomonlama yondoshishgina vrachni xatolardan saqlaydi va bolalar kasalligini diagnozini qo’yish, davolash va oldini olish choralarini, sifatini oshiradi.