Dushman. Tushda dushmanni engish do’stlikka, dushman kelganini ko’rish tahlikaga ishoradir. Kimki tushida dushmanini uchratibdi, o’ngida o’z manfaatini qattiq tu rib himoya qiladi, aks holda zararga yo’liqadi. Agar tush da dushman uni g’iybat qilayotganini eshitayotgan bo’lsa, demak, o’ngida atrofida uni ko’rolmaydigan hasadchi odam lar ko’payar ekan. Agar tushida dushman bilan hazil mazax qilsa, ishning o’pgidan kelishiga, raqiblari bo’lsa, ular bilan yarashishiga ishoradir. Agar dushmanining o’zi ke lib taslim bo’lsa, o’ngida ishlari to’xtab qoladi, agar dush manni o’zi qo’lga tushirsa, uning barcha yovuz niyatlarini barbod qilibdi.
Do’zax. Tushda do’zaxni ko’rish gunoh va ma’siyatga isho radir. Agar kishi tushida do’zax olovini va azoblarini ko’rsa o’ngida axloqsiz ishlar qiladi va odamlar ko’zi ol dida birdan o’lim topadi. Ja’fari Sodiq bu tushni quy idagicha yo’ygan ekan: Alloh taoloning g’azabi, gunohga botish, hukmdor zulmi, musibat, g’am, ranj va mehnat. Bun day tush ko’rgan kishi sadaqa berishi kerak.
Dukon. Tushda do’kon ko’rish farovonlikka yo’yiladi, agar bo’ydoq odam tushida do’kon ko’rsa, o’ngida uylanadi, bemor bunday tush ko’rsa, o’ngida sog’ayadi.
Do’l. Agar tushingizda do’l yog’sa, demak, o’ngingizda xay ru baraka topasiz. Bu tushni muhim bir sirning ochili shiga ham yo’yadilar. Agar bu tushni qiz yoki juvon ko’rsa, muhabbatga duchor bo’ladi. Agar tushingizda do’l parchala rining tomingizga qarsillab tegayotganini eshitsangiz, yaxshilikka emas.
Do’ppi (umuman, bosh kiyim). Tushida yangi do’ppi kiygan odam o’ngida obro’ e’tibor topadi. Agar kiygan do’ppisi eski bo’lsa, o’ziga tegishli mulkni birovga berib yuboradi.