Jinsiy ojizlik. Tushida jinsiy jihatdan ojiz bo’lib qolganligini ko’rgan odam o’ngida aql va xotir jamlik bilan oila ro’zg’orini tebratar ekan. Bunday ka sallikdan davolanganligini ko’rsa, o’ngida mansabga eri shib, obro’ topadi. Kimki tushida uylansa va xotini bi lan jinsiy aloqa qilolmasa, o’ngida foyda bermaydigan savdo bitimi tuzadi va natijada ko’ngilsizliklarga duch keladi.
Jirish. Agar balog’atga etgan qiz yoki o’tirib qolgan qizlar yoxud beva ayollar tushlarida jirish (elanmagan, ser kenak un) ko’rsalar, baxtiyor oila qurishlariga ishora.
Jodu. Tushida jodutarni ko’rgan odam Iblisni ko’rib di, tavba qilib, sadaqa berishi kerak.
ch Joynamoz. Tushda joynamoz yaxshi inson bo’lishdan dalolat beradi. Agar bunday tushni bo’ydoqlar ko’rsa, yaxshi oila sohibi bo’lishiga ishoradir.
Jomadon. Agar tushingizda jomadonga narsalaringizni joylayotgan bo’lsangiz o’ngingizda safarga ketar ekansiz.
Jon talvasasi. Kimki t>shida birovning jon talva sasida yotganligini yoki o’zining jon talvasasida ekanli gini ko’rsa, o’ngida sog’lig’i yaxshilanadi, boylik topadi.
Josus. Kimsaning tushida uni josuslar kuzatayotgan bo’lsalar, o’ngida janjal va ko’ngilsiz voqealar bo’ladi. Agar o’zi josuslik qilayotgan bo’lsa, u holda o’ngida qil gan ishidan foyda ola bilmaydi.
Juzdon (papka). Agar juzdoningiz to’la bo’lsa, o’ngin gizda muhim bir ishning muvaffaqiyatli natijalani shiga ishoradir. Buning aksi yomonlikka yo’yiladi.