Jig’ildon qaynashi (zarda)da

Jig’ildon qaynashi (zarda)da
Jig’ildon qaynashini to’xtatishda shifobaxsh zardobdan foydalanish zarur. Uni tayyorlash uchun sigir, qo’y yoki echki suti qatiq qilinadi, uni xaltaga solib osib qo’yilsa, zardobi oqadi. Shu zardobdan uch ho’plam ichilsa, jig’ildon qaynashi taqqa to’xtaydi. Zardobni suv o’rnida iste’mol qilib turish lozim.

Bundan tashqari, yana maxsus usul bilan tayyorlangan mastava ham jig’ildon qaynashini davolashda muhim ahamiyatga ega. U quyidagicha tayyorlanadi: guruchni iliq suvda yuvib, 5-6 soat ivitib qo’yiladi, so’ngra mantiqasqon lappagiga doka yopilib, ustiga guruch sochilib, yumshagunga qadar bug’lab pishiriladi. Avval ajratib qo’yilgan zardobni qozonga quyib, piyoz, sabzi hamda yog’li go’shtdan tayyorlangan qiyma solinib, ma’lum vaqt mobaynida qaynatiladi. So’ngra pishgan guruch qo’shilib, yana biroz qaynatiladi.

Yoz paytlarida zardobning har bir litriga bir oshqoshiqdan asal solib qaynatiladi. So’ngra shishalarga quyib, salqin joyda saqlanadi va yaxna ichimlik sifatida ichiladi.

Shuningdek, jig’ildoningiz qaynasa, olxo’ri tanovul qiling.
Kartoshqaning siqib olingan suvi jig’ildon qaynashiga qarshi yaxshi omil hisoblanadi.
Yalpizning spirtli tindirmasidan qand bo’lagi yoki suvga 15 tomchi tomizib ichilsa, jig’ildon qaynashiga xotima beradi.
Jig’ildon qaynashida, shuningdek, 3-4 dona no’xat donini chaynab iste’mol qilish tavsiya etiladi. Mabodo kutilgan natijaga erishilmasa, bu amal yana takrorlanadi.

(Visited 4 906 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
error: Content is protected !!