ETTI KUNLIK OChLIK

ETTI KUNLIK OChLIK(PARHEZ)NI QANDAY TUGALLASh MUMKIN?
Etti kunlik ochlik(parhez) paytida oshqozoningiz va hamma ichak yo’llaringiz murosa qilib yashaydi va qachonki ochlik(parhez)ki to’xtatish vaqti kelganida quyidagilarga amal qilish kerak: ochlik(parhez)ning ettinchi kuni

taxminan kechqurun soat beshlarda o’rta hajmdagi to’rt-beshta pomidorning yupqa po’stini olib tashlang, so’ngra ularni kesib qaynoq suvga soling va darhol olovdan oling. Ularni sovutib iste’mol qiling.

Sakkinchi kuni ertalab qirg’ich- dan o’tkazilgan sabzi va karamdan salat tayyorlang va unga yarimta apelsin sharbatini qo’shing. Shundan so’ng uni uncha katta bo’lmagan likopchada dimlangan ko’kat va bug’doy noni bilan birga iste’mol qilish mumkin. Yuqorida aytganimday, birinchi ovqatni qabul qilish ertalab amalga osqishi kerak.

Kun davomida istagan darajada distillangan suv iching. Tushlikka qirg’ichdan o’tkazilgan sabzidan salat, apelsin sharbati qo’sqilgan maydalangan seldir va karam iste’mol qilish kerak. Shundan so’ng ikkita sabzavotli taom (suvda iishgan) – yosh karam, qovoq, sabzi yoki ko’k no’xat va ikki bo’lak qoq non. Ushbu ovqatlar tarkibida yog’ yo’q.

O’ninchi kuni ertalab banan, apelsin, greypfrut yoki olma kabi istalgan sarxil mevalardan iste’mol qilish mumkin.

Ularga ikki osh qoshiq o’sib chiqqan bug’doy murtagini bir osh qoshiq asal bilan aralashtirib shirin bo’lishi uchun qo’shsa bo’ladi. Kunduz kuni – qirg’ichdan o’tkazilgan sabzi, karam va seldirdan salat, bitta sabzavatli issiq ovqat va bir bo’lak |$oq non. Kechki ovqat – turlicha salatlar, tomatlar va ikkita sabzavotli taom.

O’n kunlik ochlik(parhez)ni qanday tugallash kerak?
Etti va o’n kunlik ochlik(parhe.z) oralig’idagi farq katta emas. Uninchi kun soat beshlar atrofida pomidor tanovul qiling, so’ngra yuqoridagi bobdagi tavsiyalarni bajaring.

Eguliklarni o’zingiz xohlagandan ko’ra ko’p iste’mol qilmang. Unutmang, siz etti kundan o’n kunga qadar ovqatsiz yashadingiz va ishtahani yo’qotdingiz. Siz endi-endi ovqat eyish- ga kirishgan ekansiz, bu tanangizga zudlik bilan kuch-quvvat quyilib keladi degani emas. Organizm zaharlarni zararsiz- lantirish dasturidan ovqatga to’yish dasturiga o’tishi uchun ma’lum vaqt kerak.

(Visited 1 030 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment
error: Content is protected !!