Ilon chaqsa uy sharoitida davolash usullari turlari kasalliklari haqida malumot

Ilon chaqsa

Ilon chaqsa uy sharoitida davolash usullari turlari kasalliklari haqida malumot

Odatda ilonlar bezovta qilinganda (bexosdan tegib ketilganda yoki bosib olinganda) chaqadi. Ilon chaqishining xavfi asosan uning zahri hisoblanadi. Ilonlarning zahar bezidan chiqadigan sarg’ish yoki och yashil, hidsiz tiniq suyuqlik — zaharidir.

Yaxshilab quritilgan va havo kirmaydigan joyda saqlangan ilon zahri 23 yilgacha o’zining barcha xossalarini saqlab qoladi. Unda 15 ga yaqin oqsil moddalar borligi elektroforez usulida aniqtanib, bu moddalarning biologik xossalari turlicha ekanligi qayd qilingan.

Ilonlarning turiga qarab zaharining tarkibi ham har xil bo’ladi. Masalan, qora ilon (gadyuka) zahrida gemorragin bor, u qonga ta’sir qiladi.

O’rta Osiyodagi zaharli ilonlar zahrining organizmga ta’siri ham bir xil emas: ulardan biri odam yoki hayvonni o’ldirsa, ikkinchisi qonni ivitadi, uchinchisi qizil qon tanachalarini emiradi, boshqasi esa organizmga hech qanday ta’sir ko’rsatmaydi. Ilon zahrining ta’siri odamning qaysi joyini chaqqaniga bog’liq. Bosh, ko’krak yoki bo’yinni, shoh qon tomirini chaqsa, oyoqni chaqqanga nisbatan juda xavfli.

Ilon zahrining ta’siri odamning yoshiga va jismoniy holatiga ham bog’liq. Ayniqsa, uch yoshgacha bo’lgan bolalarda ilon chaqishi og’ir kechadi. Masalan, qora ilon chaqishi bilanoq biroz og’riq va qizarishdan tashqari, o’sha joy atrofi qizarib, juda ko’p qon quyiladi va tez tarqaluvchi shish paydo bo’ladi.

Kapcha ilon (kobra), dengiz ilonlari va ba’zi chinqiroq tropik ilonlar zahri asab tizimini shikastlab, mushaklarni bo’shashtiradi, odamning boshi og’rib, eti uvishadi, qo’l-oyoqlari zirqirab og’riydi, ko’ngli aynib, ba’zan qayt qilish, tana harorati 38-39° gacha ko’tarilishi kuzatiladi. Nafas markazining falajlanishi natijasida odam halok bo’lishi mumkin.

Birinchi yordam. Ilon chaqqanda yaralangan joyni tezda (15-20 daqiqa davomida) og’iz bilan so’rib, tanaga tushgan qonsimon to’qima suyuqlik tupurib tashlashni unutmaslik kerak. So’ngra yarani yod, spirt, brilliant yashili bilan artish zarur.

Oyoq-qo’lni mutlaqo qimirlatmaslik (zahar badanga tarqalib ketmasligi uchun) va shikastlangan odamga orom berib, mumkin qadar tezroq davolash muassasasiga olib borish lozim. Ilon zahri juda tez so’riladi, shu sababli chaqqan zahoti birinchi shoshilinch yordam berilgan taqtsirdagina foyda bo’lishi mumkin.

Bunda tanaga maxsus zardob yuborish tavsiya etiladi. Zardobni ilon chaqqandan keyin dastlabki 30 daqiqa
ichida yuborish kerak. Ilon chaqqan joy terisini kesish, jgut bilan boylash, shikastlangan kishiga spirt yoki aroq ichirish, ilon tishi botgan sohaga kaliy permanganat yoki boshqa oksidlantiruvchi moddalar qo’yish, o’sha joyni kuydirish man qilinadi.

Bu usullar ilon zahrining kuchini kamaytira olmaydi va ta’sirini to’xtatmaydi, aksincha, uning kuchini sezilarli darajada kuchaytiradi va qator og’ir asoratlarga olib keladi. Ilon chaqishining oldini olish uchun charm yoki rezina etik, qalin kiyim kiyish, safarda, ekspeditsiyada to’xtash va tunash joylarini yaxshilab tekshirish lozim.

Ilonlar faqat o’zini himoya qilish uchun odamni chaqadi, shu boisdan ko’proqularni ushlamoqchiyoki o’ldirmoqchi bo’lgan kishilar (odatda, bolalar yoki o’smirlar) nigina chaqadi. Xalq tabobatida zaharli ilonlar uch qismga bo’linib, qanday ilon chaqqaniga qarab davo choralari ko’rilgan.

Birinchi guruhga kiruvchi ilonlarning zahri juda kuchli bo’lib, ular chaqqan odamni davolash dargumon. Ko’p hollarda «kar», «shaqildoq» deb ataluvchi ilonlar chaqqan kishilar uch-to’rt soatda o’ladi. Ana shu ilonlar chaqqan joyni darhol kesib tashlash yoki olovda doglab, ta’sir kuchini qaytarish yo’li bilan odam hayotini saqdab qolish mumkin.

Ayrim hollarda unga tuzlangan baliqni to’yib edirib, qustirish, keyin boshqa davolar yordam berishi ehtimol. Shuningdek, efa iloni ham xavfli. U chaqqan kishining og’zi quriydi, ichki a’zolarida kuyib yonish, badanida titroqli isitma, sovuqter paydo bo’ladi, rangi aynib ko’karadi, boshi aylanib, ketma-ket, kalta-kalta nafas oladi, ko’ngli aynib, hiqichoqtutadi, ba’zan safroli xilt qusadi, siyishi qiyinlashadi.

Shu ilon chaqqan kishiga sarimsoq, agar sarimsoq topilmasa, gandona va piyozni sharobga qo’shib berish kerak. Isiriq, tsitron urug’i ham qo’l keladi. Shuningdek, qora yo’ng’ichqa urug’i, cho’l gazak o’ti sariyog’ga qo’shib berilsa ham davo bo’ladi. Bordi-yu ko’rilgan choralar ish bermasa, bu ilon chaqqan odam ba’zan uch kunda, ba’zan etti kunda o’ladi.

Ikkinchi guruhga kiruvchi ilonlar kuchsiz bo’lib, zahri kamdan-kam hollarda o’ldiradi. Uchinchi guruhdagilari zahri o’rtacha tezlikda tarqaluvchi ilonlar bo’lib, ba’zilari chaqqanda odam hayotini saqdab qolish dargumon bo’ladi, ba’zilarining zahri tarkibiga qarab, odam uch-etti kunda o’ladi.

Bulardan tashqari ilonlarning «tupuruvchi» turi ham bo’lib, tishlarini bir-biriga qisib, so’lak chiqaradi va odamga otadi. So’lagi yoki tupigining hidi odam tanasiga tegsa — o’ldiradi.

* Ittikanak ildizidan 3 osh qoshig’ini sirli idishga solib, ustiga 3 stakan suv quyiladi. Past olovda og’zi yopiqholda 30 daqiqa qaynatiladi. Keyin kun bo’yi ichiladi.

* Ermon (achchiq shuvoq) o’tidan 100 g olib, ustiga bir litr o’tkir oq vino quyiladi. 10 kun qorong’i va issiqjoyga qo’yiladi, vaqti-vaqgi bilan aralashtiriladi. Suzib olgach, kuniga 3-4 mahal 50 g dan ichiladi.

* Mavrakning yangi uzilgan o’ti maydalab eziladi va ilon chaqqan joyga qo’yiladi. Uning qaynatmasini ham ichish kerak.

* Sirka chayon chaqqan joyga surkalsa, foyda qiladi.

* Ilon chaqqan joydan ozroq qon chiqarib, keyin tuz qo’yiladi.

* Dalachoy o’tining gullagan yuqori qismidan 100 g olib, ustiga yarim litr kungaboqar yog’i quyiladi. 10 kun qorong’i va issiqjoyda saqlanadi, vaqti-vaqti bilan aralashtirib turiladi. Suzib olgach, kuniga 3-4 osh qoshiqtsan ichiladi, ustidan dalachoy qaynatmasini ichish kerak.

* Shirchoy o’tini yaxshilab maydalab, chaqqan joyga bog’lam tarzida qo’yiladi.

* Shirchoy o’tidan 3 osh qoshig’ini sirli idishga solib, ustiga 3 stakan sovuq suv quyiladi. Past olovda 15 daqiqa qaynatib, yana15 daqiqa damlab qo’yiladi. Suzib olgach, kun davomida oz-ozdan ichiladi.

* Ilon yoki chayon chaqqan joyga sarimsoq ezib surtilsa va tuz sepib turilsa, shifo bo’ladi.

* Kun davomida 2-3 bo’lakcha sarimsoq eb turish kerak.

* Sarimsoqni ko’p iste’mol qilgan odamni ilon chaqsa, zahri o’tmaydi.

* Chayon yoki ilon chaqqan joyga chayon solib qo’yilgan moy surtilsa, zahar yo’qoladi.

* Zira sharob bilan qo’shib ichilsa, ilon zahrini ketkazadi.

* Dafna (lavr bargi)ning ho’lidan chaynab, chaqqan joyga qo’yiladi.

* Kelintili ildizidan 3 osh qoshig’ini sirli idishga solib, ustiga 3 stakan sovuq suv quyiladi va past olovda 30 daqiqa qaynatiladi. Keyin kun bo’yi ichiladi.

* Kelintilining o’ti va ildizini maydalab ezib, chaqqan joyga qo’yib bog’lanadi.

* Semizo’tdan 3 osh qoshig’ini sirli idishga solib, ustiga 3 stakan sovuq suv qo’yiladi. Past olovda 15 daqiqa og’zi yopiqholda qaynatiladi. Keyin 15 daqiqa tindirib qo’yiladi. Suzib olgach, kun davomida oz-ozdan ichiladi.

* Ermon (achchiq shuvoq)dan 50 g olib, unga yarim litr o’tkir oq vino qo’shiladi. Kuniga 4-5 mahal bir osh qoshiqdan ichiladi.

* O’rta Osiyo xalq tabobatida qo’ypechak bargini maydalab ezib, shikastlangan joyga qo’yib bog’lanadi-

* Ittikanakning yangi uzilgan o’ti chaqqan joyga qo’yiladi, bu esa og’riqni qoldirib, zaharni oladi.

(Visited 1 050 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH