ALKOGOLIZMNI DAVOLASH

ALKOGOLIZMNI DAVOLASH
Davolanishni maqsad qilib qo’ygan alkogolik o’z ixtiyori bilan shifokor narkologga murojaat qilishi kerak. Davolash va davolanish “mahfiy-anonim” ravishda, albatta shifokor yordamida, olib boriladi. Davolash ambulatoriya sharoitida yoki statsionarda – kasalxonada olib boriladi. Yaxshi natijaga erishishning asosiy mezoni va samarasi asosan bemorning o’ziga bog’liq, aksincha hech qanday foydasi bo’lmaydi.

Agarda bemorda psixoz holati ro’y bersa (oq alaxlash, gallyutsinatsiya, rashkiy alaxlash, o’zini o’ldirishga harakat qilish va boshqalar), u holda majburan statsionarga yotqizib davolanadi.
Davolash uch bosqichda olib boriladi:
Birinchi bosqich – bemorga tegishli davolash ishlari bajariladi. Asosiy maqsad organizmni alkogoldan holi qilish uchun hamda tinchlantiruvchi dori vositalaridan buyuriladi.
Ikkinchi bosqich – xuddi shuningdek yuqoridagi ishlar davom ettiriladi va yana bemorda alkogolga nisbatan salbiy “shartli refleks” barpo etish bilan davolash ishlari olib boriladi.
Uchinchi bosqich – ushbu bosqichda yuqoridagi davolash ishlariga eng yaxshi natija beradigan mehnat bilan davolashga o’tiladi. Ixtiyoriy davolanishni istamaganlarni mahsus narkologik statsionarda majburiy ravishda davolanadi. Ayrim jamoatchilikka, oilasiga ziyon etkazgan bemorlar uchun huquq targ’ibot qoidalari bo’yicha individual chora-tadbirlar ko’riladi. Davolashda individual hamda umumiy ravishda psixoterapiya yo’li bilan davolash yaxshi samara beradi. Shuningdek, gipnozoterapiya usuli ham ancha foydali hisoblanadi.

 

Bemor psixoz holatida bo’lsa psixiatrik kasalxonaga majburiy yotqizib davolash choralari olib boriladi. Kasalxonada barcha tegishli kompleks davolash usullaridan foydalaniladi.
ALKOGOLIZMGA QARSHI KURASH
Alkogolizmga qarshi qonunlarni bo’lganligi xaqidagi ma’lumotlar bo’yicha juda qadim zamonlarda ham bunday masalalar mavjud bo’lgan ekan. Eramizdan avvalgi 1220 yilda Xitoy imperatori Vu Veng barcha ichkilikbozlarni qatl etishlik haqida qonun chiqargan.
Qadimgi Gretsiyada koxin va ibodatxona qorovullari spirtli ichimlik sotadigan do’konlarga kirmasligi haqida Farmon chiqargan, aks holda ularni o’tga tashlash buyurilgan.
Qadimgi rimliklarda 30 yoshgacha bo’lgan kishilarga vino ichish qattiq ma’n etilgan, ayniqsa kelin-kiyovlarga va uning zararli ekani tushuntirilgan. Arastu va Gippokrat alkogol ichishlikni o’z ixtiyori bilan jinni aqlsiz bo’lishlik deb tushuntirishgan. Plutarx esa «Ichkilikboz ona ichkilikboz bola tug’adi» degan.
Xitoyda ichkilikka mukkasidan ketganlarni o’ldirishgan, Hindistonda esa og’ziga qaynoq vino quyishgan. Ulug’ Karl ichkilikbozlarni oldin qorong’u xonada, so’ngra yorug’ xonada jazolashgan va agarda bular foyda bermasa o’limga mahkum etgan. Birlashgan Arab Amirligida alkagol ichish butunlay ma’n etilgan. Musulmonlar ichgan kishilarni 40 marta darra bilan savalashgan. Kelgindilar ichgan bo’lsa 2 oydan 6 oygacha, sotuvchilar esa bir yilgacha turmaga qamalganlar.
Rusda alkogolizmga qarshi kurash 1652 yildan boshlangan. Peter I ning buyrug’iga ko’ra ichkilikbozni kaltaklashgan, chuqurga tashlashgan, turmadagilarning bo’yniga esa cho’yandan 7 kglik medal osib, unga «ichkilikbozligi uchun» deb yozib qo’yilgan.
1808 yilda Angliyada, Shimoliy Amerikada antialkagol tashkilotlar tashkil etilgan. 1830 yillarda Ovro’pada tashkil etila boshlandi.
1994 yilda Shvetsiyada aroqni faqatgina oila boshlig’iga kartochka tizimi orqali sotiladigan bo’ldi.
1917 yilda AQSh Kongressida «Quruq qonun» proekti chiqarildi. Ammo alkogolli ichimliklarin yashirincha tayyorlash ko’payib ketgan, 1932 yilda uni yo’qqa chiqarildi

.
1919 yilda RSFSR da spirtli ichimliklarni ishlab chiqarish va sotish Rossiya territoriyasida mumkin emasligi haqida qaror chiqarilib, ushbu qarorni buzganlarni 5 yilgacha qamoq jazosi va mol-mulkini musodara qilish bilan jazolaganlar. 1928 yilda «Alkogolizmga qarshi umumittifoq jamiyat» tashkil etildi.

1972 yilda sobiq SSSR da «Ichkilikbozlik va alkogolizmga qarshi kurash  choralarini kuchaytirish haqidagi Davlat qarori e’lon qilindi». (Brejnev davrida) Shuningdek 1983 yilda ham shunday qaror chiqardilar.(Gorbachev davrida) O.Volkovning ma’lumotiga ko’ra AQSh, Kanada, Chili, Polsha va boshqa mamlakatlarda oilada balog’atga etmagan bolalar oldida ichkilik ichuvchilarga qarshi
qattiq chora qo’llanadi.
Chilida mehmonlarga ortiqcha spirtli ichimlik ichirgani uchun mezbon javobgar hisoblangan. Vengriya va Polshada «Samogonovarenie»ga qarshi qattiq kurash olib borilgan. Finlyandiyada spirtli ichimliklarga «Kartochnaya sistema»si qilishdan tashqari, oilada mayib-majruh bolalar tug’ilaversa alkogolni ixtiyoriy yoki majburiy ravishda «sterillash» (organizmni alkogoldan tozalash) o’tkazish yo’lga qo’yilgan.
Frantsiya, Angliya va boshqa mamlakatlarda yosh bolalarni ichkilik ichishga o’rgatganlari uchun qonuniy qattiq jazo qo’llangan.
Polshada ichkilikbozlarga oladigan maoshini yarmini qo’liga berilgan, xushyorxonada bo’lgan bo’lsa bir oylik maoshi olib tashlangan.
1985 yilda O’zbekiston respublikasi Oliy soveti Prezidiumining «Ichkilikbozlik hamda samagon ishlab chiqarishga alkogolizmga qarshi kurashchoralarini kuchaytirish haqida»gi qarori e’lon qilindi. Ushbu qarorlar alkogolli ichimliklarni suiste’mol qiluvchilarga qarshi ta’sir etishlikda idoralar, jamoatchilik hamda meditsina xodimlarining ushbu yo’ldagi xarakatlarining samarasini oshirishlikka qaratildi. Hozirgi vaqtda Respublikamizda, ayniqsa transport haydovchilariga tegishli choralari qo’llanib kelinmoqda va ular albatta o’zining
yaxshi samarasini bermoqdadir.

 

(Visited 5 049 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
error: Content is protected !!