2017 yilning 22 avgustidan boshlab O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki qiymati 50000 so’m bo’lgan banknot ko’rinishidagi yangi pul belgilarini muomalaga chiqaradi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qiymati 50000 so’m bo’lgan pul belgilari 144 x 78 mm. o’lchamdagi himoyalangan qog’ozda tayyorlangan.
Banknotning o’ng tarafidagi keng oq rangli sathda O’zbekiston Respublikasi Gerbi va “50000” raqami ko’rinishida suv belgisi mavjud.
Oq rangli sathning chap tarafidan qog’oz qatlamida “Darcha” va “3D” effektli yuzaga chiqib, ichkariga botuvchi eni 4 mm. bo’lgan himoya ipi o’tkazilgan.
VIDEO YUOTUBE SAYTIDAN KO`RASIZ
(Visited 379 times, 1 visits today)