Tovonlar yorilganda

Tovonlar yorilganda
Har kuni yotishdan oldin oyoq yaxshilab yuviladi va yog’li yoxud tarkibida «A” darmondorisini saqlaydigan kremlar surtib, to teriga singib ketgunicha ishqalanadi.

Agar tovon yorilgan bo’lsa, 3-4 hafta davomida iliq suvli oyoq vannasi qabul qilinadi. Bunda 1 litr suvga 1 choyqoshiq iste’mol sodasi solinadi. Vannadan so’ng kaliy permanganot margantsofkaning och rangli eritmasi bilan yuviladi. Oyoq vannasi qabul qilingach, 2-3 soatdan keyin tovonning yorilgan joylariga sintomitsin emulsiyasidan
surtilib, bog’lanadi. Har kuni kechqurun shunday muolaja qilib turilsa, tovonning yorilgan joyi odatda 7-10 kunda tuzalib ketadi.

(Visited 275 times, 1 visits today)

Related posts