Agarda kimnidir sevsang, uni bo’sh qo’y… TURLI TALQINLAR

Kimnidir sevsang

HAQIQIY (ORIGINAL) TALQIN:
Agarda kimnidir sevsang, uni bo’sh qo’y…
Agar u qaytsa, demak, u seniki,
Agarda qaytmasa, u hech qachon seniki bo’lmaydi .

PESSIMISTLAR TALQINI
Agarda kimnidir sevsang, uni bo’sh qo’y…
Agar u umring oxirigacha biror marta bo’lsa-da qaytsa, u seniki,
Agarda qaytmasa, yaxshi, u hech qachon seniki bo’lmagan bo’ladi.

 

OPTIMISTLAR TALQINI:

Agarda kimnidir sevsang,
uni bo’sh qo’y…
Xavotir olma, u qachondir qaytadi

SHUBHA QILUVCHILAR TALQINI
Agarda kimnidir sevsang, uni bo’sh qo’y…
Agar u qaytadigan bo’lsa, nega qaytganini so’ra.

SABRSIZLAR TALQINI
Agarda kimnidir sevsang, uni bo’sh qo’y…
Agar u belgilangan vaqtda qaytmasa, undan darrov voz kech

SABRLILAR TALQINI
Agarda kimnidir sevsang, uni bo’sh qo’y…
Agar u qaytmasa, qaytguniga qadar kutishda davom et…

SHO’X(O’YNOQI)LAR TALQINI
Agarda kimnidir sevsang,
uni bo’sh qo’y…
Agar qaytsa, va hali ham uni sevsang,
Yana uni bo’sh qo’y, … (takror)

HUQUQSHUNOSLAR TALQINI
Agarda kimnidir sevsang, uni bo’sh qo’y…
Oila kodeksining 582-moddasi 5-qism d bandiga ko’ra u …

PROGRAMMISTLAR TALQINI
Agarda kimnidir sevsang, uni bo’sh qo’y…
Fikrimcha, undan pereustanovka uchun pul olishimiz va 1 oydan so’ng upgrade(obnovit) qilish uchun kelishini aytish kerak

STATISTIKLAR TALQINI
Agarda kimnidir sevsang, uni bo’sh qo’y…
Agar u seni sevsa, uning qaytib kelish ehtimolligi yuqori
Agar u seni sevmasa, sening aloqang mustahkam emas.

TADBIRKORLAR talqini
Agarda kimnidir sevsang, uni bo’sh qo’y…
Agar u qaytsa, yangi qarzlarini va yuklarini tekshir
Agar qaytmasa, uni eski hamkordek hisobdan chiqar

 

(Visited 928 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
error: Content is protected !!