Ich qotishi uy sharoitida davolash usullari turlari kasalliklari haqida malumot

Ich qotishi

Ich qotishi uy sharoitida davolash usullari turlari kasalliklari haqida malumot

 

Ich qotishi — ichaklar bir necha kun davomida bo’shamasligi, ya’ni ich kelmasligi yoki qiyinlik bilan kelishi. Ko’pincha ikki kun va undan ham ko’proqmuddat ichaklar bo’shamasa, bu ich qotishi hisoblanadi.

KASALLIK KUCHAYIB KETMASDAN SHIFOKORGA MUROJAR QILING

Har kuni ich bo’shashi shart emas, uning tez-tez bo’shalishi eyilgan ovqatga, u ko’p yoki ozligi, qachon eyilganiga, organizmdagi moddalar almashinuvi, odam yoshligidan o’rgangan odatlariga, ichadigan suv miqdoriga, qabul qilingan dorilarga bog’liq.

Sog’lom kishilarda ko’pincha ich bo’shashuvi doimiy tarzda kun osha, ayrimlarda kuniga 2 marta, ko’pchilikda kuniga bir marta bo’ladi. Ich qotishi, qabziyat qator xastaliyutarning asorati bo’lishi yoxud noto’g’ri ovqatlanishdan kelib chiqishi mumkin. Ich qotishi alohida kasallik bo’lib, ko’pgina xastaliyutar borligidan darak berishi mumkin: yo’g’on ichak o’smasi, ingichka ichak yallig’lanishi, ichak faoliyatining vaqtincha buzilishi v. h.

Masalan, uzoq muddatga sayohatga borilganda, doim o’rganib qolingan sharoit yoki hayot maromi o’zgarganda ich qotishi mumkin, lekin bu uzoqqa cho’zilmaydi. Ich qotishi mustaqil kasallik bo’lishi ham mumkin, hojatga zaruriyat bo’lganda uni vaqtida bajarmaslik shu jumladan.

Ich qotishi

Ich qotishi uy sharoitida davolash

* Qabziyatda kuniga bir choy qoshiqtsan, maydalab tolqon qilingan no’xotdan iste’mol qilish lozim, bu ovqat hazmini me’yorga soladi.

* Surunkali qabziyatda kuniga 2-3 mahal gazanda urug’i tolqonidan iste’mol qilib, ustidan bir osh qoshiqo’simlik moyi ichiladi.

* Qip-qizil atirgulning yangi gulbargidan kuniga 30-40 g olib, 2-3 mahal, ovqatdan 30 daqiqa oldin yaxshilab chaynalsa, qabziyatda kuchli yumshatuvchi surgi dori hisoblanadi.

* Tog’jumro’t o’simligi mevasidan 2 qism, moychechak gulidan bir qism olib aralashtiriladi. Undan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va bug’da 5 daqiqa qaynatib, keyin 40 daqiqa tindirib qo’yiladi. Kechqurun bir mahal ichiladi.

* Tog’jumro’t o’simligi mevasidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va 2 soat damlab qo’yiladi. Suzib olib, uyqu oldidan yarim stakandan ichiladi.

* Tog’jumro’t o’simligi mevasidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va 2-3 daqiqa qaynatib, 2 soat qo’yiladi. Suzib olib, qaynatmadan surgi dori sifatida uxlashdan yarim soat oldin, yarim stakandan ichiladi.

* Chakamug’ning er ustki qismidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va 3-4 daqiqa qaynatib, 2 soat qo’yiladi. Suzib olib, uxlashdan oldin yarim stakandan ichiladi.

* Qo’ypechak o’simligi ildizini quritib, tolqon qilinadi va shakar aralashtirib, kuniga bir choy qoshiqdan suv bilan ichiladi.

* Qo’ypechak ildizidan tayyorlangan tolqondan 1 g (pichoq uchida) olib iste’mol qilinsa, kuchli qabziyatga shifo bo’ladi.

* Qo’ypechak o’tidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va bir soat tindirib qo’yiladi. Kuniga 2 mahal yarim stakandan iste’mol qilinadi. Ich qotganida surgi vazifasini bajaradi.

* Ovqatdan oldin doim yangi piyoz eyish yoki ko’pincha bir choy qoshiqdan 3 mahal siqib olingan sharbatidan ichib turish kerak. Muolaja muddati – 3 hafta, keyin davolash takrorlanadi.

* Sarimsoqtsan 2-3 bo’lakcha olib, kuniga 3 mahal ovqat bilan iste’mol qilish kerak.

* Otquloq urug’idan va yuqori qismidagi bargidan 2 osh qoshig’i ustiga bir stakan suv quyib, bir soat damlab qo’yiladi. Kuniga 3 mahal ovqatdan yarim soat oldin 50 g dan ichiladi. Ich qotishiga qarshi yotish oldidan otquloq urug’i va ildizidan olingan tolqondan yarim choy qoshiq iste’mol qilinadi.

* Apelsindan har kuni ertalab va kechqurun bir-ikkita eyish kerak.

* Kapalakgul o’tidan 2 osh qoshig’ini termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi va damlab qo’yiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 4 mahal ovqatdan oldin, yarim stakandan ichiladi.

* Kuniga 2-3 mahal qo’rda pishirilgan olma eyish surunkali qabziyatda davo bo’ladi.

* Qashqarbedadan 75 g, zubturum urug’idan 75 g olib aralashtiriladi, undan bir osh qoshig’i termosga solinadi va ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 4 mahal 50 g dan, ovqatdan 30 daqiqa oldin ichiladi.

* Sholg’om urug’ini hovonchada yanchib, asal bilan aralashtirib eyilsa, ichakni yuriiggiradi, qabziyatdan xoli etadi.

* Sholg’omdan 200 g olib, qirg’ichdan o’tkaziladi va sharbatini olib, ustiga 50 g asal qo’shiladi. Nahorda, eng yaxshisi soat 630 — 640 da iste’mol qilinadi. 15-20 daqiqadan so’ng ichakning to’liq bo’shalishi boshlanadi. Davolanish muddati—bir hafta.

* Karafs urug’idan bir osh qoshig’i ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi va 2 soat tindirib qo’yiladi. Kuniga 3 mahal bir osh qoshiqdan, ovqatdan oldin ichiladi.

* Tarvuz po’chog’idan tayyorlangan tolqondan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va bug’da 30 daqiqa tutib, keyin 10 daqiqa sovitib, suziladi. Kuniga 3 mahal, ovqatdan yarim soat oldin yarim stakandan ichiladi yoki kuniga 3-4 mahal bir osh qoshiqtsan, tarvuz po’chog’idan olingan yangi sharbatidan ichiladi.

* Bodringning xom suvi qabziyatda yaxshi surgi dori hisoblanadi.

* Pomidorning quritib maydalangan bargidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoqsuv quyiladi va 2 soat tindirib qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 3 mahal, yarim stakandan, ovqatdan oldin ichiladi. Damlama ichak harakatini yaxshilaydi, ich qotishiga shifo bo’ladi.

* Kuniga 3 mahal, ovqatdan bir soat oldin, bir grammdan sabzi urug’ining tolqonidan iste’mol qilish kerak.

* Qabziyatda nonushta bilan tushlik o’rtasida har 30 daqiqada bir osh qoshiqtsan suv ichib turish kerak. Tushlikdan so’ng ham suvni shu tarzda ichish mumkin.

* Surunkali qabziyatda kuniga 50 g xom piyoz eb turgan ma’qul.

* Qabziyatda gijjalarga qarshi nahorda xom piyoz bilan tuzlangan baliq eyish yaxshi samara beradi. Uzoq davom etadigan dardtsa yangi uzilgan olcha mevasi juda fovdali.

* Yangi, pishib etilmagan bodring qabziyat kasali bilan og’rigan keksalar uchun juda foydali.

* Nahorda bir choy qoshiqchoy sodasini 2 stakan suvga aralashtirib ichish kerak.

* G’ozpanja o’tining sharbati qabziyatda yumshatuvchi vosita sifatida tavsiya qilinadi. Suvli damlamasidan esa ich ketishida foydalaniladi.

* Piyozdan 2-3 donasini maydalab, yarim litrli shishaga solinadi-da, ustiga 50 % li spirt yoki aroqquyib, 10 kun issiqjoyda qo’yiladi. Kuniga bir mahal ovqatdan oldin, 10 tomchidan iste’mol qilinadi.

* Piyozni qirg’ichdan o’tkazib, bo’tqa qilinadi va kuniga 3 mahal bir choy qoshiqtsan iste’mol qilinadi.

* Xom sabzini qirg’ichdan o’tkazib iste’mol qilish tavsiya etiladi. Yoxud sabzining ho’l yoki quruq o’tidan choy damlab ichish lozim.

* Surunkali qabziyatda olxo’ri yoki sulining uzoq vaqt qaynatilgan suvidan kuniga
3- 4 mahal ichish tavsiya etiladi.

Ich qotishi

* Turp sharbati va tuzlangan karam suvidan teng miqdorda olib, kuniga 3-4 mahal, yarim stakandan ichish kerak.

* Quritilgan olcha yoki olma choyidan ichib turish zarur.

* Bir oy davomida ziravorsiz tuzlab qo’yilgan bodring suvidan kuniga 4 stakan ichilsa, ichni bo’shashtiradi.

* Zubturum urug’idan bir yoki ikki osh qoshiqolib, ustiga bir stakan suv quyiladi va 10 daqiqa qaynatiladi. Kuniga bir mahal nahorda bir osh qoshiqtsan ichilsa, qabziyatda shifo bo’ladi.

* Zubturumning maydalangan urug’idan 20 g olib, kechqurun yoki nahorda ichish kerak. Ustidan suv ichiladi.

* Zubturumning quruq barglarini tolqon qilib, 0,5-1 g dan kuniga ovqatdan yarim soat oldin iste’mol qilinsa, engil surgi vazifasini o’taydi.

* Temirtikan o’simligining er ustki qismidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, damlab qo’yiladi. Kuniga yarim stakandan 2 mahal ichiladi.

* Qora smorodina mevasining sharbati, aloy bargi sharbati, turp sharbatidan iste’mol qilish yoki quritilgan olcha va olma choyidan, qatiqdan birortasini kuniga 4- 5 mahal ichish kerak.

* Ertalab va kechqurun kungaboqar moyidan bir osh qoshig’i bir stakan kefirga solib ichiladi.

* Marjon daraxtining yosh novdalarini olib qaynatib, asal bilan aralashtiriladi. Kuniga 2 mahal bir stakandan iste’mol qilinsa, surunkali ich qotishda yaxshi foyda beradi.

* Yantoqning quritilgan ildizidan olib, ustiga bir stakan qaynoqsuv quyiladi va 2-3 soat damlab qo’yiladi. Keyin suzib olib, kechqurun ichiladi.

* Yantoqdan 20 g olib, ustiga bir stakan suv quyiladi va 5 daqiqa qaynatiladi, bir soat qo’yiladi. Kuniga 5 mahal bir osh qoshiqtsan, ovqatdan bir soat keyin ichiladi.

* Chernika mevasidan 1-2 stakan iste’mol qilinsa, kuchli surunkali qabziyatda shifo bo’ladi.

* Yalpiz va ziradan tayyorlangan choy ichib turish ancha foydali.

* Surunkali ich qotishida quritilgan olcha va olma mevasidan sharbat tayyorlab ichish kerak.

* Sabzi sharbati bilan zardob iste’mol qilinsa, ichni yumshatuvchi eng yaxshi vositalardan hisoblanadi.

* Sabzi bargining yozda yangi uzilganidan, qishda quritilganidan ishlatish ancha foydali. Kuniga 1-3 stakan sabzi sharbatidan ichib turilsa — koni foyda.

* Qishda va bahorda ertalab sabzini yuvib, sovuq suvga solib qo’yiladi, keyin qirg’ichdan o’tkazib, uxlash oldidan yaxshi chaynab iste’mol qilinadi.

* Bir sutkada bir marta qo’ypechak ildizi tolqonidan bir gramm eyilsa, oshqozon va ichak kasalliklarida va ich qotishida eng yaxshi bo’shashtiruvchi vosita sanaladi.

* Uzum sharbati past olovda ko’pigi olib qaynatiladi, keyin salqin joyda saqlanadi. Bu sharbat ovqat hazm bo’lishida, qonni tozalashda eng yaxshi vosita hisoblanadi.

* Qabziyatning og’ir turida ozroq o’simlik moyidan olib, qoringa surtiladi va 15 daqiqa soat mili bo’ylab qorin ishqalanadi. Bu o’z samarasini beradi.

* Shaftoli bargini maydalab, 45 g ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi va kechqurun iliq duxovkaga qo’yiladi. Ertalab qaynatib, keyin suzib olib, ustiga bir osh qoshiq asal qo’shiladi. Kuniga 3-4 mahal, ovqatdan 30 daqiqa oldin, yarim stakandan ichiladi.

* Asaddan 10 g ga yarim stakan aloy shirasidan qo’shib aralaiggiriladi va 3 soat qo’yiladi (aloy shirasi uning yo’gon barglaridan olinadi, ingichkasvda fovdali xususiyatlar kam). Surunkali qabziyatda kuniga 3 mahal bir choy qoshiqtsan ichiladi.

* Agar odamda qabziyatga moyillik bo’lsa, 150 g aloy bargini maydalab, 300 g qizitilgan toza asal aralashtiriladi va bir kecha qo’yiladi. Ertalab bir osh qoshiqtsan, ovqatdan bir soat oldin ichiladi.

* Na’matakning maydalangan yangi bargiga shakar qo’shib iste’mol qilinadi yoki gulining suviga buloq suvi qo’shib ichiladi.

* Gulsafsar bargi maydalanadi, unga yarim choy qoshiqasal aralashtirib eyilsa, ichni yurishtiradi.

* Zig’ir urug’idan bir choy qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv qo’shiladi va 4-5 soat damlab qo’yiladi. Surunkali qabziyatda kechqurun uxlash oldidan bir marta ushbu damlamaning hammasi urug’i bilan ichiladi.

* Zig’ir urug’idan emizikli bolalarga bir stakan kisel tayyorlab, tindirib qo’yiladi, zig’ir urug’idan tozalab beriladi. Ta’mini yaxshilash uchun har qanday sharbat yoki asal qo’shish mumkin. Kisel 10 daqiqa qaynatiladi. Nahorda va uyqu oldidan yarim stakandan ichiladi.

* Zig’ir urug’idan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va 2-3 soat damlab qo’yiladi. Huqna uchun 50 ml iliq damlamadan olinadi va kuniga 3-4 mahal huqna qilinsa, hatto bavosirga ham yaxshi foyda beradi.

* Zig’ir urug’idan 2 choy qoshig’i ustiga bir stakan suv quyiladi va past olovda 10 daqiqa qaynatib, shishaga solinadi va 5 daqiqa silkitib, so’ng suzib olinadi. Kuniga och qoringa yarim stakandan ichiladi.

* Aloy o’simligi sharbatidan bir yoki ikki choy qoshiq olib, kuniga 2-3 mahal ovqatdan yarim soat oldin, 1-2 oy davomida ichiladi.

* Yangi kartoshka sharbatidan kuniga 2-3 mahal ovqatdan 30 daqiqa oldin, chorak yoki yarim stakandan, ikki hafta davomida ichiladi. Bu ichni yumshatish uchun xalq tabobatida eng samarali vosita hisoblanadi.

* Karamning tuzlangan iliq suviga turp sharbatidan qo’shib, kuniga 3-4 mahal ovqatdan so’ng yarim stakandan ichiladi.

* Tuzlangan karamning iliq suvidan kuniga 3-4 mahal yarim stakan ichilsa, ichni yaxshi yumshatadi.

* Bug’doy kepagidan 2 osh qoshig’i ustiga bir stakan issiq sut quyiladi va yarim soat tindirib qo’yiladi. Ertalab shu kepakdan choy qoshiq bilan yarim stakancha iste’mol qilinadi.

* Bug’doy donidan 100 g olib, ustiga 4 stakan qaynoq suv quyiladi va 2-10 soat tindirib qo’yiladi. Kuniga 3 mahal yarim stakandan ichiladi.

* Kungaboqar moyidan 10 g olib, bir stakan kefirga aralashtiriladi va kechqurun yotish oldidan qultumlab ichiladi. Dori ta’siri kam bo’lsa, unda moy miqtsori ikki barobar oshiriladi.

* Zira urug’idan 2 osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoqsuv quyiladi va bug’da 15 daqiqa qizdiriladi, so’ng 45 daqiqa damlab qo’yiladi. Kuniga 2 mahal yarim stakandan, ovqatdan so’ng ichiladi.

* Odtsiy chetan mevasidan olib, yuviladi va og’zi katta idishga bir qator qilib qo’yib chiqiladi. Ustiga shakar sepiladi, og’zigacha to’ldirib, latga bilan yopiladi va quyosh tushadigan joyga qo’yiladi. 3-4 haftadan keyin sharbat hosil bo’ladi. U bijg’imasdan turib suzib olinadi va spirt qo’shiladi (500 ml sharbatga 25 g spirt). Sharbatdan kuniga nahorda yarim stakandan ichiladi. Ich yumshagandan so’ng tanaffus qilinadi. Keyin muolaja yana takrorlanadi.

* Qoqio’t ildizidan 2 osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va 8 soat damlab qo’yiladi. Kuniga chorak stakandan 3 mahal ovqatdan oldin ichiladi.

* Tillabosh va qoqio’t sharbatidan bir osh qoshiqtsan kuniga 6 mahal ichilsa, ich qotishida shifo bo’ladi.

* Magneziy yoki ingliz tuzidan bir osh qoshiq olib, bir stakan iliq suvda eritiladi va kuniga bir mahal nahorda iste’mol qilinadi.

* Rovochning maydalangan ildizidan 2 osh qoshig’i kechqurun termosga solib qo’yiladi va ustiga 2 stakan qaynoqsuv quyiladi. Ertalab suzib olinadi. Kuniga 4 mahal yarim stakandan, ovqatdan 30 daqiqa oldin ichiladi.

* Rovoch ildizidan 100 g, chernika bargidan 100 g olib aralashtiriladi, undan 2 rsh qoshig’ini termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi. 4 mahal ovqatdan 30 daqiqa oldin ichiladi.

* Rovoch ildizidan 100 g, moychechakdan 100 g olib aralashtiriladi, undan 2 osh qoshig’ini termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoqsuv quyiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 4 mahal yarim stakag’adan, ovqatdan 30 daqiqa oldin ichiladi.

* Rovoch ildizidan 2 osh qoshig’i sirli idishga solinadi va ustiga 2 stakan sovuq suv quyib, past olovda 15 daqiqa og’zi yopiqholda qaynatiladi. Keyin olovdan olib suziladi va qaynatmani to’rtga bo’lib, ovqatdan yarim soat oldin ichiladi.

* Rovoch o’simligining ildizidan tayyorlangan tolqondan haftada 2-3 mahal 2 g dan iste’mol qilinsa, qabziyatning og’ir turida yordam beradi.

* Sulining tozalangan donidan olib, uzoq qaynatiladi va shu qaynatmadan ichilsa, shifo bo’ladi.

* Ukropni quritib, 5 kun 3 mahaldan choy qilib ichilsa, ichni suradi va hiqichoq dardidan ham xalos etadi.

* Ovqatlanish paytida pishirilgan lavlagidan kuniga 100 g iste’mol qilib turilsa, surunkali qabziyatda nihoyatda foyda beradi. Lavlagining qaynatilgan suvidan huqna qilinsa, yaxshi samara keltiradi.

* Lavlagi va ismaloq sharbatlarining o’zi sabzi va karafs sharbatlari bilan qo’shib ichilsa, ayrim paytda karafs sharbatining o’zi ichilsa, ich bo’shashi uchun etarli bo’ladi.

* Gulxayri, tugmachagul shoxlari va barglari ichak va qovuqlar uchun foydali. Ichni yumshatadi va og’riqni qoldiradi.

* Har kuni oshqovoqdan tayyorlangan bo’tqaga asal aralashtirib iste’mol qilinsa, ich qotishida foyda beradi.

* Zig’ir urug’ini maydalab, undan 100 g bir stakan asal bilan aralash- tiriladi va kuniga 3 mahal ovqatdan bir soat oldin, bir osh qoshiqdan iste’mol qilinadi.

* Aloy bargini 2 hafta sovitgichda qo’yib, so’ng sharbati siqib olinadi. Asal bilan teng miqdorda aralashtirib, sovitgichda saqlanadi. Kuniga 2 mahal — nahorda va kechqurun bir osh qoshiqdan suv bilan iste’mol qilinadi. Ikki kundan so’ng sharbat me’yorini kamaytirish mumkin, oshqozon faoliyati maromiga tushadi.

* Bir osh qoshiq asalni uy haroratidagi bir stakan suvda eritib, och holda oz- ozdan ichiladi.

E s l a t m a: bemorda yo’g’on ichak yallig’lanishi bo’lsa, bu vosita tavsiya etilmaydi.

* 80-100 g asalni olma sharbati yoki sovuqsuvda eritib, uchga bo’lib, ovqat oldidan ichiladi.

* Bir stakan iliq sutga bir osh qoshiq shakar boglagan asalni aralashtirib, 5-8 yoshli bolalarga uxlashdan oldin bir osh qoshiqdan beriladi.

* Asaldan 80 g va oltingugurtdan 20 g olib aralashtiriladi. Kuniga 1-2 osh qoshiqdan iste’mol qilinsa, ich qotishi kasalligida, bronxit, furunkulyozda shifo bo’ladi.

* Olmadan 2 donasi mayda to’g’raladi va ustiga bir stakan qaynoq sut va yarim stakan suv quyib, past olovda 5 daqiqa qaynatiladi. Qaynatma nahorda ichilsa, olmalari eyilsa, keksalarga yaxshi foyda qiladi. Pishirilgan olma eyish juda foydali.

* Arpabodiyon urug’idan bir choy qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va 20 daqiqa damlab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 3-4 mahal ovqatdan yarim soat oldin, 2 osh qoshiqtsan ichiladi.

* Bodring bir oy davomida suvda (boshqa ziravorlar solinmaydi) ivitib qo’yiladi. So’ng har kuni 4 stakandan suvi yumshatuvchi vosita sifatida ichiladi.

(Visited 56 times, 1 visits today)

Related posts