Gripp, tumov va shamollashda

Gripp, tumov va shamollashda
Grippning asoratilari boshlandi deguncha 4 dona o’rtacha kattalikdagi piyoz to’g’raladi, ustiga 1 stakan qaynoq suv quyilib, bug’da yoki past olovda 1,5 soat davomida qaynatib olinadi. Tayyor bo’tqa sovugach, 1 oshqoshiq asal qo’shiladi. Bu aralashma muzlatkichda saqlanadi. Kuniga ovqatdan 20 daqiqa oldin 1 oshqoshiqdan iste’mol qilinadi.

1 oshqoshiq asalni 1 stakan iliq sutga aralashtirib, shamollashda, gripp va yo’talda ichib turiladi.
100 g toza asalni olib, 1 dona siqib olingan limon sharbati bilan 800 ml qaynatilgan suvda eritiladi va kun davomida ichiladi.

Erqalampirning (xren) yangi siqib olingan sharbatiga teng barobar miqdorda asal
aralashtirib, uyqu oldidan 1 oshqoshiqdan ichiladi. O’tkirlik qilsa, ortidan iliq suv ichasiz.
Asalni iliq suvda 1:2 nisbatda aralashtirib, kuniga 3-4 marta burun teshiklariga qattiq surunkali aksirishda tomizib turiladi.

Choy o’rniga 1 choyqoshiqda asalni til tagiga tashlab, to u eriguncha shimish kerak, so’ng limonli, quritilgan malinali va turli giyohlardan tayyorlangan damlamadan ichish tavsiya etiladi.
Kiyiko’t, limono’t, ermon giyohlarini aralashtirib, 1 oshqoshig’i olinadi-da, ustiga 1 stakan qaynoq suv quyilib, 10 daqiqa damlab qo’yiladi. Bu xushbo’y choyni shamollash va grippning belgilari sezila boshlagan zahoti ichgan ma’qul.

(Visited 526 times, 1 visits today)

Related posts