Gaymorit uy sharoyitida davolashning 101 usuli haqida eng kerakli malumot

gaymoritni

Gaymorit uy sharoyitida davolashning 101 usuli haqida eng kerakli malumot

 

Gaymorit — yuqori jagsuyagi bo’shlig’i — gaymar bo’shlig’ining shilliqpardasi yallig’lanishi. O’tkir va surunnkali gaymarit farq qiladi. Shamolash, grip, tumovv, qizamiq, skarlatiina va boshqa yuqumlli kasaliklar bilan og’riganda ko’pincha o’tkir gaymorit paydo bo’ladi. U o’z vaqtida oxirigacha davolanmaganda, yoki burun yondosh bo’shliqlarining shilliq pardasidagi yallig’lanish gaymor bo’shlig’iga tarqalganda surnunkali gaymarit ro’y berishi mumkmin.

Gaymarit bilan og’rigan bemmorning darmoni quriyydi, eti uvishadi, harorati ko’tariladi, yuqqori jag’i va boshi og’riydi, boshini burgganda og’riq zo’rayib, burni bitadi, burunddan nafas olishi qiyinllashadi. Gaymorit oldini olish uchun organnizmni chiniqtirish, fizkultura va sport bilan shug’ullanish, sof havoda ko’proq bo’lish, suv muolajalari qabul qilish, shuningdek, tumov, tish chirishi va boshqa kasaliklarni o’z vaqtida davolash kerak. O’tkir gaymorit bilan og’rigan bemor o’rnida yotishi va shifokor ko’rsatmalariga amal qilipgi lozim. Surunkali gaymoritda jarrohtik qilinadi.

 

Zubturum bargidan 3 osh qoshiq, yong’oq bargidan bir osh qoshiq, bo’yimodaron o’tidan 2 osh qoshiqolib, hammasi
aralashtiriladi. Unga bir stakan qaynoq suv quyib, bir soat damlab qo’yiladi. Keyin ingalyatsiya uchun ishlatiladi.
* Zirk po’stlog’idan 10 g, ko’ko’t ildizidan 20 g olib, aralashtiriladi, shu yig’ma ustiga 200 ml sovuq suv quyib, 15 daqiqa qaynatiladi. So’ngra ingalyatsiya uchun foydalaniladi.

* Gazanda bargi damlamasi (15 g bargga 200 ml suv), dalachoy o’ti damlamasi (10 g o’tga 200 ml suv), bodrezak po’stlog’i qaynatmasidan (10 g po’stloqqa 200 ml suv) olinadi. Damlamalar va qaynatmani qo’shib, 100 ml dan ingalyatsiya uchun ishlatiladi.

* Tirnoqgul gulidan 10 g, anjabor (erqo’noq) o’tidan 5 g, moychechak gulidan 15 g olinadi. Shu yig’ma ustiga 200 ml qaynoq suv quyib, bir soat damlab qo’yiladi. So’ngra suzib, 500 ml dan ingalyatsiyada foydalaniladi.

* Jo’ka gulidan 110 g, moychechak gulidan 10 g, dalachoy o’tidan 10 g olib, ustiga 200 ml qaynoq suv quyiladi. Kuniga 3-4 mahal ichiladi. Shu damlama bilan burun yuviladi va ingalyatsiya qilinadi.

* Kartoshkani po’sti bilan qaynatib, unga yarim choy qoshiq asalari elimi qo’shiladi. Idishga o’rab, ustida nafas olinadi. Kuniga 7-10 ta muolaja qilinadi.

* Mentol zarrachalari qaynoqsuvli idishda eritiladi, keyin boshni o’rab, ustida 10-15 daqiqa nafas olinadi.

* Gaymorit va rinit kasalini (tumovda) davolashda eng ko’p tarqalgan usullardan biri parafin bilan davolashdir. Bunda quyidagi usullardan foydalaniladi:

— parafinni 60-65° gacha eritib, keyin jarohatlangan joyga yupqa qatlam — bir sm qilib qo’yiladi. So’ngra parafin mato bilan bir soatga o’raladi;

— parafinni eritib, kichik tovoqchaga solinadi, u kulchaga aylanguncha — teri chiday oladigan darajaga etguncha ozroq kutiladi. Keyin kulchani jarohat joyiga qo’yib, ustiga polietilen bosib, jun mato bilan o’ragancha bir soatga bog’lanadi.

* Idishga qaynoq suv quyib, ichiga yarim choy qoshiq asalari elimining spirtli damlamasidan solib, gaymoritda bug’ vannasi qabul qilinadi.

* Bo’yimodaron, budra o’ti, malina bargi, ittikanak, brusnika mevasi, yalpiz bargi, moychechak damlamalari olinadi (har biriga 10 g ga 200 ml suv qo’shiladi). Shu damlamalarning har biridan 3-5 ml dan olib, yuqori jag’-suyak bo’shlig’iga (yuvilgandan so’ng) yuboriladi.

* Gaymorit kasalligini davolashda bo’yimodaron va dalachoy o’tlaridan 200 g dan olib, ustiga 200 ml qaynoq suv quyiladi. Shu damlamadan 3G’4 stakandan 10-12 kun davomida ichiladi.

* Surunkali gaymoritda quyidagi dorivor o’simliklarning sterillangan damlamasidan foydalanish tavsiya etiladi: bo’yimodaron, tirnoqgul, ko’ka, shumurut guli, yalpiz. Damlama tayyorlashda 10 g mahsulotga 200 ml suv quyiladi. Undan 3-5 ml olib, burun kataklariga (yuvilgandan so’ng) tomiziladi.

* Dalachoy o’tidan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib, kun davomida 2 stakani oz-ozdan ichiladi. Qolgan bir stakani kechqurun bozillama qilinadi.

* Bemorning o’z siydigidan bir stakan olib, qaynatiladi. Unga zig’ir matoni shimdirib, bozillama tarzida peshonasi, orqasiga yarim soat qo’yiladi.

* Choynakka ozroq qaynoq suv quyib, ustiga bir osh qoshiq jo’ka yoki boshqa guldan olingan asal solinadi. Keyin choynak jo’mragiga naycha qo’yib, 10-20 daqiqa u orqali nafas olinadi. Davolanishga 12-15 muolaja etarli.

* O’rtacha kattalikdagi piyozni ezib, unga yarim stakan issiq suvda eritilgan yarim choy qoshiq asal qo’shib aralashtiriladi va 4-6 soat o’rab damlab qo’yiladi. So’ngra suzib, kuniga bir necha bor burun chayiladi.

* Sarimsoqdan to’rt bo’lakchani ezib, kuniga bir choy qoshiqdan olma sirkasi qo’shiladi va ustiga 0,5 stakan qaynoq suv quyib, boshga jun choyshab yopgan holda bug’idan nafas olinadi. Muolaja har kuni 3-4 mahal 10-15 daqiqadan, to’liqtuzalguncha amalga oshiriladi.

* Kartoshkani po’chog’i bilan qaynatib, boshni o’ragan holda bug’idan nafas olinadi. Qo’shimcha ravishda kartoshkani ezish ham mumkin.

* Burun, quloq, bosh og’riganda burunga turp suvi tomiziladi, yoki turp suviga shimdirilgan tompon burun katagiga kiritiladi.

* Iliq suvga yodning spirtli damlamasi yoki margantsovkadan ozroq tomizib, burun chayiladi.

* Qizil qoncho’p o’tidan 2 osh qoshig’i ustiga yarim litr qaynoq suv quyib, biroz qaynatib, yarim soat damlab qo’yiladi. Kuniga 3-4 mahal 0,3 stakandan, ovqatdan yarim soat oldin ichiladi.

* Moychechak gulidan 15 g, tirnoqgul gulidan 10 g, anjabor (tog’ quddusi)dan 5 g
olinadi. Shu yig’maga bir stakan qaynoqsuv quyib, bir soat damlab qo’yiladi. Keyin ingalyatsiya qilinadi.

* Zubturum bargidan 15 g, bo’yimodaron o’tidan 10 g, yong’oq bargidan 5 g olinadi. Shu yig’maga bir stakan qaynoq suv quyib, bir soat damlab qo’yiladi. So’ngra suzib, ingalyatsiya qilinadi.

* Zubturum bargidan 10 g, bo’yimodaron o’tidan 5 g, o’lmaso’tdan 5 g olinadi. Shu yig’maga bir stakan qaynoq suv quyib, bir soat damlab qo’yiladi. So’ngra suzib, ingalyatsiya qilinadi.

* Tillabosh, o’lmaso’t va dastarbosh gullaridan bir osh qoshiqtsan olinadi. Ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, 40 daqiqa damlab qo’yiladi. Shu qorishmadan bozillama tarzida burunga qo’yiladi.

* Qoncho’p va moychechak sharbatlaridan teng miqdorda olib, burunga tomiziladi. Sharbat yangi tayyorlangan bo’lishi kerak.

* Arslonquyruq o’tidan bir choy qoshig’i ustiga bir stakan suv quyib, qaynatiladi. Shu qaynatmadan uyqu oldidan yarim stakan ichiladi.

(Visited 14 times, 1 visits today)

Related posts