stomatit

Og’iz bo’shlig’idagi yaralarda
Asalari mahsulotlarini tibbiyotda qo’llash keng tus olmoqda. Yarali og’iz bo’shliq(stomatit)larini davolashda sizga propolisning spirtli aralashmasidan foydalanishni tavsiya etamiz. Yosh bolalarda og’iz bo’shlig’i yarasi uzoq kechadi, u yuqori harorat, ishtaha yo’qolishi, ba’zida qusish va ich ketish asoratlarini ham berishi mumkin. Propolis og’izning shilliq qobiqchasidagi og’riqni qoldirishda, shuningdek, shamollashga qarshi foydali dori hisoblanadi. Og’iz bo’shlig’i kasalligida propolisning spirtli aralashmasi qo’llanilganda uning foydasini birinchi soatlardayoq sezish mumkin.
Propolis aralashmasi quyidagicha tayyorlanadi: 10 g maydalangan propolisga 100 mg spirt qo’shib, 3 sutkaga qorong’i joyga qo’yib, vaqti-vaqti bilan silkitib turiladi. Uchinchi kuni butilkadagi aralashmaga 100 g suv quyib, suzib olinadi.
Og’izni chayqash uchun yarim stakan iliq suvga 5-10 g propolis aralashmasi qo’shiladi. Agar farzandingizning o’zi og’iz bo’shlig’ini chayqashni eplay olsa, yaxshi, mabodo eplolmasa, u holda aralashmani og’iz bo’shlig’iga surtish kerak bo’ladi. 20-40 daqiqadan so’ng bolada o’zgarish seziladi, ishtahasi ochiladi, shamollashi tez o’tadi. Bolalarda terining yallig’lanishi hosil bo’lmasligi uchun propolis aralashmasining miqdorini kamaytirish mumkin.

(Visited 3 355 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH