KAMQONLIK DAVOLASH

KAMQONLIKDA
Gemoglobin – qonda bo’ladigan nafas pigmenti. Qonga qizil tus beradi, nafas organlaridan to’qimalarga kislorod, to’qimalardan nafas organlariga esa karbonat angidrid etkazib beradi. Oqsilli qism – globin va temir porfirin – gemdan iborat. Gemoglobin kislorod bilan qo’shilib, beqaror birikma hosil qiladi.

Kislorodning parbial bosimi birmuncha yuqori bo’ladigan o’pka kapillyarlarida gemog’lobin kislorodga boyiydi. To’qima kapillyarlarida esa kislorodni hujayra va to’qimalarga beradi. Sog’lom odamning 100 g. qonida 13-16% gemoglobin bor. Ayollar qonidagi gemoglobin erkaklardagidan kam bo’ladi. Qonda gemoglobin ko’payib ketishi gemoglobinemiya deyiladi, uning kamayib ketishi ko’proq anemiya, ya’ni kamqonlikda kuzatiladi.

Ibn Sino ismaloqni kamqonlik kasalligini davolashda ishlatgan. Undan qaynatma tayyorlab, qoni kamayib ketgan bemorga ichirgan. Qaynatma tayyorlash uchun 1 oshqoshiq murg’ak ismaloq o’ti yoki barg kukuni 200 gramm suvda 10 daqiqa qaynatilib, 1 soat tindirib qo’yiladi. Keyin dokada suzib olinib, kuniga yarim piyoladan 3 mahal iste’mol etiladi.

(Visited 3 510 times, 1 visits today)

Related posts