Jigar yalig’lanishi gepatit uy sharoitida davolash usullari turlari kasalliklari haqida ma’lumot
Jigar yallig’lanishi xalqtilida «sariq kasalligi», xalqtabobatida «yaraqon» deyiladi. Birlamchi yuqumli sariqva ba’zi yuqumli kasalliklar (mas., brutsellyoz, bezgak, zaxm va b.) bilan birga o’tadigan ikkilamchi yuqumli sariq kasalligi farq qilinadi. Zaqarli qo’ziqorinlar, ishlab chiqarish va kundalik turmushda ishlatiladigan ba’zi zaharli moddalardan zaharlanganda ichakdan jigarga o’tib, unga zarar etkazadigan zaharlar ham sariq — yaraqon kasalligiga sabab bo’lishi mumkin.
O’tkir va surunkali yaraqon bo’ladi. O’tkir sariq xastaligining asosiy belgisi— badan sarg’ayishidir. Spirtli ichimlik ichishda kasallik og’ir kechishi va jigar faoliyatining izdan chiqishi bilan tugallanishi mumkin. Ba’zan o’tkir yaraqon 2-3 oyga cho’zilib, keyin surunkali gepatitga aylanib ketadi.
Dard endi boshlanib kelayotganda ko’pincha bemor hech narsa sezmay, bemalol ishlab yuraveradi. Shuning uchun tana harorati mo’’tadil bo’lsa ham ko’z oqi sal sarg’ayishi bilan darhol shifokorga murojat qilish kerak. Turli zaharlar ta’sirida paydo bo’lgan sariq kasalligida zaharlanishga qarshi choralar ko’rilib, keyin jigar faoliyatini tiyutashga harakat qilinadi.
Bemorga o’rinda qimirlamay yotishi, jigar sohasiga isituvchi bozillama 1hilish, parhez saqlab, ko’proqho’l mevalar, sabzavot, qand, asal, murabbo, oqnon eb turish tavsiya etiladi. Jigar faoliyati juda sekin tiklanib boradi. Bemor uzoq muddat (ba’zan oir-ikki yilgacha) ma’lum tartibga rioya qilishi va surunkali xastalikning oldini olish uchun shifokor nazoratida bo’lishi lozim. O’tkir sariqni keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan kasalliklardan o’zini ehtiyot qilib yurishi kerak.
Jigarni uy sharoitida davolash
Xalq tabobatida ham, ilmiy tibbiyotda ham jigar yallig’lanishiga chalingan bemorlarga qatiy parhez belgilanib, og’ir jismoniy mehnatdan sakdanish, gepatitga sababchi bo’ladigan kasalliklardan ehtiyot bo’lish uchun ogohlantiriladi.
* Suyuqovqatlar sabzavotli, mevali, sutli, makaronli va go’shtsiz bo’lishi kerak, qovurilgan ovqatlar mumkin emas.
* Go’sht, parranda va baliq mahsulotlari yog’siz, qovurilmagan, dudlanmagan, suvda qaynatilgan bo’lishi kerak.
* Sut va sutli mahsulotlardan suzma, kefir, qaymoq hamda yog’siz pishloq tavsiya etiladi.
* Taomlarda ko’proq qora bug’doy, grechka, suli bo’lishi, qaynatilgan makaron, sabzavotlarning xomi va qaynatilgani tavsiya etiladi. Yog’lardan sariyog’ hamda o’simlik moylari (kungaboqar, zaytun, makkajo’xori va b.) mumkin.
* Jigar kasalligida davolanish uchun har kuni bir-ikki osh qoshiq asal iste’mol qilish tavsiya etiladi.
* Asalni ertalab nonushtadan oldin 50 g, tushlikda bir osh qoshiqdan (20-25 g) qabul qilish kerak.
* Ertalab va kechqurun bir osh qoshiq asal bilan olma sharbati tavsiya etiladi.
* Suyuqlik (meva-sabzavot sharbatlari, kompotlar, na’matak damlamalari) ichish cheklanmaydi.
* Qiyin eriydigan yog’lar, xolesteringa boy mahsulotlar, dudlangan, qovurilgan taomlar, kakao, konservalar, o’tkir ziravorlar, spirtli ichimliklar ta’qiqlanadi.
* Qabziyatga qarshi kurashiladi.
* Davolash gimnastikasiga amal qilinadi.
* Har kuni uzoq vaqg toza havoda sayr etiladi.
* Har kuni vanna qabul qilish kerak.
* Kasallik xuruj qilgan davrda jigar sohasiga issiq grelka qo’yish buyuriladi.
* Piyozdan 300 g olib, elakdan o’tkaziladi, unga ermonning quruq o’tidan 2 qoshiq va 100 g asal qo’shiladi. Ustiga 700 ml oq vino quyib, 20 kun qorong’i va salqin joyda saqlanadi. Vaqgi-vaqgi bilan aralashtirib turiladi. Suzib olgach, kuniga 3 mahal ovqatdan oldin 50 g dan ichiladi.
* Piyozdan bir kg olib, maydalanadi. Ustiga 2 stakan shakar qo’shib, duxovkaga qiyom rangi sariq bo’lguncha qo’yiladi. Suzib olgach, bir necha oy davomida har kuni och holda bir osh qoshiqdan iste’mol qilinadi.
* Ikki bosh sarimsoq sharbati ikki dona limon sharbati bilan aralashtiriladi. Sariq kasalida bir choy qoshiqdan, ovqatdan 2 soat keyin iste’mol qilinadi.
Davolanish muddati — bir oy. Zaruriyat bo’lsa, 2-3 haftadan so’ng davolanish to’liq tuzalguncha takrorlanadi.
Jigar davolash
* Surunkali gepatitda har kuni 3 mahal, ovqatdan yarim soat oldin kartoshka sharbatini ichish tavsiya etiladi.
* Sabzi sharbatini har kuni qaynatilgan suv bilan teng miqtsorda qo’shib, ovqatdan yarim soat oldin, 0,3 stakandan ichish kerak.
* Har kuni 7 g yovvoyi dasht sabzisi giyohini quritib, yanchiladi. Choy va asalga aralashtirib ichilsa, sovuqjigarga issiqdik baxsh etadi.
* Lavlagidan bir nechta olib, quyulguncha qaynatiladi. Shu qaynatmadan kuniga 3-4 mahal chorak stakandan ichiladi. Uzoqmuddat ichilsa, o’tdagi va buyrakdagi toshlar og’riqsiz eriydi.
* Xom lavlagi sharbati qaynatilgan suv bilan teng miqtsorda olinadi. Kuniga 2 mahal ovqatdan keyin 0,3 stakandan iste’mol qilinadi.
* Lavlagi sharbatidan har kuni bir stakandan ichiladi. Turp sharbati bilan teng miqdorda aralashtirib ichish ham mumkin.
* Karam sharbatidan yarim stakan olib, unga yarim stakan pomidor sharbatidan qo’shib, ovqatdan keyin 3 mahal ichiladi.
* Ukrop urug’ining maydalanganidan bir osh qoshig’i ustiga bir yarim stakan qaynoqsuv quyiladi. Kun bo’yi oz-ozdan ichiladi.
* Tirnoqguldan eb turilsa, jigar kasali behuzur qilganda shifo bo’ladi.
* Tirnoqgul gulidan 2 choy qoshig’i ustiga 2 stakan qaynoq suv quyib, bir soat damlab qo’yiladi. Kuniga 4 mahal yarim stakandan ichiladi.
* Tirnoqgul gulidan tayyorlab, kuniga 2 mahal 30 tomchidan bir choy qoshiqqacha ichiladi.
* Jigar og’rig’ini qoldirishda na’matak choy eng shifobaxsh malhamlardan biri bo’la oladi.
* Na’matak gulidan 2 osh qoshig’iga yarim osh qoshiq asal qo’shib iste’mol qilinadi, ustidan issiq choy ichiladi.
* Na’matak mevalarini maydalab, ustidan issiq suv quyib, 8-10 soat damlab qo’yiladi. Kuniga 4 mahal yarim piyoladan ichilsa, jigar kasaliga shifo bo’ladi.
* Qoqio’t sharbatiga yarim stakan qaynoq suv quyib, kuniga bir osh qoshiqtsan iste’mol qilinadi.
* Qoqio’t ildizini maydalab, bir choy qoshig’i ustiga bir stakan sovuq suv quyib, past olovda bir soat bug’latiladi. Kuniga 3 mahal ovqatdan yarim soat oldin bir osh qoshiqtsan ichiladi.
* Qoqio’t va sachratqining qaynatmasi issiqlikdan bo’lgan jigar xastaliklariga juda foyda qiladi.
* Qoqio’t guli sirli idishga yupqa qatlam qilib joylanadi, ustiga bir qavat shakar sepib, press ostiga qo’yiladi. Murabbo o’rnida iste’mol qilinadi.
* Otquloqning yangi unib chiqqan bargi qiymalangach, ko’kat qo’shib, manti, chuchvara, somsa qilib iste’mol etilsa, bemor sog’ayishiga yordam beradi.
* Qo’ypechak qaynatmasi yoki qurug’idan quyuq choy damlab, kuniga 3 mahal 15 kun davomida 40 g dan ichilsa, jigar tiqilmalarini ochadi.
* O’lmaso’t (bo’znoch)dan 75 g, ermondan 50 g, mavrakdan 100 g olinadi. Shu yig’madan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, to’rt qismga bo’lib, ovqatdan bir soat oldin ichiladi.
* Qushtoron (qiziltasma)dan 100 g, o’lmaso’tdan 75 g, na’matak mevasidan 100 g olinadi. Shu yig’madan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoqsuv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin 150 g dan, jigarning surunkali kasalligida ichiladi.
* Qushtorondan 500 g olib, 4 litr suvda 15 daqiqa mil-mil qaynatiladi. 10 kun 3 mahal parhez bilan ichilsa, jigar, buyrak, qovuq kasalliklari tuzaladi.
* Zarkadi (idish qovoq) po’chog’ini qaynatib, kuniga 3 mahal 2 osh qoshiqdan 10 kun davomida ichilsa, hatto sariqkasalligidan qolgan asorat ham butunlay yo’qolib ketadi.
* Andizning maydalangan ildizidan bir choy qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, 10 soat damlab qo’yiladi. Suzib olgach, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin, chorak stakandan ichiladi.
* Sachratqi ildizi, qirqbo’g’in o’ti, bo’yimodaron va dalachoy o’tlarining hammasidan teng miqdorda olib aralashtiriladi. Undan 2 choy qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, yarim soat damlab qo’yiladi. Suzib olgach, bir stakandan kuniga 2 mahal — ertalab va kechqurun ovqatdan yarim soat oldin ichiladi.
* Asaldan bir kg olib, unga bir kg qora smorodina qo’shiladi (agar quritilgani bo’lsa, 300 g olib ivitiladi). Har kuni bir choy qoshiqdan 3-4 mahal iste’mol qilinadi.
* Asalga kuniga 3 donadan achchiq bodom qo’shib iste’mol qilib yurilsa, jigar xastaligiga davo bo’ladi.
* Za’faron, anor doni va mayiz urug’i bilan chaynab eyilsa, jigar kuchsizligini davolashda foyda qiladi.
* Na’matak mevasi, makkajo’xori (so’tasi popugi bilan), qirqbo’g’in o’tidan 3 qismdan, o’lmaso’t gulidan 4 qism, oq atirgul guli, ertut mevasi va moychechak gulidan 2 qismdan, qayin bargi, archa mevasi va tirnoqgul ildizidan bir qismdan olib aralashtiriladi va maydalanadi. Shu yig’madan bir osh qoshig’i ustiga yarim litr qaynoq suv quyib, yarim soat suv hammomi^bug’iga qo’yiladi. Damlamani suzib olgach, kuniga 3 mahal ovqatdan 10-15 daqiqa oldin, 150 g dan ichiladi.
* Semizo’t urug’idan 20 g olib yanchiladi va elakdan o’tkaziladi. Shakarli suv bilan ichilsa, jigar haroratini pasaytiradi.
* Semizo’t va boshqa ko’katlar bargini pishirib yoki xomligicha eyish me’da, jigar yallig’lanishi hamda shishlarning oldini oladi.
* Jigar og’riganda kun bo’yi bir necha dona shaftoli mag’zini iste’mol qilish kerak.
* Sarsabil va qoqio’t ildizlaridan 100 g dan, o’lmaso’tdan 75 g olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini sirli idishga solib, ustiga 3 stakan suv quyiladi va past olovda og’zi yopiq holda yarim soat qaynatiladi. Keyin yarim soat damlab qo’yiladi. Suzib olgach, 4 qismga bo’lib, ovqatdan yarim soat oldin jigar og’rig’ida ichiladi.
* Yalpizdan 100 g, qushtoron (qiziltasma) va tirnoqguldan 75 g dan olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin 150 g dan, jigar og’rig’ida ichiladi.
* Petrushka bilan ildizi qaynatmasi kuniga 3-4 mahal 1G’3 stakandan ichiladi.
* Petrushka urug’i qaynatmasidan kuniga 3 mahal ovqatdan yarim soat oldin 2 osh qoshiqdan ichilsa, jigar kasalida foyda qiladi.
* Shirin olma sharbati va anjir jigarni quvvatli qiladi.
* Oddiy bodrezak mevasining sharbati asal bilan aralashtirib ichilsa, jigar xastaligiga davo bo’ladi.
* O’lmaso’t (bo’znoch)dan gulidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, 15 daqiqa suv bug’ida qizdiriladi. Kuniga 3 mahal 1G’3 stakandan ichiladi.
* O’lmaso’t 100 g, tirnoqguldan 75 g, na’matak mevasidan 100 g olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, unga bir osh qoshiq asal qo’shib, to’rt qismga bo’linadi va ovqatdan 30 daqiqa oldin iste’mol qilinadi.
* O’lmaso’tning 16-18 ta novdasini gullari bilan olib, bir litr suvda 8-10 daqiqa qaynatiladi. Kuniga yarim stakandan 2 choy qoshiq asal, yarim stakan sut qo’shib, ovqatdan 30 daqiqa oldin 4 kun davomida ichiladi, keyin 2 kun tanaffus qilinadi. Davolanish muddati — 2 oy.
* O’lmaso’t gulidan va dalachoy o’tidan teng miqdorda olinadi. Shu yig’madan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, biroz damlab qo’yiladi. Suzib olgach, kuniga 3 mahal ovqatdan yarim soat oldin, 2 osh qoshiqtsan iste’mol qilinadi.
* Dalachoy o’tini gullari bilan olib, maydalanadi. Ustiga “Kagor» vinosidan 1:10 nisbatda quyib, 10-12 kun qorong’i joyda uy haroratida saqlanadi yoki 2-3 soat iliq suvli idishga qo’yiladi. Ovqatdan oldin 2 hafta davomida bir osh qoshiqdan ichiladi. Dalachoyning spirtli damlamasi gepatit kasalligiga qarshi kurashda ajoyib tabiiy antibiotik bo’la oladi.
* Ukrop va zira mevalaridan 10 g dan, yalpiz bargidan 20 g olinadi. Shu yig’ma damlamasidan kuniga 3 mahal ovqatdan yarim soat oldin 1G’3-1G’4 stakandan gepatitda ichni yurgizuvchi vosita sifatida foydalaniladi.
* Ro’yan va sano qaynatib ichilsa, jigar xastaligi tuzaladi.
* Jag’-jag’ va chakamug’dan 100 g dan, o’lmaso’tdan 75 g olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin, 150 g dan jigar sanchganida ichiladi.
* Oshqovoq suvda qaynatib eyilsa, jigar haroratini pasaytiradi, faoliyatini yaxshilaydi.
* Sabzini suvda qaynatib, asal qo’shib iste’mol qilinsa, qonni tozalaydi va jigarga yordam beradi.
* Asalga sirka ko’shib qaynatib ichib yurilsa, jigar xastaliklariga shifo bo’ladi.
* Kiyiko’tidan bir choy qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, 2 soat damlab qo’yiladi. Kuniga 3 mahal chorak stakandan ichiladi.
E s l a t m a: bu davolash vositasi homilador ayollarga man etiladi.
* Qalampirmunchoqdan 1,5—2 gramm olib, yanchiladi. Yangi sog’ilgan sigir suti qo’shib, nahorda ichilsa, jigarga quvvat bo’ladi.
* Erqalampirning maydalangan ildizidan 20 g olib, ustiga bir yarim stakan qaynoq suv quyiladi va og’zi yopiq holda yarim soat damlab qo’yiladi. Suzib olgach, kuniga 3 mahal ovqatdan 30 daqiqa oldin yarim stakandan ichiladi. Davolanish muddati — 6-7 hafta.
* Qurutni suvda ezib ichilsa (qurtoba), jigar haroratini pasaytiradi.
* Anor, mayiz, no’xot va tovuq go’shti eb, qatiq ichib yurilsa, jigar xastaliklariga shifo bo’ladi.
* Jigari og’riydigan bemor anorni ko’proq iste’mol qilishi tavsiya etiladi.
* Shakar muntazam iste’mol qilib yurilsa, jigarni kuchlantiradi.
* Baliq olovda kabob qilib eyilsa, zaiflangan jigarga juda foyda qiladi.
* Ermon (achchiq shuvoq) o’tining tolqonidan yarim choy qoshiq olib, suv, choy yoki sho’rva suvi bilan kuniga 2 mahal iste’mol qilish tavsiya etiladi.
* Topinambur (ernok) tuganagi sharbatidan kuniga 2-3 mahal 50-100 g dan olib, ovqatdan 10-15 daqiqa oldin ichilsa, shifo bo’ladi.
* Achchiq tarvuz suvi kuniga 3 mahal 2 osh qoshiqdan 20 kun davomida ichilsa (parhez qilish sharti bilan), hatto jigaruo’lishi kasalligini ham tuzatadi.
* Murch bargi qaynatib ichilsa, jigar va taloqqa shifo bo’ladi.
* Zig’irdan 100-150 g ni yanchib iste’mol k^ilinsa, jigarning shishi va boshqa illatlari ketadi.
* Qatiq ichib yurgan kishi jigar kasaliga yo’liqmaydi.
* Kungaboqar ildizining suvidan har kuni 5 g dan ichib yurilsa, jigarni tozalaydi.
* Qar qanday jigar xastaligini behining siqilgan suvi davolay oladi. Uning meva sharbatini kuniga 1-2 kosa ichib yurish lozim. Necha kun ichish esa kasallikning og’ir-engilligi, eski-yangiligi va bemorning mizojiga bog’liq.
* Shovuldan har kuni 80-100 g dan eb yurilsa, jigarni mustahkamlaydi.
* Limon suvini shakarli choyga aralashtirib ichilsa, jigarga quvvat bag’ishlaydi
* Har kuni 3 mahal o’rtacha kattalikdagi limonning 1G’3 qismini iste’mol qilib, ustidan 2 qultum zaytun yog’idan ichiladi.
* Limon choydek damlab ichilsa va po’sti shakar bilan iste’mol qilinsa, jigar kasaliga shifo bo’ladi.
* Kavrak mevasini qaynatib sharbati ichilsa, jigar kasaliga davodir.
* Dasht sabzisi giyohini quritib, 7 g olib yanchiladi. Choy va asalga aralashtirib ichilsa, sovuqjigarga issiqlik baxsh etadi.
* Shirin anor suvi muntazam iste’mol qilib yurilsa, jigar tozalanadi va quvvati ortadi.
* Atirgul gullaridan qiyom qilib ichilsa, jigar kasalligiga davo bo’ladi.
* Zirk qiyomidan ichilsa, jigar kasaliga shifodir.
* Tut mevasidan eb, qaynatilgan sharbati ichib turilsa, jigar kasalligiga shifo bo’ladi.
* Shotut mevasidan tayyorlangan sharbatni sut bilan qo’shib ichishni tabiblar jigar qattiq og’riganda tavsiya etadilar.
* Sirkaga qatiq va sabzi qo’shib eyilsa, jigar kasaliga shifo bo’ladi.
* Isiriq urug’idan 10 kun davomida och qoringa 10 donadan eb turgan bemor jigar xastaligidan tuzaladi.
* Isiriqni suvda kunjut yog’i bilan qaynatib ichilsa, jigar illatlarini daf qiladi.
* Yalpiz bargi shakar bilan qo’shib iste’mol qilinsa, jigar kasaliga davo bo’ladi.
* Yalpiz va ko’k piyoz suyuq ovqatga solinadi yoki ko’katlar bilan aralashtirib, chuchvara, manti, somsa qilinadi. Ularni iste’mol etish jigar shishining oldini oladi.
* Yalpizdan 4 qism, nufar ildizidan 3 qism, arpabodiyondan 2 qism, chinnigul gulidan bir qism olinadi. Shu yig’madan 2 choy qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, yarim soat damlab qo’yiladi. Uyqu oldidan bir stakandan gepatitda ichg’sh yuritish uchun ichiladi.
* Yalpiz, nufar (krushina) ildizi, bo’yimadoron o’ti va tillabosh o’tidan 2 qismdan, zira va ukropdan bir qismdan olib aralashtiriladi. Shu yig’madan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, soviguncha damlab qo’yiladi. Kun davomida gepatitda ichni yurgizish uchun iste’mol qilinadi.
* G’ozpanja o’tini suvda qaynatib, kuniga 3-4 mahal ovqatdan oldin ichilsa, jigarga davo bo’ladi.
* Mavrak bargidan 2 choy qoshig’i ustiga 2 stakan qaynoq suv quyib, yarim soat damlab qo’yiladi. Suzib olgach, har kuni har 2 soatda bir osh qoshiqdan ichiladi.
* Ziradan har kuni 3,5 g dan iste’mol qilib yurilsa, jigarni mustahkamlaydi, shifo bo’ladi.
* Yaxshi pishgan qovundan eb yurgan bemorning jigaridagi toshlar maydalanib, chiqib ketadi.
* Qovun urug’ini yanchib, 15 g eyilsa, jigardagi tiqilmalarni ochadi.
* Qoncho’p o’tining guli yoki ildizini suvda qaynatib, ozginadan ichib yurilsa, jigar musaffo bo’ladi.
* Qoncho’p va ermondan 5 g dan, sarimsoqtsan 10 g olib, ustiga yarim litr oq uzum vinosidan quyiladi, qaynatgach, sovitib suzib olinadi. Gepatit kasalligida ertalab och holda 2 osh qoshiqdan ichiladi. Davolanish muddati – 7 kun. Zarur bo’lsa, davolanish 7 kundan so’ng to bemor to’liq tuzalguncha takrorlanadi.
* Qoncho’p va dalachoy o’tlari, shirinmiya ildizi va moychechak gulidan bir qismdan, yalpiz o’tidan 2 qism olib aralashtiriladi. Shu yig’madan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, 5-7 daqiqa qaynatiladi. Suzib olgach, kuniga 2 mahal ovqatdan oldin bir stakandan iste’mol qilinadi.
* Qoncho’p va tillabosh o’tlaridan bir qismdan, makkajo’xori popugidan 2 qism, ziradan 3 qism olib aralashtiriladi. Undan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, yarim soat damlab qo’yiladi. Suzib olgach, kuniga 3 mahal ovqatdan yarim soat oldin yarim stakandan ichiladi.
* Xandon pistaning mag’zi jigar sovuqligiga davo bo’ladi.
* Bodring iste’mol qilib yurilsa, jigar tiqilmalarini ochadi.
* Rovoch ildizi maydalab, kesib, quritiladi va hovonchada yanchib, shisha idishga solinadi. Undan ertalab eb turilsa, kamquvvat jigarga shifo bo’ladi.
* No’xotning har xil turidan eb, limon suvini ichib va badaniga surtib yurgan bemor jigar kasalidan xalos bo’ladi.
* Gultojixo’roz gulining qaynatmasini ichib yurgan bemorning jigari orom topadi.
* Qulupnay sharbatini ichib yurgan kishida o’t xaltasi sog’lom bo’ladi.
* Chilonjiydani tuyib iste’mol qilinsa, jigar va o’t xaltasi shishlari ketadi, og’riqqoladi.
* 7 dona sedana urug’ini yanchib, ayol sutida bir soat ivitiladi. Kechqurun burun katakchalariga 2 tomchidan tomizib yotilsa, bemor engil tortadi.
* Makkajo’xori pishgan paytida popugi ajratib, quritiladi. Shu popukdan 6 oy davomida choy kabi damlab ichilsa, jigar xastaligi tuzaladi.
* Mayiz iste’mol qilib yurgan kishi jigar xastaligiga shifo topadi.
* Aloy eyish jigar kasaliga davodir.
* Makkajo’xori popugidan 2 qism, o’lmaso’tdan 3 qism, tillaboshdan bir qism olib aralashtiriladi. Shu yig’madan bir osh qoshig’i ustiga bir litr qaynoqsuv quyib, yarim soat damlab qo’yiladi. Suzib olgach, kuniga 3 mahal ovqatdan yarim soat oldin yarim stakandan ichiladi.
* Qaynatib sovitilgan yarim stakan iliq suvda bir osh qoshiq asalni eritib, har kuni ichiladi.
* Asaldan bir stakan olib, unga 100 g dan limon sharbati va zaytun yog’i yaxshilab aralashtiriladi. Kuniga 3 mahal ovqatdan yarim soat oldin bir osh qoshiqtsan ichilsa, jigar va o’t pufagi kasaliga davo bo’ladi.
* Jigar kasalligini davolashda parhez ovqatlar, non, baliqli taomlar, sabzavot va sut mahsulotlari, chuchuk qaymoq, zaytun, kungaboqar, jo’xori moylari, mosh va parranda go’shti ishlatiladi.
* Uzum yoki olma sharbatlaridan har kuni yarim yoki bir stakandan iliq holda ichilsa, shifo bo’ladi.
* Mumiyodan 5 g olib, 150 g aloy sharbatiga qo’shib eritiladi. Och holda ertalabki nonushta oldidan va kechqurun uyqu oldidan bir choy qoshiqdan 2 hafta davomida iste’mol etiladi. Keyin ikki hafta tanaffus qilib, davolanish davom ettiriladi. Ayni paytda har kuni 3 mahal ovqatdan oldin asalari elimining spirtli damlamasidan iste’mol qilish kerak. Mumiyo jigar tsirrozi boshlanishida, jigar qotishlarida davo bo’ladi.
Jigarni davolash usullari haqida
* Aloyga teng miqdorda asal qo’shib, qaynatib ichilsa, bemor tuzaladi.
* Yalpizdan 100 g, qushtorondan 75 g, tirnoqguldan 75 g olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoqsuv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kuniga 4 mahal 150 g dan ovqatdan yarim soat oldin ichiladi.
* Mavrak va qoqio’t iddizidan 100 g dan, o’lmaso’tdan 75 g olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoqsuv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin 150 g dan jigar og’riganda ichilaDi.
* Mavrakdan 10 g, tirnoqgul va bo’yimodarondan 75 g dan olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin jigar og’rig’ida 150 g dan ichiladi.
* Ermon (achchiq shuvoq)dan 50 g, qushtorondan 100 g, o’lmaso’tdan 75 g olinadi. Shu yig’madan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin yarim stakandan jigar og’rig’ida ichiladi.
* Chakamug’ (o’lmaso’t) va moychechakdan 100 g dan olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab
suzib olgach, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin jigar og’riganda, qusganda 150 g dan ichiladi.
* Chakanda yog’idan kuniga 3 mahal bir choy qoshiqdan jigarda patologik o’zgarishlar bo’lganda ichiladi.
* Ermon (achchiq shuvoq) o’tidan 500 g olib, 6 litr suvda mil-mil qaynatiladi. 10 kun 3 mahal 50 g dan ichilsa, jigar kasalligida foyda qiladi.
* Shuvoqning ho’lligida siqib olingan suvi 20 kun 3 mahal bir osh qoshiqtsan ichilsa, sariq kasalligida foyda qiladi.
* Makkajo’xori donidan 100 g olib, unga 20 dona na’matak mevasidan qo’shiladi. Ustiga 3 stakan suv quyib, past olovda og’zi yopiq idishda yarim soat qaynatiladi. Suzib olgach, kun davomida suv o’rnida ichiladi.
* Makkajuxori popugidan 3 osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, yarim soat qaynatiladi. Sovigach, oldingi miqdoriga etkazib qaynoq suv quyiladi va kuniga chorak stakandan ovqatdan oldin ichiladi.
* Ermon o’tidan bir choy qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, damlab qo’yiladi. Ertalab suzib olgach, kun davomida jigar og’riganda ichiladi.
* Qoncho’p va tirnoqguldan 75 g dan, o’lmaso’tdan 100 g olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin 150 g dan ichiladi.
* Semizo’tdan bir osh qoshig’iga sirka qo’shib, kuniga 2 osh qoshiqdan 3 mahal ichilsa, bemor tuzaladi.
* Mavrak, arslonquyruq, qoqio’t ildizi, sachratqi ildizi va og’ma sallagul (piongul) iddizidan 100 g dan olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshigini sirli idishga solib, ustiga 3 stakan sovuq suv quyiladi va past olovda og’zi yopiqholda yarim soat qaynatiladi. Keyin yarim soat damlab qo’yiladi. Suzib olgach, kun davomida jigar kattalashganda ichiladi.
* Qoqio’t va qariqiz ildizlaridan 100 g dan, qoncho’pdan 75 g olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini sirli idishga solib, ustiga 3 stakan sovuq suv quyiladi va past olovda og’zi yopiqholda yarim soat qaynatiladi. Suzib olgach, 4 qismga bo’lib, ovqatdan yarim soat oldin jigar shishganda ichiladi.
* Odtsiy chetan, na’matak mevasi va o’lmaso’tdan 100 g dan olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin 150 g dan gepatitda ichiladi.
* Makkajo’xori popugidan 100 g, tirnoqgul bilan oddiy chetan mevasidan 75 g olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin 150 g dan gepatitda ichiladi.
* Na’matak mevasidan 100 g, o’lmaso’tdan 75 g, yalpizdan 100 g olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin gepatitda 150 g dan ichiladi.
* Dastarboshning gulsavatchalaridan bir osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin ichiladi.
* Dastarboshdan 100 g, tirnoqgul va bo’yimodarondan 75 g dan olinadi. Shu yig’madan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin yarim stakandan ichiladi.
* Tirnoqguldan 75 g, qoqio’t va sachratqi ildizlaridan 100 g dan olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini sirli idishga solib, ustiga 3 stakan sovuq suv quyiladi va past olovda og’zi yopiqholda yarim soat qaynatiladi. Suzib, 4 qismga bo’lib, ovqatdan yarim soat oldin ichiladi.
* Marjon daraxti mevasidan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin, yarim stakandan ichiladi.
* Jag’-jag’ o’tidan 40 g olib, ustiga bir litr qaynoq suv quyiladi va yarim soat damlab qo’yiladi. Suzib olgach, kuniga 3 mahal bir stakandan ichiladi.
* Jag’-jag’ o’tining sharbatidan kuniga 3 mahal 40 tomchidan suv bilan ichittt tavsiya etiladi.
* Jag’-jag’, dalachoy va o’lmaso’tdan 100 g dan olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin 150 g dan jigarda sanchiq bo’lganda ichiladi.
* Jag’-jag’dan 100 g, tirnoqguldan 75 g olinadi. Shu yig’madan 2 osh qoshig’ini kechqurzi termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kuniga 4 mahal ovqatdan 30 daqiqa oldin yarim stakandan jigarda sanchiq bo’lganda iste’mol qilinadi.
* Jag’-jag’ va chakamug’dan 100 g dan , o’lmaso’tdan 75 g olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kuniga 4 mahal ovqatdan 30 daqiqa oldin 150 g dan, jigarda sanchiq bo’lganda ichiladi.
* Moychechak, qupggoron (qiziltasma) va chakamug’dan 100 g dan olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin jigar yallig’langanda, 150 g dan ichiladi.
* Kuniga 4 mahal 4 kun davomida yarim stakandan peshob ichiladi. Birinchi kuni issiq peshob, qolgan 3 kun sovuq peshob jigar yallig’langanda ichilsa, og’riq qoladi (Jon Armstrong tavsiyasi).
* O’lmaso’t (bo’znoch)dan 75 g, ermondan 50 g, mavrakdan 100 g olinadi. Shu yig’madan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv kuyiladi. Ertalab suzib olgach, 4 qismga bo’lib, ovqatdan bir soat oldin ichiladi.
* Ittikanakdan 100 g, o’lmaso’t va tirnoqguldan 75 g dan olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin 150 g dan, jigar yallig’langanda ichiladi.
* Sachratqi va qoqio’t ildizlaridan 100 g dan, tirnoqguldan 75 g olinadi. Shu yig’madan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kuniga 4 mahal ovqatdan 30 daqiqa oldyn yarim stakandan ichiladi.
* Qoncho’pdan 75 g, na’matak mevasidan 100 g, makkajo’xori popugidan 75 g olinadi. Shu yig’madan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kuniga 4 mahal ovqatdan 30 daqiqa oddin 100 g dan, jigar yallig’langanda ichiladi.
* Bo’yimodaron va yalpizdan 75 g dan, dalachoydan 100 g olinadi. Shu yig’madan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin 100 g dan ichiladi.
* Ermon (achchiq shuvoq) va o’lmaso’tdan 75 g dan olinadi. Shu yig’madan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kuniga 4 mahal ovqatdan 30 daqiqa oldin, 100 g dan ichiladi.
* Moychechak, qushtoron va chakamug’dan 100 g dan olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kuniga 4 mahal ovqatdan 30 daqiqa oldin 150 g dan ichiladi.
* Bo’yimodaron, dalachoy va qushtoron (qiziltasma)dan 100 g dan olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin 150 g dan ichiladi.
* Tog’jumro’t po’stlog’i va dalachoydan 100 g dan, makkajo’xori popugidan 75 g
olinadi. Shu yig’madan 3 01Ts qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Suzib olgach, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin 150 g dan ichiladi.
* Mavrak, arslonquyruq, qoqiut, sachratqi va og’ma sallagul (piongul) ildizlaridan 100 g dan olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini sirli idishga solib, ustiga 3 stakan sovuq suv quyiladi. Past olovda og’zi yopiq holda yarim soat qaynatib, keyin yarim soat damlab qo’yiladi. Suzib olgach, kun davomida jigar kattalashganda ichiladi.
* Moychechak gulining qaynatmasidan kuniga 3 mahal 2 osh qoshiqdan iste’mol qilinsa, jigar kasalligini davolaydi.
* Achchiq bodom yog’idan kuniga 3 mahal bir choy qoshiqtsan iste’mol qilinsa, jigar va taloqdagi, tomir ichidagi tiqilmalarni ochadi.
* Ittikanakdan 100 g, o’lmaso’t va tirnoqguldan 75 g dan olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin jigar yallig’langanda, 150 g dan ichiladi.
* Asal, suzma, qattiq non va xom karam jigar uchun foydalidir.
* Sirka va asal qo’shib eb turilsa, jigar xastaliklariga shifo bo’ladi.
* Turp sharbatidan bir stakan olib, teng miqtsorda asal qo’shib aralashtiriladi. Kuniga 3 mahal bir osh qoshiqdan jigar, o’t va oshqozon kasalliklarida ichib turiladi.
* Gazandaning maydalangan bargidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, yarim soat damlab qo’yiladi. Kuniga bir mahal bir oy davomida yarim stakandan ichiladi.
* Gazandaning maydalangan bargidan 4 osh qoshig’i ustiga yarim litr suv quyib, 5 daqiqa qaynatiladi. Unga bir osh qoshiq asal solib, issiq holda kuniga 4 mahal yarim stakandan ichiladi.