BRONXIT davolash

BRONXITDA
Bronxit — bronxlarning yallig’lanishi. Utkir va xronik bronxit turlariga bo’linadi. O’tkir bronxit infekbion xarakterga ega bo’lib, burun, halqum, hiqildoq, traxeya zararlanishi bilan kechadi. Bunda darmon qurib, muskullar qaqshab og’riydi, tumov bo’ladi, to’sh orqasi achishadi, ko’krak qisadi, yo’tal tutadi.

Kasallik cho’zilib, xronik tus olishi mumkin. Bunda bronxlar devori va atrofidagi to’qimalarning hamma pardalari yallig’lanadi. Yo’tal tutib, shilimshiq-yiring aralash balg’am ajraladi, bemor nafasi qisadi, ko’krakda og’riq bo’ladi, harorat ko’tariladi.

Tanangizning bronxit bilan faol kurashishiga yordam berish uchun quyidagi usuldan foydalaning: 5 ta piyoz, 7 oshqoshiq asal, 1ta limon olasiz. Piyozni mayda to’rg’ang yoki qirg’ichdan o’tkazing. Bo’tqani asal, qiymalagichdan o’tkazilgan limonni hammasini birga aralashtiring. Malhamdan 2-3 choyqoshiqdan 3-4 mahal 10-14 kun davomida qabul qiling.

(Visited 390 times, 2 visits today)

Related posts