MIOKARD INFARKTI uy sharoitida davolash usullari turlari kasalliklari haqida malumot

miakard indarkt

MIOKARD INFARKTI uy sharoitida davolash usullari turlari kasalliklari haqida malumot

 

Miokard infarkti — to’satdan ro’y beradigan og’ir kasallik. Bunda yurak mushaklarining bir yoki bir qancha qismi nobud bo’lib, yurak faoliyati ishdan chiqadi. Bunday holat ko’proq 40-60 yoshli erkaklarda uchraydi.

KASALLIK KUCHAYIB KETMASDAN SHIFOKORGA MUROJAR QILING

Miokard odatda, aterosklerozdan zararlangan toj arteriyalar (yurakni qon bilan ta’minlovchi tomirlar) tomirining torayishi bo’lib, ulardan biri qon laxtasi bilan bekilib qolishi natijasida qon qisman yoki butunlay o’tmay qolishi oqibati hisoblanadi. Qon ivishining buzilishi ham ko’pincha qon laxtasi hosil bo’lishiga olib keladi.

Miokard infarktiga xafaqon, qandli diabet, semizlik, asabiylashish, shikastlanish, chekish sabab bo’lishi mumkin. Juda ko’p hollarda miokard infarkti yurak sanchishi tufayli ro’y beradi, bunda keskin jismoniy va ruhiy toliqishlar kasallik sababchisi bo’ladi. Miokard infarktining asosiy belgilaridan biri yurak mushaklarining ma’lum bir qismiga qon birdan kam borishi natijasida, shu joyda kislorod va oziq moddalar miqdorining kamayib ketishi tufayli ko’krak sohasida uzoq muddatli qattiq og’riq paydo bo’lishidir.

Dard boshlanganda ko’krak qafasining markazi (to’sh orqasi) g’ijimlab achishib og’riydi va u ko’pincha yuqoriga, o’nga, chap qo’lga yoki ikkala qo’lga, orqaga — pastki jag’ sohasiga tarqaladi. Og’riq bir necha soat, ba’zan, hatto bir kecha-kunduz davom etadi va bo’shashish, muzdek ter bosishi, o’lim vahimasi, hansirash va yurak faoliyatining buzilishi bilan kechadi.

Yurak sanchishidan farqli o’laroq, miokard infarktida nitrogletserin takror qabul qilinganda og’riq butunlay o’tib ketmasa ham, uni qayta qabul qilib turish lozim. Yurak sohasiga, to’sh ustiga xantal, oyoqqa grelka qo’yish, qo’lni isitish bilan bemor ahvolini biroz bo’lsada engillashtish mumkin. Be- morni iloji boricha tezroq shifoxonaga yotqizib, dastlabki kunlari tibbiyot xodimlari uzluqsiz nazorat qilib turishlari kerak. Kasallik juda og’ir, hayot uchun xavfli hisoblansa ham, o’z vaqtida to’g’ri davo qilinsa, bemorlar butunlay
sog’ayib ketishlari mumkin.

* Limon tsedrasidan olib chaynash kerak, chunki, u efir moylariga boy bo’lib, yurak faoliyatini yaxshilaydi.

* Olma organizmdagi chiqindilarni chiqarishga yordam beradi va qon tomirlari devorlarini mustahkamlaydi.

* Klyukvadan bir kg olib, 200 g sarimsoq qo’shiladi. Go’shtqiymalagichdan o’tkazib, unga 100 g asal qo’shib aralashtiriladi va 3 kun qo’yiladi. Kuniga 2 mahal ovqatdan oldin bir osh qoshiqdan iste’mol qilinadi.

* Har kuni 100-150 g dan bargak iste’mol qilish kerak. Kuniga 3 mahal bir osh qoshiq asal bir stakan iliq suv yoki mevalar bilan iste’mol qilinsa, yurak mushaklariga yaxshi ta’sir ko’rsatadi, yurak tomirlarini kengaytiradi va qon aylanishini yaxshilaydi.

* Achchiq bodom miokard infarktida eng yaxshi davolovchi vosita hisoblanadi. Kuniga bir dona iste’mol qilinadi.

* Bir kg asal, 10 dona limon sharbati, 5 dona sarimsoqni ezib, aralashtiriladi va bir hafta qo’yiladi. Kuniga bir choy qoshiqtsan bir mahal stenokardiya va hansirashda iste’mol qilinadi.

* Har kuni sholg’om sharbatini asal bilan iste’mol qilish kerak. Sholg’omni qanday holda bo’lsa ham iste’mol qilish foydali.

* Har kuni 2-3 stakan xurmo sharbatidan ichish tavsiya etiladi.

* Lavlagi, sabzi, turp sharbatlari va asaldan teng miqtsorda olib, aralashtiriladi. Kuniga 3 mahal bir osh qoshiqdan ovqatdan yarim soat oldin ichiladi. Davolanish muddati 3 oy.

* Lavlagi sharbati 4 soat tindirib qo’yiladi, teng miqtsorda asal qo’shib, kuniga 3 mahal 2 osh qoshiqdan ichiladi. Lavlagi sharbatini sabzi, karam, kartoshka sharbatlari bilan ichish mumkin.

* Qora choy tarkibida V|, V2, S, RR darmondorilari ko’pligi aniqlangan. Karbonsuvlar (saxaroza, glyukoza, tsellyulloza, kraxmal) ham mavjud. Choyning muhim tarkibiy qismlaridan biri kofeindir. Qoidasi bilan damlangan choyda kofein bilan tanin o’zaro biriksa, yurak, buyrak, jigar singari eng muhim a’zolar faoliyatini, asab tizimini yaxshilaydigan doriga aylanadi. Choy yurak infarkti va porok bo’lishining oldini oladi.

* Tog rayhoni bilan ko’k choy aralashmasi ichib turilsa, qon tomirlari kengayib, kishi o’zini yaxshi his qila boshlaydi.

* Turp sharbatiga asal qo’shib, kuniga 3 mahal ovqatdan oldin 2 osh qoshiqdan iste’mol qilinadi.

Har kuni 2-4 stakan qayin sharbati ichish tavsiya etiladi.

* Sabzi infarkt miokardidan keyin kuch to’plashda eng yaxshi vosita hisoblanadi. Uning sharbatidan kuniga 3 mahal ovqatdan oldin 0,5-1 stakandan ichiladi. U bilan birga do’lana damlamasini choy o’rnida ichish ham tavsiya etiladi.

* Infarkt miokardi kasalligi boshlanishining birinchi kunlarida yarim stakan sabzi sharbatiga bir choy qoshiq o’simlik moyi qo’shib, kuniga 2 mahal ichish kerak.

* Sarimsoqdan 400 g olib, bo’tqa qilinadi. 3,5 litr sutga solib, og’zi yopiq idishda past olovda suvi 0,75 hajmida qolguncha qaynatiladi. Suzib olgach, 0,3-0,5 stakandan kuniga 3-4 mahal ovqatdan oldin qultumlab ichiladi. Qaynatma salqin joyda saqtanadi.

* Jenshen tolqonidan 20 g ga yarim kg asal qo’shib, bir hafta saqlanadi. Vaqti- vaqti bilan aralashtirib turiladi. Kuniga 3 mahal chorak choy qoshiqdan, ayniqsa, qonda gemoglabin kamligida ichiladi.

* Bug’doydan 100 g olib, ustiga suv quyib, issiq joyga qo’yiladi. Maysasi 1 mm uzunlikda unib chiqqandan keyin go’shtqiymalagichdan o’tkazib, unga o’simlik moyi, asal va mayiz qo’shib, nahorda iste’mol qilinadi.

* Mumiyodan 0,2 g olib, bir stakan na’matak qaynatmasida eritiladi. Kuniga 2 mahal – ertalab va kechqurun ichiladi. Davolanish mudtsati 10 kun.

* May asalidan yarim kg, 70% li spirtdan 0,5 ml, arslonquyruq o’ti, qushtoron, moychechak, dorivor valeriana ildizi va do’lana mevasidan olinadi. Asal va spirtni aralashtirib, past olovda qaynatiladi. Keyin yuqoridagi o’simliklarning har biridan bir osh qoshiqdan olib, termosga solinadi. Ustiga bir litr qaynoq suv quyib, 2 soat qo’yiladi. So’ngra, damlama asal qaynatmasi bilan aralashtiriladi. Birinchi haftada ertalab va kechqurun bir choy qoshiqdan, ikkinchi haftada bir osh qoshiqdan ichiladi. Tayyorlangan dori tugagach, 10 kun tanaffus qilib, davolanish takrorlanadi. Yurak-qon tomirlari uchun, ateroskleroz, stenokardiya, xafaqon va ishemiyada ichiladi.

* Do’lana mevasi, yo’ng’ichqa guli, ukrop urug’i, tol po’stlog’i va dalachoy o’ti teng miqdorda aralashtiriladi. Undan 5 g olib, ustiga 250 ml qaynoq suv quyiladi. 10 daqiqa suv bug’ida qizdirib, bir soat damlab qo’yiladi. Suzib olgach, kuniga 3 mahal (oxirgisi uyqudan bir soat oldin) issiqholda ichiladi.

* Do’lana guli, tirnoqgul guli, ukrop mevasi, suli somoni va jo’ka guli teng miqdorda aralashtiriladi. Shu yig’madan 5 g olib, ustiga 250 ml qaynoq suv quyiladi va 3 soat termosda damlab qo’yiladi. Suzib olgach, kuniga 3-4 mahal ovqatdan yarim soat 50 ml dan ichiladi.

* Bo’tako’zning ho’l o’tidan 10 g olib, ustiga 2 stakan zaytun yoki kungaboqar moyi quyiladi. Quyoshda 20 kun og’zi yopiqholda sakdanadi. Suzib olgach, har kuni nahorda bir choy qoshiqtsan yurak faoliyatini yaxshilash uchun infarktdan so’ng ichiladi.

* Na’matak, oddiy chetan, do’lana, oddiy bodrezak mevalari, mayiz va bargakdan teng miqtsorda aralashtiriladi. Undan bir stakani ustiga bir litr qaynoq suv quyib, bir kecha termosda damlab qo’yiladi. Kun davomida choy o’rnida ichiladi. Bu damlamani uzoq vaqt ichish mumkin.

* Infarktning oldini olish uchun ovqat tayyorlashda zanjabil ildizi dorivor sifatida ishlatiladi. Bir qator kasalliklarni davolashda Abu Ali ibn Sino ham foydalangan va shunday deb yozgan: «Zanjabil eslash qobiliyatini oshiradi, ovqatni yaxshi hazm qildiradi».

* Tog’olchadan tayyorlangan choy ichib turish, infarkt kasalining oldini olish va davolashda eng yaxshi ta’sir ko’rsatadi.

* Yangi pishgan tutdan kuniga 4-5 mahal ovqatdan oldin iste’mol qilish tavsiya etiladi. 3-4 haftadan so’ng yurak og’rig’i, hansirash kamayadi.

 

* Itburun mevasini choyga o’xshatib damlab, infarktoldi holatida 4 kun davomida ichib turish kerak (tabib Vanga tavsiyasi).

* Qashqarbeda o’ti, arnika guli, uchbarg bargi, marvaridgul, yalpiz o’tlari, ukrop va na’matak mevalari, shuvoq o’tidan olib, ustiga 1,5 l qaynoq suv quyiladi. Suzib olgach, kuniga 4-5 mahal iliqholda chorak stakandan ichiladi.

* Miokard infarktini boshidan o’tkazgan bemor kuniga 2-3 mahal ovqatdan 2 soat keyin yarim stakan kerosin ichishi kerak. Buning uchun tozalangan kerosindan 6 tomchisi bir stakan qaynatilgan iliq suvga tomiziladi. Davolanish muddati 2 hafta.

(Visited 7 times, 1 visits today)

Related posts