Jinsiy yaqinlik tabiat in’om etgan hodisa bo‘lib, tibbiy tilda koitus deyiladi. Jinsiy yaqinlikda jinsiy a’zolardan tabiiy foydalaniladi. Bu jinsiy yaqinlik vaqti sevgi bilan haqiqiy shug‘ullanish bo‘lib, farzandning dunyoga kelishiga sababchi bo‘ladi. Jinsiy yaqinlikning ko‘ngilli o‘tishi, undan ayol va erkaqning lazzatlanishi uchun ikkala tomon ham uning barcha san’ati bilan tanish bo‘lishlari lozim.
Ayol (arab — oila; xotin) — balogʻatga yetgan xotin-qiz jinsidagi inson, odam bolasini dunyoga keltiruvchi ikki jinsdan biri (umuman erkakka qarama-qarshi jinsdagi shaxs, xotin).
Erkak voyaga yetgan kishi, erkak jinsiga mansub. Qarshi jins ayol hisoblanadi. „Erkak“ tushunchasi ilmiy tilda, jamiyatda hamda psixologiyada oʻz oʻrni boʻlib, turli tushunchalariga egadir. Undan tashqari hissiyot, emotsiya tushunilishi ham mumkin, misol — erkaklik.
https://www.youtube.com/watch?v=8WtHLpL2XyA
Jinsiy yaqinlik ayol va erkak o‘rtasidagi mehr-muhabbatni mustahkamlaydi, oila totuvligini, turmush halovatini hamda uning mazmunini ta’minlaydi. Jinsiy lazzatlanishning yo‘qligi, uning madaniyati, san’ati bilan notanishlik ko‘pchilik yoshlarning ajralib ketishiga sabab bo‘ladi.
Talabalik davrimda tug‘ruqxonadagi amaliy mashg‘ulot o‘tish vaqtida yosh juvon va o‘rta yoshdagi tajribali xotin o‘rtasida bo‘lib o‘tgan suhbat hali-hali yodimdan chiqmaydi.
Bu suhbat qulog‘imga chalinishi bilan o‘zimii panaga olib, uni oxirigacha eshitishga muyassar bo‘ldim. Tajribali xotin yosh juvonga savol berdi: «Hay, eringiz bilan qo‘shilganda nimani sezasiz? Mazza qilasizmi? Keyin sizda qo‘shilishga tez-tez ehtiyoj bo‘ladimi?»
Yosh juvon uyalib va bir oz qizarib: «Qaydam, men bu narsalariing mazmuniga yetganimcha yo‘q, ko‘pincha bu narsadai qo‘rqaman ham, hech nimani sezmayman, u kishim tez uxlab qoladilar», – deb javob berdi.
Tajribali xotin bu javobdan ajablanib, yosh juvonga butun jinsiy yaqinlik lazzatlarini tushuntirib ketdi va so‘zini: «Dunyoda bundan ortiq rohatbaxsh lazzat bo‘lmasa kerak», – deya tamomladi. Albatta, yosh juvon tug‘ruqxonadan chiqqanidan keyin eridan o‘sha «lazzat»ni kutadi.
Iffati kuchli ayollar: «Turmush shu ekan», – deb o‘tib ketishlari ham mumkin, lekin ilm-texnika rivojlangan zamonamiz ayollari shunday o‘tib ketarmikanlar? Hozirgi vaqtda yoshlar o‘rtasida qo‘ydi-chiqdining ko‘pligi, zino va boshqa illatlarning yuzaga kelayotganiga nima deysiz?
Demak, bu kabi ko‘ngilsizliklar kelib chiqmasligi uchun har bir erkak va ayol jinsiy yaqinlik san’ati haqida yetarlicha bilimga ega bo‘lishlari lozim.
Yo‘l yurardi donishmand tinmay. Bir qishloqda bir dam to‘xtaldi. Savol berdi qishloqning ahli. Ayol zoti qanday zot asli.. O‘ylab dedi donishmand sekin:
AYOL asli qalbning gavhari U siz ishning yo‘qdir samari. AYOL shunday zotdir ojiza AYOL bizga yetti mo‘jiza.. Oyog‘ining ostida jannat Qo‘li guldir ajoyib san’at.. Tishlari dur tovlanib turar Ko‘zlarida mehr mavj urar..
Pichirlaydi lablari faqat AYOL uchun berilgan toqat.. Sochlarida qor, qirov nomi Tillarida baxtning kalomi.. Quloqlari tinglar yaxshi so‘z Kipriklari misli bir tovus Qoshlarida kamonning aksi Xech zot yo‘qdur AYOLdek yaxshi..
O‘zi yemas bolam yesin der Shirin bolam onam desin der.. Ko‘nikadi shart qo‘ysa taqdir Bunday zot kim, AYOLdir axir.. Erkakmizmi ayolim dermiz AYOL mening bir yorim dermiz.. Onam ayol, Ayolim ayol Opa-singil, jigarim ayol..
O‘zbek ayol ibolari bor Boshda ro‘mol Zebolari bor.. So‘zim bisyor ayol vasliga So‘zim ojiz ayol nasliga.. Dedi shunday so‘zlar donishmand Qishloq ahlin qamradi xayrat.. Nahot ayol shunday ulug‘ zot AYOLlarning bori o’zi baxt..!