Zotiljam o’pka yalig’lanishi uy sharoitida davolash usullari turlari kasalliklari

Zotiljam

Zotiljam o’pka yalig’lanishi uy sharoitida davolash usullari turlari kasalliklari

 

Zotiljam, o’pka yallig’lanishi, pnevmoniya kasalligi mustaqil yoki boshqa kasalliklar asorati sifatida namoyon bo’ladi. Zotiljam odamdan odamga yuqmaydi. Uni turli bakteriyalar (pnevmokokklar, streptokokklar, stafilokokklar) va viruslar qo’zg’atadi.

Kasallikning yuzaga kelishi va rivojlanishiga odamning qattiq sovqotishi, jismoniy va ruhiy o’ta toliqishi, organizmning ichki zaharlanishi — intoksikatsiya hamda organizmning kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyatini susaytiruvchi boshqa omillar sabab bo’ladi, natijada yuqori nafas yo’llaridagi mikroblar faollashib, kasallik paydo qiladi.

Xastalikning kechish xarakteriga qarab o’tkir va surunkali, joyiga qarab chegaralangan sohalardagi yoki krupoz pnevmoniya (o’pkaning butun bir bo’lagi zararlanadi) va o’pkaning bir yoki bir necha bo’lagidagi ingichka, mayda bronxlarning yallig’lanishi farq qilinadi.

O’tkir turi to’satdan boshlanib, bir necha kundan bir necha haftagacha davom etadi. Zotiljam bilan og’rigan bemor ko’pchilik hollarda butunlay sog’ayib ketadi. Kasallik boshlanganda isitma ko’gariladi (38-40°), et qattiq uvishadi, avval quruq, keyin balg’amli yo’tal paydo bo’ladi. Biqin og’riydi, nafas olganda, yo’talganda (ko’proq krupoz pnevmoniyada) og’riq zo’rayadi. Bemor tez-tez va yuzaki nafas oladi, havo etishmaydi. Bemorning ahvoli bir necha kundan keyin engillasha boradi.

Surunkali zotiljam o’tkir zotiljam oqibatida yoki surunkali bronxitning asorati tariqasida, shuningdek, nafas yo’llarining yuqori qismida, burunning yondosh bo’shliqlarida yuqumli jarayon (gaymorit) kechganda paydo bo’ladi.

Organizmning quvvatsizlanishi, allergik o’zgarishlar (surunkali infektsiyalar, intoksikatsiya, shu jumladan alkogolizm, tashqi muhitning salbiy ta’siri — havo haroratining keskin o’zgarishi, havoning sergazligi va b.) kabi omillar ham kasallik kelib chiqishida muhim rol o’ynaydi.

Kasallik dam kuchayib, dam susayib turadi. Dardning zo’raygan paytdagi belgilari o’tkir turidagi belgilariga juda o’xshab ketadi (bemor yo’talganda balg’am tashlaydi, hansiraydi, ko’krak qafasida og’riq paydo bo’ladi, isitmasi ko’tariladi), ammo bu alomatlar kasallikning o’tkir turidan farqli ravishda juda sekinlik bilan kamayib boradi, bemor butunlay sog’ayib ketmasligi mumkin.

Kasallikning zo’rayishi organizmning holatiga va tashqi muhitga bog’liq. Kasallikning zo’rayib davom etishi, tez-tez takrorlanib turishi o’pka to’qimasi sklerozi (pnevmoskleroz) va bronxlarning kengayishiga sabab bo’ladi. Bu asoratlar o’z navbatida zotiljamning kechishini og’irlashtirib yuboradi. Bu dard bilan og’rigan bemorni faqat shifokor davolaydi.

Uzini-o’zi davolashda antibiotiklardan to’g’ri foydalanmaslik ko’pincha zotiljamning o’tkir turi cho’zilib ketishiga yoki surunkali turga o’tishiga sabab bo’ladi.

Bakteriyaga qarshi davolash bilan birgalikda olib boriladigan turli chora-tadbirlar – banka va xantal qo’yish, qalampirli plastir yopishtirish, elektr muolajalari, nafas olish mashqlari bemorning tuzalib ketishiga, zararlangan o’pka tuzilmalarining tiklanishiga katga yordam beradi. Organizmni chiniqgirish, samarali gigienik tadbirlarni amalga oshirish va to’yimli ovqatlanish bemorning tezroq sog’ayishiga imkon yaratadi.

O’pka yallig’lanishi yurak, buyrak va jigar xastaliklari singari juda qadimiy va insoniyat boshiga og’ir tashvishlar solgan kasalliklardan. Shu boisdan ham Luqmoni Hakim, Buqrot, Ar-Roziy, Ibn Sinodan boshlab bugungi kungacha bo’lgan xalqtabobati allomalari bu kasallikni keltirib chiqaradigan omillar, zotiljamga chalingan bemorlarni davolash, sog’lomlashtirishning nazariy va amaliy choralarini topish va amaliyotda qo’llash yo’lida izlanishlar olib borishgan, davolashning samarali va ta’sirchan usullarini yaratib, amaliyotda qo’llab, yaxshi natijalarga erishgan.

Jolinus hakim o’limidan keyin sochilib ketgan xalq tabobatini to’plab, ilm darajasiga keltirgan raylik olim va mashhur tabib Muhammad Zakariyo Roziy boshqa kasalliklar qatori o’pka dardlari — zotiljamni davolashda ham o’z salaflarining tajribalariga suyangan holda, o’zining uslublarini yaratadi. «Kasalliklar tarixi» risolasida o’pka kasalliklarini davolashning bir necha xil tavsiyalari qayd qilingan.

Jumladan, zotiljamga uchrab, ichi ketib, mutgasil yo’talayotgan bemorga morsin mevasi qo’shib tayyorlangan sumbul qaynatmasi bilan marsin elakisini ichishni tavsiya qilsa, quruq yo’tali bor va ichi qotgan hamda isitmasi bor bolaga kechalari gunafsha sharbati bilan besh dirham hushyori anbar iste’mol qilishni, kechalari arpa suvi bilan yalanadigan yo’tal ma’yasunini buyurib, isitmasi bo’lganligi uchun qortiq qo’yishni man qiladi. Kuruq yo’tali bor bemorga esa, avval arpa suvi bilan gunafsha ma’junini ichib turishni, maddasi pishib, balg’am tashlash boshlanganda arpa suvi o’rniga zufo qaynatmasini tayinlaydi.

«Tibbi Yusufiy» risolasining muallifi, mashhur tabib ibn Muhammad Yusuf at- Tabib al-Haraviy doimiy muloyim isitma, yo’tal bilan yiring chiqib, balg’am tashlaydigan o’pka yarasi bor bemorga arpa suvi bilan eshak suti tasalli berishini aytadi. O’pkasiga suv yig’ilgan bemorga unobi suvi bilan nilufar sharbatini tavsiya qilgan.

XIV asrda yashab o’tgan shoir, xattot va tabib sifatida shuhrat topgan Shahobiddin Abdulkarim o’g’li «Tibbi Shahobiy» risolasida zotiljamga mana bunday ta’rif beradi:

Zotiljam uy sharoitida davolash yo’llari

* Zotiljamda yo’taldan qutilish uchun 2 dona quritilgan anjir bir stakan sutda qaynatiladi. Kuniga 2 mahal ovqatdan keyin bir stakandan, issiq hodda ichiladi.

* Zotiljam kasalligida bodom yog’i sovituvchi ta’sir ko’rsatadi. Bemorga kuniga 3-4 mahal bir osh qoshiqdan beriladi.

* Turpning o’rtasini olib, ichiga 2 osh qoshiq suyuq asal solinadi. Idish ustini qog’oz yoki kesilgan turp po’chog’i bilan yopib, 3 soat qo’yiladi. O’tkir yo’talda kuniga bir necha bor ovqat oldidan bir choy qoshiqdan ichiladi.

* Sarimsoqdan 300 g ni ezib, bo’tqa qilinadi va og’zi yopiq idishda yarim soat  qo’yiladi. Keyin idish tubidagi bo’tqadan 200 g olib, unga bir litr «Kagor»ga o’xshash vino quyiladi va 2 hafta saqlanadi. Vaqgi-vaqti bilan idish chayqatib turiladi. Issiq holda har soatda bir osh qoshiqtsan iste’mol qilinadi. Tayyorlangan spirtli
damlama kuniga 1 -2 mahal ko’krakka ham surtiladi.

* Suli donidan bir stakan olib, unga bir bosh maydalangan sarimsoq qo’shiladi. Ustiga 2 litr sut kuyib, 1,5-2 soat duxovkada tindirib qo’yiladi. Suzib olib, uyqu oldidan issiqholda bir stakandan qultumlab ichiladi. Bu damlama balg’am ko’chirish, yo’talga qarshi, organizmni baquvvat qilish xususiyatiga ega. Darmonsizlangan
bemorlarga tavsiya etiladi.

* Suli o’simligining gullab turgan yuqori qismidan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoqsut quyiladi. Suzib olib, kun davomida oz-ozdan ichiladi.

* Qalampirmunchoq g’unchasidan 5 dona, sarimsoqtsan 4 bo’lakcha va bir osh qoshiq shakar olinadi. Ustiga 0,3 l suv va 0,3 l qizil vino («Kagor»ga o’xshash) quyib, past olovda og’zi yopiq idishda suvi yarimlaguncha qaynatiladi. Suzib olib, qaynatmani issiq holda ichib, to’shakka grelka bilan yotib, yaxshi o’ranish lozim. Bu damlama
bakteriyalarga va shamollashga qarshi ajoyib terlatuvchi vosita hisoblanadi.

* O’rtacha kartoshkadan 4 donasini yuvib, ko’zlarini olib tashlab (po’chog’i artilmaydi), keyin kubsimon qilib to’g’raladi. Unga 2 osh qoshiq zig’ir urug’i va bir bosh sarimsoq bo’tqasi qo’shiladi. Ustiga bir litr suv quyib, past olovda og’zi yopiq holda 20 daqiqa qaynatiladi. Sovigach (30°li) qaynatma huqna uchun kuniga 2 mahal
bemor tuzalguncha ishlatiladi.

* Po’sti bilan qaynatilgan kartoshkani ezib, unga bir osh qoshiqdan o’simlik yog’i, spirt va xantal qo’shiladi. Aralashma oldindan tayyorlab qo’yilgan latta xaltachaga solib, og’zi tikiladi. Issiqholda og’rigan joyga qo’yib (yurakka qo’ymaslik kerak), tsellofanga o’rab, issiq kiyim bilan yopib yotiladi. Bunday bozillama ertalabgacha
issiqturadi.

* Arslonquyruq o’tidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, yarim soat damlab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 3 mahal 2 osh qoshiqdan ichiladi. Dorixonada sotiladigan spirtli damlamadan esa kuniga 3 mahal 10 tomchidan iste’mol qilinadi.

* Arpabodiyon mevasi, gulxayri va shirinmiya ildizlaridan, qarag’ay kurtagidan, mavrak bargidan teng miqdorda olinadi va aralashtiriladi. Shu yig’madan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, 20 daqiqa damlab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga har 3 soatda bir stakandan ichiladi.

* Jo’ka gulidan 2 qism, sigirquyruq guli, tugmachagul va medinitsa o’tidan 3 qismdan olinadi. Shu yig’madan 4 g olib, ustiga bir litr qaynoq suv quyiladi va bir kecha damlab qo’yiladi. Suzib olgach, har soatda o’tkir quruq yo’talda chorak stakandan ichiladi.

* Malina mevasi bilan, ko’ka bargidan 2 qismdan, tog’ rayhoni o’tidan bir qism olib aralashtiriladi. Undan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoqsuv quyib, 20 daqiqa damlab qo’yiladi. Suzib olgach, issiqholda uxlash oldidan ichiladi.

 

* Arpabodiyon va malina mevalaridan, tol po’stlog’idan, jo’ka guli va ko’ka bargidan teng miqdorda olib aralashtiriladi. Undan bir osh qoshig’i ustiga 2 stakan qaynoq suv quyib, 5-10 daqiqa qaynatiladi. Dokadan suzib, choy kabi issiqholda ichiladi.

* Ukrop mevasi va sigirquyruq gulidan 2 qism, shirinmiya ildizidan 3 qism, kuka bargidan 4 qism olib aralashtiriladi. Shu yig’madan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan sovuq suv quyib, 2 soat tindiriladi. 10 daqiqa qaynatgach, kuniga bir necha bor issiq holda ichiladi.

* Aloydan 100 g, asaldan 300 g olib, shisha idishga solinadi. Ustiga bir litr aroq quyib, qorong’i va issiqjoyda 7 kun qo’yiladi. Kechqurun uyqu oldidan og’rigan joyga yaxshilab surtib, issiq qilib o’raladi. O’pka shamollashi va artritda yaxshi foyda qiladi.

* Bir stakan qaynoq sutga bir bo’lakcha ezilgan sarimsoq solib, asal aralashtiriladi. Yarim osh qoshiqdan 3 mahal ovqatdan oldin o’pkaning yiringli shamollashida ichilsa, yaxshi foyda qiladi.

 

* Qarag’ay kurtaklaridan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, unga bir osh qoshiq asal qo’shib, to’rt qismga bo’linadi. Ovqatdan yarim soat oldin ichilsa, surunkali o’pka shamollashida davo bo’ladi.

* Qora zira mevasini qaynatib, kuniga 3 mahal 50 g dan 15 kun davomida ichilsa, balg’amni ko’chiradi, nafas qisishiga yaxshi yordam beradi.

* Arpabodiyon mevasi va sigirquyruq gulidan 2 qismdan, ko’ka bargidan 4 qism, gulxayri ildizidan 8 qism, shirinmiya ildizidan 3 qism, igir ildizpoyasidan 10 qism olinadi. Shundan bir osh qoshig’i ustiga 2 stakan qaynoq suv quyib, 20 daqiqa damlab qo’yiladi. Dokadan suzib olgach, kuniga har 3 soatda yarim stakandan ichiladi.

* Tugmachagul gulidan 6 qism, qora bug’doy gulidan bir qism, ko’ka gulidan bir qism olinadi. Shu yig’madan 50 g olib, bir kecha qo’yiladi. Suzib olgach, kuniga 5 marta quruq yo’talda ichiladi.

* Arpabodiyon va shivit mevalari, shirinmiya ildizi, tog’jambili o’ti, qarag’ay kurtaklari olinadi. Shu yig’madan 4 choy qoshig’i ustiga 1 l suv quyib, past olovda 2 soat qaynatiladi. 3 qismga bo’lib ichiladi.

* Sigirquyruq guli va barglaridan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoqsuv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kuniga bir osh qoshiqasal qo’shib, to’rtga bo’lib, ovqatdan yarim soat oldin ichilsa, yuqori nafas yo’llari shamollashida foyda qiladi.

* Asalari uyasining qora mumi kuniga 3 mahal 10 kun davomida yalansa yoki surtilsa, ko’krak g’ijillashiga foyda qiladi.

* Asalari uyasidan olingan asalni kuniga 3-4 mahal iste’mol qilish kerak.

* Asaldan bir osh qoshig’ini bir stakan suvda eritib, ingalyatsiya qilinadi.

* Lavlagi sharbatidan kuniga 3 mahal 100 g dan ichilsa, foyda qiladi.

* Qushtoron, andiz ildizi va marjon daraxti gulidan 75 g dan, gulxayri ildizi va gazanda o’tidan 100 g dan olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kuniga 4 qismga bo’lib, ovqatdan bir soat oldin iste’mol qilinadi.

* Ikki dona tovuq tuxumining oqini olib, bir choy qoshiq achchiqgosh bilan yaxshilab aralashtiriladi. Shu qorishma bemor ko’kragiga surtiladi.

* Zig’ir urug’idan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, to’rt qismga bo’lib, ovqatdan bir soat oldin ichiladi.

* Qushtoron va tog’ rayhonidan 100 g dan, jo’ka gulidan 75 g olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoqsuv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kuniga 4 mahal 150 g dan ichiladi.

* Qushtoron, arpabodiyon mevasi, ukrop mevasi, qayin kurtagi, kiyiko’ti va shirinmiyaning maydalangan ildizidan teng miqdorda olinadi. Shu yig’madan 4 choy qoshig’ini 300 ml qaynatib sovitilgan suvga solib, 2 soat damlab qo’yiladi. Keyin 2-3 daqiqa qaynatib, suzib olinadi. Kuniga 3 mahal ovqatdan yarim soat oldin yarim stakandan ichiladi. Bu yig’ma yiringli bronxit, ko’kyo’tal, bronxial astma, surunkali pnevmoniyani davolashda yaxshi samara beradi.

* Qushtoron (qiziltasma) o’tidan 3 qism, archa mevasidan bir qism, qirqbo’g’in o’tidan 2 qism olib, aralashtiriladi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’i ustiga yarim litr qaynoq suv quyib, yarim soat damlab qo’yiladi. Kuniga 3-4 qultumdan ichiladi.

* Qushtoron, ko’ka o’ti, qora marjon daraxti gulining hammasidan bir choy qoshiqdan olib, ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi. Suzib olgach, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin o’pka kasalliklarida chorak stakandan ichiladi.

* Sulidan bir stakan olib yaxshilab yuviladi, ustiga bir litr sut quyib, past olovda bir soat qaynatiladi. Suzib olgach, issiq holda yog’ yoki asal bilan uxlashdan oldin ichiladi. Bu vosita pnevmoniyaning og’ir turlarida va darmonsizlangan bemorlarga juda foydali.

* Binafsha va qarag’ay kurtagidan 100 g dan, kiyiko’tidan 75 g olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kuniga 4 mahal ovqatdan bir soat oldin 150 g dan ichipadi.

* Kapalakguldan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kuniga 4 mahal ovqatlanishdan yarim soat oldin 150 g dan ichiladi.

* G’ozpanja o’tidan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, to’rt qismga bo’lib, ovqatdan bir soat oldin o’pkaning yiringli yallig’lanishida ichiladi.

* Zig’ir yog’idan bir osh qoshig’iga bir dona tuxum sarig’i yaxshilab aralashtiriladi. O’pka yiringli yallig’langanida kuniga 3 mahal iste’mol qilinadi.

* Takasoqol o’tidan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin 100 g dan, o’pka yarasida ichiladi.

* Oqqaldirmoq va qushtorondan 100 g dan, zubturum bargidan 75 g olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kuniga 4 mahal ovqatdan bir soat oldin 150 g dan ichiladi.

* G’ozpanja ildizidan bir osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga bir stakan qaynoq sut quyiladi. Ikki soatdan so’ng suzib olib, kuniga 2 mahal ertalab va kechqurun ichiladi.

* Gazanda, kapalakgul, qarag’ayning yuqori qismidagi novdalari va andizdan
100 g dan olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin 150 g dan o’pka yiringli yallig’langanda ichiladi.

* Sigirquyruq gulidan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, ovqatdan yarim soat oldin 150 g dan o’pka yalliglanganda ichiladi.

* Navro’zgul o’tidan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoqsuv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin 100 g dan ichiladi.

* Evkalipt bargidan 2 choy qoshig’i ustiga 100 ml qaynoq suv quyib, ingalyatsiya uchun foydalaniladi.

* Qayin kurtagidan 2 choy qoshig’i ustiga 100 ml qaynoq suv quyib, ingalyatsiya uchun ishlatiladi.

* Igir ildizini yuvib, to’g’raladi va quyoshda quritib, tolqon qilinadi. Kuniga 3 mahal ovqat oldidan 0,6-1 g dan (pichoquchida) iste’mol qilinadi.

* Tog’ rayhonidan 75 g olib, ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va 20 daqiqa damlab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 3 mahal ovqatdan 20 daqiqa oldin yarim stakandan iliq holda ichiladi. Damlama o’tkir va surunkali bronxit yo’talini qoldiradi.

* Sigirquyruq va quziquloq o’tidan 100 g dan olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Suzib olib, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin , 150 g dan zotiljamda ichiladi.

 

(Visited 4 030 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
error: Content is protected !!