Yotoq yara uy sharoitida davolash usullari turlari kasalliklari haqida malumot

yotoq yara

Yotoq yara uy sharoitida davolash usullari turlari kasalliklari haqida malumot

 

Yotoq yara — og’ir xastalik tufayli uzoq muddat qimirlamay yotib qolgan bemorlarda tananing suyak bo’rtib chiqqan joylari (dumg’aza, tirsak, tovon, boshning ensa qismi)da paydo bo’ladi. Bunga asosan bo’rtib chiqqan suyaklar, teri osti yog’ qatlamining yupqaligi va teri doimo bosilib, mahalliy qon aylanishinint buzilishi sabab bo’ladi. Bunda yumshoqto’qimalar iriydi.

 

* Zangori maymunjon (parmanchak) barglarini maydalab, qo’tir, ekzema, yaralar, yiringli yaralar va yotoqyaraga tezroqtuzalishi uchun qo’yiladi.

* Dalachoy, makkajo’xori, chakanda, na’matak va shaftoli moylari surtilsa teri kasalliklarini davolaydi.

* Marjon daraxti bargini sutda qaynatib, yotoqyara va boshqa teri kasalliklariga qo’yilsa, shifo bo’ladi.

* Qayin kurtaklaridan vanna qilib, surunkali ekzemada foydalaniladi. Kdyinning spirtli damlamasi yotoqyara va teri eroziyasini davolashda yaxshi samara beradi.

* Ikki-uch hovuch qayin kurtaklari ustiga yarim litr aroq quyib, 10 kun issiq va qorong’i joyda saqlanadi. Vaqti-vaqti bilan aralashtirib turiladi. Suzib olgach, shu damlama bilan yotoqyara yuviladi.

* Eman po’stlog’i va qora terak kurtaklaridan 50 g dan olib maydalanadi va shisha idishga solinadi. Ustiga cho’chqaning ichki yog’idan yarim litr quyib, past olovda qasqonda bir soat qaynatiladi. Sovigan malham sovitkichga qo’yiladi.

* Eman po’stlog’idan 2 osh qoshig’ini sirli idishga solib, ustiga 2 stakan suv quyiladi va past olovda, og’zi yopiq holda yarim soat qaynatiladi. Dokadan suzib olingan qaynatmaga matoni shimdirib, yotoqyaraga malham tarzida qo’yiladi.

Yotoq yara davolash

* Aloy organizmning himoya kuchlarini oshiradi. Uning shirasidan tayyorlangan bog’lam uzoq muddat tuzalmayotgan yaralar, yotoq yaralarga qo’yilganda, sovqotishni davolagtsda yordam beradi.

* Aloy bargidan 100 g olib, unga yarim stakan qaynoq suv quyiladi. Mikserda ardtashtirilgach, yarim stakan glitserin va bir choy qoshiq limon sharbati qo’shib, yana mikserda aralashtiriladi. Keyin dokadan suzib, jigarrang shisha idishga solib, sovitkichning pastki qismida saqlanadi. Bir necha qavat bintga qo’yib, og’rigan joyga,yotoq yaraga, sovqotganda, kuyganda yarim soat qo’yiladi.

* Margantsovkaning och rangdagi eritmasi bilan qavargan joylarni yuvib, keyin eman po’stlogi tolqoni va qora terak kurtagidan tayyorlangan malham surtiladi.

* Tirnoqgulning ho’l o’tidan 100 g ni maydalab, shisha idishga solinadi, ustiga cho’chqaning ichki tuzlanmagan yog’idan 500 g solib, qasqonda past olovda 2 soat qaynatiladi. Sovitilgan malham yotoqyaralarga yupqa qilib surtiladi.

* Shirin bodomdan 50 g ni ezib, tolqon qilinadi va shisha idishga solinadi. Ustiga cho’chqaning ichki tuzlanmagan yog’idan 250 g quyib, qasqonda past olovda 2 soat qaynatiladi. Sovitilgach malham yotoqyaralarga yupqa qilib surtiladi.

* Zubturum (bargizub)dan 100 g olib, go’shtqiymalagichdan o’tkaziladi va shisha idishga solinadi. Ustiga 50 g asal solib, yaxshilab aralashtiriladi. Qasqonda 2 soat past olovda qaynatiladi. Malham og’rigan joylarga yupqa qilib surtiladi.

* Qoqio’t ildizidan 100 g, qirqbo’g’indan 75 g, qariqiz ildizidan 100 g olinadi. Shu yig’madan 2 osh qoshig’ini sirli idishga solib, ustiga 2 stakan sovuqsuv kuyiladi. Yarim soat qaynatiladi va suzib olingan qaynatma bilan qavargan joylar yuviladi.

Yotoq yara haqida

* Sigirquyruq o’tining gullab turgan yuqori qismidan 100 g olib, maydalanadi va shisha idishga solinadi. Ustiga cho’chqaning ichki yog’idan 0,6 litr quyib, past olovda, qasqonda bir soat qaynatiladi. Sovitilgach, qavargan joylarga surtiladi. Malhamli idish sovitgichda saqlanadi.

* Chakanda moyi (dorixonalarda sotiladi) yotoqyaralarga surtiladi.

* Na’matak moyi (dorixonalarda sotiladi) yotoqyaralarga malham tarzida qo’yiladi.

* Yosh eman daraxtining po’stlog’i mayda to’g’raladi. Unga bir qism qora terak kurtagi va 7 qism sariyog qo’shib, bir kecha issiqjoyga qo’yiladi. Qaynatib, suzib olingach, yotoq yaralarga surtiladi.

* Tirnoqgulning ho’l o’tidan 100 g olib, shisha idishga solinadi. Ustiga 500 g tuzlanmagan cho’chqa yog’idan solib, past olovda, suv bug’ida 2 soat qaynatiladi. Sovitilgach, og’rigan joyga, yupqa qilib surtiladi.

* Apelsin (po’rtaxol) sharbatidan bog’lov tayyorlab, yotoqyaraga qo’yiladi.

* Dafna (lavr bargi)ning maydalanganidan 30 g (90 ta barg) olib, ustiga bir stakan o’simlik moyi quyiladi va iliqjoyda 10 kun saqpanadi. Agar dorini tezroq tayyorlash zarur bo’lsa, bir soat suv hammomida qizdiriladi. Suzib olgach, og’rigan bo’g’imga, revmatizmga va yotoq yaraga surtiladi.

(Visited 10 913 times, 3 visits today)
Rate article
DAVOLASH
error: Content is protected !!