Yallig’lanish rivojlanish mehanizmlari

Yallig’lanish mediatorlari. Yallig’lanishda yuzaga keladigan barcha o’zgarishlar mediatorlarning hosil bo’lishi va ajralib chiqishi bilan bog’liq. Yallig’lanishning madiatorlari deganda yallig’langan to’qima hujayralarining faoliyatiga ta’sir qiluvchi kimyoviy vositalar tushuniladi.

Lektsiya maqsadi: Talabalarga yallig’lanish riojlanish mexanizmlari haqida yo’naltiruvchi tushunchalar berish.

 

Muhokama qilinadigan savollar

1.Yallig’lanish mediatorlari

  1. Leykotsitlar emigratsiyasi.
  2. Proliferatsiya.

 

Yallig’lanish mediatorlari. Yallig’lanishda yuzaga keladigan barcha o’zgarishlar mediatorlarning hosil bo’lishi va ajralib chiqishi bilan bog’liq. Yallig’lanishning madiatorlari deganda yallig’langan to’qima hujayralarining faoliyatiga ta’sir qiluvchi kimyoviy vositalar tushuniladi.

Mediatorlar hosil bo’lish manbalariga k ura ikki guruhga bo’linadi:

  1. hujayrada hosil bo’luvchi mediatorlar (hujayra mediatorlari);
  2. organizmning suyuqlik muhitida hosil bo’luvchi mediatorlar (plazmatik, gumoral mediatorlar).

Hujayra mediatorlari. Bu guruh mediatorlari yallig’lanish rivojlanishida ishtirok etuvchi har xil hujayralarda hosil bo’ladi.

  1. Polimorf yadroli leykotsitlar – asosan neytrofillar va bazofillar bo’lib, ularda qo’yidagi mediatorlar hosil bo’ladi.
  • yuqori faollikka ega bo’lgan lizosoma gidrolazalari;
  • kation oqsillari;
  • prostaglandinlar;
  • leykotrienlar;
  • interleykinllar;
  • biogen aminlar.

Eozinofillar yallig’lanish o’chog’ida asosan oksidantlar va leykotirenlarni zararlantirishda ishtirok etadi. Bu hujayralar ayniqsa allergikyallig’lanish jarayonida muhim rol o’ynaydi.

  1. Mononuklear hujayralar (limfotsitlar, monotsitlar, to’qima makrofaglari) limfokinlarni va monokinlarni (grektsa kinos – harakatga keltirish) ishlab chiqaradi hamda ko’p miqdorda fermentlar (neytral protezzalar, esterezalar, nordon gidrolazalar va boshqa biologik faol moddalar) ajratadi;
  2. Trombotsitlarda qo’yidagi mediatorlar bo’ladi:

– adgeziv oqsillar;

– ADF;

– sarotonin;

– lizosoma fermentlari;

– Villebrand omili.

  1. Semiz hujayralarda (lebronitlar yoki to’qima bazofillari) qo’yidagi mediatorlar ajralib chiqadi:

– biogen aminlar;

– trombotsitlarni faolloavchi omil (TFO);

– leykotrienlar LT (LTS va LTD) bular anafilaksiyaning sekin ta’sir qiluvchi substantsiyasi (ASTS) tarkibiga kiradi;

– eozinofil xemotaksis omili;

– neytrofil xemotaksis omili;

– geparin va gistamin.

  1. Yallig’lanish jarayonida faollashgan yoki shikastlangan boshqa hujayra va to’qima hamda a’zolarda qo’yidagi mediatorlar hosil bo’lishi mumkin:

– lizosoma fermentlari;

– prostaglandinlar;

– lipidlarning peroksidlanish mahsulotlari.

Plazma mediatorlari. Bu guruh mediatorlariga asosan plazmadan yallig’lanish o’chog’iga o’tuvchi mediatorlar kiradi. Mazkur mediatorlar kinin, qon ivish va komplement sistemalari faollashuvidan hosil bo’ladi.

  1. Biogen aminlar. Bu guruhga gistamin va serotonin kiradi.
  2. Gistamin (bazofil va semiz hujayralarda hosil bo’ladi) o’z ta’sirini ikki xil turda – N1 va N2 retseptorlari orqali o’tkazadi. Gistamin N1 – retseptorlarga ta’sir qilganda terida qichitish, og’riq hosil qiladi. N2 – retseptorlarga ta’sir qilganda esa gistamin qo’yidagi o’zgarishlarni yuzaga keltiradi: – E2 va G’2 prostaglandinlari va tromboksan ishlab chiqarilishini oshiradi, xemotaksisni va neytrofillarning fagotsitar faolligini susaytiradi, neytrofillarning lizasoma fermentlari fajralishini kamaytiradi, bazofillardan mediatorlar (shular qatori gistaminni xam) ajralishini kamaytiradi, limfotsitlarni I – killerlik faolligini va limfokinlarning ishlab chiqarilishini yo’qotadi. Ikala turdagi retseptorlar orqali ta’sir qilib, gistamin yallig’lanish o’chog’ida prekapillyar arteriolalarni kengaytiradi, o’pkada esa tomirlarni toraytiradi, teridagi va ayrim a’zolardagi tomirlar devori o’tkazuvchanligin  oshiradi.
  3. Serotonin (terining va boshqa to’qimalarning semiz hujayralarda va trombotsitlarning delta donachalarida hosil bo’ladi) o’z ta’sirini serotoninergik retseptorlar orqali o’tkaziladi. Bu ta’sirlar qo’yidagilardir:
  • venulalar torayishi;
  • tomir devori o’tkazuvchanligi oshishi;
  • og’riq;
  • tromb hosil bo’lishi.
  1. Aktiv polipeptidlar va oksidlar. Bu guruhga bir qancha moddalar kiradi:
  2. Kininlar – bradikinin, kallidin, mationil – lizil – bralikinin – ular umumiy qon oqimida yoki a’zolarda sintezlanadigan kininogenlardan spetsifik kininogenaza fermentlari (oshqozon osti bezida hosil bo’luvchi kallikreinlar) ta’sirida hosil bo’ladi. Bu fermentlar o’z navbatida faol bo’lmagan prekininogenazalardan (prekallikreinlar, kallikreinogenlar) hosil bo’ladi. Kallikreinogenlarni protezalar, atsidoz, fibrinolizin, katexolaminlar, Xageman omili faollaydi. Qo’yidagi omillar: kininaza – I (plazmada bo’ladi) va kininaza – II (asosan o’pka va bo’yraklarning qon tomirlari endoteliysida joylashgan membrana bog’lovchi ferment) esa kininlarni parchalaydi. Kininlarning ta’siri ham asosan biogen aminlarnikiga o’xshash, lekin ularning ta’siri yallig’lanishning ohirgi bosqichlarida kuchayadi.
  3. Komplement sistemasi tarkibiy qismlari tabiiy immunitetning muhim omili bo’lgan zardob oqsili sistemasiga kiradi. Bu sistemaning faollashuvi fermentlar orqali va JgG, FgM ishtirokida amalga oshadi. Komponentning sistemasining G3a va G5a qismlari gistaning ajralishini, qon tomir devori o’tkazuvchanligini oshiradi, neytrofil xemotaksisni kuchaytiradi.
  4. Fermentlar (asosan lizasomadan ajralgan) neytrofil va boshqa fagotsitlar hamda shikastlangan to’qima mahsulotlaridir.
  5. Oqsil tabiatiga ega bo’lgan leykotsitlar omillariga qo’yidagilar kiradi:
  • kation oqsillar;
  • interleykin – 1 (IL – 1) asosan manotsitlarda ishlab chiqiladi va manokinlarga kiradi; leykotsitlar emigratsiyasini chaqiradi; epiteliy hujayralarda prostaglandinlar sintezini oshiradi; endoteliy agressivligini oshiradi; qon ivishini tezlashtiradi; pirogen faollikka ega;
  • monokinlar (makrofaklarda ishlab chiqariladi). Bular IL – 1 dan tashqari, koloniyani rag’batlantiruvchi omil, interferon, limfotsitlarning xemotaksis omili, bakteritsid omil, tsitolitik omillar kiradi.
  • limfokinlar (limfotsitlarda ishlab chiqariladi). Yallig’lanishda ishtirok etuvchi limfokinlardan asosan makrofaglarga ta’sir qiluvchilari yaxshiroq o’rganilgan.
  1. Membranalar fosfolipidi tarkibiga kiruvchi to’yinmagan yog’ kislotalarining mahsulotlari. Ularga qo’yidagilar kiradi:

1) Prostoglandinlarning: bir necha turi xarakterlanadi:

  • E turdagi prostaglandinlar – vazodilyatatsiya chaqiradi: qon tomiri devori membranasi o’tkazuvchanligini oshiradi; og’riq retseptorlarini qtiqlaydi.
  • Prostotsiklin (endoteliy hujayralarda hosil bo’ladi) vazodilyatatsiya chaqiradi; tromb hosil bo’lishiga to’sqinlik qiladi; kuchsiz antirikolitik ta’sir ko’rsatadi.

2) Tromboksanlar – araxidon kislotaning tsiklooksigen o’zgarish mahsuloti (asosan trombotsitlardahosil bo’ladi).

3) Leykotrienlar (LT) – araxidon kislotaning lipoksigeniz o’zgarishi mahsuloti (neytrofillar, zozinofillar, T – limfotsitlar hosil bo’ladi) asosan leykotrien V4 – leykotsitlar emigratsiyasini kuchaytiradi, membranalar o’tkazuvchanligini oshiradi.

4) Lipidlarning ozot radikal perioksidlarini mahsulotlari.                       Bu mahsulotlar qo’yidagi jarayonlarda ishtirok etadi:

  • hujayra membranasining yallig’lanishi;
  • leykotrielar va prostaglandinlar biosintezi;
  • fermentlar faolligiga ta’sir qilishi;
  • fagotsitlar reaktsiya samaradorligini oshirishi.

Ayrim olimlar neyromediatorlarni, nuklein kislotalarni, kislorodning ayrim shakllarini, geparin, keylon va antikeylonlarni yallig’lanish mediatorlari qatoriga kiritadilar. Leykotsitlar emigratsiyasi

 

Leykotsitlarning tomirlardan to’qimaga o’tishiga ularning emigratsiyasi deyiladi. Leykotsitlarning yallig’langan to’qimaga o’tishi arteriya giperemiya davrida boshlanib, venoz giperemiya va staz davrida avjiga chiqadi. Leykotsitdar ko’payayotgan biriktiruvchi to’qima hujayralari bilan birgalikda infiltrat hosil qiladi. Hosil bo’lgan infiltrat va ekssudat suyuqligi yallig’langan to’qimada shishni keltirib chiqaradi. Leykotsitlar emigratsiyasi 3 bosqichdan iborat:

  1. Leykotsitlarning chetda turishi – lekotsitlarning qon tomir devorining yallig’lanish o’chog’iga qaragan tomonidagi devor oldi plazmatik qavatida go’yo tomir devoriga yopishgandek to’planadi.
  2. Leykotsitlarning endoteliy devoridan chiqiishi.
  3. Leykotsitlarning yallig’lanish o’chog’i tomon harakati.

Qonning suyuq kismi va shaklli elementlarini qon tomirida yallig’lanish o’chog’iga chiqishni ekssudatsiya, hosil bo’lgan suyuqlikni esa ekssudat deb ataladi. Ekssudatsiya rivojlanishiga asosan quyidagilar olib keladi:

  1. qon tomiring bevosita shikastlanishi;
  2. kapilyarlar o’tkazuvchanligining ortishi;
  3. yallig’langan to’qima tomirlarida qon bosimining oshishi.

Proliferatsiya. Proliferatsiya, ya’ni hujayraning kupayishini aslida hujayralarning shikastlanishi, halokatidan, ya’ni yallig’lanishning dastlabki davridan boshlanadi. Ammo, ma’lum bir davrda infiltatsiya, yiringlashish va ularga bog’liq bo’lgan proteoliz hamda nekrotik jarayonlar asta – sekin pasayib, aksincha, tiklanish jarayonlari asosiy o’rinni egallab borishida avjlanadi. Shunga ko’ra, yallig’lanish infiltratning takibi o’zgara boshlaydi, polimorf yadroli leykotsitlar yo’qolib, ularning o’rnini ustivorlik ravishda mononuklearlar – monotsit va limfotsitlar egallab boradi. Monotsitlarning mohiyati shundaki, ular alteratsiya jarayonlarida halok bo’lgan hujayralar, hosil bo’lgan parchalanish mahsulotlarini yutadi, xazm qiladi va u askoda yallig’lanish o’chog’ini zararli moddalardan tozalaydi. Ma’lumki, limfotsitlar esa antitanalarni ishlab chiqaruvchi plazmatik hujayralar manbaidir. Ushbu o’zgarishlar osha borgan sari hujayralarning ko’payishi proliferatsiyasi ham yuz bera boshlaydi. Qon hujayralari – monotsitlar hamda limfotsitlardan tashqari, proliferatsiyada gistiogen – biriktiruvchi to’qimaning to’qimaning kambial, adventitsiyasining endotelial hujayralari ham bevosita qatnashadi. Hujayralarning asta – sekin o’sishi, taqsimlanishi, farqlanishi (differentsiatsiyasi) natijasida chandiqning asosiy tarkibiy qismi bo’lmish kollagenni sintezlovchi fibroblastlar ko’paya boradi, ya’ni biriktiruvchi to’qima hujayralarining tartibli ravishda (avval faolligining ko’payishi, so’ngra uning tormozlanib to’xtashi) rivojlanishi kuzatiladi va shikastlangan joy tiklanadi. Hujayraning bunday proliferatsiyasining boshqarilishida keylonlar (suvda eriydigan, issiqda o’zgaruvchan, molekulyar og’irligi 40 000 bo’lgan glikoproteidlar) muhim ahamiyatga ega. Ular DNK ning ikki marta ko’payishi uchun zarur bo’lgan fermentlar faolligini yo’qotib, hujayralar bo’linishini tormozlaydi. Uncha katta bo’lmagan va keng sathni egallamagan shikastlanishlarda yallig’lanish jarayoni to’la tiklanish bilan tugaydi, ammo hujayralar halokati keng maydonni egallagan yoki nuqson (defekt) bo’lsa, istalgan parenximatoz to’qima o’rnida biriktiruvchi to’qima o’sib, chandiq hosil qiladi. Odatda, yallig’lanish anna shunday tugaydi.

(Visited 1 915 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment
error: Content is protected !!